Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

🖋Hukumat qarori (405-son, 01.07.2025 y.) bilan “Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlagan tadbirkorlar hamda xususiy bandlik agentliklariga quyidagi qoʻllab quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilaydi:

▪️bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi;
▪️ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi.


🔗 Nizomga koʻra, "Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashish elektron reyestri" axborot moduli yuritiladi.

Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga ajratiladi:

🔸 elektron reyestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxsni kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini taʼminlagan;

🔸 mazkur davrda unga har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlagan.


💵 Ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln soʻmgacha miqdorda ajratiladi.

Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:

▪️surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;
▪️psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;
▪️hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.


✍️ Tadbirkorlar ushbu subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali murojaat qiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
Sayt | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qamashi tajribasi” asosida kasb-hunarga o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yildi

Qamashi tumanida “Qamashi tajribasi” doirasida “Kambag‘al oila” reestriga kiritilgan ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasblar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish boshlandi.

Tashabbus uch tomonlama shartnoma asosida — mahalla, o‘quv muassasasi va Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida amalga oshirilmoqda. O‘quv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili Q.Odinayev, Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.Muxammadiyev hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari N.Mo‘minov ishtirokida o‘rganildi.

📍 “Za’far” va “Quyi Yangi” mahallalarida tashkil etilgan tikuvchilik markazlarida 90 nafardan ortiq xotin-qizlar bepul o‘qitilmoqda. 2 oylik o‘quv kurslari yakunida ishtirokchilarga Kasbiy ko‘nikmalar markazi tomonidan sertifikatlar topshiriladi.

Ushbu tizim ishsiz fuqarolarning daromad manbaiga ega bo‘lishi, o‘z kasbini egallab, doimiy bandlik bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga subsidiya, imtiyozli kreditlar hamda manzilli bandlik yo‘nalishlari taklif qilinmoqda.

“Qamashi tajribasi” – mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish, aholining real daromadlarini oshirish va fuqarolarni kasb egasiga aylantirishga yo‘naltirilgan innovatsion model bo‘lib, kelgusida boshqa hududlarda ham joriy etilishi rejalashtirilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
Sayt | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Issiqxona — issiq daromad!

📍Chiroqchi tumanining Olmazor mahallasida tomorqachilik rivojlanmoqda.

Mahalla hududidagi 5 gektar yer maydoni hokim yordamchisi ko‘magida 16 nafar fuqaroga ajratib berilgandi.

Endilikda tadbirkor-dehqonlarning har biri o'zlariga ajratilgan 30 sotix tomorqadan 50 tonnagacha hosil olmoqda.

Bu daromadlar “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilining amaliy natijasidir.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
Sayt | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40 даража иссиқ: бунақа пайтда ходимлар қандай ҳуқуқларга ва иш берувчилар қандай мажбуриятларга эга?

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги матбуот хизмати ОАВ орқали бу масалага батафсил тўхталди. Қуйидаги ҳаволалар орқали иссиқ об ҳавода ишлашдаги ҳуқуқ ва мажбуриятлар билан боғлиқ барча саволларингизга жавоб олишингиз мумкин:

kun.uz талқинида
yuz.uz талқинида
uzb_meteo талқинида
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 13:46:29
Back to Top
HTML Embed Code: