Telegram Web
💊 Diazolin

❇️ Dori shakli: draje

❇️ Ta'sir etuvchi modda: mebgidrolin

♻️Tarkibi: 0,05 g yoki 0,1 g mebgidrolin

Qòllanilishi:

mavsumiy va allergik rinit, eshakemi, pollipoz, ovqat va dori allergiyasi, teri qishishlari bilan kechuvchi dermatozlar(ekzema, neyrodermit) ni oldini olish va davolashda

Qòllash usuli va dozalar:

🧫 Ichga ovqatdan keyin:
🔸Kattlar uchun eng yuqori doza:
1 martalik 300 mg, sutkalik-600 mg
🔸Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 100-200 mg dan sutkada 1-2 marta
🔸5-12 yoshdagi bolalarga 50 mg dan sutkada 1-3 marta
🔸3-5 yoshdagi bolalarga 50 mg dan sutkada 1- 2 marta, preparat 3 yoshdan katta bolalarga qo'llaniladi


🚷 Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:

–me'da-ichak yòllarining yallig’lanishi
kasalliklari
–pilorostenoz
–prostata bezi giperplaziyasi
–tutqanoq
–yopiq burchakli glaukoma
–yurak ritmi buzilishlari
–homiladorlik va emizikli davrda


🚫 Nojòya ta'sirlari:

–bosh aylanishi, uyquchanlik, kòrish noaniqliklari, jìģildon qaynashi, kòngil aynishi


👉@Pharmacology_uz 👈
18 Mavzu. MIDS. Taqdimot .pdf
1.3 MB
Mavzu: Me'da-ichak dispepsiyasi va qorinda o'g'riq sindromini davolashga klinik farmakologik yondoshuv.

🚨👉@Pharmacology_uz
Amaliy mashgulot taqdimoti 15-mavzu.pdf
3.9 MB
Mavzu: Bronxlar o‘tkazuvchanligiga ta'sir etuvchi dori vositalarining klinik farmakologiyasi.

🚨👉@Pharmacology_uz
Маъруза. Хазм тизимига т-к ДВ.2023.pptx
11.9 MB
🚨 Hazm sistemasiga taʼsir etuvchi dorilar

@Pharmacology_uz
Маъруза_1_Нафас_сис_га_т_к_дори_воситалари.ppt
5.9 MB
Nafas tizimi faoliyatiga ta'sir etuvchi dori vositalari

🚨 @Pharmacology_uz 👈kanaliga obuna bòling!
💊 Kortel H-80
💊 Kortel H-40

❇️ Dori shakli: tabletka

♻️ Tarkibi va ta'sir etuvchi moddalar:

🔸telimzartan-80mg va
gidroxlortiazid-12.5mg
🔸telmizartan-40mg va
gidroxlortiazid -12.5 mg


Qòllanilishi: arterial gipertenziyada

Qòllash usuli:

Ovqatlanishdan qat'iynazar 1tabletkadan kuniga bir marta ichga

🚷 Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Oģir darajadagi buyrak yetishmovchiligida

Jigar faoliyatini oģir darajadagi buzilishlarida

Xolestaz va òt chiqarish yo'llari obstruksiyasida

Refrakter gipokaliemiya va giperkalsiemiya

18 yoshgacha qòllash mumkin emas

🚫 Nojòya ta'sirlari:

– kòp terlash, teri qichishi, eritema, ekzema
– taxikardiya, aritmiya, bradikardiya
– bosh oģrishi, bosh aylanishi, uyqusizlik,depressiya, havotirlanish hissi
– meteorizm, diareya, qabziyat, gastrit, sariqlik, pankreatit, dispepsiya, qorinda oģriq
– buyrak yetishmovchiligi,nefrit glyukozuriya
– miopatiya, kòrishni buzilishi, glaukoma

👉@Pharmacology_uz
📝​​ Qandli diabet kasalligi:

❇️ Oshqozon osti bezi gormoni, insulinni mutlaq yoki nisbiy yetishmovchiligi natijasida, qonda qand miqdorining surunkali yuqori bo'lishi oqibatida yuzaga keladigan patologik jarayon.

1-tip qandli diabet (insulinga bog‘liq) bolalarda va yoshlarda rivojlanadi.Bunda insulinning mutlaq defitsiti aniqlanadi va jarayon oshqozon osti bezidagi o‘zgarishlarga bog‘liq.


2-tip qandli diabet (insulinga bog‘liq bo‘lmagan) odatda, 40 yoshdan katta, ortiqcha tana vazniga ega kishilarda yuzaga keladi.Bu tipda insulinning nisbiy yetishmovchiligi kuzatiladi. Birinchi tipdan farqli o‘laroq oshqozonosti bezi hujayralarida insulin yetarli miqdorda ishlab chiqariladi. Ammo, to‘qimalardagi insulin retseptorlarining insulin ta’siriga bo‘lgan sezuvchanligining susayishi oqibatida rivojlanadi.

✳️ Klinikasi:

🔸Poliuriya
🔸Polidipsiya
🔸Polifagiya
🔸Ozib ketish


💊 Davolash:

🔹Parhez: 55-60% uglevod, 15-20% oqsil, 20-30% yog’lar mevalar, oqsilga boy mahsulotlar.
🔹Maninil
🔹Amaril
🔹Diabeton
🔹Glyurenorm
🔹Insulinoterapiya

🚨👉@Pharmacology_uz 👈
💊Қуруқ йўтал учун жуда самарали синовдан ўтган восита!!!

😄СИНЕКОД 😄

📋Қўлланилиши:

Турли этиологияли қуруқ йўтални симптоматик даволаш:
Операциядан олдинги ва кейинги даврда йўтални бостириш, жарроҳлик аралашувлар, бронкоскопия, кўк йўтал билан.

📝Қўллаш усули ва дозалари:

🔹2 ойликдан 1 ёшгача бўлган болалар кунига 4 марта 10 томчи
🔹1 ёшдан 3 ёшгача бўлган болалар кунига 4 марта 15 томчи
🔹3 ёш ва ундан катта болалар кунига 4 марта 25 томчи

Яқинларизга ҳам улашинг!!!

@Pharmacology_uz
🔱Dorilarni dozasini hisoblash bo'yicha juda kerakli rasmli ma'lumot. Endilikda siz bu ma'lumotdan ampulada va flakonda chiqadigan dorilarni milligram ( mg ) , foizini ( %) va millisini ( ml ) hisoblashni osongina topasiz 😊.
Klotrimazol maz
#Клотримазол маз 


🔱 DORI SHAKLI : 👇

maz ( surtma )

TARKIBI : 🧐


100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 😎

Klotrimazol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 1 g.

Yordamchi moddalar:
-- Propilenglikol – 12,5 g, 
-- Metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 0,2 g,
-- Qahrabo kislotasi – 0,5 g, 
-- Natriy benzoati – 6 g, 
-- Emulsion mum – 3 g, 
-- Kanakunjut moyi – 14 g, 
-- Metilsellyuloza – 3 g, 
-- Distillangan monoglitseridlar – 1,5 g, 
--Tozalangan suv – 100 g gacha.
🔆TA'RIFI: 🔅
Oq yoki deyarli oq rangli, kuchsiz oʻziga xos hidli surtma
❗️🔰TA'SIR QILISHIGA KO'RA 👀

 Zamburugʻlarga qarshi vosita.

PREPARAT XUSUSIYATLARI♻️

Sirtga qoʻllash uchun imidazol hosilalari guruhiga mansub zamburugʻlarga qarshi vosita, mikrob devorining hujayra membranasining tarkibiy qismi boʻlgan ergosterolning sintezini pasaytiradi va uning strukturasi va xususiyatlarini oʻzgarishiga olib keladi.

Kichik konsentratsiyalarda fungistatik, katta (20 mg/ml dan ortiq) konsentratsiyalarda esa – fungitsid, ayni paytda nafaqat proliferatsiyalanuvchi xujayralarga taʼsir qiladi.

Fungitsid konsentratsiyalarda mitaxondrial va peroksidaz fermentlar bilan oʻzaro taʼsir qiladi, buning natijasida vodorod peroksidining konsentratsiyasini toksik darajagacha oshishi yuz beradi, bu ham zamburugʻ hujayralarining parchalanishga yordam beradi.

Patogen dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), achitqisimon va mogʻor zamburugʻlari (Candida spp., Torulopsis glabrata, Rhodotorula spp., Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan faol.
👀TA'SIR QILISH MEXANIZMI 👀
Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon soʻriladi va deyarli tizimli taʼsir koʻrsatmaydi. Epidermisning shox qavatida toʻplanadi, tirnoqlarning keratiniga kiradi. Epidermisning chuqur qavatlaridagi konsentratsiyasi dermatofitlar uchun minimal bostiruvchi konsentratsiyasidan yuqoriroq.
🧐QO'LLANILISHI 🧐
-- Terining, shu jumladan teri burmalari va oyoq panjasining dermatofitlar, achitqisimon (Candida spp.), mogʻor va boshqa zamburugʻlar va klotrimazolga sezgir boʻlgan qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan kasalliklarida .

-- Dermatomikoz, dermatofitiya, trixofitiya, epidermofitiya, mikrosporiya, kandidomikoz kasalliklarida 

 -- Barmoqlar orasining zamburugʻli eroziyasi, zamburugʻli paronixiya.
ikkilamchi piodermiyalar bilan asoratlangan mikozlar, majmuaviy davolash tarkibida.
-- Kepaksimon temiratki, rang-barang temiratki, eritrazmada qoʻllanadi.
-- Zamburug'li teri infeksiyasida qo'llaniladi.
♻️QO'LLASH DOZASI

Sirtga surtiladi.

Kattalarga boshqa tavsiyalar boʻlmasa, surtmani bir kunda 2-3 marta oldindan tozalangan va terining quruq jarohatlangan sohalariga yupqa qilib surtish tavsiya qilinadi. Kaft oʻlchamiga teng yuzasi maydoniga bir martalik doza – 5 mm uzunlikdagi surtmaning ustunchasi. Muvaffaqiyatli davolash uchun surtmani muntazam qoʻllash lozim.

Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va kasallikning ogʻirligi va joylashishiga bogʻliq. Toʻliq sogʻayishga erishish uchun surtma bilan davolashni yalligʻlanishning oʻtkir simptomlarini yoʻqolishi yoki subyektiv shikoyatlarni kamayishi bilan darrov toʻxtatish tavsiya etilmaydi. Davolashning davomiyligi oʻrtacha taxminan 4 haftani tashkil qilishi lozim.

Kepaksimon temiratki asosan 1-3 hafta davomida, eritrazma esa 2-4 hafta davomida tuzaladi.

Oyoq terisidagi zamburugʻli kasalliklarida davolashni kasallik simptomlari bartaraf qilingandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya qilinadi.

Bolalarda 2 yoshdan boshlab qo'llaniladi.
🔴NOJO'YA TA'SIRI ⛔️
Mahalliy reaksiyalar: 🫢
Achishish, shish, terini taʼsirlanishi va qipiqlanishi, paresteziyalar, eritematoz toshmalar, qavariqlarni paydo boʻlishi.

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi.
QO'LLASH MUMKINMAS
-- Klotrimazolga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
-- Homiladorlikning birinchi uch oyligida mumkin emas .
--  2 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.
Klotrimazol svechasi ( shamchasi ) ham bor.
Sizlarga ajoyib yangilik bor.!

Shaxsiyatni kuchaytirishda va til o‘rganishda eng kerakli bo‘lgan "intizomni" shakllanishiga yordam beradigan Discomfort loyihasi qayta ishga tushdi.!

Hammani taklif qilaman.!
Marhamat, havola orqali o‘ting va rivojlanish muhitiga qo‘shiling:

👉 https://www.tgoop.com/Discomfort_uz
Fitolizin 
#Фитолизин 
💊TARKIBI 👇
Tabiiy mahsulotlar .☺️☺️☺️
💊TA'SIRIGA KO'RA 🧐
Diuretik , spazmolitik ta'sirga ega. 
💊QO'LLANILISHI 🤓
-- Siydik yo'llari yallig'lanishida qo'llaniladi.
-- Spazmolitik ta'sirga ega , ya'ni og'riq qoldiruvchi ta'siri ham bor.
-- Siydik yo'llarida kristallizatsiya holatini oldini oladi ( tuz , tosh hosil bo'lish jarayonini kamaytiradi ).
-- Siydik yo'llarining infeksion yallig'lanish holatlarida qabul qilinadi.
-- Nefrourolitiaz , ya'ni siydik ayirish tizimida tosh va tuz bor holatlarda qo'llaniladi.
💊QO'LLASH USULI 🧐
Kattalarga 1 choy qoshiq pastani yarim stakan qaynab iligan  suvga aralashtirib kuniga 3 - 4 mahal ovqatdan keyin ichiladi
🚫NOJO'YA TA'SIRI 🥺
--Ko'ngil aynish kuzatilishi mumkin.
-- Ultrabinafsha nurlariga fotosensibilizatsiya oshadi.
QO'LLASH MUMKINMAS🛑⛔️⛔️
--Preparatga allergik reaksiya bo'lganda .
-- Buyrak va yurak yetishmovchiligida mumkin emas.
-- Glomerulonefritda mumkin emas.
-- Fosfat toshlari aniqlangan holatlarida.
-- 18 yoshdan kichik bo'lganlarga mumkin emas.

Fitolizin kapsulasi ham bor.

Homiladorlik davrida qo'llash mumkin emas.
💉Ishlab chiqaruvchi -- Polsha
Optiprim
#Oптиприм
💊Dori shakli :
 Ichga qo'llash uchun suspenziya. Antibiotik vosita.
💊 Tarkibi ♻️
Trimetoprim va Sulfametoksazol
💊TA'SIR QILISHIGA KO'RA :
Yallig'lanishga qarshi , mikrobga qarshi va shamollashga qarshi juda zo'r ta'sirga ega .
💊QO'LLANILISHI 👀
-- Yallig'lanishga qarshi 
-- Shamollashga qarshi vosita sifatida
-- Mikroblarga qarshi ta'sirga ega ( antibiotik ).
-- Yuqori va quyi nafas yo'llari infeksiyalarida.
-- Siydik ayirish yo'llari infeksiyalarida
-- Oshqozon ichak yo'llari infeksiyalarida
-- Burundan suv kelib boshlagan shamollash alomatlarida samarali ta'sirga ega.
-- Surunkali bronxitda 
-- Bolalarda pnevmoniyani oldini olish va pnevmoniyada buyuriladi.
-- Sinusitda 
-- Vaboda , diareyada
💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI
-- 6 haftalik dan 5 oylik gacha bo'lgan bolalarga 1/2 ( yarim qoshiqchadan ) kuniga 2 mahal ya"ni ertalab va kechqurun beriladi.
-- 6 oylikdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1 choy qoshiqdan kuniga 2 mahal beriladi ( ertalab va kechqurun ).
-- 6 yoshdan boshlab 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda kuniga 2 choy qoshiqdan 2 mahal beriladi . ( Ertalab va kechqurun ).
🚫NOJO'YA TA'SIRI🛑⛔️
-- Teri toshmasi
-- Ko"ngil aynish , qusish
-- Bosh og'rig'i
QO'LLASHGA QARSHI KO'RSATMA 🛑🛑🛑
-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda 
-- Jigar va buyrak o'tkir yetishmovchiligida.
-- Chala tug'ilgan chaqaloqlarda , yangi tug'ilgan chaqaloqlarga qo'llash mumkin emas.
-- 2 oylikdan kichik bolalalarga mumkin emas.
MR Aptiprim -- yosh bolalar shamollaganda buyuriladi . Antibiotik vosita. ( Uzbekistan ).
MASLAHAT☺️
Optiprim suspenziyasi 2 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun qo'llaniladi. 
Optiprim suspenziyasi Hindiston va O'zbekistondan chiqadi. 
📣📣📣 Diqqat e'lon:

📌Siz aziz talabalarga shuni ma'lum qilamizki, bizning ko'plab medik talabalar orasida anchagina mashxurlikka erisha olgan "Maks Academy" navbatdagi yangi Offline o'quv kurslariga start beradi😎

👨‍⚕👨‍⚕ Respublika kardiologlari orasida alohida e'tibor va o'ringa ega ustoz kardiologlarimiz bilim va malakalaridan bahramand bo'ling!
LECTORLAR:
👨‍⚕Dr. kardiolog MAKSUD SHARIFOVICH TAIROV
👨‍⚕Dr. kardiolog OYBEK AVLAYEVICH RO'ZIYEV
👨‍⚕Dr. JONIBEK ABDUMAJIDOVICH PANJIYEV

📌 Materiallar to'liqligicha jahon standartlari statistik ma'lumotlari, ingliz va rus tilidagi tibbiy kitoblariga asoslangan holda olib boriladi📔📔📔

📍📍📍 O'quv kursimiz 3 xil fandan olib boriladi:
Farmakologiya kursi:
Toq kunlar-15:00-17:00
Juft kunlar-16:00-18:00
Fiziologiya kursi:
Toq kunlari - 17:00-19:00
Juft kunlari-18:00-20:00
EKG kursi:
Toq kunlari-16:00-18:00
Juft kunlari - 16:00-18:00

🙌Shoshiling joylar Soni chegaralangan. Bizga aloqaga chiqing👇👇👇🫡

⚡️Bizning manzil: "Dr. Maks Kardio" Akademiyasi.
⚡️Mo'ljal: Buxoro Med Kolleji.

📞Murojaat uchun tel: +998912104101

📥Telegram manzil: @Jonibek_Abdumajidovich
https://www.tgoop.com/kardiolog7842

📩 Bizning telegram kanallarimiz:
https://www.tgoop.com/Shifokor_Jonibek_Panjiyev

https://www.tgoop.com/kardiologi
Кетотифен таблеткаси 
👀DORI SHAKLI :
tabletka
🔅TARKIBI🔱
Ketotifen fumarati moddasi -- 1 mg dozada.
🔅TA'SIRIGA KO'RA 🔱
Tizimli qo'llash uchun antigistamin dori vositasi. Allegiyaga qarshi vosita.
🔅QO'LLANILISHI ♻️
-- Ko'p tizimli allergik kasalliklarni oldini olish va davolash uchun qo'llaniladi.
-- Surunkali idiopatik eshakyemida
(masalan sovuq ta'siridagi eshakyemida).
-- Yondosh bronxial astma kasalligida yoki allergik rinitda qabul qilish mumkin.
-- Atopik dermatitda qabul qilinadi.
-- Boshqa allergik holatlarda qabul qilish mumkin.
Kattalarga kuniga 2 tabletkagacha qabul qilish buyuriladi. Ertalab 1 tabketka , kechqurun 1 tabletka qabul qilish mumkin. Ovqat vaqtida qabul qilinadi.
3 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 tabletka buyurishimiz mumkin. Ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing. Sababi allergik kasallik holatiga qarab qabul qilish dozasiga o'zgartirish kiritishi mumkin.
🔴NOJO'YA TA'SIRI 👀
-- Uyquchanlik chaqiradi va bosh og'rig'i kuzatilishi mumkin.
-- Teri toshmalari kuzatilishi mumkin.
-- Epilepsiya kasalligini zo'rayishiga olib keladi.
QO'LLASH MUMKINMAS XOLATLAR
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- 3 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
-- Epilepsiya kasalligi , ya'ni tutqanoq kasalligi bor bemorlarga buyurish mumkin emas ( esda saqlang ).
♻️♻️♻️♻️♻️♻️
💥Preparatni qabul qilib yurganda tirishishlar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sabab epilepsiya kasalligida berilmaydi.
💥Og'ir jigar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan , shifokordan maslahat so'rab qabul qiling.
🔱Серебролизин ампуласи 
💊DORI SHAKLI :
Ineksiya uchun eritma ( ampula ).
Preparat -- 1 ml , 2 ml , 5 ml , 10 ml va 20 ml ampulalarda chiqariladi.
💊TARKIBI : 🧐
Serebrolizin konsentrati , natriy gidroksid va ineksiya uchun suv.
🔅TA'SIRIGA KO'RA 🔱
Nootrop vosita.♻️
♻️QO'LLANILISHI👀👀👀
-- Bosh miyaning neyrotrofik va boshqa faolliklarini ta'minlaydi.
-- Bosh miyaning energetik metabolizmi samaradorligini oshiradi.
-- Rivojlanayotgan va qariyotgan bosh miyadagi hujayralarning ichki oqsil sintezini yaxshilaydi.
-- Bosh miya asab xujayralarini ( neyronlarni ) shikastlanishdan saqlaydi.
-- Kislorod va qon yetishmay qolgan holatlarda , ya'ni gipoksik va ishemik sharoitlarda asab tolalarini yashab qolish darajasini oshiradi va nobud bo'lishini oldini oladi.
-- Bosh miyaga bo'ladigan neyrotoksik xolatlarda bosh miyani himoya qiladi.
-- Xotirani kuchaytiradi va eslab qolish jarayoniga yaxshi ta'sir qiladi.
-- Altsgeymer kasalligida qo'llaniladi .
-- Demensiya kasalligida , ya'ni xotira pasayishida yaxshi samaraga ega.
-- Surunkali bosh miyada qon aylanishi buzilganda.
-- Ishemik insultda va bosh va orqa miyaning travmatik shikastlanishlarida qo'llaniladi. 
-- Bolalarda esa aqliy rivojlanishning kechikishida qo'llaniladi.
-- Bolalardagi diqqatning pasayib ketishi bilan bogliq bo'lgan parishonxotirlikda.
-- Depressiyaga qarshi yaxshi ta'sirga ega.
Serebrolizin -- 10 ml ampula korinishida ham chiqadi.

QO'LLASH USULI ♻️
Mushak orasiga 5 ml gacha yuborish mumkin.
🔅To'gridan togri vena ichiga yuborish mumkin ( sekin jo'natish kerak ) va osma ichiga qo'shib tomchilab jo'natish ham mumkin. 
🔱Osma ichiga qo'shib jo'natganda sekin tomchilab jo'nating ( esda saqlang ). Chunki ineksiyani tez yuborganda insonda qizish xissi , terlash , bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.
🔱Serebrolizin ampulasini natriy xlor ( 0,9 % ) , glukoza ( 5% ) va ringer osmalari ichiga qo'shib vena ichiga tomchilab jo'natish mumkin.

🔴NOJO'YA TA'SIRI 😢😳😳
-- Terlash , qizib ketish , bosh aylanishi va yurak tez urib ketishi ( bu holatlar venaga to'gridan togri yoki osma ichiga qo'shib tez yuborilganda sodir boladi. Shu sabab juda sekin yuboring .)
-- Tutqanoq va tirishish xolatlari kuzatilishi mumkin.
-- Ineksiya joyida qichishish va achishish bo'lishi mumkin.
-- Bosh aylanishi , bosh og'rigi , ko'ngil aynish va depressiya xolatlari kuzatilishi mumkin.

QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- Preparatni shaxsiy o'zlashtira olmaslik holatlarida.
-- Epilepsiya ( tutqanoq va tirishish ) kasalligi bor bemorlarda mumkin emas.

♻️♻️♻️♻️♻️
Homiladorlik davrida faqatgina shifokor mutaxassis bilan maslahatlashib qo'llash mumkin. 
Qo'llash dozasini aytib o'tmadim . Chunki preparat yoshga, kasallik holatiga va davriga qarab shifokor tomonidan buyurilishi kerak . Shifokor bilan maslahat qilmasdan qo'llamang (esda saqlang).
Serebrolizin -- 20 ml ampula ko'rinishida ham chiqadi.
♻️Qo'llash -- albatta shifokor maslahati bilan.
♻️Ishlab chiqaruvchi -- Avstriya.
Нистатин таблеткаси
💊ДОРИ ШАКЛИ
🔅Таблетка🔅
🧐ТАРКИБИ👀
Нистатин бўлиб , битта таблетка ўзида 111 мг ( 500 000 ТБ ) нистатин моддасини сақлайди (катталарга ).
Таблетка яна 55,5 мг ( 250 000 ТБ ) бирликдаям чиқади ( детский )
🔅ТАСИРИГА КЎРА ♻️
 Замбуруғли касалликларга қарши восита. 
Нистатин Cандида замбуругларининг ситоплазматик мембранаси 
ўтказувчанлигига таъсир кўрсатади. Кандидамикозларнинг олдини олиш 
учун тетратциклин, левомицетин билан узоқ вақт даволанганда бирга 
қолланади, ҳатто тетратциклин билан нистатин биргалигида витатциклин таблеткалари ишлаб чиқарилган, модда кандидамикозларни даволашда ичишга буюрилади . Нистатин кам заҳарли, агар бу моддага нисбатан сезувчанлик ошиб кетса, аллергик ҳолатлар учрайди. 
🔅ҚЎЛЛАНИЛИШИ
--Ошқозон-ичак трактида нистатинга бўлган Cандида турига мансуб ачитқисимон замбуруғлар томонидан чақирилган инфекцияларни даволашда .
-- Cандида тури замбуруғларини ўсишига олиб келувчи дорилар қўлланилганда.
-- Кенг таъсир доирасига эга антибиотиклар қўлланилган вақтда .
-- Ички органлар кандидозида ва тери ва шиллиқ қаватлар кандидозида қўлланилади. 
🔱ҚАБУЛ ҚИЛИШ УСУЛИ ВА ДОЗАСИ
13 ёшдан ошганлар учун 1 таблеткадан кунига 3 - 4 марта буюрилади . Бунда катта дозасини ( 500 000 ТБ ) дозалиги берилади.
Ёш болаларга ва 13 ёшдан кичикларга эса 250 000 ТБ дозалиги буюрилади. Кунлик дозасини шифокор белгилайди. 
Даволаш давомийлиги 2 ҳафта ёки Cандида ўсишига олиб келувчи препаратлар билан даволаш қанча давом этса, шунча давом этади.
🛑НОЖЎЯ ТАСИРИ ⛔️
Нистатинни ичига қабул қилишда кўнгил айниши, қусиш, эт увиши, ич кетиши, тери қичишиши кузатилиши мумкин. 
Бундай холатларда дозаси камайтирилади ёки препарат бекор қилинади.
ҚЎЛЛАШ МУМКИН БЎЛМАГАН ХОЛАТЛАР
-- Препаратга юқори аллергик реакция бўлганда.
-- Жигар касалликларида ва панкреатитда мумкин эмас.
-- Меъда ичак яра касаллигида мумкин эмас .
-- Ҳомиладорлик даврида ва эмизиш даврида мумкин эмас.
Нистатин -- қинга қўйиладиган шамчалар хам бор. 2 хил дозада чиқади ( 250 000 Ед ва 500 000 Ед ).
Нистатин ректалний шамча ( орқа тешикка қўйилади ). Бу хам 2 дозада чиқади.
♻️♻️♻️
Нистатин маз хам бор.👀👀👀👀
♻️♻️♻️♻️♻️
-- Нистатин қуёш нурига нисбатан терининг сезувчанлигини оширади. Шунинг тўғридан тўғри тушадиган қуёш нурларидан сақланиш лозим.
--- Препарат қанд сақлайди шу сабаб қандли диабет касаллигида мумкин эмас .
-- Фруктоза ўзлаштира олмаслик ва глюкоза-галактоза малабсорбцияси
каби касалликларда қўллаш мумкин эмас.
-- Кандидимикозларни Cандида замбуруғи келтириб чиқаради. Кандидалар оғиз бўшлиғи, ичак, тўғри ичак, қин шиллиқ пардасини, тери ва бошқа аъзоларни жароҳатлайди, бу касалликлар айниқса болаларда кўп учрайди.
-- Нистатин свеча , маз ва таблетка кўринишида чиқади.  
-- Ҳомиладорлик ва эмизиш даврида мумкин эмас . 
-- Узоқ вақт антибиотик қабул қилганда ва тетрациклин антибиотикини ҳам қабул қилганда уларни ножўя таъсирини камайтириш учун улар билан биргаликда нистатин қабул қилинади. 
YuQTT-23-12-2022.pdf
5.4 MB
2025/02/18 20:22:45
Back to Top
HTML Embed Code: