Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
9127 - Telegram Web
Telegram Web
E'TIBOR, E'TIROF, RAG'BAT

Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i F.Muxammadiyev boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishda yil davomida qilingan ishlar sarhisob qilinib, 2025-yilda oldimizga qo’yilgan vazifalar bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi hamda yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondoshganligi uchun bir guruh xodimlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
Web-sayt| Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_tavsiyasi

👬 Ta'tildagi bolajonlar uchun qorbobodan tavsiya:

- Paqildoq o‘ynamang!
- Uyda yolg‘iz qolganda gazdan foydalanmang!
- Ko‘proq kitob o‘qing!

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
“Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy xabari

Hurmatli isteʼmolchilar!

Yangi yil bayrami va bir necha kun davom etadigan dam olish kunlari munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ yana bir bor gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, shamollatish tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib oʻtadi.

Shu oʻrinda fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yoʻqligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan taqdirda 104 raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishni soʻraymiz.

“Hududgaztaʼminot” AJ bayram kunlari arafasida tabiiy gaz isteʼmolchilariga shaxsiy hisob raqamini tekshirib turish, SMS xabarnomaga eʼtiborli boʻlish va tabiiy gaz taʼminoti uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib oʻtadi. Gaz taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitoblarni tuman gaz boʻlimlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.

Gaz taʼminotiga oid barcha murojaatlar 1104 qisqa raqami orqali qabul qilinadi. Gaz sizib chiqishi holatlari va boshqa texnik muammolar kuzatilganda 104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish lozim.

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati

***

Официальное сообщение АО “Худудгазтаъминот”

Уважаемые потребители!

В связи с новогодними праздниками и длительными выходными днями, АО “Худудгазтаъминот” просит потребителей соблюдать меры безопасности при использовании природного газа, не оставлять без присмотра отопительные приборы, а также обратить особое внимание на систему вентиляции продуктов сгорания.

Убедительно просим не допускать ночлега в комнатах без соответствующей вентиляции, при появлении запаха газа обращаться в газовую службу по телефону 104.

Пользуясь случаем АО “Худудгазтаъминот” напоминает, что в целях бесперебойной поставки природного газа необходимо своевременно произвести оплату. Платежи можно осуществлять через филиалы банков в районных отделениях газоснабжения, в самих банках, а также в режиме 24/7 через мобильные приложения всех платежных систем.

Все обращения по вопросам газоснабжения принимаются по короткому номеру 1104. При обнаружении утечек газа и других технических проблем следует звонить по номеру 104.

Пресс-служба АО “Худудгазтаъминот

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
2025-yil 1-yanvardan:

👉“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

👉Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida ish beruvchilar talabiga asosan tezkor kurslar yo‘lga qo‘yiladi;

👉Toshkent shahri va Samarqand viloyatida ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni buyurtma asosida ta’lim tashkilotlari hamda ish beruvchilarni jalb qilgan holda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;

👉mehnat sohasidagi nizolarni hal etishni mediatsiya usulida videokonferensaloqa shaklida amalga oshirish tizimi joriy etiladi;

👉 bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan kam ta’minlangan oilalarning rasmiy band bo‘lmagan a’zolari ishga joylashganda, o‘zini o‘zi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganda ushbu nafaqa va moddiy yordam ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatgacha to‘lash davom ettiriladi;

👉 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda ishga joylashgan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to‘lanadi;

👉 kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, o‘z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a’zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishi hamda sog‘lig‘ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko‘rsatiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farovonlik yo‘lida”

Ushbu ko‘rsatuvda farzandlari bilan tomorqachilik va chorvachilik ortidan oilasi farovonligini taʼminlab kelayotgan mirishkorlik To‘raqul bobo Nusratov haqida so‘z yuritiladi.

Avvalroq viloyat hokimi Murotjon Azimovning ushbu xonadonda bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirishkor tumanida joylashgan "Mirishkor tekstil" tikuv fabrikasi chevar masterlarni ishga taklif etadi.

Oylik maosh 4 million so‘mdan 6 mln so'mgacha

Murojaat uchun: 97 070-99-77, 97 675-81-83

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
🌍Web-sayt| Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘al oilalar a'zolarini ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari beriladi

Prezidentimizning 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi:

👉 jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda;

👉 har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

👉soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
🌍Web-sayt| Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevga banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi

Unga ko‘ra:

➡️ 2025 yilda jami 5 million 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan ziyod aholini band qilish rejalashtirildi.

➡️ 2025-yil 1 fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.

➡️online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va “soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi.

➡️ 2025-yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda hal qiluvchi yil bo‘lishi, buning uchun mahalliy hokimliklar va iqtisodiy-moliyaviy tuzilmalarning muvofiqlashgan ishini faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari
⬇️
🌍Web-sayt| Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

AHOLINI DAROMAD MANBAI BILAN TA’MINLASHDA YANGICHA YONDASHUVLAR


Muxbir: Shavkat Aminov

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
🌍Web-sayt| Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunda O‘zbekistonda:

👉mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) – 1 155 000 so‘m;

👉bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 375 000 so‘m;

👉pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

👉yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

👉nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

👉mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

👉zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

👉ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
🌍Web-sayt| Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
🌍Web-sayt| Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/08 19:39:09
Back to Top
HTML Embed Code: