Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1854 - Telegram Web
Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hello New Zealand! 🇳🇿

🇳🇿University of Auckland haqida batafsil ma’lumot

University of Auckland — Yangi Zelandiyaning eng nufuzli universiteti bo‘lib, global miqyosda yuqori reytingga ega. Ushbu universitet 1883-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim, tadqiqot va innovatsiyalar sohasida dunyoning eng yaxshi universitetlari qatoridan joy oladi. QS World University Rankings reytingida universitet TOP-100 ichida o‘rin egallab kelmoqda.

🏫 Asosiy fakultetlar va dasturlar:

1.Muhandislik fakulteti
2.Biznes va iqtisodiyot maktabi
3.Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari fakulteti
4.Kompyuter fanlari va IT dasturlari
5.San’at va ijtimoiy fanlar fakulteti
6.Ta’lim va pedagogika dasturlari
7.Huquq fakulteti

Qabul talablari va asosiy ma’lumotlar:

1.Qabul muddati: Bakalavr dasturlari uchun 1-aprelgacha yoki 1-dekabrgacha (dasturga qarab farq qiladi). Magistratura va doktorantura dasturlari uchun o‘qish boshlanishidan kamida 6 oy oldin hujjatlar topshirilishi kerak.

2.Til talablari:

IELTS: kamida 6.0 (har bir bo‘limdan kamida 5.5).
TOEFL iBT: kamida 80 (Writing: kamida 21).

3.Akademik ko‘rsatkichlar:Bakalavr uchun: o‘rta maktabda yuqori baholar va xalqaro standart test natijalari (masalan, SAT yoki ACT) talab qilinadi.Magistratura uchun bakalavr diplomi, tadqiqot tajribasi va akademik yutuqlar ko‘rsatilishi kerak.

🏆 Moliyaviy yordam va grantlar:

1.University of Auckland International Student Excellence Scholarship: Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega xalqaro talabalar uchun $10,000 gacha grant.

2.New Zealand Government Scholarships: Yangi Zelandiyada o‘qish uchun hukumat tomonidan taqdim etiladigan stipendiya dasturlari.

3.Doctoral Scholarships: Doktorantura talabalari uchun to‘liq moliyalashtirish va tadqiqot yordami.

4.Pacific Island Scholarships: Tinch okeani hududi mamlakatlari talabalari uchun maxsus grant dasturi.

🔗Qo‘shimcha ma’lumot: University of Auckland haqida batafsil ma’lumot olish va dasturlar bilan tanishish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring: www.auckland.ac.nz

P.S. Kanalimizda xalqaro grantlar, o‘qish imkoniyatlari va shaxsiy rivojlanish haqida doimiy ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Do‘stlaringizni ham kanalga taklif qiling!

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Antalogiya

Assalomu alaykum, barchaga!

Ushbu
antalogiya chop etildi🥳.
Ijodiy ishlar berganlar tezda murojaat qiling.

✍️Murojaat uchun: @SevinchUmonovnaa

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hello Malaysia🇲🇾

🇲🇾Universiti Malaya (UM) haqida batafsil ma’lumot

Universiti Malaya (UM) Malayziyaning eng nufuzli universiteti bo‘lib, global miqyosda yuqori reytingga ega. 1905-yilda tashkil etilgan bu universitet ta’lim, tadqiqot va innovatsiyalar sohasida Osiyoning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir. QS World University Rankings reytingida Universiti Malaya dunyo bo‘yicha TOP-100 talikdan joy olib kelmoqda.

🏫 Asosiy fakultetlar va dasturlar:

1.Muhandislik fakulteti
2.Biznes va hisob-kitob fanlari fakulteti
3.Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fakulteti
4.Kompyuter fanlari va sun’iy intellekt dasturlari
5.Ijtimoiy fanlar va gumanitar yo‘nalishlar
6.Fizika va tabiiy fanlar fakulteti
7.Huquq fakulteti

Qabul talablari va asosiy ma’lumotlar:

1.Qabul muddati: Bakalavr dasturlari uchun: 1-maygacha yoki 1-oktabrgacha.Magistratura va doktorantura uchun: o‘qish boshlanishidan kamida 6 oy oldin hujjatlar topshirilishi kerak.

2.Til talablari: IELTS: kamida 6.0 (har bir bo‘limdan kamida 5.5).TOEFL iBT: kamida 80 (Writing: kamida 21).

