Telegram Web
Respublikamiz bojxonachilari giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga va muomalasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini fosh qilishdi.

Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tezkor tadbirlar natijasida 2017 yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan, 4 ming nafar faol obunachisi bo‘lgan “Deadpool” nomli Markaziy Osiyodagi yirik telegram narkodo‘konning yirik tarqatuvchilari qo‘lga olindi.

Jumladan, 2025-yil 31-avgust kuni Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasida Qirg‘izistondan O‘zbekiston hududiga “Deadpool” narkodo‘kon kuratori “Warren Buffett” topshirig‘iga asosan Qirg‘izistondagi narkodo‘kon ishchisi ombor mudiri tomonidan uloqtirilgan 2 bo‘lakda ko‘k rangli skotchlarga o‘ralgan 602 gramm “alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qabul qilib olayotganida qo‘lga olindi.

Surishtiruv davomida ushbu shaxs 2023-yildan buyon narkodo‘kon ishchisi ekanligi, yiliga o‘rtacha 20 kg yoki 100 ming doza, so‘nggi 3 yilda jami 50 kg  yoki 250 ming doza sintetik narkotiklar tarqatganligini maʼlum qilgan.

Bundan tashqari, 2025-yil 10-sentyabr kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida o‘tkazilgan “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbirida 2 nafar fuqarolar “Deadpool” narkodo‘kon kuratori “Warren Buffett” topshirig‘iga asosan Rossiyadagi narkodo‘kon ishchisi ombor mudiri tomonidan berib yuborilgan, muqaddam Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara bojxona postida aniqlangan akkumulyator ichiga xufiyona yashirilgan 20 dona qora izolentaga o‘ralgan 492,2 gramm “klefedron” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olayotganlarida qo‘lga olindi.

Surishtiruv jarayonida ushbu 2 nafar shaxs 6 oydan buyon narkodo‘kon ishchisi ekanliklari, har biri oyiga o‘rtacha 0,5 kg yoki 2,5 ming doza, 6 oyda esa 2,5 kg yoki 12,5 ming doza sintetik narkotiklar tarqatganliklarini maʼlum qilishgan.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yirik tarqatuvchi shaxslarning har birida kamida 10 nafardan ortiq “zakladchiklari” yaʼni mayda tarqatuvchilari bo‘lib, ular tomonidan tarqatish va ko‘mish nuqtalari sifatida Toshkent shahrining Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir va Toshkent viloyatining Chirchiq va Yuqorichirchiq tumanlaridagi istirohat bog‘lari va taʼlim muassasalari atroflari tanlab olingan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

@SamTvr
"Ўзагроинспекция" нинг Самарқанд вилоят бошқармаси ходимлари П. Мамедов, Ж. Очилов ва Оқдарё туман бошлиғи А. Пардаевлар Оқдарё тумани "Р. Ҳамраев" ММТП ҳудудидаги "Бузрук бобо" фермер хўжалиги ва "Дахбед" ММТП ҳудудидаги "Ўнтол" фермер хўжаликларида пахта йиғим-терими бориши ва ғалла экишга тайёргарлик ишларини олиб борилиши бўйича ўрганиб, тегишли тавсиялар берилмоқда.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"MAXSUS REPORTAJ" KOʻRSATUVI


Muallif: Abdusamad Ibrohimov


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🔥1
📊 Samarqandda yoshlar siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tashabbuslar taqdim etildi

Bugun Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan 2025-yilning shu davriga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdimoti o‘tkazildi.

🗂 Tadbirda boshqarma tizimidagi har bir bo‘lim faoliyati tahlil qilinib, yoshlarga oid loyihalarning natijalari muhokama etildi.

💡Shuningdek, yoshlarning bandligi, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh tadbirkorlar tashabbuslarini rag‘batlantirish va mahallalarda yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan qator yangi g‘oya va tashabbuslar ilgari surildi.

📑Taqdimot davomida tizim xodimlari o‘rtasida tajriba almashish, hamkorlikni kuchaytirish va ish samaradorligini oshirish yo‘nalishida amaliy vazifalar belgilab olindi.

📎Bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa, viloyatda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning manfaatlari yo‘lida faoliyatni yanada tizimli tashkil etishdir.

You tube | Instagram | Telegram | Facebook
1
2025/10/12 19:12:34
Back to Top
HTML Embed Code: