Telegram Web
Ассалому алайкум! Дўстлар барчамизга Ийд ал-Фитр, Рамазон ҳайити муборак бўлсин. Тутган рўзаларимизни Даргоҳида қабул қилсин, ўзи кейинги Рамазонларга ҳаммамизни соғлик-саломатликда, тўкис етказсин. Ҳамма яқинларимиз соғ-саломат бўлишсин илоҳим. Айёмлар билан!
Forwarded from Azamat Akbar | Lektorium
Меҳрибон бўлинг, чунки сиз учратган ҳар бир инсон бир жангчи сингари кунлик ҳаётнинг оғир жанги билан машғул.

Кундалик ҳаётимизда биз кўпинча ташқаридан қараганда муаммосиз инсонларни учратамиз. Бироқ, шуни ёдда тутиш керакки, ҳар бир инсон ўз қийинчиликлари ва курашлари билан машғул, уларнинг аксарияти бир қараганда кўзга ташланмайди. Ҳар бир инсон шахсий, профессионал ёки ҳиссий бўладими, ўзига хос қийинчиликларга эга.
Катта спортга қайтишга қарор қилдим 😁.
Аниқроғи, Orbita.Uz ни қайта жонлантиришга киришдим. Бошланишига ушбу - Уоллес чизиғи ҳақидаги мақолани қабул қилгайсизлар. Иншаоллоҳ, яна қизиқарли ва фойдали мақолаларни кўпайтирамиз.

Ba’zi joylarda oraliq masofa juda qisqa ekaniga qaramay, mazkur chiziqning har ikki tarafida yashovchi «devor darmiyon qo‘shnilar» ham bir-birini yo‘qlab chiqishga oshiqmaydi. Misol uchun Lombok va Bali orollari orqasidagi masofa ba’zi joylarda hatto 40 km dan ham oshmaydi. O‘ylab qaralsa, bu masofa, masalan qushlar uchun karnaychining bir puf deganichalik ham gap emas. Biroq, «migratsiya qoidalarga» aynan qanotli do‘stlarimiz boshqalardan ko‘ra qat’iyroq amal qilishadi va hatto shu arzimas masofalarda ham ularni oroldan-orolga uchib o‘tganini ko‘rmaysiz

https://orbita.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=1006:uolles-chizigi&catid=85:tabiat-qonunlari&Itemid=53
Кириб келаётган янги йил барчамизга хайрли ва баракали келсин! Барчангизга тинчлик, хотиржамлик, саломатлик тилайман. Аллоҳ ҳаммамизни фойдали илм билан сийласин.
Assalomu alaykum!
Bugun 1-yanvar, Serera mitti sayyorasi kashf etilgan sana. Uni 1801-yilning xuddi shu sanasida Italiyalik astronom Juzeppe Piatssi tasodifan ko'rib qolgan edi.
Yangi sayyoraga nom berishda avval, uning kashfiyotchisi Piatssi "Serera Ferdinandea" (Ceres Ferdinandea) nomini, ya'ni qadimgi Rim dehqonchilik va hosildorlik ma'budining nomi bilan, Sitsiliya qiroli Fernandea III ning o‘zaro biriktirilgan shaklidagi nomni berishni taklif qildi. Biroq, olimlarning muzokaralaridan so‘ng, Fernandea ismi boshqa mamlakatlar, ayniqsa, Sitsiliya bilan diplomatik sovuqchilikka ega davlatlar tomonidan qabul qilinmaydi degan mulohazaga ko‘ra, undan voz kechildi va oddiy qilib, "Serera" nomi qoldirildi. 1803-yilda kashf etilgan yangi kimyoviy element ham Sereraning sharafiga Seriy deb nomlandi.

Serera bir necha bor ilmiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan: u kashf etilgan ilk davrda Quyosh tizimining odatiy sayyorasi sifatida qaralgan va tegishli katalog va darsliklarga kiritilgan. Biroq, ko‘p o‘tmay, 1802-yildayoq uni asteroid sifatida qayd etilgan va to 2006-yilgacha shu maqomda bo‘lgan. Bu davr mobaynida Serera koinotdagi eng katta asteroid sifatida qaralgan. 2006-yildan e'tiboran esa Sererani mitti sayyora sifatida e'tirof etiladi.
​​Saytimizda qiziq maqolalar berib borishda davom etamiz.

Bugungi qisqa maqolamiz - matematika ruknidan, aniqrog'i, kriptografiya tarixiga oid bo'lib, Tritemiy poligrafiyasi deb nomlanadi.

Xabarni shifrdan yechish jarayonida uning matnidagi so‘zlar tegishli harflar bilan almashtiriladi. Shunisi qiziqki, Tritemiy jadvallari bo‘yicha shifrlangan har qanday matnni o‘qisangiz (xoh u siyosiy matn bo‘lsin, xoh harbiy sir va ho kazo), u xuddi nasroniylar cherkovida o‘qiladigan ibodat so‘zlaridek chiqaveradi. Masalan, shifrlangan xabarda CAB harflari bilan boshlanadigan so‘z mavjud bo‘lsa (misol uchun «cabinet» so‘zi) u Tritemiy shifrida Conditor clemens clementissismus deb ya'ni, Rahmlilarning rahmlisi Parvardigor deb yozilgan bo‘ladi. Kitobda shuningdek, bundan-da mukammalroq bo‘lgan boshqacha shifrlash usullari haqida ham so‘z boradi va tegishli jadvallar keltiriladi.

Tritemiyning yana bir mashhur asari «Steganografiya» deb nomlangan bo‘lib, u 1499-yilda yozilgan va 1606-yilda chop etilgan. Bu kitob bir necha asrlar mobaynida katolik cherkovining «Taqiqlangan kitoblar indeksi»da bo‘lgan, ya'ni, uni o‘qish va tarqatish cherkov tomonidan ma’n etilgan. Sababi, garchi bu kitob mohiyatan kodlar lug‘ati bo‘lsa-da, lekin cherkov uni qandaydir qora kuchlar bilan aloqa qiluvchi sehr-joduga aloqador kitob deb hisoblagan
​​Hozirda masalan Yer sharining turli burchaklarida istiqomat qiluvchi musulmonlar namoz o‘qish uchun qiblani belgilashda, ya'ni, Makka shahri joylashgan tarafni aniqlashda aynan loksodroma chizig‘iga asoslanib ish ko‘rishadi. Chunki, ilmiy nuqtai nazardan, qiblani to‘g‘ri topish uchun, xaritada Makkaga qarab tortilgan to‘g‘ri chiziq emas, balki, ulkan yoydan iborat loksodroma chizig‘i eng to‘g‘ri yo‘nalish bo‘ladi. 2006-yilda esa ilk musulmon astronavt Muzaffar Shukur orbitada namoz o‘qiganligi munosabati bilan, Malayziya milliy kosmik agentligi (AGNKASA) hatto orbitadan turib qiblani belgilash masalasiga oid alohida maxsus ilmiy seminar ham tashkil etgan.
​​Assalomu alaykum!
Bugun 4-yanvar, fizika va umuman ilm-fan tarixidagi eng buyuk siymolardan biri Isaak Nyuton tug'ilgan sana. Nyuton 1642-yilning xuddi shu sanasida Linkolnshir grafligidagi Vulstorp qishlog‘ida tavallud topgan. Nyuton oyiga yetmay tug'ilgani sababli juda nimjon bola bo'lgan. Nyutonlar oilasi fermerlik bilan shug‘ullanishgan. Nyuton maktabda o'qib yurgan yillari 6 yil mobaynida dorixonada shogird bo'lib ham ishlagan va o'sha yerda kimyo fanining amaliy jihatlaridan yaxshi xabardor bo'lgan. Juda iste'dodli yigit bo'lgan Nyutonni 18 yoshida Yevropaning eng nufuzli ilmiy dargohlaridan bo'lgan Triniti kollejiga qabul qilingan.
Uning dastlabki ilmiy tadqiqotlari yorug'lik bilan bog'liq bo'lgan. Hammamizga ma'lum va mashhur o'sha prizma tajribasi, ya'ni, yorug'likni tarkibiy ranglarga ajratish tajribasi uning fanda ko'targan birinchi yirik shov-shuvli ishi bo'lgan edi. Keyinchalik u fizikaning, asosan, mexanikaning deyarli barcha-barcha sohalariga taalluqli bo'lgan yana qator muhim ilmiy ishlarni bajardi. Xususan, u butun olam tortishish qonunini kashf etdi, qator harakat qonunlarini ochdi, hamda, differensial va integral hisob nazariyasini barpo qildi. Uning "Tabiat falsafasining matematik asoslari" asari esa ilm-fan tarixidagi eng birinchi fundamental qomusiy asarga aylandi. Nyuton shubhasiz, ilm-fan tarixidagi eng buyuk olimlardan biridir. Biz bejizga fizikada, 1900-yilgacha bo'lgan davrni, yoki, Eynshteyngacha bo'lgan davrni "Nyuton fizikasi" demaymiz. Zero, o'sha klassik fizikaning asoslari aynan Nyuton qonunlariga asoslangan edi.
​​Assalomu alaykum!
Bugun 6-yanvar Jeyms Uatt (1736-1819) tomonidan bug' mashinasiga patent olgan sana. Uatt o'zi loyihalagan va yasagan tarixdagi ilk bug' mashinasini 1769-yilning shu sanasida Angliyada patentlashtirgan.
Uatt bug‘ mashinasi, endi-endi tetapoya qilib kelayotgan mashinasozlik sanoati rivoji uchun inqilobiy ahamiyat kasb etdi. 1785-1795 yillarda 114 ta Uatt bug‘ dvigatellari ishlab chiqarildi. 1800-yilda esa Angliyada 321 ta bug‘ mashinasi ishlab turar edi. Ularni ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida qo‘llashgan.

Jeyms Uattning buyuk ixtirosi insoniyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan ixtirolar jumlasidan bo‘lib, u butun boshli sanoat hamda transport sohalarining keyingi rivojlanishi uchun ulkan turtki bergan.
Audio
Bu safar «Parker» Quyoshga 6,1 mln km masofagacha yaqinlashib bordi. Boz ustiga, bu safar u tezlikni 690 000 km/soatgacha yetkazib, endilikda inson qo‘li bilan yasalgan eng tezkor texnika vositasiga ham aylandi. Bu tezlikda u yorug‘lik tezligining 0,064% qismicha harakatlanmoqda. Boshqacharoq aytganda, hozir «Parker» soniyasiga 192 km yo‘l bosib o‘tmoqda!
​​Assalomu alaykum! Xayrli tong do'stlar!

Bugun 7-yanvar - fotografiya ixtiro qilingan sana

Biz hozir smartfonimiz, yoki, mashhur brendning yuqori sifatli raqamli foto-videokamerasi yordamida istagan narsamizni osonlik bilan suratga tushira olamiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng bo‘lmag‘ur selfimaniyalardan tortib, ilm-fan uchun beqiyos ahamiyatli muhim fotosuratlargacha - hamma-hammasi birgina tugmachani yengil bosish orqali, hozirda juda oson va jo‘n olinmoqda. Hozirda fotosurat olish uchun maxsus o‘quv kurslaridan o‘tish va uyda bir qancha maxsus jihozlardan iborat fotolaboratoriyaga ega bo‘lish shart emas. Smartfon tugmasini yengil bosasiz va tamom! Fotosurat tayyor. Uni istasangiz internetga joylaysiz, istasangiz qog‘ozga chop etib, albomga yopishtirasiz... xullas, bizning avlod uchun fotosurat olish - pista chaqqandek ham ish bo‘lmay qolgani chin haqiqat.

...Lekin, bilasizmi, atiga 10-20 yillar muqaddam, hatto 2000-yillar boshida ham fotosuratga olish maxsus amaliyotlar talab qiladigan, anchagina qimmat jarayon bo‘lgan. 50-100 yillar avval esa, fotosuratga tushishga ko‘pchilik oddiy aholining imkoni yetmagan ham. Bugungi kunda hatto mushugi-yu kuchugini va yeyayotgan taomini ham suratga olib ijtimoiy tarmoqqa joylaydiganlarning aksariyatining buvi va buvalari, bu darajadagi suv tekin arzon fotosuratlar olish mumkinligini tushida ham ko‘rishmagan.
Mazkur birlik uran rudasidagi radioaktivlik hodisasini kashf qilgan fransuz olimi Antuan Anri Bekkerel (1852-1908) sharafiga nomlangan bo‘lib, O‘lchov va tarozilar qo‘mitasining 1975-yilda bo‘lib o‘tgan XV-bosh konferensiyasida qabul qilingan. SI tizimining hosilaviy birliklariga nisbatan tadbiq qilinadigan imlo qoidalariga binoan, olim sharafiga qo‘yilgan bo‘lishiga qaramasdan, matnda o‘lchov birligining nomi kichik harflar bilan, ya'ni, «bekkerel» tarzida keltiriladi; uning belgilanishi esa – bosh harflar bilan, ya'ni, «Bk» shaklida ko‘rsatiladi.
​​Bugun shuningdek, Yupiterning dastlabki to'rtta yo'ldoshi - Io, Ganimed, Kallisto va Yevropa yo'ldoshlari kashf qilingan sana. Ularni 1610-yilning shu sanasida Galileo Galiley ko'rib qolgan edi.
​​Assalomu alaykum, Eppur si muove!
GalileyEppur si muove!!!” - deb hitob qilgan edi. Ya’ni, u Yer Quyosh atrofida aylanadi degan e’tiqodida sobit qolib, garchi inkvizatsiya sudi oldida “til uchida” tavba qilgan, va o‘zining geliosentrik qarashlaridan go‘yoki voz kechgan bo‘lsa-da, lekin baribir so‘zi yakunida “U baribir aylanadi!II” - degan.

Yerning Quyosh atrofida aylanishini juda ko‘p olimlar uzoq asrlar mobaynida dalillab, ilmiy fakt sifatida qabul qilib kelishgan bo‘lsa-da, biroq, asosan cherkovning qaysarligi sababli ancha paytgacha ushbu Yer aylanadi degan g‘oya muttasil shubha ostida qolgan. Faqatgina 1851-yilga kelib, olim Leon Fuko tomonida Parij Panteonida o‘tkazilgan tajribadan so‘ng, ilm-fan ham, jamiyat ham Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini uzil-kesil tan oldi. Fuko o‘z tajribasini aynan 8-yanvar kuni o‘tkazgan edi. Shu sababli, fiziklar orasida 8-yanvarni "Yer aylanishi kuni"- norasmiy bayrami sifatida qayd etish an’anasi yuzaga kelgan. Bugun, Yerning aylanishi isbotlanganiga naq 174 yil to‘libdi. Eppur si muove do'stlar!
Qizig'i shundaki, Leon Fuko o‘zi yoshlik yillarida tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lib, lekin, o‘zidagi ayrim psixologik omillar sababli, keyinchalik vrachlik sohasini tashlashgan majbur bo‘lgan. U qondan qo‘rqqan. Shundan so‘ng u fizika bilan mashg‘ul bo‘lgan va bir necha ajoyib kashfiyotlarni amalga oshirgan.
2025/01/13 09:19:36
Back to Top
HTML Embed Code: