Telegram Web
Женавит капсула 
🔱DORI SHAKLI : kapsula 
🔱TARKIBI : 👀
Tabiiy mikronlashtirilgan progesteron -- 100 mg.
🔅TA'SIRIGA KO'RA
Progestagen vosita.
💊QACHON QO'LLANILADI
-- Bachadon va bachadon naylarining mushaklarini qo'zgaluvchanligini va qisqaruvchanligini kamaytiradi ( oksitotsinga teskari ta'sirga ega ).
-- Bachadonning ichki birinchi qavatini , ya'ni endomatriy qavatini normal shakllantirishga yordam beradi.
-- Sut bezlariga ijobiy , yaxshi ta'sir qiladi.
-- Ayollarda progesteron tanqisligi holatlarida qabul qilinadi.
-- Xayzdan oldingi holatlarda qo'llaniladi.
-- Ovulyatsiyani buzilishi va umuman ovulyatsiya yuz bermaydigan holatlar oqibatida yuzaga kelgan xayz siklining buzilishida qabul qilinadi.
-- Xavf soluvchi abort yoki progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi odatdagi abortni oldini olish maqsadida qo'llaniladi.
-- Lyutein yetishmovchiligi oqibatidagi bepushtlikda qo'llaniladi.
-- Fibroz kistoz mastopatiyada
-- Menopauzal o'tish davrida qo'llaniladi va menopauzadan oldingi va keyingi davrlarda gormonal davolash maqsadida esterogen saqlovchi preparatlar bilan birga qo'llaniladi.
-- Muddatidan oldin tug'ruqni oldini olish maqsadida qabul qilish mumkin ( chunki jenavit bachadon qisqarishini kamaytiradi va oksititsinga teskari ta'sirga ega).
-- Ayollarda muddatidan oldingi menopauzada qo'llaniladi.
QO'LLASH USULI VA QO'LLASH DOZASI ♻️
Preparat uyqudan oldin suv bilan ichga qabul qilinadi. Kechasi uxlashdan oldin 1 kapsula ichib uxlash kerak.
Yana bir ma'lumotni aytib o'taman. Jenavitni kasallik turi va holatiga qarab sutkalik doza kuniga 2 - 3 kapsula ham qabul qilish mumkin. Qabul qilishdan oldin shifokor ginekolog bilan maslahatlashib qabul qiling. 
🔴NOJO'YA TA'SIRI ⛔️
-- Xayz siklini buzilishi , qon ketishlar.
-- Bosh og'rigi va uyqusizlik kuzatiladi.
-- Qorinni dam bo'lishi kuzatiladi.
-- Eshakyemi va teri qichishish kuzatiladi ko'pincha.
-- Sut bezlarida taranglik , qindan ajralmalar kelishi va bo'g'imlarda og'riq kuzatilishi mumkin.
-- Tunda ko'p terlash va isitma holati kuzatiladi.
-- Qon bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.
QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- Venalarda tromblar bo'lsa , tromboemboliyada, o'pka arteriyasida tromboemboliya bo'lganda mumkin emas.
-- Qon quyuqlashgan paytda va qoni quyuq insonlarda mumkinmas.
-- Miokard infarkti va insultda mumkin emas.
-- Sababi nomalum bo'lgan qindan qon ketishda mumkin emas.
-- Sut bezi va jinsiy a'zolar o'smalarida mumkin emas.
-- Jigar og'ir kasalliklarida, gepatitda va jigar o'smalarida mumkin emas.
-- 18 yoshdan kichik yoshdagilarga mumkin emas.
-- Emizish davrida mumkin emas.
♻️♻️♻️♻️
💥Jenavitni homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo'llash mumkin emas ( esda saqlang ).
 Homiladorlikning 2 chi va 3 chi oyliklarida ehtiyotkorlik bilan shifokor maslahati bilan qo'llash mumkin.
💥Jenavit qon bosimini oshiradi. Davleniyasi baland yuradigan kishilar qabul qilishi mumkin emas. Qon bosimi oshgan vaqtda ham mumkin emas.
💥Emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
💥Og'ir yurak, jigar va buyrak kasalliklarida mumkin emas.
💥Bronxial astma , epilepsiya va migren kabi kasalligi bor kishilar shu kasallikning og'ir davrida bo'lsa jenavitni qabul qilish mumkin emas. Yengilroq davrida bo'lsa ehtiyot bo'lib shifokordan so'rab foydalansa bo'ladi.
💥Jenavit qondagi qand miqdorini oshiradi. Shu sabab qandli diabeti bor bemorlar , qondagi qand miqdori normadan oshib ketgan bo'lsa qabul qilish mumkin emas.Agar qondagi qand miqdori past bo'lsa yoki normada bo'lsa ehtiyot bolib qo'llasa bo'ladi.
💥Jenavitni qabul qilishdan oldin shifokoringizdan xayz siklining qaysi kunidan boshlab qabul qilishni ham so'rang ( Anniq so'rang ahamiyati katta buni ).
💉Qo'llash -- retsept bilan albatta .
💉Ishlab chiqaruvchi -- Xitoy 
Angiosept 
#Ангиосепт 
DORI SHAKLI  :
og'iz chayish uchun  eritma 
🔅TARKIBI : 🧐
Xlorgeksidin , shalfey ekstrakti , romashka 
👀TA'SIRIGA KO'RA  👀
Og'iz bo'shlig'idagi yallig'lanishni va infeksion holatlarda antiseptik va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.
QO'LLANILISHI ♻️
-- Og'iz bo'shligi infeksion yallig'lanish kasalliklarida qo'llaniladi
-- Tomoq ning infeksion va yallig'lanish holatlarida qo'llaniladi
-- Tonzillit , laringit va faringitda qo'llaniladi.
-- Og'iz bo'shligidagi yarali stomatitda buyuriladi
-- Profilaktika sifatida tish kariyes bo'lishini oldini olish uchun , parodontozda ( milk kasalligida) va boshqa og'iz bo'shligi infeksion va yalliglanish holatlarida qo'llaniladi.
🧐QO'LLASH USULI👀
Kuniga 2 - 3 marta 5 - 10 ml suyuqlik olib og'iz bo'shligi 1 - 3 minut davomida chayiladi. 
Yutish mumkin emas
🚫NOJO'YA TA'SIRI  QANAQA 👇
Kam kuzatilgan😎😎😎
QO'LLASH MUMKINMAS HOLATLAR 
-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda
-- Yosh bolalarda qo'llash mumkinmas
Angiosept -- og'iz chayish uchun preparat.

♻️♻️♻️
Homladorlar va emiziklilar qo'llashlari mumkin.
Preparat bilan faqat og'iz bo'shligi chayiladi. Yutish mumkin emas.
Natriy xlor osmasi
#Натрий хлор осмаси
DORI SHAKLI : 🔱
0,9 % li infuziya uchun eritma ( osma ).
👀👀👀TARKIBI : 🧐
Natriy xlorid va suv . 1 litr infuziya -- 9 gr natriy xlorid saqlaydi. 
TA'SIR QILISHIGA KO'RA 🔅
Tuzli eritma. 

TA'SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA
Izotonik eritma bo'lib , organizmda suyuqlik yetishmovchiligini to'ldiradi. Natriy xloridi o'zi organizmga ovqat bilan kiradi. Odatda odam kuniga 10 gr ( 170 mmol) ga yaqin natriy xloridni iste'mol qiladi va uning bu miqdori organizmning elektrolit muvozanatini ta'minlaydi. Bu eritma inson qon plazmasiga izotonik bo'lib , tibbiyotda o'rni beqiyos. Natriy xlor eritmasi qitiqlovchi ta'sir ko'rsatmasligi tufayli parenteral yuborilishi va yara , shilliq qavatlarni yuvish uchun ham qo'llanilishi mumkin. Qon tomirlardan tez chiqib ketadi va qon tomirlardagi suyuqlik miqdorini vaqtinchalik oshiradi. 
Bu dezintoksikatsiya qiluvchi va regidratatsion ta'sirga ega. Tananing turli xil patologik holatlarida natriy etishmovchiligini to'ldiradi va tomirlarda aylanib yuradigan suyuqlik hajmini vaqtincha oshiradi.
Eritmaning farmakodinamik xususiyatlari natriy va xlor ionlari mavjudligidan kelib chiqadi. Natriy ionlarini o'z ichiga olgan bir qator ionlar hujayra membranasiga turli xil transport mexanizmlari yordamida kirib boradi, ular orasida natriy-kaliyli nasos (Na-K-ATPaza) katta ahamiyatga ega. Natriy neyronlarda, yurakning elektrofiziologik jarayonlarida, shuningdek buyraklardagi metabolik jarayonlarda signallarni uzatishda muhim rol o'ynaydi.
Natriy asosan buyraklar orqali chiqariladi, ammo ko'p miqdorda natriy qayta so'riladi (buyrak reabsorbsiyasi). Natriyning oz miqdori najas bilan va terlash paytida ajraladi.
-- Qon plazmasi o'rnini bosuvchi suyulik sifatida qo'llaniladi.
-- Ichki va tashqi zaharlanishlarda qo'llaniladi. 
-- Organizmning suvsizlanishini tiklash uchun qo'llaniladi.
-- Diareyada va toksik dispepsiyada qo'llaniladi.
-- Ichak tutilishida va xlor kamlik kabi alkalozda qo'llaniladi.
-- Dori vositalarini eritish va suyultirish uchun qo'llaniladi.
-- Organizmda natriy kamligida qo'llaniladi.
Yosh bolalarga sutkalik 100 ml flakondagi miqdori qo'llaniladi. Kattalarga esa katta hajmdagi flakonlari qo'llanilishi mumkin. Kattalarga kuniga 500 ml gacha tomchilab yuborish mumkin. Vaziyatga qarab shifokor yana qo'llashi mumkin.
🛑⛔️⛔️NOJO'YA TA'SIRI 🫢
-- Ko'ngil aynish , qusish va diareya kuzatilishi mumkin.
-- Me'da spazmlari va chanqoqlik kuzatilishi mumkin.
-- Ko'z yosh oqishi , terlash va isitma kuzatilishi mumkin.
-- Taxikardiya va qon bosimini oshiradi. 
-- Buyrak funksiyasi buziladi va shish , xansirash kuzatilishi mumkin.
-- Mushaklar taranglik tonusi oshadi.
QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR ❗️
-- gipernatriyemiyada , ya'ni natriy ortiqchaligida mumkin emas.
-- Atsidoz da mumkin emas .
-- Giperxloremiya , ya'ni xlorning ortiqchaligida mumkin emas.
-- Gipokaliyemiya da , ya'ni organizmda kaliy kamligida mumkin emas.
-- Hujayradan tashqari gipergidratatsiyada mumkin emas.
-- Miya va o'pkaning shishishi bilan tahdid qiladigan qon aylanishining buzilishida mumkin emas 
-- Miya shishi va o'pka shishida mumkin emas. 
-- Surunkali buyrak yetishmovchiligida mumkin emas.
10 % li natriy xlor eritmasi ham bor.
ADMIN MASLAHATI
💥Bu eritmani ko'p qabul qilganda natriy moddasi organizmda ko'payib , kaliy moddasi kamayib ketadi. Shu sabab surunkali yurak kasalliklarida mumkin emas.
💥Juda kam siyadigan va umuman siydik chiqara olmaydigan surunkali buyrak kasalliklari xolatida ham ushbu eritmani qo'llash kerak emas. Sababi organizmda suyuqlikni ushlab qoladi. 
💥Qon bosimi baland bo'lganda va taxikardiya bo'lganda qo'llash kerakmas. 
💥Homiladorlik va emizish davrida mumkin.
💥 Inson umuman tuzsiz ovqatni iste'mol qilsa ham kuniga 2 gr natriy xlor organizmdan peshob bilan chiqib ketadi.
💥Eritma 100 , 200 , 250 , 400 va 500 ml flakonlarda chiqadi.
Narxi 👉 miqdoriga qarab .
​​​​💊 PIRASETAM

❇️ Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

♻️ Tarkibi:

*faol modda*: pirasetam
*yordamchi moddalar*: natriy asetati
trigidrati, suyultirilgan sirka kislotasi,
inyeksiya uchun su
v.

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
Nootrop vosita

Qòllanilishi:

🔹Kattalarda xotira pasayishi, diqqatni jamlash va faollikni pasayishi, kayfiyatni òzgarishi, xulq-atvorni òzgarishi, harakatni buzilishi bilan kechuvchi psixoorganik sndromni simptomatik davolash;
Bosh aylanishi va u bilan bog‘liq muvozanatni buzilishini davolash

🔹Bolalarda: 8 yoshdan boshlab
disleksiyani boshqa usullar, shu jumladan logopedik davolash bilan majmuada davolash, òroqsimon-hujayrali vazooklyuzion xurujni bartaraf etishda



Qòllash usuli: vena yoki mushak
ichiga


Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:

òta yuqori sezuvchanlik
– Gentington xoreyasi
– gemorragik insult
– oģir darajadagi buyrak
yetishmovchiligi
– preparatni buyurish vaqtida
psixomotor qòzģalish
– homiladorlik va laktasiya davrida
*Ehtiyotkorlik bilan *
– gemosatazni buzilishi
– oģir darajadagi qon ketish
– katta hajmli jarrohlik aralashuvlar
– surunkali buyrak yetishmovchiligi
da
ehtiyotkorlik bilan qòllaniladi

🚫 Nojòya ta'sirlari:

🔸Nerv tizimi tomonidan: ruhiy
qo‘zg‘alish, harakatni to‘xtab qolishi,
ta‘sirchanlik, o‘zini tutib turaolmaslik,
diqqatni jamlay olmaslik, xavotirlik,
uyqusizlik yoki uyquchanlik,
depressiya, ataksiya, bosh aylanishi,
bosh og‘rig‘i
🔸Ovqat hazm qilish tomonidan:
kòngil aynishi, qusish, diareya
abdominal oģriq
🔸Moddalar almashinuvi tizimida: tana
vazni oshishi
🔸Sezgi a'zolari tomonidan: vertigo
( bosh aylanishi )
🔸Terida qichishish, dermatit,
eshakemi
🔸Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida
oģriq, tromboflebit


🚨Obuna bòlish 👉@Pharmacology_uz
​​💊 RIBOKSIN

❇️ Dori shakli: 2% li inyeksiya uchun eritma

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
metabolik vosita

♻️ Tarkibi:
• faol modda: inozin – 20 mg
• yordamchi moddalar: geksametilentetramin, natriy gidroksidi, inyeksiya uchun suv.


Qoʻllanilishi:

Oʻtkazilgan miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi, yurak glikozidlarini qabul qilish oqibatidagi yurak ritmining buzilishi, infeksion kasalliklarni oʻtkazgandan keyingi miokardiodistrofiyani kompleks davolashda ishlatiladi. Shuningdek, preparat jigar kasalliklari (gepatitlar, sirrozlar, jigar distrofiyasi), undan tashqari, riboksin ajratilgan buyrakdagi jarrohlik operatsiyalarda, operatsiya qilinayotgan aʼzoda qon aylanishi vaqtincha toʻxtatilganida farmakologik himoya vositasi sifatida ishlatiladi.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Preparat v/i asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi. Davolash kuniga bir marta 200 mg (10 ml 2% li eritma) dan yuborish bilan boshlanadi.
Davolash davomiyligi 10-15 kun.
Kasallik kechishiga qarab dozani
shifokor belgilaydi.


🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– preparatga yuqori sezuvchanlik
– podagrada qoʻllash mumkin emas
– 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda
– homiladorlik va laktasiya davrida
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak
yetishmovchiligida


🚫 Nojòya ta'sirlari:

qichishish, terining qizarishi
– kamdan-kam hollarda: siydik kislotasining konsentratsiyasini oshishi kuzatiladi
– uzoq vaqt qoʻllanganida podagrani
zoʻrayishi mumkin.


🚨👉@Pharmacology_uz👈
#Enterojermin suspenziyasi
#Энтерожермин суспензияси 
💊DORI SHAKLI 🔱
Ichish uchun suspenziya ( suyuqlik ) -- 5 ml flakonda chiqadi.
💊TARKIBI
Bacillus clausi sporalari -- 2 milliard miqdorda va tozalangan suv.
💊TA'SIRIGA KO'RA
Ichakning buzilgan mikroflorasini tiklaydi va diareyaga qarshi ta'sirga ega.
🔅QO'LLANILISHI 🧐🧐🧐
-- Ichakning buzilgan mikroflrasini tiklaydi va diareyaga qarshi vosita hisoblanadi.
-- Antibiotiklar qabul qilish oqibatida kelib chiqqan disbakterioz va vitaminlar tanqisligida juda ham yaxshi davolash vositasi sifatida ta'sir qiladi.
-- Oziq ovqat bilan zaharlanish yoki ichak mikroflorasning buzilishlari va oshqozon ichak tizimida vitaminlarning so'rilishi buzilganda qabul qilinadi.
-- Disbakteriozni davolash va oldini olish uchun profilaktika maqsadida qo'llaniladi.

-- Antibiotiklar va kimyoterapevtik vositalar bilan davolash vaqtida o'zgargan ichak mikroflorasini tiklash uchun qabul qilinadi.
-- Kattalar va bolalarda o'tkir me'da ichak buzilishlarida , shu jumladan bakteriya va viruslar chaqirgan infeksiyalarda qabul qilinadi.
-- Me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligida , pankreatit , xolesistitda , jigar va safro chiqarish yo'llarining surunkali kasalliklarida qo'llaniladi.

💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI
Faqatgina ichish uchun buyuriladi.  
Ineksiya holida yuborish mumkin emas.
Kattalar kuniga 2 - 3 flakon qabul qilish mumkin. Har 3 - 4 soat oralig'ida qabul qilish buyuriladi. 
Go'daklar 3 haftalikdan boshlab qabul qilish mumkin. Go'daklar va yosh bolalarga kuniga 1 - 2 flakon qabul qilish buyuriladi. 
🚫NOJO"YA TA'SIRI
Teri toshmalari va eshakyemi kabi allergik holatlar kuzatilishi mumkin ( kam xollarda ro'y beradi ).
QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda mumkin emas.

Enterojermin kapsulasi ham bor. Kattalar kuniga 2 - 3 kapsula qabul qilishlari mumkin. Kichiklar esa faqat 6 yoshdan katta bolalar kuniga 1 - 2 kapsula qabul qilishi mumkin. 6 yoshdan kichik bolalar esa enterojermin suspenziyasi ( suyug'ini ) qabul qilishlari kerak.
♻️♻️♻️♻️
Homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin.

@Pharmacology_uz
Диакарб таблетка
💊Dori shakli : tabletka 
💊TARKIBI : 👀
Atsetazolamid 
💊TA'SIR QILISHIGA KO'RA : 👀
 Glaukoma va miotikani davollash uchun vosita. Karboangidraza ingibitori.
🧐TA'SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA ?
Asetazolamid kuchsiz diuretik faollikka ega boʻlgan karboangidrazaning kuchli ingibitoridir. Taʼsir mexanizmi karbonat kislotasidagi Na+ va N+ ionlarining ajralib chiqishini to'xtatish bilan bogʻliq. Karboangidraza faolligini atsetazolamid tomonidan susaytirilishi (ingibitsiya qilinishi) nefronning proksimal naychasida koʻmir kislotasining sintezini bostiradi. Na+ ionlarining oʻrnini egallash uchun zarur boʻlgan N+ ionlarining manbai boʻlgan karbonat kislotasining yetishmovchiligi, buyraklar tomonidan natriy va suvni chiqarilishini oshiradi. Nefronning distal qismida atsetazolamidning taʼsiri oqibatidagi katta miqdorda natriyni chiqarilishi natijasida, Na+ ionlarini oʻrnini K+ ionlarini egallashi oshadi, bu kaliyni katta yoʻqotilishiga va gipokaliyemiyaga olib keladi. Asetazolamid bikarbonatlarni chiqarilishini oshiradi, bu metabolik atsidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Asetazolamid siydik bilan fosfatlar, magniy, kalsiyni chiqarilishini chaqiradi, bu ham metabolik buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Qoʻllash boshlanganidan keyin 3 kun oʻtgach, atsetazolamid oʻzining diuretik xususiyatlarini yoʻqotadi. Davolashdagi bir necha kunlik tanaffusdan keyin qaytatdan buyurilgan atsetazolamid, karboangidrazaning normal faolligi tiklanganligi tufayli, diuretik taʼsirini qaytadan boshlaydi.
Asetazolamidning ekstrarenal taʼsiri glaukomani davolash uchun ishlatiladi. Kipriksimon tananing karboangidrazasini susayishi koʻzning oldi kamerasi suyuqligining sekretsiyasini kamaytiradi, bu koʻz ichki bosimini pasaytiradi.
Preparat tutqanoqni davolashda yordamchi vosita sifatida qoʻllanadi. Nerv xujayralaridagi karboangidrazani susaytirishi patologik qoʻzgʻaluvchanlikni tormozlaydi.
Asetazolamid likvordinamik buzilishlar va bosh miya ichki gipertenziyasini davolash uchun qoʻllanadi. Preparat bosh miyada xususan, bosh miya qorinchalarining nerv chigallarida orqa miya suyuqligini ishlab chiqarilishini kamaytirib, karboangidrazaning faolligini susaytiradi.
Asetazolamid kislota-ishqor holatini metabolik atsidoz tomonga oʻzgartiradi, bu nafasni buzilishlarini davolash uchun, shu jumladan uyqudagi markaziy genezli apnoe sindromini davolash uchun ishlatiladi.
Asetazolamid meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. 500 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal konsentratsiyasi  1-3 soatdan soʻng erishiladi. Yuborilgan vaqtdan boshlab, minimal konsentratsiyalarda qonda 24 soat davomida tutib turiladi. Asetazolamid yoʻldosh orqali oʻtadi, oz miqdorda ko'ʻkrak sutiga kiradi. Toʻqimalarda toʻplanmaydi va organizmda metabolizmga uchramaydi. Buyraklar orqali oʻzgarmagan holda chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan soʻng qabul qilingan dozaning taxminan 90 % 24 soat davomida siydik bilan chiqariladi.
🧐QO'LLANILISHI 🧐🧐🧐
-- Yurak yetishmovchiligidagi yoki dori vositalarini qabul qilish bilan boğliq bólgan shishlarda.
-- Surunkali ochiq burchakli glaukoma, yopiq burchakli glaukoma kasalligida.
-- Tutqanoq , ya'ni epilepsiya kasalligida.
-- Balandlikka kótarilish bilan boğliq kasallik
-- Bosh miya ichki bosimini oshishi va ko'z ichki bosimini oshishi kabi xolatlarda qabul qilinadi.
♻️QABUL QILISH USULI VA DOZASI ♻️
Diakarbni kuniga 1 tabletkadan 2 mahal qabul qilinadi.
Epilepsiya kasalligida esa shifokor belgilagan dozada qabul qiling ( esda saqlang ).
Aslida bu tabletkani shifokor belgilagan dozada qabul qilinadi. Shu sabab kasallik xolatiga qarab shifokor retsepti bilan qo'llaniladi.
🚫NOJO'YA TA'SIRI
-- Ishtahaning buzilishi va diareya kuzatilishi mumkin.
-- Poliuriya ( ko'p siydik ajralishi).
-- Ko"ngil aynish ,qusish 
-- Metabolik atsidozni kuchaytiradi.

QABUL QILISH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR 👇
⬆️⬆️⬆️⬆️
-- Qon zardobida natriy , kaliy , magniy,kalsiy va fosfatlar darajasini kamayishi
-- Jigar va buyrak faoliyati buzilishida.
-- Buyrak usti bezi etishmovchiligida. 
-- Giperxloremik atsidoz
-- Surunkali dekompensatsiyalangan yopiq burchakli glaukoma ( uzoq muddatli davolashda) mumkin emas.
-- Preparatning komponentlariga yuqori allergik reaksiya bo'lganda.
-- Addison kasalligida
-- Homiladorlik va laktasiya davrida mumkin emas.
🔱🔱🔱🔱🔱
Diakarbni bolalarga epilepsiyada ham buyuriladi. Faqat shifokor maslahati bilan qo'llaniladi. Epilepsiyada bu dori faqat qo'shimcha yordamchi  davo sifatida qo'llaniladi.

Qandli diabet kasalligi bor bemorlar ham shifokor bilan maslahatlashib qabul qilisinlar. 

Preparatni qabul qilganda organizmda kaliy va natriy moddasi kamayib ketadi. Siydik bilan esa kalsiy , magniy va fosfatlar chiqib ketadi. Shu sabab shu moddalar bor mahsulotlar qabul qilish yoki shu yoqotilgan elektrolitlar o'rnini to'ldiruvchi dori preparatlarini ham qabul qilish kerak.
Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalarini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

❗️Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!
https://www.tgoop.com/Shifokor_Jonibek_Panjiyev
Граммидин 
🔱DORI SHAKLI :

Shimish uchun tabletka
🔆TARKIBI 🔅
Grammidin C digidroxlorid , setilpiridin xlorid , etil spirti 96 % va glitserol .
🔆TA'SIRIGA KO'RA 🔆
Antibiotik va antiseptik vosita.
QO'LLANILISHI ❇️❇️
-- Og'iz bo'shlig'ining infeksion yallig'lanish kasalligida qo'llaniladi.
-- Hiqildoq infeksion yallig'lanish kasalligida qo'llaniladi.
-- Angina , faringit va tonzillitda qo'llaniladi. 
-- Parodontoz , gingivit kabi milkning yallig'lanish kasalligida qo'llaniladi.
-- Stomatitda qo'llaniladi.
-- Tomoq og'rig'ida , tomoqning shamollash oqibatidagi asoratlarida va tomoqning infeksion yalliglanish xolatlarida qo'llaniladi.

💊QO'LLASH USULI
Kuniga 1 - 4 martagacha shimish mumkin. Ovqatlanishdan keyin .

🔴NOJO'YA TA'SIRI ‼️
Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin ( xavfsiz ).
QO'LLASH MUMKINMAS ⛔️
-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda.
-- Homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas.
-- 4 yoshdan kichik bolaga mumkin emas .
👌👌👌👌
🌟Grammidinni homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo'llash mumkin emas ( esda saqlang). 
🌟Grammidinni 4 yoshdan keyin qo'llaniladi. 
🌟Yana bir ma'lumot grammidinni og'izda shimib bolgach 1 soatcha ovqatlanish ,  suv yoki boshqa suyuqlik ichish kerakmas.
Канефрон 
♻️♻️DORI SHAKLI : tabletka
TARKIBI :
 Tabiiy mahsulotlar va glukoza, laktoza, saxaroza, magniy stearat , kalsiy karbonat va boshqa ....
TA'SIRIGA KO'RA ♻️
Urologik kasalliklarni davolash uchun , yallig'lanishga qarshi , antioksidant , spazmolitik va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega.
Qo'shimcha yana antibakterial va siydik haydovchi ta'sirga ega.
♻️QO'LLANILISHI
-- Qovuqning o'tkir va surunkali infeksion kasalliklarini , ya'ni sistitni davolashda qo'llaniladi.
-- Pielonefritni davolash uchun 
-- Glomerulonefritni davolash uchun 
-- Nefrit kabi buyrak kasalliklarini.
-- Siydik yo'llarida tosh hosil bo'lishini oldini olish maqsadida va siydik toshlarini olib tashlagandan keyin ham qo'llaniladi.
-- Buyrak va siydik yo'llaridagi yallig'lanish holatlarida
-- Buyrak va siydik yo'llari va qovuq og'rig'ida qabul qilinadi.
-- Buyrak shamollash holatlarida qabul qilinadi.
♻️QO'LLASH USULI
Kattalar va 12 yoshdan kattalarga kuniga 2 tabletkadan 3 mahal ( ertalab , tushlik va kechqurun ) ya'ni kuniga 6 tabletka qabul qilish buyuriladi.
Maktab yoshdagi bolalar uchun 1 tabletkadan  kuniga 3 mahal qabul qilinadi.
Tabletkani chaynamasdan suv bilan qabul qilish kerak.
🔴NOJO'YA TA'SIRI
-- Teri toshmalari va teri qichishishi 
-- Ko'ngil aynish va yengil diareya kuzatilishi mumkin.
QO'LLASH MUMKINMAS ⛔️
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda
-- Oshqozon va 12 barmoq ichak yarasining o'tkir davrida mumkin emas
-- 6 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
♻️♻️♻️♻️
Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan qo'llash mumkin.
💥Kanefron tarkibida glyukoza , saxaroza va laktoza saqlaydi. Shu sababli qandli diabeti bor kishilarga mumkin emas . 
🔱Buyrak va boshqa urologik kasalliklarni davolashda kanefronni qabul qilishni o'zim ham tavsiya qilaman. Juda yaxshi vosita 👌👍
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima).pdf
7.2 MB
Хусусий фармакология (Харкевичч).pdf
10.4 MB
Farma retseptura.doc
4.8 MB
Xarkeevich_o'zbekcha.pdf
12.9 MB
​​💊 NO-SHPA

❇️ Dori shakli: tabletka

♻️ Tarkibi: faol modda:
drotaverin gidroxloridi.

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
spazmolitik vosita

Qòllanilishi:

– xolesistolitiaz, xolangolitiaz, xolesistit, perixolesistit, xolangit, papillit bilan bog‘liq bo‘lgan silliq mushaklarning spazmlari

– siydik yo‘llarining silliq mushaklarining spazmlari: nefrolitiaz, uretrolitiaz, pielit, sistit, qovuqning tenezmlari
– me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, me‘daning kardial va privratnik qismini spazmi, enterit, kolit, qabziyat bilan bo‘lgan spastik kolit va ichak shilliq qavati kolitining meteoristik shakllari
– bosh og‘rig‘i (mushak zo‘riqishi oqibatidagi bosh og‘riqlari, psixogen, stressli, surunkali kundalik bosh og‘rig‘i, transformasiyalangan migren), og‘riqli hayz ko‘rishlarda


Qòllash usuli va dozalari:

– Kattalar: òrtacha kuniga 3-6 tabletkani tashkil qiladi, bir martalik doza 40-80 mg (1-2 tabletka).
– Drotaverinni bolalarda qabul qilishning zarurati tug‘ilgan hollarda:
6-12 yoshli bolalar: 6 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza 80 mg, kuniga 2 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2 martada qabul qilish kerak. 6-12 yoshli bolalar uchun bir martalik doza – 40 mg (1 tabletka).
12 yoshdan oshgan bolalar: 12 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza
160 mg, kuniga 4 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2-4 martada qabul qilish kerak. 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 40-80 mg ni, ya‘ni 1-2 tabletkani tashkil qiladi.

🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlikda
– og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;
– og‘ir yurak yetishmovchiligi
– 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar



🚫 Nojòya ta'sirlari:

– ko‘ngil aynishi, qabziyat
– bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik
– yurak tez urishi, arterial bosimni pasayishi
– allergik reaksiyalar (angionevrotik
shish, eshakemi, toshma, qichishish).

🚨Obuna bòlish👉@Pharmacology_uz
Nootrop-vositalar.pptx
66.7 KB
Mavzu: Nootrop vositalar

━━━━━━━━━━━━
@tibbiy_ppt - тиббиётга оид презентациялар канали
tonusni oshiruvchi moddalar.pptx
2.5 MB
Mavzu: Tonusni oshiruvchi dorilar

━━━━━━━━━━━━
@tibbiy_ppt - тиббиётга оид презентациялар канали
Юрак_етишмовчилигида_ишлатиладиган_препаратлар.pptx
552.5 KB
Mavzu: Yurak yetishmovchiligida ishlatiladigan vositalar

━━━━━━━━━━━━
@tibbiy_ppt - тиббиётга оид презентациялар канали
Sizlar uchun hamma narsa tayyor joylab qoʻyilgan bot obuna boʻling qoʻying!!
👇👇

@FARMAKOLOGIYA_BOT
2025/03/01 07:54:14
Back to Top
HTML Embed Code: