Telegram Web
Nimaga Germaniya o'rmonlarida xar 1 gektar maydonda panjaralar bor?

Bitta chumoli uyasi, bir mavsumda 2 mln dan ortiq yog'ochxo'r zararkunandalarga qirg'in keltiradi. Shuning uchun ham Germaniya o'rmonlarida xar 1 gektar maydonda quyidagicha temir panjaralarga guvoh bo'lamiz, bu panjaralardan chumolilar uyasini to'ng'izlar hujumidan himoya qilish maqsadida foydalaniladi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍203
Nimaga bu aktrisaga turmagini o'zgartirishi haqida talabnoma berishgan?

20-asr mashxo'r aktrisalaridan bo'lgan Вероника Лейк doim shu soch turmagida yurgan to'satdan yengil sanoat vazirligidan turmagini o'zgartirishi haqida talabnoma olgan buning asoiy sababi bu aktrisa o'z davrida yetarlicha muxlislarga ega bo'lgan va ular aktrisaga taqlid qilishgan. Bu taqlid oqibati sanoat sohasida ishlovchilar uchun xavflilik darajasi yuqori bo'lgan muommolarni yuzaga keltirgan.

Bu turmakdagi uzun sochlar va bir ko'zlarini yopib yurish yengil sanoat sohasida ishlash uchun xavf tug'dirgan shuning uchun ham yengil sanoat vazirligi xavfsizlik nuqtai nazaridan talabnoma yuborgan.

P.S. Aktrisa haqida bilgan yaqinlaringizdan tekshirib ko'ring😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍12😁21
Nimaga sog'liqni saqlash ramzi bunday ko'rinishda?

"Asklepiy kosasi" tibbiyot va farmatsevtika sohasining ramzi bo‘lishi qadimgi yunon mifologiyasiga borib taqaladi, Asklepiy (yunoncha: Asclepius) qadimgi yunon mifologiyasida shifokor hisoblangan.

Ilon qadimgi dunyoda bilim, tirilish va davolashni anglatgan. Ilon o‘z terisini to‘kib, "yangilanish" va "tirilish" ramzi bo‘lgan. Shu sababli ilon shifokorlikning qiyofasi sifatida qabul qilingan. Kosadan dorivor ichimliklar tayyorlash uchun foydalanilgan. U dorilar tayyorlanadigan idishning ramzi hisoblangan, bu ramz o‘z ichida bilim, davolash va yangilanishni mujassam etadi. Shu sababli, u hali ham sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida keng qo‘llaniladi...

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
7👍52
Nimaga ko'zlar pir-pir uchadi?

Tibbiyotda ko‘z aylanma mushaklari qisqarishining tez-tez takrorlanib turishi qovoqlar miokimiyasi deyiladi. Muhimi shundaki, ko‘zlarning pir-pir uchishi haddan tashqari bezovta qiladi va har doim ham uni oddiy iroda kuchi bilan to‘xtatib bo‘lmaydi.

Ortiqcha kofein ko‘z atrofi sohasidagi asab va mushaklarda giperfaollikni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa qovoqlarning uchishiga olib keladi. Bunday reaksiya hamma odamlarga ham xos bo‘lavermaydi, lekin agar siz qahva yoki shokoladdan keyin ko‘zlaringiz noqulaylikni his qilayotganini sezib qolsangiz, ratsioningizni o‘zgartirishga urinib ko‘ring.

P.S. Agar kompyuterda ishlash vaqtini qisqartirsangiz va to‘yib uxlasangiz, bu alomat bir necha kundan keyin o‘zi o‘tib ketishi mumkin.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍72
Nimaga Britaniya uchuvchilari uchun sabzi iste'mol qilish majburiy bo'lgan?

Britaniya harbiy havo kuchlari tungi reydlarda juda kuchli bo'lishgan, Britaniya uchuvchilarini tungi tayyorlovga tayyorlash maxsus dastur asosida olib borilgan. Ularning oziq ovqat ratsionlari ichida sabzini yeyish ularni sharbatlarini ichish ham bo'lgan, sabzini ko'p iste'mol qilishganining sababi elektr yo'q paytlari ham tunda yaxshi ko'rishni ta'minlash bo'lgan.

