Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#yangi_kitob 🎉

O'zbek kitobxonlari uchun yana bir ajoyib tuhfa. Ingliz klassik adabiyotining yorqin vakilasi Emili Brontening "Bo'ronli dovon" asarini endi o'zbek tilida mutolaa qilishingiz mumkin. 📚
...O'zgalarga biz baxsh etgan quvonchning go'zalligi shundaki, u boshqa aks tasvirlar singari so'nmaydi, aksincha, yanada porloq shaklda o'zimizga qaytib keladi.

V. Gyugo

"Xo'rlanganlar"
🔥 TAQDIMOT 🔥

Ayni damda Toshkent Amaliy Fanlar universitetida yozuvchi Ulugʻbek Hamdam bilan adabiy uchrashuv hamda yozuvchining «Toʻrtkoʻcha» asari taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.


📚@bookuzbekistan
#kayfiyat

Ba'zan o'zimni muzey xodimidek sezaman – ulkan, boʻm-bo'sh muzeyga hech kimsa dorimaydi, o'zimdan boshqa hech zog' eksponatlarni tomosha qilmaydi.

"Norveg o'rmoni"
Haruki Murakami
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo'llar va yillar

Umrimizning teng yarmi shu yo'llarda o'tdi. Qay bir manzillarga eltmadi bu yo'llar. Ilk bor qalblarimizni birlashtirgan ham shu yo'llar, lolalar edi.
Oradan necha yillar o'tdi. Muhabbatli muhabbatsiz, mehrli mehrsiz, shovqinli shovqinsiz yillar. Bizlarni bir birimizdan uzoqlashtirgan va yana yaqinlashtirgan yillar bo'ldi, xotiralarni yodga solgan esa shu yo'llar va yana lolalar.
U paytlar menda faqatgina orzular bor edi, xolos. Bugun esa... Oradan 15 yil o'tib, men u yillardan va bu yo'llardan behad minnatdor ekanimni baralla ayta olaman. Shudir baxt?! 🥰
Forwarded from BOOK.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz bu asarni mutolaa qildingizmi?


Kitob narxi: 20 000 soʻm
🚚 +998712300050 | @bookuzbot

📚 @bookuzbekistan
...prokuror bo'lolmadi. Aslida, bu onasining orzusi ekani haqida o'ylab ham ko'rmagan ekan. U o'zi yoshligidan orzu qilib erisholmagani haqida o'ylagan, xolos. Onasining orzusini sarobga aylanganini bilmagan ekan. Onasi butun hayotini unga bag'ishlaganini, uning orzularini deb yashaganini endi tushundi.

Shin Kyong Suk
"Onamni asra"
#kitobdan
" Qaysi bir kun uni yaxshi koʻrib qoldi ekan-a? Kipriklarining kapalak kabi ohista harakatlarini kuzatganidami yoki qop-qora munchoq koʻzlari bilan toʻqnash kelgandami? "

©Raxshona Ahmedova
📚"Tongotar"

@qahvali_mutolaa
#anglam

Insonlarni tanib borganim sari ularga hurmatim va muhabbatim ortib bormoqda. Bu taloto'p dunyoda munosib hayot kechirayotgan insondan ulug'roq mavjudot yo'q.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'rib ko'zlaringiz quvnasin, dedim...

📍Xumson
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyat

Bir qarasam,
do‘st-u yordan ko‘nglim to‘qday,
Bir qarasam,
atrofimda hech kim yo‘qday...

Abdulla Oripov
#yangi_kitob
#tez_kunlarda

Bir vaqtlar Parijda Lyudovik O'n Beshinchining hukmronligi davrida bolalar o'z-o'zidan yo'qola boshlagan: ularni qandaydir maxfiy maqsadda politsiya o'g'irlar ekan. Xalq orasida dahshatli taxminlarga to'la mish-mishlar avj olgan. Ayrim hollarda bolalarni ovlayotgan qirol izquvarlari oilalari bo'lgan bolalarni ham olib ketgan. Otalar bolalarini izlashga tushgan. Bunday hollarda sud parlamenti ishga tushib, osishga hukm qiladi...
— Kimni? Qirol izquvarlarinimi?
— Yo'q, otalarni.


V. Gyugo
"Xo'rlanganlar"
#yangi_kitob

Va nihoyat "Ochlik" nashrdan chiqdi.
O'qib bo'lganlarga qayta o'qishni tavsiya qilaman. Qodir Mirmuhamedov tarjimasida asar yanada joziba kasb etgan.
Knut Hamsunga xos yozish uslubi shu vaqtga dovur ko'p yozuvchilarni tarbiyalagan, ilhom bergan. Murakami aytmoqchi, yaxshi kitobxon kitoblarni saralab o'qiydi. O'qisangiz mana shunday kitoblarni o'qing.)
Forwarded from FILOLOG KUNDALIGI 📚
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qancha vaqtimiz qoldi?

O'lim biz uchun mavhum narsadek tuyuladi. Lekin bilmaymizki, u biz bilan hamisha hamqadam. U tug'ilganimizdan beri biz bilan birga.
Men avvallari o'lim haqida sira o'ylamasdim. Yoshim ulg'aygani sari xuddi menga nimanidir o'rgatmoqchidek onda-sonda bu o'ylar xotirimga keladigan bo'lib qoldi. Ehtimol bu yaxshidir.
Chunki, inson o'lim haqida o'ylagani sari yashashga shoshiladi. Agar qachon o'lishini bilsa, ko'proq narsaga ulgurib qoladi, deb o'ylayman. Xuddi Pol kabi.
Kecha "Huzur" nashriyoti sovg'a qilib yuborgan kitobni varaqlab xayolimdan shunaqa o'ylar kechdi. Pol o'zi shifokor bo'lgan, bugun esa bemor. Kishi bilmaydi ertaga nima bo'lishini. Bu hayot hech kimga vafo qilmagan. "So'nggi nafas havoga qorishmasidan" avval har lahzaning qadriga yetish va go'zal yashash kerak.

Sa'diy Sheroziy aytganidek,
Esingdami ayt-chi, sen tugʻilgan on
Hamma shodon edi, sen esa giryon,
Shunday yashaginki, ketar chogʻingda
Hamma giryon qolsin, sen ketgil xandon.
"Ҳаёт ҳиссиётли кишилар учун фожиа, фикрловчи одамлар учун комедиядир".

Жан де Лабрюйер
2025/05/29 09:22:29
Back to Top
HTML Embed Code: