Telegram Web
Nimaga nutqimizda parazit pauzalar mavjud?

Bilasizmi, nutqimizdagi "ааа", "ыыы", "ымм" kabi parazit pauzalar paydo boʻlishining asosiy sababi soʻz boyligimizning kamligi va muloqot tajribasining yetarli emasligi hisoblanadi.

Ushbu muammodan tezroq qutilish uchun har kuni kamida 30 bet badiiy kitob oʻqishingiz va oʻz nutqingizni tasvirga olib, tahlil qilishingiz kerak. Agarda shu mashqlarni 1 oy davomida bajarsangiz, oʻzingizda boʻlgan oʻzgarishdan hayratga tushasiz.

P.S. Suhbatlarda koʻp adashadigan va nutqini rivojlantirmoqchi boʻlgan tanishlaringizga ushbu postni yuboring!

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga shakar salomatlik uchun zararli?

— Shakar yuqori kaloriyaga ega, ammo ozuqaviy moddalar deyarli yo‘q. U organizmda yog‘ miqdorini oshiradi hamda qondagi glyukoza darajasini kuchaytiradi, bu esa insulin sezgirligini pasaytirishi mumkin. Natijada, 2-tip diabet rivojlanish xavfi ortadi.

— Uning tarkibidagi fruktoza faqat jigarda qayta ishlanadi. Ortiqcha fruktoza iste'moli jigarda yog‘ to‘planishiga olib kelishi va yog‘li jigar kasalligi (steatoz)ni rivojlantirishi mumkin. Shakar kayfiyatni vaqtincha ko‘tarsa-da, uni ortiqcha iste'mol qilish depressiya, xavotir va e’tiborning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

P.S. Shakarsiz 30 kun chellenj natijalarini eshitgan bo'lsangiz kerak? 😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga biror ishni boshlab olish qiyin?

Ishni boshlashdan oldin muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish, o‘z kuchiga ishonmaslik yoki "nima bo‘lishi mumkin?" degan noaniqlik hissi yuzaga keladi.

Yana bir asosiy sabablardan biri o'sha ishga bo‘lgan qiziqishning kamligi yoki uni bajarishdan keladigan foydani ko‘rmaslik...

P.S. Qat'iyat va intizom bunga yaxshi yechim bo'la oladi.. 😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga mashinada xavfsizlik kamarini taqish kerak?

Xavfsizlik kamari mashinaning favqulodda tormozlanishi yoki turli xil yoʻl transport hodisalarida yoʻlovchi yoki haydovchini jarohat olish (yoki oʻlim) ehtimolini pasaytiradi.

Aniq statistikalarga koʻra, xavfsizlik kamarlari haydovchi va yo'lovchilarning old va orqa o'rindiqlarida halok bo'lish xavfini, avariya turiga qarab, 2 (old va yon to'qnashuv) dan 5 martagacha (ag'darish) kamaytiradi.

P.S. Ushbu postni barcha yaqinlaringizga ulashing, zero har bir inson oʻz xavfsizligiga aloqador maʼlumotni bilishi kerak!

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga baliqlar ko'zlarini ochib uxlaydi?

Baliqlarning ko‘z qovoqlari yo‘qligi sababli ko‘zlari ochiq holda uxlaydi. Ko‘z qovoqlari asosan quruqlikda yashovchi hayvonlarda ko‘zlarni nam saqlash va changdan himoya qilish uchun rivojlangan.

Ularning ko‘zlari doim suv bilan o‘ralgan bo‘lgani uchun ular tabiiy ravishda nam bo‘lib turadi. Shu sababli, ko‘z qovoqlariga ehtiyoj yo‘q.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga telefon ko'rayotganda boshni to'g'ri tutish kerak?

Insonning bosh qismi 5 kg atrofida boʻladi, 15 gradus egilsangiz bosh 12 kg yukka aylanadi, 30°da 18 kg, 45°da 22 kg, 60°da 27 kg yuk bilan boʻyin umurtqalariga ogʻirlik tushadi, bu esa boʻyin umurtqalari kasalliklariga olib keladi.

👉 @NIMAGA kanalini kuzatib boring!
Nimaga fransuz yozuvchisi Gi de Mopassan Eyfel minorasini yoqtirmasa-da, doim o'sha yerda ovqatlanar edi?

— Fransuz yozuvchisi Gi de Mopassan Eyfel minorasini umuman yoqtirmasdi. Shunga qaramay, u har kuni minora restoranida ovqatlanar edi. Chunki Eyfel minorasi ko'rinmaydigan yagona joy - o'sha minoraning o'zi edi 🤦‍♂️

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga shifokorlar yozuvi tushunarsiz?

Tibbiyotda qo‘llaniladigan ko‘plab so‘zlar lotincha yoki yunoncha ildizga ega, uzoq va murakkab bo‘lib, ularni yozishda qisqartmalardan foydalaniladi. Boshqalar bu qisqartmalarni tushunishda qiynalishi mumkin.

Shifokorlar yozuvi tushunarsiz bo'lishining yana bir sababi bemor retseptni va tashxisni ko'rganda vahimaga tushmasligi uchun ekan...

P.S. Shu gap rostmi? shifokor tanishlaringizga yuborib qo'ying ☺️

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga Hans Kristian Andersen o’z dafn marosimi uchun og’ir musiqa bo’lishini istamagan?

Hans Kristian Andersen o'limidan biroz oldin tanish bastakoriga o'zining dafn marosimi uchun maxsus musiqa buyurtma qiladi, tayyor bo'lgan musiqani eshitib ko'rib, musiqa ritmini biroz yengilroq qiling deb buyurtma bergan.

Buning asosiy sababi Andersen bolalar yozuvchisi edi, shuning uchun u dafn marosimida bolalarni ham inobatga olgan holda musiqani biroz yengilroq qilishlarini so'ragan...

P.S. Ha azizlar, bolaligimizdagi o'sha mashhur bolalar yozuvchisining bu qaroridan bolalarni qanchalik yaxshi ko'rgani bilinib turibdi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga ba'zi kasalliklarga tibbiyotdagi yutuqlarga qaramay shifo topilmayapti?

— Ba'zi kasalliklarga hali ham to‘liq shifo topilmayotganining sababi ularning sabablarini yoki qanday rivojlanishini to‘liq tushunmaslik bilan bog‘liq.

— Masalan, ayrim kasalliklar genetik o‘zgarishlar, atrof-muhitning ta’siri yoki immun tizimining noto‘g‘ri ishlashi natijasida yuzaga keladi. Ularning murakkabligi sababli mexanizmlarini aniqlash va samarali davolash usullarini yaratish qiyin bo‘lib qolmoqda.

— Ko‘pincha bunday kasalliklar sekin rivojlanadi yoki bir necha yil davomida belgilarsiz kechadi, bu esa erta tashxis qo‘yish va davolashni qiyinlashtiradi.

— Ba'zida esa surunkali kasalliklarni faqat nazorat qilish va alomatlarini yengillashtirish mumkin, lekin ularni to‘liq davolash imkonsiz bo‘ladi.

P.S. Siz qanday fikrdasiz?

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
Nimaga baliqlar suvda cho‘kmaydi?

— Baliqlarning tanasi suvda harakat qilish uchun maxsus shakllangan. Qanotlari va dumlari yordamida ular muvozanatni saqlab, oldinga suzadi. Harakat esa baliqni cho‘kishdan saqlaydi.

— Shuningdek, ularda suzish pufagi deb ataladigan havo bilan to‘lgan organ bor. Bu pufak baliqni suvda muvozanatda ushlab turadi va suvning turli chuqurliklarida harakat qilishga yordam beradi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga aqliy mehnat bilan shug‘ullanadiganlarning aksariyati tepakal bo‘ladi?

— Aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa davlat idoralari xodimlarining tepakal bo‘lishi ko‘pincha kuchli stress, ish hajmining katta bo‘lishi va doimiy bosim ostida ishlash natijasidir.

— Bundan tashqari, genetik moyillik va notekis turmush tarzi (masalan, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki uyquning yetarli emasligi) ham soch to‘kilishini tezlashtiruvchi omillar bo‘lishi mumkin.

P.S. Aqliy mehnatdagi yaqinlaringizga ulashib qo'ying ish hajmini qayta ko'rib chiqishsin😅

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga biz ochlikni his qilamiz?

— Tanamiz energiya uchun glyukozadan foydalanadi. Agar ovqat iste’mol qilmasak, qondagi glyukoza miqdori kamayadi va bu ochlik hissini paydo qiladi. Oshqozon bo‘shaganda, grelin deb ataladigan gormon ishlab chiqariladi. Bu gormon miyaga signal yuborib, tanani ovqat yeyishga undaydi.

— Shuningdek, miyada ochlikni nazorat qiluvchi markazlar mavjud. Miya qondagi oziq moddalar darajasini kuzatib boradi va energiya yetishmasligini aniqlasa, ochlik hissini uyg‘otadi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga yulduzlar miltillaydi?

— Yer atmosferasidagi turli qatlamlarda har xil harorat va zichlikdagi havo oqimlari mavjud. Bu oqimlar yulduzlardan kelayotgan yorug‘likning sinishi va egilishiga (refraksiya) sabab bo‘ladi. Natijada yulduzning yorug‘ligi o‘zgarib, miltillayotgandek ko‘rinadi.

— Yulduzlarning miltillashi ularning o‘ziga xos xususiyati emas, balki Yer atmosferasidagi fizik jarayonlarning natijasidir. Shu sababli, yerdan qaraganda yulduzlar miltillaydi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga Mushuklar xirillaydi?

— Mushuklar xirillash orqali boshqa mushuklar yoki odamlarga o‘z holatini bildiradi. Bu o‘zini qulay his qilish yoki yordamga muhtojligini ko‘rsatishi mumkin. Mushuklarning xirillashi past chastotali tovushlar bilan birga bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu tovushlar mushak va suyaklarni tiklashga yordam berishi mumkin.

— E'tibor bergan bo'lsangiz mushuklar asosan, ularni silaganingizda xirillashadi. Bu orqali ular o'zlariga bu jarayon yoqayotganini bildirishadi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga charchaganimizda esnaymiz?

— Tadqiqotlarga ko‘ra, esnash miyaning haroratini pasaytirishga yordam beradi. Charchoq paytida miya qiziydi va sovutish uchun qo‘shimcha kislorod talab etiladi, bu esa esnashni keltirib chiqaradi. Esnash, shuningdek, tananing dam olishga muhtojligini bildiruvchi tabiiy signal hisoblanadi.

P.S. Bu postni ko‘rganingizda ham esnagan bo‘lsangiz, birovga yuborib qo‘yishni unutmang! 😅

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga sochlar yosh o'tgan sari oqaradi?

— Sochlarning rangini melanin deb ataluvchi pigment ta’minlaydi. Yosh o‘tishi bilan melanin ishlab chiqaruvchi hujayralar (melanositlar) sekinlashadi yoki faoliyatni to‘xtatadi. Shu sababli sochlar rangini yo‘qotib, oq tusga kira boshlaydi.

— Stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish va atrof-muhitning zararli ta’sirlari (masalan, quyosh nurlari) melanin ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, sochlarning erta oqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.

P.S. Oq sochni yulsangiz, ko‘payib ketadi degan gapni eshitgan bo‘lsangiz, bu — afsona. 😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga magnitlar metallni o'ziga tortadi?

— Magnitlar faqat temir, nikel, kobalt kabi ferromagnit metallarga ta’sir qiladi. Ushbu metallar ichki atom tuzilishi tufayli magnit maydonga kuchli javob beradi. Magnit maydoni ta’sirida metallar ichidagi atomlarning magnit momentlari bir yo‘nalishda tizilib, tortilish yuzaga keladi.

— Magnitning har ikki qutbi (shimoliy va janubiy) o‘z atrofida magnit maydon hosil qiladi. Ferromagnit metallar bu maydonga tortiladi, chunki ularning atomlari magnit maydon yo‘nalishiga moslashadi.

P.S. Fizika va Kimyoni yaxshi biladiganlar bormi?😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga yorug‘lik tezligini aniq o‘lchay olmaymiz?

Yorug‘lik vakuumda 299 792 458 m/s tezlikda harakat qiladi, ammo bu qiymatni mutlaq aniqlik bilan o‘lchash juda qiyin. Bunga quyidagi sabablar bor:

Asboblarning cheklovlari – eng zamonaviy o‘lchov qurilmalari ham kichik xatoliklarga ega.

Atrof-muhit ta’siri – yorug‘lik turli muhitlardan o‘tganda tezligi o‘zgaradi.

Vaqt o‘lchash noaniqligi – yorug‘lik tezligini aniqlash uchun nano yoki pikosekund darajasida aniq vaqt o‘lchash talab etiladi.

Nisbiylik ta’siri – Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, yorug‘lik tezligi har qanday sharoitda bir xil, ammo o‘lchov asboblari va harakat sharoiti natijalarga ozgina ta’sir qilishi mumkin.

P.S. Shunga qaramay, olimlar bugungi kunda yorug‘lik tezligini juda kichik xatolik bilan o‘lchashga erishgan va bu standart qiymat sifatida qabul qilingan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga inson seskanib ketadi?

Miya kutilmagan o‘zgarishlarni xavf sifatida qabul qiladi va organizmni himoya qilish uchun refleksni ishga tushiradi. Masalan, kutilmaganda baland ovoz eshitilishi yoki kimdir teginishi miyaga signal yuborib, seskanish refleksini faollashtirishi mumkin.

Seskandirishga sabab bo‘lgan omil miyaga xavf borligi haqida signal beradi. Natijada organizm tezkor javob qaytarish uchun adrenalin gormonini ajratadi. Bu yurak urishini tezlashtiradi, mushaklarni taranglashtiradi va sezgilarni keskinlashtiradi.

Agar inson ilgari qo‘rqinchli yoki stressli vaziyatni boshdan kechirgan bo‘lsa, u kutilmagan tovush yoki harakatlarga nisbatan sezgirroq bo‘lishi mumkin. Masalan, travmatik tajribaga ega odam odatdagidan ko‘ra ko‘proq seskanishi ehtimoli yuqori.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
2025/07/08 09:56:42
Back to Top
HTML Embed Code: