Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
"Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi" oyligi doirasida

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi, Termiz shahar 2-Yongʻin-qutqaruv qismi hamda boshqarma qidiruv-qutqaruv otryadi hamkorligida Termiz shahridagi umumtaʼlim maktablarining Hayot xavfsizligi asoslari fani oʻqituvchilari va Chaqiruvgacha yoshlarni tayyorlash rahbarlari bilan nazariy-koʻrgazmali mashgʻulot oʻtkazildi.

Mashgʻulotning nazariy qismida favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va yuzaga kelish sabablari, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish qoidalari, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan boʻlsa, amaliy qismida favqulodda vaziyatlarda yongʻinlarni oʻchirish va jabrlanganlarni qutqarishda qoʻllaniladigan  yongʻin -qutqaruv va avariya-qutqaruv asbob-anjomlari hamda texnikalari namoyish etildi.

Boshqa yangiliklar 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Profilaktik tadbirlar Jarqo‘rg‘on tumani misolida

Surxondaryo viloyati FVB hamda Jarqo‘rg‘on tumani FVB xodimlari tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sel xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlarni amalga oshirish kerak? Ushbu videorolik orqali muhim tavsiyalarni bilib olish mumkin.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga

M U R O J A A T N O M A S I

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda e'tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini ishlatishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/42318

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
2025/03/28 00:48:08
Back to Top
HTML Embed Code: