tgoop.com/Pharmacology_uz/2649
Last Update:
💊 PIRASETAM
❇️ Dori shakli: inyeksiya uchun eritma
♻️ Tarkibi:
– *faol modda*: pirasetam
– *yordamchi moddalar*: natriy asetati
trigidrati, suyultirilgan sirka kislotasi,
inyeksiya uchun suv.
💠 Farmakoterapevtik guruhi:
Nootrop vosita
✅ Qòllanilishi:
🔹Kattalarda xotira pasayishi, diqqatni jamlash va faollikni pasayishi, kayfiyatni òzgarishi, xulq-atvorni òzgarishi, harakatni buzilishi bilan kechuvchi psixoorganik sndromni simptomatik davolash;
Bosh aylanishi va u bilan bog‘liq muvozanatni buzilishini davolash
🔹Bolalarda: 8 yoshdan boshlab
disleksiyani boshqa usullar, shu jumladan logopedik davolash bilan majmuada davolash, òroqsimon-hujayrali vazooklyuzion xurujni bartaraf etishda
✅ Qòllash usuli: vena yoki mushak
ichiga
❌ Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:
– òta yuqori sezuvchanlik
– Gentington xoreyasi
– gemorragik insult
– oģir darajadagi buyrak
yetishmovchiligi
– preparatni buyurish vaqtida
psixomotor qòzģalish
– homiladorlik va laktasiya davrida
❕*Ehtiyotkorlik bilan *
– gemosatazni buzilishi
– oģir darajadagi qon ketish
– katta hajmli jarrohlik aralashuvlar
– surunkali buyrak yetishmovchiligida
ehtiyotkorlik bilan qòllaniladi
🚫 Nojòya ta'sirlari:
🔸Nerv tizimi tomonidan: ruhiy
qo‘zg‘alish, harakatni to‘xtab qolishi,
ta‘sirchanlik, o‘zini tutib turaolmaslik,
diqqatni jamlay olmaslik, xavotirlik,
uyqusizlik yoki uyquchanlik,
depressiya, ataksiya, bosh aylanishi,
bosh og‘rig‘i
🔸Ovqat hazm qilish tomonidan:
kòngil aynishi, qusish, diareya
abdominal oģriq
🔸Moddalar almashinuvi tizimida: tana
vazni oshishi
🔸Sezgi a'zolari tomonidan: vertigo
( bosh aylanishi )
🔸Terida qichishish, dermatit,
eshakemi
🔸Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida
oģriq, tromboflebit
🚨Obuna bòlish 👉@Pharmacology_uz
BY Pharmacology.uz
Share with your friend now:
tgoop.com/Pharmacology_uz/2649