3.Akademik ko‘rsatkichlar: Bakalavr uchun: yuqori o‘rta maktab baholari va xalqaro test natijalari (masalan, SAT yoki A-Level) talab qilinadi. Magistratura uchun: bakalavr diplomi va akademik yutuqlar ko‘rsatilishi lozim.

🏆Moliyaviy yordam va grantlar:

1.Universiti Malaya Excellence Scholarship: Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega xalqaro talabalar uchun to‘liq yoki qisman grant.

2.Malaysian Government Scholarships (MIS): Malayziyada o‘qish uchun hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiyalar.

3.UM Postgraduate Research Grants: Tadqiqot olib boruvchi magistratura va doktorantura talabalari uchun maxsus grant dasturi.

4.ASEAN Scholarships: ASEAN davlatlari talabalari uchun maxsus moliyaviy yordam.

🔗Qo‘shimcha ma’lumot: Universiti Malaya haqida batafsil ma’lumot olish va dasturlar bilan tanishish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring: www.um.edu.my

P.S. Kanalimizda xalqaro grantlar, o‘qish imkoniyatlari va shaxsiy rivojlanish haqida doimiy ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Do‘stlaringizni ham kanalga taklif qiling!

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hello China🇨🇳

🇨🇳Tsinghua University haqida batafsil ma’lumot

Tsinghua University — Xitoyning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lib, global miqyosda yuqori reytingga ega. 1911-yilda tashkil etilgan bu universitet ta’lim va tadqiqot sohasida dunyoning eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. QS World University Rankings reytingida Tsinghua University muntazam ravishda dunyo bo‘yicha TOP-20 talikdan joy oladi.

🏫 Asosiy fakultetlar va dasturlar:
1.Muhandislik va texnologiyalar fakulteti
2.Biznes va boshqaruv (Tsinghua SEM)
3.Tibbiyot va biotibbiy tadqiqotlar
4.Kompyuter fanlari va sun’iy intellekt dasturlari
5.Ijtimoiy fanlar va xalqaro aloqalar
6.Energetika va ekologik tadqiqotlar
7.Huquq fakulteti

Qabul talablari va asosiy ma’lumotlar:
1.Qabul muddati:Bakalavr dasturlari uchun 1-aprelgacha.Magistratura va doktorantura uchun: o‘qish boshlanishidan 6 oy oldin hujjat topshirilishi lozim.

2.Til talablari: IELTS kamida 6.5. TOEFL iBT kamida 90. Xitoy tili (bakalavr uchun) HSK 4 yoki yuqoriroq daraja talab qilinadi.

3.Akademik ko‘rsatkichlar:Bakalavr uchun yuqori o‘rta maktab baholari va xalqaro test natijalari (SAT, A-Level, yoki IB). Magistratura uchun bakalavr diplomi, tadqiqot rejasi va akademik yutuqlar.

🏆Moliyaviy yordam va grantlar:

1.Chinese Government Scholarship (CSC): Tsinghua’da o‘qish uchun to‘liq yoki qisman moliyalashtirish.

2.Schwarzman Scholars Program: Dunyoning eng iqtidorli magistratura talabalari uchun maxsus grant.

3.Tsinghua University Scholarship: Universitet tomonidan moliyalashtiriladigan grantlar.

🔗Qo‘shimcha ma’lumot:
Tsinghua University haqida batafsil ma’lumot olish va dasturlar bilan tanishish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring: www.tsinghua.edu.cn

P.S: Kanalimizda xalqaro grantlar, oliy ta’lim imkoniyatlari va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha doimiy ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Do‘stlaringizni ham kanalga taklif qiling!

🟦@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’qishga tayyorgarlik jarayoni bo’yicha maslahat so’rashgan ekan.

Umumiy shu mavzuda post yozsammi deb turibman!

Reaksiya bildirila shunga qarab ishga kirishamiz😎)
Shaxsan o‘zimda abituriyentlik erta boshlangan.

Aynan yangi maktabga o‘tganimdan so‘ng tayyorgarlikni boshlaganman. Birinchi qiziqqan fanim tarix, qiziqqan universitetim esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti(JIDU) va Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) bo‘lgan.

Tarixdan tayyorlanishda nimalar yordam bergan?

1. Birinchi muhim narsa – kun tartibingiz.
Kun tartibim quyidagicha edi:
Ertalab soat 5 da uyg‘onardim. Kechqurun esa boshim oldiga 6-7-sinf tarix darsligini qo‘yib yotar, va shuni 5:00 dan 7 gacha kitobni o‘qib chiqardim. Bu odat meni haqiqiy imtihongacha tark etmadi. Nega ertalab o‘qirdim? Chunki miya aynan ertalab, diskka yozilgandek, ma’lumotni yaxshi yodlab oladi. Bu odat menga kuchli tarixchi bo‘lishimda juda katta yordam berdi.

2. Ikkinchi muhim narsa – yaxshi ustoz.
Ertalab maktabda darslarga qatnashib, darsdan keyin tarix fanidan qo‘shimcha darslarga borardim. Qo’shimcha darsni tarix fanidan juda yaxshi mutaxassis bo’lgani uchun shu ustoz sabab ham yaxshi o’qiganman. Metodikasi juda kuchli bo’lgan. Darsga qatnashib soat 5-6 larda uyga qaytardim. Kechki ovqatdan so‘ng yangi mavzularni 3 soat davomida o‘qirdim. Keyin kitobni belgilab qo‘yib, ertalab 5 ga budilnik qo‘yardim.

3. Qo‘shimcha usul – yillarni alohida yozib chiqish.
Yangi mavzulardagi yillarni alohida yozib chiqardim. Bu usulning foydasi shundaki, yozgan yillarimning ko‘pchiligi hali ham esimda! Yozib chiqilgan daftarlarim hozirgacha saqlanib qolgan. Har qanday fandan yozib olish usuli sizga kalit bo‘lib xizmat qiladi.

4. Oxirgisi esa test bilan ishlash.
Tarix ustozim har darsda umumiy testlar berar edi. Bundan tashqari, mavzulashtirilgan testlarni ham ishlardim. Esimda, 8-sinfda 20 000 talik test to‘plamini yoz oyining o‘zida tugatganman. Qo‘shimcha tarzda 6-11-sinf darsliklari bo‘yicha mavzulashtirilgan test kitobchalarini ham yechib chiqqanman. Shu usullarning barchasi sababli tarixdan bilimim kuchaygan. Tarix bo‘yicha bu tartib 7-11-sinflarda ham davom etgan.

Man olimpiadachi bo’lgan vaqtim doimiy ravishda 1-o’rin olib chiqsam har doim shu raqiblar gapirardi sizlar nimadir qilib olasizlar deb. O’shanaqa payt san ham shunaqa mehnat qil olasan degim kelardi😅.

Boshqa fanlarga kelsak:

1)Ona tili
JIDU va TDYU kirish uchun fanlar har oy o‘zgarib turgan, shuning uchun ona tilini ikkinchi asosiy fan sifatida o‘rganganman. Bu fandan qiyinchilik bo‘lmagan. Qiyin mavzulari esa video dars ko’rib, tushunib olganman. Imtihon kiradigan yillim ham repititrga bormadim, lekin 10 tadan 10 ta chiqqan. Adabiyot esa menga yoqardi. Badiiy asarlarni ko‘p o‘qirdim. Asarlarni tugatib, ularga oid savol-javoblarni yodlaganman. Yozish usulidan bu fanda ham foydalanganman. Lekin adabiyot imtihonimda tushmagan.

2)Ingliz tili
Maktabim ingliz tiliga ixtisoslashgan edi. Eng kuchli ustozlar dars berishardi. Darslarda faol qatnashardik. Shuning uchun bu fandan tayyorlanish men uchun oson kechgan. Ieltsga ham 3 oy ketgan, tezda olganman.

3)Matematika
Repititrga to’liq bormadim.Lekin natijam yaxshi chiqqan. Maktabda yaxshi o’tilgandi.

Umuman olganda, qancha erta boshlasangiz shuncha sizda yaxshi tayyorgarlik ko’rish imkoni bo’ladi.Umumiy bazani yoshlikdan yaxshi qilib ketsangiz, hech qaysi fanda qiyinchilik bo’lmaydi.

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro Yoshlar Konferensiyasida qatnashish imkoniyati🤩🔥

🌍Davlat: Rwanda
Deadline: 2025-yil 22-yanvar

🏆Ikki tomonlama aviachipta,
turar joy, mahalliy transport, ovqatlanish xarajatlari qoplanadi
😎

🔗Ariza uchun link: https://opportunitiescorners.com/ias-conference-in-rwanda/

P.s:Yaqinlaringizni kanalga taklif qiling.Kanalimizda eng foydali postlar, xalqaro grantlar shaxsiy rivojlanish bo’yicha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSHdagi Xalqaro Yoshlar Dasturi qatnashish imkoniyati🤩🔥

🌍Davlat: AQSH
Deadline: 2025-yil 10-yanvar

🏆Ikki tomonlama aviachipta,
turar joy, mahalliy transport, ovqatlanish xarajatlari qoplanadi
😎

🔗Ariza uchun link: https://opportunitiescorners.com/hansen-leadership-institute-2024/

P.s:Yaqinlaringizni kanalga taklif qiling.Kanalimizda eng foydali postlar, xalqaro grantlar shaxsiy rivojlanish bo’yicha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hello UAE 🇦🇪

🇦🇪Khalifa University haqida batafsil ma’lumot

Khalifa University Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) eng nufuzli universiteti bo‘lib, ta’lim va tadqiqot sohasida global miqyosda yuqori o‘rinlarni egallaydi. 2007-yilda tashkil etilgan bu universitet, ayniqsa, muhandislik va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. QS World University Rankings reytingida Khalifa University muntazam ravishda dunyo bo‘yicha TOP-200 talikda, Yaqin Sharqda esa TOP-10’likda joy oladi.

🏫Asosiy fakultetlar va dasturlar:

1.Muhandislik (elektronika, mexanika, aviatsiya va kosmik texnologiyalar)
2.Sun’iy intellekt va robototexnika
3.Biotibbiyot muhandisligi
4.Energetika va atrof-muhit texnologiyalari
5.Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik
6.Iqtisodiyot va boshqaruv fanlari
7.Fizika, kimyo va nanotexnologiyalar

Qabul talablari va asosiy ma’lumotlar:

1.Qabul muddati: Hujjat topshirish har yili iyun oyigacha davom etadi.

2.Til talablari: IELTS kamida 6.5 yoki TOEFL iBT kamida 90.

3.Akademik ko‘rsatkichlar:
Bakalavr dasturlari uchun yuqori o‘rta maktab baholari va SAT imtihoni natijalari.Magistratura uchun bakalavr diplomi, tadqiqot rejasi va ilmiy maqolalar afzallik beradi.

🏆Moliyaviy yordam va grantlar:

1.Khalifa University Graduate Scholarship: To‘liq moliyalashtirish (ta’lim haqi, yashash xarajatlari, tibbiy sug‘urta).
2.Buhooth Scholarship Program: Tadqiqot dasturlarida ishtirok etuvchi talabalarga maxsus grant.
3.President’s Scholarship: Bakalavr talabalari uchun ajratilgan stipendiya.

🔗Qo‘shimcha ma’lumot:
Khalifa University haqida batafsil ma’lumot olish va dasturlar bilan tanishish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring: www.ku.ac.ae

P.S:Kanalimizda xalqaro grantlar, oliy ta’lim imkoniyatlari va professional rivojlanish bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Do‘stlaringizni ham kanalga taklif qiling!

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro Yoshlar Simpoziumida qatnashish imkoniyati🤩🔥

🌍Davlat: Xitoy
Deadline: 2025-yil 2-yanvar

🏆Ikki tomonlama aviachipta,
turar joy, mahalliy transport, ovqatlanish xarajatlari qoplanadi
😎

🔗Ariza uchun link: https://opportunitiescorners.com/yenching-global-symposium-in-china/

P.s:Yaqinlaringizni kanalga taklif qiling.Kanalimizda eng foydali postlar, xalqaro grantlar shaxsiy rivojlanish bo’yicha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hello Colombia🇨🇴

🇨🇴Universidad de los Andes haqida batafsil ma’lumot

Universidad de los Andes (Uniandes) Kolumbiyaning eng nufuzli universiteti bo‘lib, ta’lim va tadqiqot sohasida Lotin Amerikasida yuqori o‘rinlarni egallaydi. 1948-yilda tashkil etilgan bu universitet Bogota shahrida joylashgan va QS World University Rankings reytingida muntazam ravishda Lotin Amerikasining TOP-10 taligiga kiradi. Dunyo bo‘yicha esa TOP-300 talikda joylashgan.

🏫 Asosiy fakultetlar va dasturlar:

1. Iqtisodiyot va moliya
2. Huquq va xalqaro munosabatlar
3. Muhandislik (kompyuter, sanoat, va ekologik muhandislik)
4. Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari
5. San’at va gumanitar fanlar
6. Matematika va fizika
7. Biznes boshqaruvi (MBA va boshqa dasturlar)

Qabul talablari va asosiy ma’lumotlar:

1.Qabul muddati: Bakalavr uchun kuzgi semestrga hujjatlar topshirish may oyida yakunlanadi. Magistratura va doktorantura uchun muddat dasturga qarab o‘zgaradi.

2.Til talablari: Ingliz yoki ispan tilida o‘qish imkoniyati mavjud. IELTS kamida 6.5 yoki TOEFL iBT kamida 90 talab etiladi.

3.Akademik ko‘rsatkichlar: Yuqori o‘rta maktab baholari yoki bakalavr diplomi, motivatsion xat va tavsiyanoma talab qilinadi.

🏆Moliyaviy yordam va grantlar:

1.Becas Uniandes: Iqtidorli talabalar uchun qisman yoki to‘liq moliyaviy yordam.
2.Colfuturo Grantlari: Magistratura va doktorantura talabalari uchun maxsus moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturi.
3.Universidad de los Andes Excellence Scholarship: A’lochi talabalarga to‘liq grant.

🔗Qo‘shimcha ma’lumot:
Universidad de los Andes haqida batafsil ma’lumot olish va dasturlar bilan tanishish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring: www.uniandes.edu.co

P.S: Kanalimizda xalqaro grantlar, oliy ta’lim imkoniyatlari va professional rivojlanish bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Do‘stlaringizni ham kanalga taklif qiling!

🟦@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from International Grants
💙💙💙🤩🤩🤩

International Grants maxsus kursi
bitiruvchisi, Alumni’miz a’zosi Ollomberganov Kamron
Rossiyaning Moskva shahrida bo'lib o'tgan “YII ikkinchi global universitet “ Xalqaro sammitiga tanlab olindi va Moskva shahrida tashkil etilgan sammitda grant asosida ishtirok etdi🥳

Xalqaro sammitda 10 dan ortiq mamlakatlardan ishtrokchilar tanlab olinib, qatnashishdilar.
Sammit yakunida ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar
😎🏆

P.s: Ko’pchilik International Grants yangi mavsum qachon ochiladi deb o’zimga yozyapti, endi 2025-yil ochiladi. Kanalni kuzatib boring.

🔵@International_Grants_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BMT amaliyot dasturida qatnashish imkoniyati🇺🇳🤩

🌍Davlat: Tailand
Deadline: 2024-yil 16-dekabr

🏆Ikki tomonlama aviachipta,
turar joy, mahalliy transport, ovqatlanish xarajatlari qoplanadi
😎

🔗Ariza uchun link: https://opportunitiescorners.com/undp-internship-in-bangkok/

P.s:Yaqinlaringizni kanalga taklif qiling.Kanalimizda eng foydali postlar, xalqaro grantlar shaxsiy rivojlanish bo’yicha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hello Africa🌍

🇿🇦University of Cape Town haqida batafsil ma’lumot

University of Cape Town (UCT) — Afrikaning eng nufuzli universiteti bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sohasida yuqori o‘rinlarni egallaydi. 1829-yilda tashkil etilgan UCT dunyodagi eng qadimiy universitetlardan biri hisoblanadi. U QS World University Rankings reytingida muntazam ravishda Afrikada birinchi o‘rinda va dunyo bo‘yicha TOP-200 talikda joylashgan. Universitet Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida, tog‘ va okean manzaralari orasida joylashgan.

🏫Asosiy fakultetlar va dasturlar:

1.Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari
2.Iqtisodiyot va moliya
3.Huquq va siyosatshunoslik
4.Muhandislik va axborot texnologiyalari
5.Gumanitar fanlar (san’at, tarix, tilshunoslik)
6.Tabiatshunoslik (biologiya, kimyo, matematika, va fizika)
7.Biznes boshqaruvi (Graduate School of Business – Afrikaning eng nufuzli biznes maktabi)

Qabul talablari va asosiy ma’lumotlar:

1.Qabul muddati:Bakalavr dasturlari uchun arizalar avgust oyida boshlanadi va oktyabrda yakunlanadi.Magistratura va doktorantura dasturlari uchun muddat dasturga qarab farq qiladi.

2.Til talablari:IELTS kamida 7.0, TOEFL iBT esa kamida 100 bo‘lishi kerak.

3.Akademik talablar:Bakalavr uchun yuqori o‘rta maktab baholari.Magistratura va doktorantura uchun bakalavr diplomi, ilmiy maqolalar, motivatsion xat va tavsiyanoma talab qilinadi.

🏆Moliyaviy yordam va grantlar:

1.UCT Scholarships: Akademik a’lochilar uchun to‘liq yoki qisman grantlar.
2.Mastercard Foundation Scholars Program: Afrikaning iqtidorli talabalari uchun maxsus moliyaviy yordam.
3.Research Grants: Magistratura va doktorantura talabalari uchun tadqiqot grantlari.

🔗Qo‘shimcha ma’lumot:University of Cape Town haqida batafsil ma’lumot olish va dasturlar bilan tanishish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring: www.uct.ac.za

P.S: Kanalimizda xalqaro grantlar, oliy ta’lim imkoniyatlari va professional rivojlanish bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Do‘stlaringizni ham kanalga taklif qiling!

🟦@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jahon Banki amaliyot dasturida qatnashish imkoniyati🤩🔥

🌍Davlat: Amerika
Deadline: 2024-yil 31-dekabr

🏆Ikki tomonlama aviachipta,
turar joy, mahalliy transport, ovqatlanish xarajatlari qoplanadi
😎

🔗Ariza uchun link: https://opportunitiescorners.com/world-bank-legal-internship/

P.s:Yaqinlaringizni kanalga taklif qiling.Kanalimizda eng foydali postlar, xalqaro grantlar shaxsiy rivojlanish bo’yicha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, Xayrli kech, do’stlar!

Navbatdagi post qaysi universitet haqida bo’lsin, kommentga yozing👇
Hello Asia 🌏

🇰🇷Yonsei University haqida batafsil ma’lumot

Yonsei University — Koreyaning TOP-5 taligiga kiruvchi eng nufuzli universitetlardan biri. 1885-yilda tashkil etilgan va bugungi kunda Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan universitet xalqaro talabalar uchun keng imkoniyatlar va sifatli ta’lim dasturlarini taklif etadi. Yonsei QS World University Rankings bo‘yicha doimiy ravishda TOP-100 universitetlar orasida bo‘lib kelmoqda.

🏫 Asosiy fakultetlar va dasturlar:

1.Biznes boshqaruvi va iqtisodiyot
2.Muhandislik va texnologiya
3.Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari
4.Gumanitar fanlar (adabiyot, tarix, falsafa)
5.Ijtimoiy fanlar (xalqaro aloqalar, siyosatshunoslik)
6.Biotexnologiya va tabiiy fanlar

Qabul talablari va asosiy ma’lumotlar:

1.Qabul muddati: Bakalavr dasturlari uchun arizalar oktabrda boshlanadi va dekabrda yakunlanadi. Magistratura va doktorantura uchun esa dasturga qarab farq qiladi.

2.Til talablari: IELTS kamida 6.5 yoki TOEFL iBT kamida 90 bo‘lishi kerak. Koreys tilida o‘qishni istovchilar uchun TOPIK 4-darajadan yuqori talab qilinadi.

3.Akademik talablar: Yuqori baholar, tavsiyanomalar, motivatsion xat va talab qilinadigan boshqa hujjatlar.

🏆 Moliyaviy yordam va grantlar:

1.Global Korea Scholarship (GKS): Xalqaro talabalar uchun to‘liq grant (kontrakt, yashash va boshqa xarajatlar qoplanadi).
2.Yonsei Merit Scholarships: Akademik ko‘rsatkichlari yuqori talabalar uchun qisman yoki to‘liq grantlar.
3.Research Assistantships: Magistratura va doktorantura talabalari uchun tadqiqot grantlari va yordamchi lavozimlar.

🔗Qo‘shimcha ma’lumot: Yonsei University haqida batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring: www.yonsei.ac.kr

P.S: Xalqaro grantlar, Koreya universitetlariga kirish bo‘yicha maslahatlar va boshqa foydali ma’lumotlarni bizning kanalimizda kuzatib boring. Kanalga do‘stlaringizni ham taklif qilishni unutmang!

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qor_temada

Qor bo’yicha rasm videolar bo’lsa sizda ham commentga yuboring😅👇

🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 17:38:43
Back to Top
HTML Embed Code: