tgoop.com/Nemis_Tili_kanal/3391
Last Update:
Qishloq xo'jaligida ta’til kunlarida ishlash uchun Germaniyaga12 oy ichida faqat 90 kungacha kirish mumkin. Ta'til kunlaridagimehnat faoliyati universitet tomonidan belgilangan rasmiy ta'tilpaytida ko'pi bilan 90 kun davom etishi mumkin. Ta'til muddatiuniversitet tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Barcha taqdim etiladigan xujjat nusxalari DIN A4 formatida bo'lishi kerak. Konsullik badali 80 yevroni tashkiletadi. Ushbu to‘lov viza bo’limida amal qilayotgan ayriboshlashkursiga muvofiq faqat o'zbek valyutasi so'mda amalgaoshiriladi.
• Shengen vizasi uchun to´liq to‘ldirilgan viza so'rovnomablanki
• Pasport (asli+shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasining 1 dona nusxasi): kamida ikkita viza uchun bo‘sh sahifaga egabo‘lishi, so‘nggi 10 yil ichida berilgan, amal qilish muddatiso‘ralayotgan viza muddati tugagandan keyin yana kamidauch oyni tashkil etishi shart.
• 2 dona yangi biometrik fotosurat (ulardan biriso‘rovnomaga yopishtirilgan holda): biometrik, oq ranglifonda, hajmi 3,5 cm x 4,5 cm, ishlov berilmagan rasm!
• Tibbiy sug‘urta polisi (1 nusxa): barcha Shengendavlatlarida amal qiladigan rejalashritilgan safar muddativa qo‘shimcha 15 kunlik muddatni o‘z ichiga olgan, sug'urta qoplama miqdori 30.000 yevrodan kam bo‘lmaganbo'lishi shart. Sug’urta polisi Germaniyada (taklif qiluvchishaxs tomonidan yoki online tarzda) yoki O’zbekistondarasmiylashtirilishi mumkin
• taaluqli bo'lsa: so'nggi uch yilda berilgan Shengen vizasi, shuningdek pasportdagi kirish va chiqish belgilariqoyi‘lgan sahifalaridan nusxa
• O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lmagan, lekinO‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxslar uchun: O'zbekistonda yashash uchun ruxsatnoma/ro'yaxatgaolinganlik haqidagi hujjatning asli+1 nusxasi, hamdapasportning O'zbekistonga kirib kelganlik haqidagi belgiqo'yilgan sahifasidan nusxa
• Federal Bandlik Agentligidan ruxsatnoma asli va nusxasi(faqat asl nusxasi qabul qilinadi - faks orqali, pdf formatidayoki elektron pochta orqali olingan hujjatlar inobatgaolinmaydi!)
• Mehnat shartnomasi asli va nusxasi (ish beruvchi haqidama’lumot, amalga oshiriladigan ish va lavozim, ish turi, yalpi to‘lanadigan maosh va kelishilgan ish davrito'g'risidagi ma'lumotlari bilan)
• Vaqtinchalik mehnat shartnomasi bo'yicha ishchilarni topibberish kompaniyalari bilan mehnat shartnomalari tuzilgantaqdirda: aniq ish joyi va muddati ko'rsatilgan holdahaqiqiy ish beruvchidan tasdiqnoma
• Universitetga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
• Baholar/reyting daftari
• Talabalik guvohnomasi
• www.mygov.uz saytidan olingan talabalik haqidama‘lumotnoma
Safar o‘z hisobingizdan moliyalashtirilishi uchun tasdiqlovchihujjat: bank hisob raqamidan oxirgi 3 oy mobaynidagi kirim-chiqim aylanmalari, hisob raqamidagi yakuniy qoldiqko’rsatilgan va bank hodimi tomonidan imzolangan vamuxrlangan bo'lishi lozim. Ushbu hujjat ko'pi bilan 2 hafta oldinberilgan bo'lishi kerak.
Qo'shimcha hujjatlar:
Taaluqli bo'lsa: nikoh haqida va voyaga yetmaganfarzandlarning tugílganlik haqida guvohnomalari asli+nusxalari, shuningdek turmush o´rtog'ining amal qilish muddati tugamaganpasporti (asli+shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasidan nusxa
Taaluqli bo'lsa: Ko´chmas mulkka egalik haqida hujjat, boshqamulk egaligi haqida hujjatlar
Elchixonaning viza bo'limi arizani ko'rib chiqish doirasidaqo'shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkinligi haqida xabarberadi. Elchixona maʼlum qiladiki, viza soʻrovi rad etilgantaqdirda, viza uchun toʻlov qaytarilmaydi. Chunki bu hujjatlarniko'rib chiqish uchun xizmat toʻlovi hisoblanadi!