Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
📌 Yoshlarga jinoyat emas, shijoat yarashadi

Birinchi sektor shtabida hududda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi. Tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etgan tadbirda yigit-qizlarni qiynab kelayotgan muammo va takliflar eshitildi. Har bir masala ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.

Shuningdek, probatsiya nazoratidagi yoshlarni ishga joylashtirish, tadbirkorlik boshlashi uchun ko‘maklashish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Yurtimizda mavjud imkoniyatlar, qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

@Nargiza_Gafforova
🔥 SAG Express — Jomboyda!

Samarqandda rasmiy SAG Express do'konlarimiz soni yana bittaga ko'payganini mamnuniyat ila e'lon qilamiz. Endi sevimli gilam do'koningiz — Jomboy tumanida ham o'z faoliyatini olib boradi.

Yangi manzilimizda shu munosabat bilan bayram dasturi, ko'ngilochar tadbirlar va turli xil sovg'ali o'yinlar tashkil etiladi.

🤗 Barcha Jomboylik yurtdoshlarimizni ushbu quvonchli kunimizga taklif etamiz. Ochilish marosimi 1-sentyabr — yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Manzil: Jomboy tumani, Katta Qishloq ko'chasi, 33-uy.
Moʻljal: Bog'bon agrokompleksi yonida

📞+998772775544
📞 1365

@Nargiza_Gafforova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalom aleykum barchangizga. Boshlangan kuningiz hayrli bo'lsin. Bugun Jomboy tumani hokimi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sobirov Qayum Xamrayevichning tavallud kuni. Umringiz uzoq va mazmunli bo'lsin. Bugungidek samimiylik sizni aslo tark etmasin. Sizdan o'rganadigan, o'rnak oladigan narsalarimiz juda ko'p. Din bilan dunyoni teng olib boradigan, rahbarlik va insoniylikni bitta shaxsda mujassamligini sizda ko'ramiz. Yoshlarni qo'llab-quvvatlashdan aslo charchamang. Yaratgan sizni yomonliklardan asrasin. Hamisha sog' bo'ling...

@Nargiza_Gafforova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Онамга олиб бордим тўртта кулча нон..."

Онангизни асраб авайланг


@Nargiza_Gafforova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ O'lsam janozamni bulbul o'qisin,
🔊 Dilbar Ohunova o'qib berdi

Bibisora Turobova she'ri.
Eslatib o'tamiz Bibisora Turobova bugun vafot etdilar.

@Nargiza_Gafforova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Xalqparvar

Ushbu ijtimoiy rolik bir nafas to‘xtab, mulohaza qilishimiz uchun...

Bugun davlat xizmati uchun millionlar ichidan biz tanlandik! Kimdir uchun “davlat xizmati” shunchaki tushuncha. Lekin turli sohalarda sadoqat bilan ishlayotgan kadrlar bu sohaning zalvorini, sharafli yo‘l ekanligini yaxshi anglashadi. Bugun shunday yuzlab, minglab davlat xizmatchilari sabab, turmushimiz farovon!

Baʼzan, hammasi avval ham bo‘lgan yoki bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz. Aslida bularning tagida minglab davlat xizmatchilari mehnati mujassam bo‘ladi.

Hurmatli davlat xizmatchisi, ushbu videorolik sizni yangi maqsadlar, yana-da rivojlanish, xalqimiz bilan hamfikr bo‘lib, shijoat bilan ishlashga undashiga ishonamiz!

@Nargiza_Gafforova
Joriy yilning 20-sentabr kuni Jomboy tumanida Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Rahmat Mamatov va Jomboy tumani hokimi Qayum Sobirov ishtirokida 16 yoshga to'lgan bir guruh yigit qizlarga tantanali ravishda ID kartalari topshirildi. Shuningdek, rahbariyat tomonidan ushbu yoshlarning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab, ularning qiziqishlari va rejalari to'g'risida suhbatlashildi.

@Nargiza_Gafforova
Muammolar yechimi ertangi kunga ishonchni mustahkamlaydi.

Tumanimizdagi Ko'kgumbaz mahallasida joylashgan 2-sektor binosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning viloyat rahbariyati sayyor qabul o'tkazdi. Xalq qabulxonasi, prokuratura, ichki ishlar organlari, adliya va soliq boshqarmasi hamda sud mutasaddilari yurtdoshlarimizning huquqiy sohaga oid muammolarini tinglashdi.

Qabulda fuqarolardan ishga joylashish, mehnat munosabatlari, egalik huquqi va meros masalalarida 200ga yaqin murojaat tushdi. Jumladan, Oysara Bozorboyeva oilaviy nizoni hal etish, O'ktam Xolmurodov imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so'radi. Probatsiya nazoratidagi 5 nafar shaxsning muddatidan oldin jazodan ozod etish to'g'risidagi arizasi qanoatlantirildi.

@Nargiza_Gafforova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

@Nargiza_Gafforova
2024/09/25 12:55:24
Back to Top
HTML Embed Code: