This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erta tongda telefonimda oylik tushgani haqidagi SMSni ko‘rgan men.
Avvallari haftaning dushanba kunini yoqtirmas edim. Lekin bu hafta seshanba yoqmayroq turibdi.
Interstellar filmining IMAX da qo‘yilayotganini hamma joyda gapirishayapti. Lekin haqiqatda og‘iz ko‘pirtirib gapirishga ham arziydigan film. Men ham vaqt topib tushib yuborishim kerak.
Oyligim bilan telefonimning zaryadi o‘zaro tezroq tugash bo‘yicha musobaqa o‘ynashayapti.
Men bu hayotimda erisha olmaydigan 3 ta narsa:
1. Umrboqiylik
2. Bella Hadid
3. IELTSdan 6 ball
P.S.Bella Hadidni amallasa bo‘ladi.
1. Umrboqiylik
2. Bella Hadid
3. IELTSdan 6 ball
P.S.
Nasib bo‘lsa kelasi yillarga kredit qarzlarim oshib, ijarama-ijara sarson bo‘lib yuraman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Kapitan amerika: Fuqarolar urushi" filmidan kesib tashlangan sahna. Ogohlantiraman videoni ko‘ngli bo‘shlar ko‘rmasin.
Ko‘ngil halovatini topa olmayapti. Shunchaki oddiy xotirjamlik xohlayman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma ishxonada boshliq kelib qolganda haqiqiy yo‘lbarsning ishini qiladigan hodim topilsa kerak.
@Shunchaki_haqiqat
@Shunchaki_haqiqat
Doim boradigan sartaroshimni almashtirish vaqti kelayapti. Ishiga jiddiy qaramay qo‘yganidan endi uzoq masofadan borishga erina boshladim.
Avtobuslarning raqamlashtirilgani menga yoqayapti. Negadir bekatlarda 10 minutlab kutadigan, odamning ustiga odam oladigan avtobus haydovchilari endi yashin tezligida bekatlarni tark etishmoqda. To‘g‘ri hozir naqd pulga olinadigan biletlar bo‘yicha biroz muammo bo‘layotgan bo‘lishi mumkindir, lekin tez orada bu iziga tushib ketadi.
Kinolarda insonlar qanday qilib tug‘ilgan kunini unutishi mumkin deb hayron qolardim. Ulg‘ayganimdan so‘ng bu tabiiy hol ekanligini tushuna boshlayapman. Tinimsiz ish, mehnat, ming xil o‘ylar insonning xotirasini aylantirib yuborar ekan. Ayniqsa bu yoshing o‘tgani sari juda bilinadi. Lekin shu o‘rinda bir narsaga ishonchim komil bo‘ldi, men tug‘ilgan kunimni yaqin orada unutmayman. Bunga esa albatta ota-onam sababchi. Hatto esimizni tanishimizdan oldin har birimizning tug‘ilgan kunimizga alohida eʼtibor berib, har doim kichik bo‘lsada bayram tashkil qilib berishgan. Biz uchun bu kunlar xotiramizning bir burchagidan allaqachon chuqur joy olgan. Bolalikdagi xotiralar uzoq vaqt yodimizda qoladi. Bu uchun albatta ularga rahmat aytaman!