Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oynani artib turishga ishchi kerak emasmikan a? 😁

🛰 @NasaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 yorug‘lik daqiqasi uzoqlikdagi kometa va fonda 20 million yorug'lik yili uzoqlikdagi galaktika.

🛰 @NasaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
29-avgust NASA Oyga raketa uchuradi, bu sinov parvoz bo'lgani uchun unda ekipaj bo'lmaydi.

🛰 @NasaUz
Rasm o'zi uchun o'zi gapiradi

🛰 @NasaUz
Qo'limdagi matoh bilan Venerani ko'rib o'tiribman va shuni tushundimki Teleskop olishim kerak!

PS: Bitta yorqin nuqta Venera

🛰 @NasaUz
O'zbekKosmos | NASA🌐
29-avgust NASA Oyga raketa uchuradi, bu sinov parvoz bo'lgani uchun unda ekipaj bo'lmaydi. 🛰 @NasaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega Oyga SpaceX ning raketasi uchmayapti?
Ular Starlink sun'iy yo‘ldoshlarini tashish bilan bant... 😅


Albatta bu xazil, Starlink loyihasi uchun shu qadar ko'p raketa uchirilyaptiki xatto bu haqida xabar bermayapmiz chunki bu odamlar uchun oddiy hol bo'lib qoldi 😅

🛰
@NasaUz
Koinotdagi ilk tijoriy issiqxona

Redwire korporatsiyasi Yerdan tashqari bog‘dorchilik bo‘yicha tadqiqotlarni kuchaytirish uchun 2023 yil bahorida koinotda o‘zining birinchi tijoriy issiqxonasini ishga tushiradi.

Kompaniyaning loyiha menejyeri Deyv Ridning so‘zlariga ko‘ra, kosmik infratuzilma loyihasi NASA'ning Artemis va boshqa loyihalari uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

Artemis dasturi kosmonavtlarni Oyga jo‘natish va uzoq muddatli Oy koloniyasini tashkil etishni maqsad qilgan.

Redwire kompaniyasining birinchi mijozi tijorat qishloq xo‘jaligi texnologiyasi bo‘yicha Dewey Scientific kompaniyasi bo‘lishi aytildi. Yangi loyiha insoniyatning kosmosda ekin yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishi kerak.


🛰 @NasaUz
Marsda kislorod olish usuli topildi

AQShning Massachusets texnologiya instituti rahbarligidagi xalqaro tadqiqotchilar guruhi plazma yordamida Mars sharoitida kislorod olish usulini ishlab chiqdi.

Elektronlar is gazi molekulasi bilan to‘qnashganda uni parchalab, kislorod va gazlar aralashmasini hosil qiladi. Plazmadan ajralib chiqqan issiqlik kislorod ajralishiga yordam beradi. Olimlar bu nazariyani tajriba asosida isbotlab berishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu texnologiya Marsda yashash tizimi hamda yonilg‘ini qayta ishlash, qurilish materiallari va o‘g‘itlar ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan kimyoviy moddalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.


🛰 @NasaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2.7 milliard yorug'lik yili uzoqlikdagi ulkan qora tuynuk Yulduzni yutishni boshladi.
O'zi aslida bu hodisa 2.7 milliard yil avval sodir bo'lgan va bu ko'rinish bizga endi yetib kelgan.

🛰 @NasaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Brazilya
Koinotdan yerga qaralganda insonyatdan asar ham bilinmaydi.


🛰 @NasaUz
NASA Ойга парвозни ортга сурди

Ракета двигателида носозлик аниқлангани сабабли парвоз 2 сентябрга қолдирилди. Парвоз амалга оширилиши двигател текшируви натижаларига боғлиқ.

NASA Artemis 1 миссиясининг Ойга парвози ракета двигателларидан биридаги носозлик сабабли кечиктирилганини эълон қилди.

Инженерлар 29 август куни учирилиши керак бўлган Artemis 1 миссиясининг ракетаси двигателларидан бирида ёнилғи сизиб чиқаётганини аниқлади. Кейинроқ мазкур двигателда керакли ҳароратга эришишнинг имконияти бўлмади.

Натижада парвоз 2 сентябрга қолдирилди. Парвоз амалга оширилиши двигател текшируви натижаларига боғлиқ.

Artemis 1 — АҚШнинг Artemis Ой дастурининг бир қисми. Artemis 1 миссиясини ўтган йили жўнатиш режалаштирилган, аммо парвоз бир неча марта ортга сурилганди. 2024 йилда Ойга Artemis 2, 2025 йилда эса Artemis 3 миссиясини жўнатиш кўзда тутилган.


🛰 @NasaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar yer yassi bo'lganida.
Oy tutulishiga yumaladim🤣


🛰 @NasaUz
Марсда ҳаёт бўлиши мумкинлигининг биринчи далили топилди.

Perseverance марсоходи Езеро кратеридан органик моддаларни қазиб олди ва уни ўрганиш учун Ерга жўнатди.

«Топилма қизил сайёрада ё бир вақтлар ҳаёт бўлганини ёки бир кун келиб пайдо бўлиши мумкинлигини исботлайди»

🛰 @NasaUz
NASA asteroid orbitasini o‘zgartirish uchun unga zarba beradi

27 sentabr kuni tunda NASA kosmik agentligi zondi asteroid bilan to‘qnashadi. DART missiyasining maqsadi – shu tarzda yirik osmon jismining Yerga kelib urilishining oldini olish qanchalik murakkabligini aniqlash.

Ushbu maqsad uchun tanlangan asteroid «Dimorf» deb nomlanadi va sayyoramizdan 11 mln kilometr uzoqlikda joylashgan.

NASA’dagilar ta’kidlashicha, hozirda «Dimorf»ning orbitasi yerniki bilan kesishmaydi va to‘qnashuv uni sayyoramiz tomonga yo‘naltirmaydi.

To‘qnashuv Grinvich vaqti bilan soat 23:14 ga (Toshkent vaqti bilan 4:14) mo‘ljallangan. Jarayonni teleskoplar kuzatib boradi.

Yerni asteroid bilan to‘qnashuvdan jasur kosmonavtlar va yadroviy kallaklar yordamida qanday himoya qilishni Hollivud batafsil hikoya qilib bergan. Ammo buni aslida qanday amalga oshirish mumkin?

NASA mana shuni aniqlamoqchi. G‘oya asteroidga kosmik zond bilan zarba berishdan iborat.

Samo jismi orbitasini o‘zgartirish va Yer bilan to‘qnashuvining oldini olish uchun uning tezligi va harakat yo‘nalishini salgina o‘zgartirish yetarli.

«Asteroidni qayta yo‘naltirishning qo‘shaloq testi» (Double Asteroid Redirection Test, DART) missiyasi og‘irligi 570 kiloli qurilmani diametri qariyb 160 metr va tezligi soatiga 20 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan «Dimorf»ga yo‘naltirib bu nazariyani tekshirib ko‘radi.

Zarba «Didim» deb nomlanuvchi yirikroq asteroid atrofida aylanayotgan ushbu asteroidning orbitasini o‘zgartirishi kerak.


🛰 @NasaUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NASA'нинг зондни астероид билан унинг траекториясини ўзгартириш учун тўқнаштириш тажрибаси муваффақиятли якунланди.

🛰 @NasaUz
2024/09/21 13:57:41
Back to Top
HTML Embed Code: