Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Ba'zan yo'ldagi tirbandlikda kallaga shunaqa ajoyib fikrlar keladi. O'sha vaqtda taksist jim ketsa bo'lgani. Yo'q-sa , hamma fikrlar shamoldek uchadi ketadi (Gapimni taxida yuradiganlar tushundi😉)

(Shahzod Shomansurov)

@ShakhzodShomansurov
Fikr#

Yaqinda do'stim teleserial uchun birgalikda ssenariy tayyorlashga taklif etdi. G'oya bilan tanishdim: paraolimpia chempioni haqida ekan. Voqealar yomon emas, hayotiy, qayerdadir mativiotsion xarakterga ham ega.
Ammo menda savol tug'ildi. Qachon biz ijodkorlar (Adabiyot vakillari, kinoijodkorlar va boshqalar) o'rta yoshdagi odamlar (40-50 yosh) hayoti, hayollari, muammo va tashvishlari, kasbdagi qahramonliklari haqida ajoyib kinofilmlar ishlaymiz, qiziqarli badiiy asarlar yaratamiz. Atrofimizda shifokorlar, qutqaruv xizmati vakillari, o'qituvchilar, o't o'chiruvchilar , oddiy odamlar har kuni biz ilg'amaydigan qahramonliklar amalga oshirishmoqda. Ularning ham o'y-hayollari, tashvishlarini asarlarda aks ettirish kerak. Nazarimda umuman boshqacha filmlar olish vaqti allaqachon kelgan. Zamonamizga boshqacha qahramonlar kerak.

@ShakhzodShomansurov
Ijodkorni miyasiga fikr, yangi gʻoya kelmaganda bir narsalar deb valdirashi, asabingizga tegishi mumkin. Bu shunchaki oʻtkinchi gaplar - творческий кризис!

(Shahzod Shomansurov)

@ShakhzodShomansurov
Ichingizdagi yaramas odamchani tashqariga chiqishiga yoʻl qoʻymang. Hamma balo oʻshanda boshlanadi!

(Shahzod Shomansurov)

@ShakhzodShomansurov
Ba'zi odamlar oyna kabi aksingni ko'rsatib turadi! Ularga yaxshilab qara, agar jirkanmasang shunday yashashda davom et!

(Shahzod Shomansurov)

@ShakhzodShomansurov
Forwarded from Nodirabegim
ҚАЛБ ВА ҚОН: ИЧКИ КУРАШЛАР

Шаҳзод Шомансуровнинг ютуғи – мавзу танлашдаги фантазияси кенглиги ва қаҳрамонларнинг ички дунёсини очиб беришга астойдил интилиши. Ижтимоий манзараларни кенгроқ англаш ва персонажларини янада мукаммаллаштириш орқали унинг ижоди янада чўққига чиқиши мумкин. У тасвирлашдан қочмайди – бу ўринда муаллифнинг маҳоратли фотограф экани қўл келган. Қуйида китобдан ўрин олган айрим ҳикояларни таҳлил қиламиз.

Ўқиш: https://telegra.ph/%D2%9AALB-VA-%D2%9AON-ICHKI-KURASHLAR-11-27
“Chivin bilan pashshani farqi shundaki, chivin sizning yoningizga aniq maqsad, vazifa bilan keladi. Eplab uddalasa ishini bitirib (qoningizni so‘rib), ortiqcha asabga tegmay juftakni rostlaydi.
Pashsha esa, ba’zi miyang’i odamlarga o‘xshaydi. Ming’irlab asabga tegib kelaveradi, xaydasangiz ham kelaveradi, kelaveradi! Oxiri pachaqlab qutulasiz! Hullas, pashshasifat asabga tegar odamlar sizlarni nima “qismat” kutayotganini bildingiz! Ortiqcha ming’irlashni bas qiling…”


(Shahzod Shomansurov)

@ShakhzodShomansurov
Qo'rqmay tezlikni oshiravering. Yo ko'zlagan manzilingizga yetasiz yoki so'nggi manzilga ketasiz! Har holda tezlik baribir manzilingizga yetkazib qo'yadi!

(Shahzod Shomansurov)

@ShakhzodShomansurov
Shahzod Shomansurov

Maktub
(hikoya)

“Hullas, janob Stoun uzoq o‘ylab sizga xat yozishga axd qildim. Kamina sizni ashaddiy muxlisingizman. Men ham film olishga juda qiziqaman. Huddi siz kabi ajobtovur, qonli saxnalarga boy film olsam deyman. Filmni boshlang’ich kadrlari tayyor. Ularni tahminiy ssenariysini sizga ta’riflab beraman. Shunday qilib, kafellari to‘kila yozgan eski hojatxonada semiz va yoqimsiz nusxa gazeta o‘qigancha chekmoqda. Ha, to‘g’ri tushundingiz u hojatxonada. Kadrda uni yuzi birinchi planda ko‘rsatiladi. Yarashmagan shop mo‘ylabiga biroz oq oralagan. Ko‘zlari qisiq, sigaretani bo‘rqsitib-bo‘rqsitib chekmoqda. Hojatxonada uni pashsha talamoqda. U yanada asabiylashib gazeta varaqlaydi. Umimiy kadrda esa tor hojatxonadagi xira chiroq namoyon bo‘ladi. Yarim soniya o‘tdi. Jimlik…
Bang! Ana zo‘r saxna. Unitaz tagidagi bomba portlab ketadi. Tutun, devorlarda esa qon aralash inson najasi…Vax, kadrni zo‘ri. Sizni filmlaringizdan-da jirkanch, ko‘ngilni behuzur qiluvchi saxna. Ta-tang…musiqa boshlanadi. O‘sha devorlarda aktyorlar ismi aks eta boshlaydi. Titrlar orqa fonida devordan sirg’alib tushayotgan qon va sariq rangli suyuqqina najas! Shunday qilib film boshlanadi. Siz bir interyuingizda aytganingizdek, filmni birinchi saxnasini o‘zidayoq tomoshabinni kinoteatrga “mixlayman”! Hullas, film sarguzasht-jangari janrda bo‘ladi! Otishmalar, pichoqlar jangi, yalang’och mallasoch ayollar…va albatta baxtsiz yakun!
Men bu yerda ko‘plab filmlar uchun ssenariylar o‘ylab qo‘yganman. Ularni sizga mutlaqo tekinga beraman. Faqat shartim ulardagi eng jirkanch qahramonlardan birini o‘zim ijro etsam, degandim. Sizga aytsam avvallari sartarosh bo‘lganman. Qo‘lbola ustarani yaxshi ishlataman. Siyosatdan ham xabarim bor. Bizni sartaroshxona xaqiqiy “g’iybatxona” edi. Mijozlarimiz huddi katta siyosatchilarga o‘xshab dunyodagi urushlarni muhokama qilishardi. Vasliga erisholmagan janonlari haqida ham valdirab qolishardi. Ayni damda esa aytishga uyaladigan “bir joyda” man! Nimaga bu yerda ekanligim esimda yo‘q! Rost, nega bu yerdaman? Ha, aytgancha meni juda yaxshi bir hislatim bor, ko‘p narsalarni yodimdan chiqarib qo‘yaman! Sizga aytsam bu ham bir baxt! Vijdon ham qiynalmaydi, miyani bo‘lar-bo‘lmas fikrlar bilan to‘ldirmayman. Hullas, shunaqa!
Sizga ko‘p bora maktub yozdim. Cho‘zinchoq yuzli, peshonasi katta doktor barchasini yirtib tashladi. Bizni doktor sizning “Qonga botgan momiq Quyoncha” filmingizdagi cho‘loq cholga o‘xshaydi. Aynan o‘z! Men aqldan ozmaganman, shunchaki bu yerdagilardan intelektim biroz baland! Tushunyapsizmi, men boshqacharoq insonman. “Rangli odam” deydi-ku, shunaqa! Janob Stoun, maktubimni olgan zahotingiz meni bu yerdan olib chiqishga yordam bering. Keyin sizga hamma sarf etgan xarajatlaringizni qaytaraman. Ochig’ini aytsam, bu yerdagi ko‘k, sariq, oq tabletkalar o‘zimga ham yoqadi. Lekin, ijodkor ozod inson! Men ham dengiz bo‘yida yalangoyoq sayr qilgim, “kamera, mator” deb xayqirgim, qizil ko‘ylakli janonalar bilan tong ottirgim, shovqinli kechalarda baralla qo‘shiq aytgim keladi. Ha, aytgancha men aynan siz uchun ajoyib ssenariy yozib qo‘yganman! Hayotiy film bo‘ladi. Unda qanday qilib oddiy sartarosh uchiga chiqqan jinoyatchi-qotil bo‘lgani haqida hikoya qilinadi. Film ortiqcha bo‘yoqlarsiz ham zo‘r chiqadi. Hamma kadrlarni o‘zim saxnalashtirib beraman. Bunday qarasam yaxshi do‘st bo‘lib qoldik, sizga bir sirni aytaman! Men anavi meshqorin siyosatchini o‘ldirmaganman. Ishoning uni tanimayman, ham. Men faqat ayollar ko‘zlarini kolleksiya qilganman! Moviy, yashil, qo‘ng’ir ko‘zlar. Juda go‘zal bo‘ladi ayol ko‘zlari! Endi bu boshqa mavzu…”

2022

@ShakhzodShomansurov
Bitta shunaqa poʻlat tulpor har erkakka baribir kerak!

(Shahzod Shomansurov)

@ShakhzodShomansurov
"Istehzoli tabassum eng yaxshi javob! Aqlli odam bunaqa javobdan keyin savol bermaydi."

(Shahzod Shomansurov)

@ShakhzodShomansurov
Tinch yashashni istasangiz tunda alahsiramang! Qanday tush ko'rishingizdan qat'iy nazar.

(Shahzod Shomansurov)

@ShakhzodShomansurov
"Agar ko'zda yosh bo'lmasa, ruhda kamalak bo'lmaydi"

Shimoliy Amerika indeyslari hikmatlaridan


@ShakhzodShomansurov
2024/12/22 22:08:05
Back to Top
HTML Embed Code: