Telegram Web
🧠 Uyda bir kurs davolanish uchun shifokor natriy xlorning 0,9% eritmasiga qo'shib, venadan tomchilab dori yuborishni ham tavsiya qiladi.

Natriy xlorning 0,9% infuziyasi (kapelnitsasi) ichiga qaysi dori vositalarini qo'shsa bo'ladi:

-- magniy sulfat (magneziya)
-- riboksin ineksiya
-- piratsetam ineksiya
-- askorbinka ineksiya
-- sitikolin tarkibli ineksiyalar
-- meldoniy tarkibli ineksiyalar (mildronat, ripronat va boshqa)
-- panangin ineksiyasi
-- tiotriazolin ineksiyasi
-- furosemid ineksiyasi
-- trental ineksiyasi
-- aktovegin ineksiyasi
-- kavinton ineksiyasi
-- kalsiy xlorid ineksiyasi
-- deksametazon ineksiyasi
-- ketorolak ineksiyasi
-- seftriakson va uning gruppasi
-- dibazol ineksiyasi
-- noshpa ineksiyasi

Ko'pgina ineksiyalarni infuzion (kapelnitsa) eritma ichiga qo'shsa bo'ladi. Albatta, shifokor tavsiyasi asosida.

Natriy xlorning 0,9% li infuziyasi (kapelnitsasi) ichiga qaysi dori vositalarini qo'shib bo'lmaydi:

-- Diklofenak va shu tarkibli ineksiyalar
-- Bitsillin antibiotiki
-- Lidokain ineksiyasi
-- Novokain ineksiyasi
-- Demoton B12 ineksiyasi
-- Kleksan, flenoks va enoksiparin dori vositalari
-- Dikloberil ineksiyasi
-- Alflutop ineksiyasi
-- Artogistan ineksiyasi
-- Ferrum lek ampulasi
-- Papaverin ineksiyasi.

Bu dori vositalari mushak orasiga qo'llaniladi.👆

@Pharmacology_uz
Витаминлар ва минералларнинг сўрилиши учун энг яхши вақт қайси?

• 21:00 - 00:00 гача Кальций ва магний
• 18:00 - 21:00 гача Витамин Д, К ва рыбий жир.
• 06:00 - 12:00 гача Темир препаратлари, витамин С, Е ва Б группа витаминлари.
• 12:00 - 18:00 гача Йод, цинк, коэнзим Q10.

Билиб қўйинг! Витамин ва минералларни шу вақтда истеъмол қилинса эффективлиги юқори бўлади

🚀Яқинларга Ҳам Улашинг!

@Pharmacology_uz
​​💊 DEKSAMETAZON

❇️ Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

♻️ Tarkibi:
faol modda: deksametazon natriy fosfati
yordamchi moddalar: glitserol, dinatriy edetati, natriy gidrofosfat dodekagidrati, inyeksiya uchun suv


💠Farmakoterapevtik guruhi:
 Glyukokortikosteroid

Qoʻllanilishi:

🔺Preparatni mushak va vena ichiga yuborish mumkin, bòģim ichiga ham yuborish mumkin.
👨‍⚕Kasallik kechishi va bemor holatiga qarab dozani shifokor belgilaydi.
Preparatni kechqurun qo'llash tavsiya qilinmaydi.

buyrak usti bezi giperfunksiyasini diagnostik tekshiruvi, buyrak usti bezi poʻstloq qismini oʻtkir yetishmovchiligi, buyrak usti bezi poʻstloq qismini birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchiligi, buyrak usti bezi poʻstloq qismini tugʻma giperplaziyasi
biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklari,
ogʻir allergik reaksiyalar, oʻtkir ogʻir dermatozlar,
bosh miya shishi (bosh miya oʻsmasida, bosh miya jarohatida, neyroxirurgik aralashuvlarda, bosh miyaga qon quyilganda, ensefalitda, meningitda, nur bilan shikastlanishda
astmatik status, ogʻir bronxospazm, bronxial astmani, surunkali obstruktiv bronxitni zoʻrayishi
oʻtkir gemolitik anemiya, òtkir yallig’lanish, agranulotsitoz, kattalarda idiopatik trombotsitopenik purpura
boʻgʻim ichiga va sinovial ichki yuborish: turli etiologiyali artritlar, osteoartrit, oʻtkir va nimoʻtkir bursit, oʻtkir tendovaginit, epikondilit, sinovit revmatik kasalliklar
oģir infeksion kasalliklarda antibiotiklar bilan birga


🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik
– Bolalarda o'sish davrida kortikosteroidlar faqat mutlaq ko'rsatmalarga muvofiq va davolovchi shifokorning eng ehtiyotkorlik bilan nazorati ostida qo'llanilishi kerak.

Ehtiyotkorlik bilan preparatni quyidagi kasalliklar va holatlar uchun buyurish kerak:
– oshqozon-ichak trakti kasalliklari - oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning oshqozon yarasi, ezofagit, gastrit, o'tkir yoki yashirin oshqozon yarasi, yaqinda yaratilgan ichak anastomozi, teshilish yoki xo'ppoz shakllanishi tahdidi bilan yarali kolit, divertikulit
– virusli, qo'ziqorin yoki bakterial tabiatning parazitar va yuqumli kasalliklari, herpes simplex, gerpes zoster (viremik faza), suvchechak, qizamiq, amyobiaz, strengiloidoz; tizimli mikoz, faol va yashirin sil kasalligi
– emlashdan oldingi va keyingi davr
– immunitet tanqisligi holatlari
– yurak-qon tomir tizimining kasalliklari
– endokrin kasalliklar - qandli diabet , tirotoksikoz, hipotiroidizm, Itsenko-Kushing kasalligi, semizlik (III-IV bosqich)
– og'ir surunkali buyrak va / yoki jigar yetishmovchiligi, nefrourolitiyoz
– gipoalbuminemiya va uning paydo bo'lishiga moyil bo'lgan sharoitlar
– tizimli osteoporoz, miyasteniya gravis, o'tkir psixoz, poliomiyelit, ochiq va yopiq burchakli glaukoma;
– homiladorlik.

🚫 Nojòya ta'sirlari:

Moddalar almashinuvi doir buzilishlar
– Yurak-qon tomir tizimida òzgarishlar
– Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushak kuchsizligi, steroid miopatiya, tana vaznini kamayishi, osteoporoz, umurtqaning kompression sinishi, son va yelka suyaklari boshchasini aseptik nekrozi, uzun suyaklarni patologik sinishlar
– Ovqat hazm qilish tizimida
buzilishlar
– Dermatologik reaksiyalar
– Markaziy nerv tizimi buzilishlari
– Koʻrish aʼzolari tomonidan: orqa subkapsulyar katarakta, koʻz ichki bosimini oshishi, ekzoftalm.
– Immunodepressiv taʼsir bilan bogʻliq nojoʻya samaralar: infeksiyalar tez-tez yuzaga kelishi va ularni kechishini ogʻirlashishi.
– allergik reaksiyalar

@Pharmacology_uz
# Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Klinik farmakologiya maʼruzalari
📄 Diareya (ich ketish) da beriladigan dorilar👇👇

- Aktivlangan ko'mir
- Nifuroksazid
- Smekta
- Enterosgel
- Polisorb
- Fosfalyugel
- Siprofloksatsin
- Lacto-G
- Lineks
- Ersefuril
- Enterojermina
- Stop-Diar

@Pharmacology_uz
​​💊 NO-SHPA

❇️ Dori shakli: tabletka

♻️ Tarkibi: faol modda:
drotaverin gidroxloridi.

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
spazmolitik vosita

Qòllanilishi:

– xolesistolitiaz, xolangolitiaz, xolesistit, perixolesistit, xolangit, papillit bilan bog‘liq bo‘lgan silliq mushaklarning spazmlari

– siydik yo‘llarining silliq mushaklarining spazmlari: nefrolitiaz, uretrolitiaz, pielit, sistit, qovuqning tenezmlari
– me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, me‘daning kardial va privratnik qismini spazmi, enterit, kolit, qabziyat bilan bo‘lgan spastik kolit va ichak shilliq qavati kolitining meteoristik shakllari
– bosh og‘rig‘i (mushak zo‘riqishi oqibatidagi bosh og‘riqlari, psixogen, stressli, surunkali kundalik bosh og‘rig‘i, transformasiyalangan migren), og‘riqli hayz ko‘rishlarda


Qòllash usuli va dozalari:

– Kattalar: òrtacha kuniga 3-6 tabletkani tashkil qiladi, bir martalik doza 40-80 mg (1-2 tabletka).
– Drotaverinni bolalarda qabul qilishning zarurati tug‘ilgan hollarda:
6-12 yoshli bolalar: 6 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza 80 mg, kuniga 2 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2 martada qabul qilish kerak. 6-12 yoshli bolalar uchun bir martalik doza – 40 mg (1 tabletka).
12 yoshdan oshgan bolalar: 12 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza
160 mg, kuniga 4 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2-4 martada qabul qilish kerak. 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 40-80 mg ni, ya‘ni 1-2 tabletkani tashkil qiladi.

🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlikda
– og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;
– og‘ir yurak yetishmovchiligi
– 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar



🚫 Nojòya ta'sirlari:

– ko‘ngil aynishi, qabziyat
– bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik
– yurak tez urishi, arterial bosimni pasayishi
– allergik reaksiyalar (angionevrotik
shish, eshakemi, toshma, qichishish).

🚨Obuna bòlish👉@Pharmacology_uz
​​​​💊 OMЕGA-3-MIK

❇️ Dori shakli: kapsulalar

♻️ Taʼsir etuvchi modda: eykonol

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
 Gipolipidemik vosita.

Qòllanilishi:

infarktdan keyingi holat, shuningdek miokard infarktini ikkilamchi profilaktikasi (statinlar, antitrombotik vositalar, b-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari bilan majmuaviy davolash tarkibida)
– endogen gipertriglitseridemiya (Fredrikson tasnifi boʻyicha IV tip) parhezga qoʻshimcha sifatida uning samarasi yetarli boʻlmaganida monoterapiya sifatida
– aralash giperlipidemiya (Fredrikson tasnifi boʻyicha IIb va III tip) statinlar bilan majmuada
– YUIK boʻlgan bemorlarda behosdan oʻlim xavfini pasaytirishda qoʻllanadi


Qoʻllash usuli va dozalari:

Davolash maqsadida sutkada 8-12 kapsuladan, 2-3 qabulga boʻlib, ovqatdan keyin 30 minut oʻtgach suv bilan birga ichga qabul qilinadi. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi. Profilaktika maqsadida bir oy davomida sutkada 2-6 kapsuladan qabul qilish tavsiya qilinadi. Kurs yiliga ikki marta takrorlanadi. Tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas. Buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

🚷 Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

– ekzogen gipertriglitseridemiya (giperxilomikronemiya) (Fredrikson boʻyicha I tip)
– surunkali xoletsistit, pankreatit, gepatobiliar tizim kasalliklarini zoʻrayishi
– oʻt-tosh kasalligi
– gemorragik sindrom
– homiladorlik va laktatsiya davri
– 18 yoshgacha boʻlgan bolalar
– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas


🚫 Nojoʻya taʼsirlari:

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan reaksiyalar: reflyuks yoki baliq hidi bilan kekirish, koʻngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya yoki qabziyat.
Gipertriglitseridemiyasi boʻlgan patsiyentlarda – jigar transaminazalarining
faolligini oʻrtacha oshishi.
Dermatologik reaksiyalar: kam hollarda – ekzema, akne.
Allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.


👨‍⚕ Polivitamin majmualar va
👉
vitamin A va vitamin D 👈 larni saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qoʻllash tavsiya qilinmaydi
@Pharmacology_uz
Yallig‘lanishga qarshi gormonal (steroid) preparatlar:

💊Gidrokortizon
💊Prednizolon
💊Deksametazon
💊Triamsinalon
💊Flumetazon
💊Sinaflan

Kattalar va bolalarda revmatizm, poliartrit, kollagenoz, ko‘z, teri, jigar, buyrak yallig‘lanishida, allergik kasalliklarda qo‘llanadi, ichishga buyuriladi va parenteral yo‘llar orqali yuboriladi.

📊Glyukokortikoidlarning yallig‘lanishga qarshi ta’siri solishtirilganda gidrokortizonga nisbatan:
prednizalon 3-4 barobar;
triamsinolon 5 barobar;
deksametazon 20 barobar ustun turadi.

@Pharmacology_uz
💊ZODAK Tabletka💊

📝Таркиби: sitirizin

💁‍♂️ Кулланилиши:
Mavsumiya va surunkali allergik renit(burun bo'shlig'idagi mavsumiy bitib qolishi. Gistamin miqdori ortishi natijasida kelib chiqadi)
Allergik konyuktivit
(Ko'zda allergiya tufayli kelib chiqadigan qizarish qichishish )
Qichishish bilan kechuvchi dermatozlar(terida)
Ishakemi teri kasalligi

Nojuya tasiri:
Uyquchanlik, sustlik, holsizlik, bosh og'rig'i, taxikardiya, asabiylashish kuchayishi, siydikni ushlab turish, charchoq (ko'pincha kuniga 50 mg tsetirizin qabul qilganda).
Doridan zararlanganda asosiy usul oshqozonni yuvish

👨‍⚕️Qo'llash usuli va dozalari:
1 kunda 1 ta tabletka yoki tasir darajasi sustlik qilganda maksimal 2 ta tabletka 1 kunda 1 mahal kechqurun yotishdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Yosh bolarga 1/2 qismi beriladi


@Pharmacology_uz
β2 adrenergik agonistlar (simpatomimetik)

Bu dori vositalari pulmonologiyada bronxodilyatator sifatida, akusherlikda tokolitik sifatida va giperkalemiyani davolashda ishlatiladi. Qisqa va uzoq taʼsir qiluvchi beta agonistlar farqlanadi. Ularning taʼsiri β2 retseptorlari orqali yuzaga chiqadi. Nojoʻya taʼsirlari qisman β1 retseptlari faollashuvi tufayli boʻlib, bezovtalik va tremor shuningdek xavfli qorincha aritmiyalarini oʻz ichiga oladi.

Barcha β2 agonistlar selektiv taʼsir koʻrsatsada, past darajada boʻlsa ham β1 retseptorlariga taʼsir etadi.

Qisqa taʼsir qiluvchi beta agonistlar (4-6 soat)
•Albuterol
•Fenoterol
•Reproterol
•Terbutalin
•Pirbuterol
•Levalbuterol
Uzoq taʼsir qiluvchi beta agonistlar (≥12 soat)
Formoterol
Salmeterol

Nojoʻya taʼsirlari
Yurak: qorincha aritmiyalari, vozokonstriksiya, MI, taxikardiya, palpitatsiya
Markaziy nerv sistemasi/mushak: tremor, bosh ogʻrigʻi, bezovtalik va uyqu buzilishi
Elektrolitlar: giperglikemiya, gipokalemiya

Koʻrsatmalar: Bronxial astmada — broxnlar spazmolizini taminlaydi.
OʻSOK — broxnlar spazmolizini taminlaydi.
Akusherlikda vaqtidan oldingi/nooʻrin qisqarishlarda — tokolitik sifatida
Giperkalemiya — β2 agonistlar K+ ionlarini hujayra ichiga haydaydi.

Qarshi koʻrsatmalar
Quyidagi kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak
•gipertiriodizm
•glaukoma
•diabet
•gipokalemiya
°tutqanoq
°yurak kasalliklari
2025/02/17 09:11:10
Back to Top
HTML Embed Code: