tgoop.com/Pharmacology_uz/2533
Last Update:
#Baralgin ampula
#Баралгiн ампула
💊DORI SHAKLI 👇
Ineksiya uchun eritma -- 5 ml ampulada.
💊TARKIBI 👀
1 ml eritma o'zida :
metamizol natriy ( analgin ), pitofenon gidroxlorid , fenpiverin bromid va ineksiya uchun suv saqlaydi.
💊TA'SIR QILISHIGA KO'RA:
Analgetik va spazmolitik vosita hisoblanadi.
💊QO'LLANILISHI 👇
-- Og'riq qoldiruvchi , isitma tushiruvchi va kuchsiz yallig'lanishga qarshi vosita sifatida qo'llaniladi.
-- Spazmolitik ta'sir qilib , ichki a'zolarni silliq mushaklarini bo'shashtiradi.
-- Ichki a'zolar silliq mushaklari spazmlaridagi og'riqda qo'llaniladi.
-- Jigar va buyrak sanchiqlarida qo'llaniladi.
-- O't safro yo'llarining diskineziyasida qo'llaniladi.
-- Algodismenoreyada qo'llaniladi.
-- Nevralgiya, mialgiya , artralgiya va ishialgiyalarda qisqa muddatli simptomatik davolashda qo'llaniladi.
-- Operatsiyadan keyingi va diagnostik aralashuvlardan keyingi og'riqlarda qo'llaniladi.
-- Travma olgan holatlardagi og'riqda qo'llaniladi.
-- Onkologik kasalliklarda qo'llash mumkin.
💊QO'LLASH USULI 👇
Preparat vena ichiga ( juda sekin ) va mushak orasiga yuboriladi.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 2 - 5 ml ni , sutkalik doza esa 10 ml ( 2 ampula ) gacha qo'llash mumkin.
Venaga juda sekin yuborish kerak.
Yosh bolalarga esa shifokor pediatr belgilagan dozada buyuriladi.
🚫NOJO'YA TA'SIRI 👇
-- Teri toshmasi , kvinke shishi
-- Bosh aylanishi , taxikardiya va qon bosimi pasayishi mumkin.
-- Bosh og'rig'i va og'izni qurishi kuzatilishi mumkin.
-- Qorin yuqori sohasida achishish .
❌QO'LLASH MUMKINMAS 👇
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- Beqaror va barqaror stenokardiyada mumkin emas.
-- Surunkali yurak yetishmovchiligida va buyrak , jigar faoliyatining yaqqol buzilishida mumkin emas.
-- Prostata bezining giperplaziyasida ( kattalashishida ).
-- Qon tizimi kasalliklarida
-- Xomiladorlikning birinchi 3 oyligida va oxirgi 3 oyligida mumkin emas.
-- Emizish davrida mumkin emas.
-- 1 yoshgacha bo'lgan va tana vazni 9 kg dan kam bo'lgan bolalarga venadan yuborish mumkin emas.
-- 3 oylikkacha va tana vazni 5 kg dan kam bo'lgan bolalarga mushak ichiga yuborish mumkin emas.
Baralgin tabletkasi ham bor.
🔰MASLAHAT
💥Vena ichiga asta sekin minutiga 1 ml tezlikda yuborish buyuriladi. Bunda qon bosim , yurak qisqarishlar soni va nafas tezligi hisobga olinishi kerak.
💥Baralgin qon bosimini tushirib yuboradi. Shu sabab qon bosimi past bolgan vaqtlarda va qon bosimi past yuradiganlarda qo'llash mumkin emas.
💥Baralginni homiladorlikning birinchi 3 oyligida va oxirgi 3 oyligida qo'llash mumkin emas.
💥 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda venadan yuborish mumkin emas ( esda saqlang )
💉Qo'llash -- retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi --Hindiston, Uzbekistan
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2533