Forwarded from Suhrob Ziyo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jumanazar YO'LDOSH (Jumanazar Yo‘ldosh)
#Izlam
"...Ham...Nafas"
Bu ikki kitob bir-birini ruhan, qalban to‘ldiradigan, biri ikkinchisini davom etadigan kitoblardir.
Bu ikki kitob adabiyot dengizidagi yangi bir mavj, yangi bir to‘lqindir.
Bu ikki kitob mushtarak dillarning orzu, umidlari, tug‘yonlaridir.
Bu ikki kitob adabiyotsevarlarga chanqoq qalbi uchun obi ziloldir.
Sh.Shavkat do‘stimiz Ulug‘ so‘zning yukini his qilgan, ulug‘larga ergashib o‘zi ham ulug‘lashayotgan shoirdir.
Nozima ayollarga xos nafis tuyg‘ular tarannumini musiqiy ohanglar bilan ifoda etayotgan shoiradir.
Men ishonamanki, yana yuzlab yil o‘tgandan so‘ng ham bu kitoblar o‘z o‘quvchisini topadi. Chunki inson yashamoqda ekan, qalbini tozartishga, dunyoning azaliy qonuniyatlarini nafis tarzda anglashga zarurat sezadi deb o‘ylayman...
Xullas, bu ikki kitob asl, o‘qilishi zarur kitoblardir!
@Jumanazar_Yuldash

Forwarded from MohiRa
#izlam
#HamNafas
"Bu she'r—
Tutqichi yo‘q og‘riqlar haqda,
Og‘rig‘iga bog‘liqlar haqda,
"Qodir esang uyg‘ot"-u,shartta"
...
Men Nozimani huuu ancha avvallardan beri bilaman.
Uning dardchil, ayni paytda yengil va nafis she'rlarini sevaman. She'r òqishi-ku, boshqa dunyo. Uning ilk kitobi va Izlam turkumida nashr etilgan she'riy tòplami òrtasida farq bor. Bu she'rlar "shoir"i bilan "Hamnafas"likda yozilgan.
Bu kitoblarning o'ziga xosligi ularni alohida sotib olish mumkin emas, ular birga bir butun.
Men vatanparvar shoir Shahriyor Shavkat va go'zal shoiram Nozima Habibullayevani "HamNafas" kitoblari bilan chin dildan tabriklayman!
Hamnafas yozilgan kitoblari ko'p bo'lsin.

#Излам
Қалблар тириклигининг мезони—адабиёт. Аммо унинг ҳам жон-жонидан қандай кунлар ўтмади дейсиз. Ўткан кунларни қўятурайлик, бугунги даврнинг нафасида умид эпкинлари борми?
Назаримда "Биз кутган фасл" келди! Ёшларнинг овозида гуркираб келди. Бу фаслнинг бошқа ранги, бошқа сози, бошқа Сўзи бор.
Мансур Жумаевнинг қаламида унган куртаклар истаган пайтингиз "Сиз истаган фасл" га айлана олади. Сиз ўқисангиз бас. Тасаввуфона оҳанглар долғаси руҳингизни ҳооов анави томонларга оқизиб кетади. Уёғи қизиқ бўлса шўнғинг, "Биз кутган фасл" га айланинг.
___
Ижодкорлик машаққати Сўз юкини руҳида кўтарганларга яхши аён.
Аёл ижодкор бўлиш икки ҳисса мушкулот.
Чунки уни яратган Сўз ўзининг тақдирига айлана оладими йўқми шудир масала.
Хўўўш... Назмда-ку саноқлимиз, насрда бармоқларимиз ортиб қолади санасак. Mohi Ra замонавий ўзбек насрининг "Қирқ биринчи кун" ини яшаётган авлод. Саноқдаги, сара ижодкор. Шу сафда собит бўлиши, аёллар насрининг "Қирқ биринчи кун"идан ўтиб олиши бир жиҳатдан сизларнинг, ҳаммамизнинг қўллаб-қувватловимизга боғлиқ. Ўқинг, самимиятдан, инжа туйғулар тараннумидан сармаст бўлинг...
@Nozima_Habibullayeva

Men ochgan uzun yo‘lakning oxiridagi eshik meniki emas edi,- deydi Kafka bir asarida.
Bir paytlar yarim jahonni qanoti ostida tutgan buyuk Turon sarhadlari hozir qalbimizday pora-pora, sochilib yotibdi.
Mundooq xaritaga qarab, oyoq-qo‘li chopilgan, boshi tepaga bog‘liq, faqat yuragi qolgan Vatanga joni achimagan, vujudida "Turon sog‘inchi" o‘rmalamagan qaysi shoirni tirik deya ataysiz?
Nainki shoir, butun millat farzandlarining og‘rig‘i bu.
Najmiddin Ermatovning buyuk dardga ana shunday katta da'vosi bor. G‘ururimizga dastak, yaralarga malham "Turon sog‘inchi" barchaga muborak bo‘lsin!

Jaloliddin Sayid desa og‘ir vazmin, "introvert" shoir ko‘z oldimga keladi. She'rlari Hisor tog‘ini yelkalab turganday viqorli. Bir qadar Abdulla Oripov falsafasiga yo‘g‘rilgan, ammo o‘zining ovozi va rangiga ega.
"Huqqaboz" goh o‘zining, goh sizning ko‘zlaringizni shamg‘alat qilib so‘z sehrining girdobida aylantiradi. Bu o‘yinning yakunida bog‘langan ko‘zlar ochiladi. Ko‘zingizni ochmoq uchun "Huqqaboz" ni mutolaa qiling.
***
"Izlam" turkumining yana bir nasr karvonidagi og‘amiz Furqat Alimardonning asarlari "og‘ir karvon" emas, anchayin ildam chiqdi. Menimcha shu sermahsullikka ko‘z tegmasin uchun "Qorakuya" deb nomlangan. Yoki bundan avvalgi kitobning "tandir" idan qolgan qora kuya sharafiga 😊
Yana ikki asar kitobxonlarga muborak bo‘lsin!

So‘z — to‘lqin, so‘z — po‘rtana. U hech bir joyda muqim yashagan emas. Hatto "Sir" larda ham. Suhrob Ziyoning "Daryo" si ham shunday yoyila boshladi. Bu kitobni yo‘lidan chiqsangiz ehtiyot bo‘ling, ruhingizni sel qilib oqizib ketishi mumkin. Daryodil shoirning kitobga qo‘ygan nomi qizining ismi bilan adash. Har ikki Daryoning umri uzoq bo‘lsin, dengizlarga, ummonlarga aylansin!
***
Jumanazar Yo‘ldoshning "Izlam" turkumida chiqqan "Sir" i nima haqida ekani esa sir.
"Syurpriz" deydi-ku, o‘sha. Izlamning syurprizlari hali oldinda, hammasi hammamiz uchun, adabiyot uchun.

Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#tavallud
4-noyabr — yosh isteʼdodli shoira Nozima Habibullayeva tavallud topgan kun!
YUK
Bu tugun —
Shahlo ko‘zlari ko‘kargan,
Bir qo‘lida bola ko‘targan
Loy ko‘chadan takror o‘tarkan,
Joni palaxmonidan uchqur
Ayolniki.
Bu to‘rva —
Burchida bir burda qotgan non,
Qotganidan uch kun o‘tgan non,
Qor kuraydi, yuragi vayron,
Vatanida mo‘ltirab to‘rt jon.
Qozonida qaynatgan sho‘rva,
Halolniki.
Bu chamadon —
Qotgan nondek tarasha, taqir,
Qullariga qul bo‘lgan, asir,
Cho‘ntagi hasharga muntazir,
Umri bo‘yinbog‘idan arzon,
Zavolniki.
Bu savat
Yeb-ichardan bo‘lak dardi yo‘q,
To‘ylarining pirovardi yo‘q,
Davrasida biror sarti yo‘q,
Hashamatdan ortiq xarji yo‘q,
Isroflari qavatma-qavat
Hammolniki.
Bu she'r—
Tutqichi yo‘q og‘riqlar haqda,
Og‘rig‘iga bog‘liqlar haqda,
"Qodir esang uyg‘ot"-u,shartta,
Qay birini ko‘tarayin der,
Xayolniki...
Nozima Habibullayeva
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Forwarded from Мансур ЖУМАЕВ шеърлари
⭐️ "Шарқ Юлдузи" журнали
(2-сон/2023)
Биз кутган фасл
Неча бор қалбингда тикладим қаср,
Айрилиқ бўрони бузди муттасил.
Нечун яна қаттиқ қиш келаётир,
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Саҳройи севгимиз кўкарган даштим,
Соғинч ўрдасида мунча саваштим?..
Наҳот, адаштирдим, наҳот, адашдим,
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Севилдик – севиндик, аммо ақлли
Зотлардек бўлмадик сипо шаклли,
Эртароқ нишонлаб қўйдик шекилли,
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Азизим, асалга эврилсин заҳр:
Севгида сахий бўл, нафратда – бахил,
Баҳорга айлантир қишни ҳам, ахир,
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Мансур ЖУМАЕВ
(2-сон/2023)
Биз кутган фасл
Неча бор қалбингда тикладим қаср,
Айрилиқ бўрони бузди муттасил.
Нечун яна қаттиқ қиш келаётир,
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Саҳройи севгимиз кўкарган даштим,
Соғинч ўрдасида мунча саваштим?..
Наҳот, адаштирдим, наҳот, адашдим,
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Севилдик – севиндик, аммо ақлли
Зотлардек бўлмадик сипо шаклли,
Эртароқ нишонлаб қўйдик шекилли,
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Азизим, асалга эврилсин заҳр:
Севгида сахий бўл, нафратда – бахил,
Баҳорга айлантир қишни ҳам, ахир,
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Баҳор эмасмиди биз кутган фасл?!
Мансур ЖУМАЕВ
Forwarded from Нозима ҲАБИБУЛЛАЕВА
#retro
* * *
Наҳиде* бўғзимдан ўтар сирғалиб,
Ақрабнинг ўзини чақа бошлар тун.
Тонг ели қўшиқдан баттар судралур,
Нега айнан бугун?
Тўлқинлар селидан сўрайди ёрдам,
Ўзига қуйила бошлаган сасим,
Гўё сидирилиб тушар торлардан
Титроқ хўрсиниқлар унган нафасим.
Дераза ечинар,
борлиқ шеър ташир,
Дарахт улоқтирар ёнган вароғни.
Нигоҳим таратган гунглик нотаси
Аллала-аб кузатар сўнгги япроқни....
Манов оғир бошда икки тирқишдан
Наҳиде пичирлар
ва айнан бугун.
Барини кўз юмиб тинглайверишдан
Жуда чарчаганман, тушун...
II.
Ноябрь барига шўнғир кўз юмиб,
Азизим, кўз очиб англаганимдек,
куй ҳам тингласайди мени бир умр
Сен мени,
мен сени тинглаганимдек.
О, сенга шунчалар ярашган вафо!
Кипригим гуллари – тўкилмаган шеър.
Ёнимда сен борсан,
тепамда Худо,
Нега йиғлаяпман, сабаб топиб бер...
*Наҳиде – хонанда
@Nozima_Habibullayeva
* * *
Наҳиде* бўғзимдан ўтар сирғалиб,
Ақрабнинг ўзини чақа бошлар тун.
Тонг ели қўшиқдан баттар судралур,
Нега айнан бугун?
Тўлқинлар селидан сўрайди ёрдам,
Ўзига қуйила бошлаган сасим,
Гўё сидирилиб тушар торлардан
Титроқ хўрсиниқлар унган нафасим.
Дераза ечинар,
борлиқ шеър ташир,
Дарахт улоқтирар ёнган вароғни.
Нигоҳим таратган гунглик нотаси
Аллала-аб кузатар сўнгги япроқни....
Манов оғир бошда икки тирқишдан
Наҳиде пичирлар
ва айнан бугун.
Барини кўз юмиб тинглайверишдан
Жуда чарчаганман, тушун...
II.
Ноябрь барига шўнғир кўз юмиб,
Азизим, кўз очиб англаганимдек,
куй ҳам тингласайди мени бир умр
Сен мени,
мен сени тинглаганимдек.
О, сенга шунчалар ярашган вафо!
Кипригим гуллари – тўкилмаган шеър.
Ёнимда сен борсан,
тепамда Худо,
Нега йиғлаяпман, сабаб топиб бер...
*Наҳиде – хонанда
@Nozima_Habibullayeva