P.S. Sabzini muntazam ovqat ratsioningizga qo'shganmisiz?

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍135
Nimaga fotograflar suratga olayotgan paytda Qushcha uchib chiqadi deyishadi?

Ilgari fotograflar bolalar guruh suratidagi obyektivni ko'rishlari uchun: "Mana qaranglar, hozir qushcha uchib chiqadi",- deyishardi. O'sha paytlarda kameralar mukammal emas va yaxshi surat chiqishi uchun odamlarni bir pozitsiyaga bir nech soniyaga "muzlatib" qo'yish kerak edi. Bolalarni jalb qilish uchun shu yo'ldan foydalanilgan. Va shu bilan bu ibora saqlanib qolgan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍114💋1
Nimaga 7 raqami mashhur?

Islomda Ka'baning atrofida 7 marta tavof qilinadi, hafta kunlari ham 7 kun.

Yana bir qancha sabablaridan biri odamzodning eshituv, ko‘rish, ta'm, hid bilish va sezish kabi 5 sezgi organlariga yana intuitsiya va xotira qo‘shilganda 7-sezgi deb ham ataladi. 7 raqami kazino o‘yinlarida omadning ramzi hisoblanadi. Masalan, slot-mashinalarda 777 kombinatsiyasi jakpotni anglatadi. Fudboldagi eng mashhur o'yinchi C.Ronaldo ham 7 raqami ostida o'ynaydi...

P.S. Balki shuning uchun ham 7 raqami boshqa raqamlarga qaraganda mashhurroq.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍17🔥53😁2
Nimaga adminlar odatda imloviy xatolarga yo‘l qo‘yishadi?

— Ko‘pchilik administratorlar tezkorlik bilan postlarni joylashtiradi va ularni oldindan puxta tekshirishga vaqt ajratmasligi mumkin. Ba’zi administratorlar imlo qoidalarini to‘liq bilmasligi ehtimoldan xoli emas. Bu ayniqsa, til bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmagan kishilar postlarni boshqarayotgan hollarda kuzatiladi.

— Adminlar ko‘pincha bir nechta vazifani bir vaqtning o‘zida bajarishga harakat qilishadi. Bu esa diqqatning pasayishiga va e'tiborsizlikka sabab bo‘lishi mumkin.

P.S. E’tiborsizligim uchun uzr so‘rayman ☺️

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍1831🔥1
Nimaga ona quyonlar uylaridan chiqib ketib, kechga qadar uyiga kirmaydi?

— Buning birinchi sababi bolalarini emizish uchun yetarlicha ovqat yig'ishlari kerak, shuning uchun ona quyonlar ertalab uylaridan chiqib, tunda qaytishadi. Boshqa hayvonlar kabi bolalaridan xabar olish uchun kun davomida qaytmaydi.

— Ikkinchi va asosiy sababi xavfsizlik nuqtayi nazaridan inidan uzoqda bo'ladi, yirtqichlar hid orqali quyonni inini payqab qolishlari va hujum qilishlari mumkin, shu tufayli emizganidan so'ng chiqib ketib, kechgacha iniga kirmaydi. Quyon bolalarida esa bunday hidlar bo'lmaydi...

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
🔥11👍103👏1
Nimaga sog‘lom uyqu juda muhim?

— Uyqu davomida tana hujayralari tiklanadi, immunitet kuchayadi va mushaklar o‘zini qayta tiklaydi. Bu jarayonlar insonning sog‘lom va energiyaga to‘la holda uyg‘onishiga yordam beradi. Sog‘lom uyqu miyaga olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va yodda saqlashda yordam beradi. Uyqusizlik esa e’tibor va diqqatni pasaytiradi, yangi ma’lumotlarni o‘rganishni qiyinlashtiradi.

— Shu bilan birga hissiy muvozanatni, gormonlar balansini va metabolizmni boshqarish uchun ham sog'lom uyqu muhimdir.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍105🔥2
Nimaga insonlarni xo’rozlar uyg’otadi?

— Xo‘rozlar tabiiy "biologik soat"ga ega va kunning yorishishidan oldin o‘z ovozlarini chiqarishni boshlaydi. Bu holat ularning biologik ritmi va kunni boshlab berish instinkti bilan bog‘liq.

— Insonlar xo‘rozlarning ovozini tong otishi bilan uyg‘onish belgisi sifatida qabul qilishadi. Tarixan, elektr va budilnik mavjud bo‘lmagan davrlarda, xo‘rozlarning tonggi qichqirig‘i uyg‘onishning asosiy signali edi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍113🔥1
Nimaga tuxum oval shaklda bo'ladi?

— Oval shakl tuxum ichidagi jo‘ja yoki embrionning tabiiy rivojlanishi uchun optimal joy va sharoit yaratadi. Tuxum ichidagi zarur modda va suyuqliklar embrionning o‘sishi uchun teng taqsimlanadi. Bunday shakl tuxumni tashqi bosimlarga chidamli qiladi. Tuxumni yassi yoki yumaloq shaklda tasavvur qilsak, u oval shaklday mustahkam bo‘lmagan bo‘lardi.

— Tuxumning oval shakli biologik va evolyutsion jihatdan juda qulay va samarali bo‘lib, uning ichidagi embrionni himoya qilish, tuxum qo‘yish jarayonini osonlashtirish, xavfsizligini ta'minlash va yashash muhitiga moslashishga yordam beradi...

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍61
Nimaga insonlar sirli hikoyalarga qiziqadi?

— Bunday hikoyalarni muhokama qilish va ular haqida fikr almashish insonlar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytiradi. Bu odamlar o‘zaro yaqinlik his qilishi va o‘z fikrlarini bildirishga undaydi.

— Sirli hikoyalarga bo‘lgan qiziqish insonning tabiiy qiziquvchanligi, hayajon izlash ehtiyoji, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va ijtimoiy muloqotga intilishi bilan bog‘liq. Bunday hikoyalar insonlarni yangi narsalarni bilishga undaydi va ularda tasavvurni boyitadi.

P.S. Sirli tanishlaringizga yuborib qo'ying 😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
3👍2
Nimaga yosh o‘tgan sari xotira pasayadi?

— Yosh o‘tgan sari miyada neyronlar soni kamayadi va ular orasidagi bog‘lanishlar zaiflashadi. Bu jarayon, ayniqsa, xotira va o‘rganish uchun muhim bo‘lgan gipokampus hududida yaqqol seziladi. Miya yangi bog‘lanishlarni yaratish qobiliyatini yo‘qotadi, bu esa yangi ma’lumotlarni eslab qolish va qayta ishlashni qiyinlashtiradi.

— Uzoq muddatli stress yoki sifatli uyquning yetishmasligi kortizol gormonining ortishiga olib keladi. Bu esa gipokampusga zarar yetkazib, xotira yomonlashishiga sabab bo‘ladi.

— Faol hayot tarzi esa yangi neyronlarning shakllanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Harakatsizlik, aksincha, xotira qobiliyatini pasaytiradi. Shunday ekan, doimiy jismoniy harakatlar nafaqat tanaga, balki miyaga ham foyda keltiradi.

P.S. Yoshi ulug' insonlaringizni asrab-avaylang. 😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍41
Nimaga koʻzlar qizaradi?

Ko'zlarning qichishi va qizarishi tez-tez uchraydi. Ko'zlar ko'z olmasining yuzasida joylashgan kichik qon tomirlarining kengayishi tufayli qizaradi.

Agar koʻzingiz qizarsa, unda qichishish yoki og'riq his qilsangiz, birinchi navbatda ko'zda begona jism – qum zarrasi, soch yoki kiprik borligini tekshiring. Agar bunday narsalarni topa olmagan bo'lsangiz, unda har qanday holatda ko'zingizga tegmang, aks holda alomatlar kuchayadi. Bu holatda eng maʼqul yoʻl — darhol shifokor qabuliga borishdir.

P.S. Yaqinlaringizga ushbu postni ulashing. Oʻzingizni va qadrdonlaringizni asrang.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍8
Nimaga suzish barcha uchun foydali?

— Suzish suyak va bo‘g‘imlarga zarar bermay, butun tanani harakatga keltiradi. Bu yosh bolalar, keksalar va kasallikdan tuzalayotganlar uchun foydali. Suzish yurakni mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi va bosimni me’yorda ushlab turadi.

— Ushbu sport turi nafaqat jismoniy sog‘liqni yaxshilaydi, balki ruhiy holatni tinchlantiradi va yoshidan qat'i nazar barcha uchun mos keluvchi sport turi hisoblanadi. Shu sababli, suzish barcha yoshdagilarga tavsiya etiladi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍72🍓1💋1💘1
Nimaga koʻp miqdorda olma danaklarini isteʼmol qilish inson uchun xavfli?

Olma danagi tarkibida xavfsiz va isteʼmolga yaroqli boʻlgan Amigdalin moddasi boʻlib, u oshqozonga tushganda inson uchun zaharli hisoblangan Sianidga aylanadi. Toʻgʻri, agar olma danaklari kam boʻlsa, Sianid ham zararsiz miqdorda boʻladi.

Ammo 150 ta olma danagi (taxminan 18 ta olma) bir vaqtda isteʼmol qilinsa bu – oʻlimga olib keluvchi Sianid miqdorini hosil qiladi. Shu sababli ham olma danagini koʻp miqdorda bir vaqtda isteʼmol qilmasligingizni tavsiya qilamiz!

P.S. Olma danagini sevadigan tanishlaringizga yuboring 😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍4🍓1💋1💘1
Nimaga insonning harorati ko‘tarilganda titroq bo‘ladi?

— Organizmning haroratini boshqaruvchi asosiy markaz miyadagi gipotalamus hisoblanadi. Harorat ko‘tarilganda tanaqa issiqroq bo'lish signalini beradi.

— Sovuq sezgisi va titroq paydo bo‘lishining sababi qon aylanishining o‘zgarishidir. Qon tomirlari teriga yaqin qismlarda torayadi, natijada issiqlikni saqlash uchun ichki organlar atrofida ko‘proq qon to‘planadi.

— Yuqori harorat va titroq orqali organizm bakteriya yoki viruslarni yo‘q qilishni maqsad qiladi, chunki ko‘pgina zararli mikroorganizmlar yuqori harorat sharoitida faoliyat yurita olmaydi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍11
Nimaga suvni ikki marta qaynatib ichish zararli?

Maʼlumki, suv tarkibida turli minerallar, oz miqdorda xilma-xil moddalar boʻlib, ushbu moddalar suv 2 marta va undan ortiq qaynatilsa, oʻzaro kimyoviy reaksiyaga kirishadi va natijada oʻta zaharli birikmalar paydo boʻladi.

Ushbu birikmalar insonni oddiy kasallikdan tortib, saraton xastaligigacha zararlash ehtimoli mavjud. Shu sababli suvni takror-takror qaynatmang! Sogʻligʻingiz yanqinlaringiz uchun zarur 😊

P.S. Iltimos, barcha yaqinlaringizga (ayniqsa musofirlikda yurgan tanishlaringizga) ushbu postni yuboring. Bilib-bilmasdan oʻzlarini zaharlamasinlar, ogoh boʻlishsin!

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
7👍4
Nimaga keyingi safarga qoldirish tushunchasi keng tarqalgan?

Keyingi safarga qoldirish (“prokrastinatsiya” lotin) — odamlarning kerakli ishni bajarishni kechiktirish odatidir. Odamlar ba'zan muvaffaqiyatsizlikdan yoki ishning mukammal bajarilmasligidan qo‘rqib, vazifani keyinroq bajarishga qaror qilishadi.

Ba'zi odamlar ishni mukammal qilishni xohlaydi, bu ularda "hali tayyor emasman" degan fikrni uyg‘otib, kechiktirishga olib keladi.

"Keyingi safardan boshlash" taklifi esa odatda o‘zimiz uchun emas, balki boshqa shaxsga nisbatan ishlatiladi. Buning sababi, bir inson boshqa bir insonning xatolarini ko‘rib, ularni tuzatishga harakat qilganida, buyruq ohangida eshitilmasligi uchun hurmat yuzasidan "keyingi safar shunday qilish maqsadga muvofiq" deya eslatma tarzida aytiladi.

P.S. Doim ishlarni keyinga suradigan yoki keyingi safar bunday qilamiz deya sizni qo'llab-quvvatlovchi tanishlaringizga yuborib qo'ying 😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
4👍4
2025/07/09 11:02:12
Back to Top
HTML Embed Code: