tgoop.com/Pharmacology_uz/2619
Last Update:
Кетотифен таблеткаси
👀DORI SHAKLI : ❔❕
tabletka
🔅TARKIBI🔱
Ketotifen fumarati moddasi -- 1 mg dozada.
🔅TA'SIRIGA KO'RA 🔱
Tizimli qo'llash uchun antigistamin dori vositasi. Allegiyaga qarshi vosita.
🔅QO'LLANILISHI ♻️
-- Ko'p tizimli allergik kasalliklarni oldini olish va davolash uchun qo'llaniladi.
-- Surunkali idiopatik eshakyemida
(masalan sovuq ta'siridagi eshakyemida).
-- Yondosh bronxial astma kasalligida yoki allergik rinitda qabul qilish mumkin.
-- Atopik dermatitda qabul qilinadi.
-- Boshqa allergik holatlarda qabul qilish mumkin.
Kattalarga kuniga 2 tabletkagacha qabul qilish buyuriladi. Ertalab 1 tabketka , kechqurun 1 tabletka qabul qilish mumkin. Ovqat vaqtida qabul qilinadi.
3 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 tabletka buyurishimiz mumkin. Ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.
✅Preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing. Sababi allergik kasallik holatiga qarab qabul qilish dozasiga o'zgartirish kiritishi mumkin.
🔴NOJO'YA TA'SIRI 👀
-- Uyquchanlik chaqiradi va bosh og'rig'i kuzatilishi mumkin.
-- Teri toshmalari kuzatilishi mumkin.
-- Epilepsiya kasalligini zo'rayishiga olib keladi.
❌QO'LLASH MUMKINMAS XOLATLAR ❌
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- 3 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
-- Epilepsiya kasalligi , ya'ni tutqanoq kasalligi bor bemorlarga buyurish mumkin emas ( esda saqlang ).
♻️♻️♻️♻️♻️♻️
💥Preparatni qabul qilib yurganda tirishishlar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sabab epilepsiya kasalligida berilmaydi.
💥Og'ir jigar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan , shifokordan maslahat so'rab qabul qiling.
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2619