Telegram Web
Rossiya Federatsiyasining Maksim Gorkiy nomidagi Primorskiy akademik drama teatrining bir guruh ijodkorlari Samarqand viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.
Joriy yilning 12-18- iyul kunlari Samarqand viloyati musiqali drama teatrida rossiyalik ijodiy jamoaning spektakl-tomosha tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Samarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Buxoroning diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin koʻpaytirish va turistik xizmatlar koʻlamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ichki turizm yoʻnalishida Buxoroning diqqatga sazovor maskanlariga sayohati tashkil etildi.

Sayohat davomida xodimlar Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy ziyoratgohi, Buxoro amirlarining qalʼasi, Labi-Hovuz, Koʻkaldosh, Nodir Devonbegi, Mir Arab, Ulugʻbek va Chor Minor madrasalarini ziyorat qilib, tarixidan xabardor boʻlishdi.

Buxoroga sayohat qilish — bu nafaqat oʻtmishga sayohat, balki bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan abadiy qadriyatlar bilan yuzma-yuz kelish imkoniyatidir. Har bir gʻisht, har bir naqsh zamirida asrlar sinovidan oʻtgan donishmandlik va mahorat mujassam.

@SamTvr
2025/07/13 23:03:00
Back to Top
HTML Embed Code: