Telegram Web
Nimaga farzandingizga saqich olib bermasligingiz kerak?

Hozirgi zamonaviy saqichlar oʻzida juda koʻp miqdorda shakar yoki shakar oʻrnini bosuvchi kimyoviy moddalar saqlaydi. Ulardan biri ksilitol siydik pufagi saratoniga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek xotirani pastlashi, asab xujayralari oʻlishi va oshqozon yarasiga sabab boʻlishi mumkin.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
🔥22👍183👏2
Nimaga bolalarga "baqirmaslik" kerak?

1. Bola oʻz oʻrnini topolmaydi.
2. Bolani qoʻrquv va duduqlanishga olib keladi.
3. Bola jahldor, mehrsiz boʻlib boradi.
4. Bolaning ruhiyati yomon tomonga oʻzgaradi.

Bolangizga baqirgan, uni urgan boʻlsangiz, hoziroq uni xursand qiling. Unutmang, hozir farzandingizga nima bersangiz, qariganda shuni olasiz.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍52🔥9🍓5👏3💘2
Nimaga qishda toʻpiqni ochib yurish xavfli?

Toʻpiqlarni ochib yurishni yaxshi koʻradiganlar sovuqdan ehtiyot boʻlishlari kerak. Chunki tananing ushbu ochiq joylarida sezgirlik past boʻladi shu sabab sovuqni unchalik sezmaydi (oyoq barmoqlaridan farqli oʻlaroq) va birinchi darajali sovuq urishini his qilmasligi mumkin!

Bu kelajakda artrit, artroz, revmatizm, boʻgʻimlar atrofiyasi, oyoq tomirlarida oʻtkazuvchanlikning pasayishi va boshqa kasalliklarga sabab boʻladi.

Yoshlar oʻrtasida urfga aylangan oyoqning toʻpiq qismini sovuq kunlarda ochib yurish holatini juda koʻp kuzatamiz va bu sogʻliq uchun zararlidir!

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍50🔥722
Nimaga qor oppoq, garchi qor parchalari shaffof bo'lsada?

— Yorug'lik nurlari biror bir jism yoki shaffoq biror bir narsa bilan o'zaro ta'sirlashganda, uning to'lqin uzunligi obyektning shu yorug'likni aks ettirishi yoki yutishini aniqlaydi.

Bu yerda asosiy nuqta yorug'lik qorlarning katta massasi - qor bilan qanday ta'sir qilishidir. Xuddi suvda bo'lgani kabi, yorug'lik juda kichik va turli xil shakllari tufayli kichik qor parchalari va muz kristallaridan o'tayotganda sinadi: ko'z bunday aks etadigan yorug'likni oq rang kabi qabul qiladi.

P.s: Oddiy qilib aytganda yorug'lik nurlari qorni oppoq qiladi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍39🔥54💋3
Nimaga uxlashdan oldin telefondan foydalanish tavsiya etilmaydi?

Uxlashga yotishdan oldin telefondan foydalanish quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin;

Koʻz xiralashishi. Ekranga uzoq vaqt qarab turish tufayli, koʻz gavhari yaqin va uzoq masofalardagi narsalarni idrok etishga moslashish qobiliyatini yoʻqotadi.

Uyqu buzilishi. Telefon nuri melatonin gormoni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va bioritmlarni buzilishiga olib keladi.

Boʻyin ogʻrigʻi. Bir xil holatda tortilib turgan boʻyin mushaklari tez toliqadi va ogʻriq paydo boʻladi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍36💯8🍓3🔥2
Nimaga o’zingizni boshqalar bilan taqqoslamasligingiz kerak?

Ko’pincha insonlar muvaffaqiyatni raqamlar, maosh va yutuqlar bilan o’lchashga o’rganib qolgan. Ammo, shuni esda tutish kerakki, har kimning o’z yo’li bor va u boshqalarnikidan farq qilishi mumkin.

Nimaga insonlarni taqqoslash aldamchi tushuncha?

Turli hikoyalar: Insonlar boshdan kechirgan tajribalar va qiyinchiliklar turlicha. Bir kishiga mos keladigan holat boshqasiga mos kelmasligi mumkin.

— Turli maqsadlar va orzular: Muvaffaqiyat - subyektiv tushuncha. Kimdir uchun bu moliaviy erkinlik, kimdir uchun ijodiy erkinlik va yana kimlargadir baxt ulashish.

Bosim: Taqqoslash orqali insonga ortiqcha stress va noto’g’ri qarashlarni singdirib qo’yishingiz mumkin. Har bir insonni o’zi yurishi kerak bo’lgan hayot yo’lagi mavjud.

— O’ziga bo’lgan ishonchni tushirish: Bir insonni muvaffaqiyatini ko’rib, sizga yutuqlaringizni kichikdek tuyulishi mumkin. Unutmang, ijtimoiy tarmoqlardagi mashinalar, uylar shunchaki illyuziya bo’lishi mumkin, tanganing boshqa tomoniyam albatta bo’ladi.

P.S: O’z yutuqlaringizga va maqsadlaringizga fokus qarating. Muvaffaqiyatingizni qaysi nuqtadan qanday nuqtaga chiqqaningiz bilan o’lchang, birovni hayoti bilan taqqoslab emas!

© Tweetlarim

👉 @NIMAGA kanalini kuzatib boring!
👍495🔥1
Nimaga yoshlik bir pasda o’tib ketdi?

30 yoshga kirasiz. Oilangiz, farzandingiz bor. Kuchingiz avvalgidek emas. Vaqtingiz avvalgidek emas.

Do’ppini qo’yib, o’tirib o’ylaysiz:

Nimani xato qildim? Nimaga yoshlik bir pasda o’tib ketdi?

Bor vaqtingizni ajratib, oxirigacha birgamiz degan ulfatlaringiz - o’z hayoti bilan bo’lib ketdi.

Kechalaringizni sarflagan serial, futbollaringiz - ishingizda ham, daromadingizda ham befoyda bo’lib chiqdi.

O’yinlarda yutganlaringiz, hayotda yutishingizga yordam bermadi.

Yoshlikda vaqtlari ko’p bekor ketganiga afsusda edilar Hasanxon Yahyo

Bekor o’tgan daqiqalariga(!) achingandilar Yusuf Qarzoviy.

Biz ham ustozlardan hoziroq o’rganib, vaqtimizni tejashni boshlashimiz mumkin.

Yoki

Vaqtni uvol qilib, o’ttizga kirib, boshimiz devorga urilishini kutishimiz mumkin.

© Aziz Rahimov

👉 @NIMAGA kanalini kuzatib boring!
🔥45👍36💯11👏621😁1
Кўз ёшларга тўлган ғалаба: НамДУ жамоаси 100 миллион сўмни олиб кетди

Брейн-ринг мусобақасининг финалида Наманган давлат университети ҳамда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети жамоалари ўзаро куч синашди.

Ўта муросасиз кечган баҳсларда Наманган давлат университети жамоаси ғолиб бўлди ва 100 миллион сўмни қўлга киритди.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍40🏆12👏52💘2
Nimaga telefonni tez-tez tozalab turish kerak?

Biz har kuni tegadigan eng bakteriyali buyum - bu mobil telefonimiz. Oʻn yil avval olimlar smartfon yuzasida hojatxona oʻrindiqlariga qaraganda 10 barobar koʻp bakteriya borligini hisoblab chiqishgan.

Jamoat joylarida, jamoat transportiga har safar chiqqaningizdan keyin telefonni tozalashni unutmang. Namli salfetkalar va antiseptik vositalar foydalanish eng yaxshi yechimdir.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍60🔥10😁6💘5
Nimaga biz har safar narsalarni qayerga qoʻyganimizni unutib qoʻyaveramiz?

Miyamizda shunday mehnatsevar hujayralar borki, ular doimo maxsus gormon ishlab chiqarib, keraksiz xotiralarni tozalab turishadi. Ushbu gormon nisbatan koʻp ishlab chiqilishi uyqu vaqtiga toʻgʻri kelar ekan. Shu sababli ham koʻp tushlarimizni eslay olmaymiz.

Tadqiqotlar shuni isbotladiki, miyamiz zavq beruvchi signallar bilan hosil boʻlgan xotiralarni yaxshi eslab qolar ekan. Demak, qandaydir narsangizni qayergadir qoʻysangiz, oʻsha vaqtda nimadir bilan oʻzingizni xursand qilib qoʻying, boʻlmasa 2 soat oʻsha narsani qidirishingizga toʻgʻri keladi.

P.S. Hayoli parishon tanishlaringizga yuboring 😁

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
😁76👍3811👏5🔥2🥰1
Nimaga vaqt tez o‘tib ketyapti yoki biz vaqtni tez o‘tkazib yuboryapmizmi? 

Ushbu video inson naqadar qo‘rqinchli darajada ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolganligi va bu odat qay darajada inson hayotini barbod qilib turganligi haqida.

📹 Raqamli qullar. Nosog'lom jamiyat:
https://youtu.be/D9t2Zj1zYzc

P.S. Ushbu video raqamli iste'mol madaniyatingizni qaytadan ko‘rib chiqishingizga va ma'noli hayot kechirishingizga yordam beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍214💯4🥰32
Forwarded from Ravshan Marketing
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga Google dan malumot qidirishni tohtatish kerak?❗️

Kopchilik ChatGPT haqida eshitgan bo’lsa kerak. Lekin siz Perplexity haqida eshitganmisiz? 🤯

Ushbu suniy intellekt juda ham kuchli va foydali chunki u orqali malumot qidirsangiz u sizga bir necha xil ishonchli manba’alarni analiz qilgan xolda sizga kerakli ma’lumotni filtr qilib beradi.

Bu haqida bizning Muammo Podkastimizda suniy intellekt bo’yicha mutahasis Xikmatilla Ubaydullaev batafsil fikr bildiradilar.

To’liq videoni quyidagi havola orqali ko’ring!👇🔥

https://linktw.in/NiTVMB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Nimaga shomollashdan keyin burun va ko'zlar qichiydi?

Shomollash, odatda, respirator viruslar yoki bakteriyalar tomonidan yuzaga keladi . Bu infeksiyalar burun va ko'z shilliq qavatida yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi, natijada burun va ko'z shilliq pardasi qichisha boshlaydi.

Qichiydigan joylarni iliq suv bilan chayish yoki yengil namlantiruvchi kremlar surish qichishishni kamaytirishi mumkin. Bu holatni yanada kuchaytirmaslik uchun qichiydigan joyni qashib terida jarohatlar va infektsiyalarni keltirib chiqarmaslik kerak.

👉 @NIMAGA kanalini kuzatib boring!
👍15🔥2
Nimaga Samolyot oynalari dumaloq?

Dumaloq shakl samolyot oynalariga tushadigan mexanik kuchlarni yaxshiroq taqsimlashga yordam beradi. Burchakli yoki to'g'ri chiziqli shakldagi oynalar kuchlarni bir nuqtaga to'plashi mumkin, bu esa oyna materialining yorilishi yoki shikastlanishiga olib keladi.

P.S. Uchish vaqti oynani yonida ketadigan yaqinlaringiz uchun ham foydali bo'ladi, ulashib qo'yishni unutmang.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍246
Nimaga aql tishlar kech chiqadi?

— Aql tishlar odatda 17-25 yosh oralig‘ida chiqadi. Jag‘ suyaklari 20 yosh atrofida to‘liq shakllanadi bu jarayon davomida tishlar orasidagi bo‘shliq aql tishlari uchun yetarli joy hosil qiladi. Ko‘pincha aql tishlari jag‘da bo‘sh joy yetishmasligi sababli noto‘g‘ri chiqib ketishi yoki umuman chiqmasligi mumkin.

Avvallari insonlar qattiq va hom ovqatlarni ko'p iste'mol qilganliklari uchun jag'lari kattaroq bo'lgan, hozir ovqatlarning pishirilgan va yumshoqligi tufayli insonlarning jag' qismi kichiklashib boryapti, bu esa aql tishlari uchun joy yetishmasligiga sabab bo'lmoqda...

👉 @NIMAGA kanalini kuzatib boring!
👍16🔥32
Nimaga Kengurular orqaga harakatlana olmaydi?

— Kengurularning orqa oyoqlari juda kuchli va uzun bo'lib, ularni sakrashga moslashgan. Ularning old oyoqlari esa qisqa va kuchsizdir, ular oldinga harakatlanayotganda, dumi yordamida muvozanatni ta'minlaydilar. Agar kenguru orqaga harakat qilmoqchi bo'lsa, bu muvozanatni buzishi mumkin.

— Shunday qilib, kengurularning faqat oldinga harakatlanishi ularning anatomik tuzilishi, muvozanat saqlash qobiliyati va evolyutsion moslashuvlari bilan bog'liqdir.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍20🔥5
Nimaga sariyog‘ va margarin
o‘rtasida farq bor?

— Sariyog' asosan sutdan tayyorlanadi tarkibida tabiiy yog'lar, sut oqsillari va suv mavjud. Sariyog'ning yog' tarkibi odatda 80% dan 82% gacha bo'ladi.

— Margarin esa turli xil o'simlik va hayvon yog'laridan tayyorlanadi. Uning tarkibida kamida 80% yog' bo'lishi kerak, lekin u ko'pincha sun'iy emulsifikatorlar, rang beruvchi moddalar va boshqa qo'shimchalar bilan boyitiladi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍28
Nimaga shirin choy ichsak
qornimiz og'riydi ?


— Agar oshqozon yallig‘langan bo'lsa yoki gastrit mavjud bo'lsa, shirin choy kabi kislotali ichimliklar oshqozonning bezovtaligini keltirib chiqarishi mumkin. Buning yana boshqa bir sabablari ovqat hazm qilish tizimining buzilishi, stress va ruhiy holat, laktoza yoki boshqa oziq-ovqatlarga nisbatan intolerans (allergiya) bo'lsa natijasi qorin og'rig'iga olib kelishi mumkin.

P.S. Bu hol davomiy takrorlansa shifokorga ko'rinishingizni maslahat beramiz...

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍8🔥5
Nimaga shirinliklar iste’moli semirishga olib keladi?

Shirinliklar ko'pincha tez so'riladigan uglevodlardan iborat bo'lib, qon shakarini tezda oshiradi.

Qon shakarining tez o'zgarishi organizmda insulin darajasini oshiradi, bu esa o'z navbatida yog' to'planishiga sabab bo'ladi. Agar odam kunlik iste'mol qilishi kerak bo'lgan kaloriya miqdoridan ko'proq iste'mol qilsa, ortiqcha energiya yog'ga aylanishi mumkin.

P.S. Shirinlikdan o'zini to'xtatolmaydiganlar kanalimizda kam bo'lmasa kerak... 😁

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
😁18👍10
2025/07/09 16:35:24
Back to Top
HTML Embed Code: