tgoop.com/Pharmacology_uz/2574
Last Update:
#Kardiomagnil 75
#Кардиомагнил 75
💊Dori shakli : tabletka
🤔Tarkibi : 🙂🙂🙂
* Atsetilsalitsil kislotasi
* Magniy gidroksid
💊TA'SIR QILISHIGA KO'RA🥸🤓
Qon suyultiruvchi , yurak faoliyatini normallashtiruvchi vosita hisoblanadi.
🤓QO'LLANILISHI🧐
-- Beqaror stenokardiya kasalligida
-- O'tkir miokard infarkti kasalligida qabul qilinadi
-- Miokard infarktining ikkinchi marta qaytalanmasligi uchun profilaktika maqsadida
-- Qon aylanishi buzilganda
-- Bosh miyada qon aylanishi buzilganda , ya'ni qon yaxshi aylanmaslik holatlarida
-- Operatsiyadan keyingi tromboz holatlarida , ya'ni qon tomirlarda tromb bo'lganda qabul qilinadi
-- Aorta koronar shunt yurakka qo'yilgandan keyingi holatlarda
-- Yurak qon tomir kasalliklarida
-- Yurak sanchiqlari holatlarida
-- Qonni suyultiradi
🫡QO'LLASH USULI👀
Preparatni ovqatdan oldin yoki ovqatlangandan keyin 1 soatdan o'tgach 1 ta tabletka qabul qilinadi. ( kechga uxlashdan oldin ) .
🔴NOJO'YA TA'SIRI 🛑
-- Jig'ildon qaynashi
-- Qorinda og'riq bo'lishi
-- Qon bosim tushib ketishi ( agarda kunlik doza miqdoriga amal qilmasa ,ya'ni ko'p qabul qilinsa )
-- Qonda qand miqdori kamayib ketishi
-- Gemorragik vaskulit
-- Me'da ichak sistemasidan qon ketishi ( agar me'da shilliq qavati yallig'langan bo'lsa yoki gastrit bo'lsa )
-- Kolit
-- Uyqusizlik
-- Me'da ichakdan qon ketish holatlarida
-- Gastritda mumkin emas .
-- Gemofiliya kasalligida ( qon ketganda to'xtovsiz qon ketishi kasalligi )
-- Vitamin K organizmda defitsit , ya'ni kamayganda
-- O'tkir me'da yarasida
-- Og'ir buyrak yetishmovchiligida
-- Xomiladorlik va emizish davrida mumkinmas
-- Bolalarga va 18 yoshdan kichiklarga ham tavsiya qilinmaydi.
-- Bronxial astmada qabul qilish mumkinmas.
♻️♻️♻️♻️♻️♻️♻️♻️♻️
🔆Kardiomagnil preparati qonni suyultirish bilan birga , yurakka davolovchi ta'sir eruvchi vosita hisoblanadi.
🔆Kardiomagnil 75 mg va 150 mg dozada chiqariladi. 75 mg li dozasini qabul qilganingiz ma'qul . Chunki 150 mg li dozaligi ni kasallikning o'tkir davrida qabul qilinadi.
Boshqa oddiy holatlarda esa 75 mg li dozasini qabul qilgan ma'qul .
🔆Preparat yana qo'shimcha og'riq qoldiruvchi , yallig'lanishga qarshi va isitma tushiruvchi ta'sirga ham ega.
🔆Preparat qondagi qand miqdorini tushiradi. Qandli diabetda mumkin. Lekin qondagi qand miqdori past bo'lsa preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.
🔆Preparat qon bosimni tushiradi , shu sabab qon bosimi juda past yuradiganlarda mumkinmas.
🫢Qo'llash -- retseptsiz😳😳😳
👀Ishlab chiqaruvchi -- Germaniya , Rossiya , Daniya
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2574