Telegram Web
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo'yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

Bugungi kunda jamiyatimizda yo'qolib borayotgan qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshi ulug' nuroniylarning hayotiy tajribasi asosida unib kelayotgan yosh oilalar farovonligini, tinchligini ta'minlash dolzarb vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Ayni mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo'yicha tuman (shahar) komissiyalari tashkil etilgan bo'lib, hozirda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Boysun tuman hokimligida bo'lib o'tgan tuman komissiyaning navbatdagi yig'ilishi komissiya a'zolari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o'tkazilib, unda kelgusidagi rejalar aniq belgilab olindi.

Yig'ilishda tuman mahallalarida istiqomad qiluvchi yosh oilalar ham ishtirok etib, komissiya a'zolari tomonidan oila mustahkamligi, turmushda er va xotinning huquq va burchlari to'g'risida tushunchalar berildi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, Qizil suv daryosi bo‘yida saylgoh tashkil etish, Sina qishlog‘ini “Turizm qishlog‘i”ga aylantirish, hududda turistik kompleks barpo etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasanachilikni rivojlantirish borasidagi ishlar hamda “Uy kutubxonasi” faoliyati bilan tanishildi.
Hurmatli, Ozoda Abduqodirovna!

Sizni bugungi tavallud ayyomingiz munosabati bilan Surxondaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining katta jamoasi nomidan tabriklab, sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz!

Yurtimizdagi xotin-qizlarning barcha jabxalarda ravnaq topishi uchun qilayotgan xizmatingiz tahsinga sazovvordir.

Siz mamlakatimiz rahbar ayollari uchun katta maktab yaratdingiz. Bugun har bir viloyatdagi minglab ayollar har bir xotin-qizning farovon va baxtli yashashi uchun Sizga koʻmakchi boʻlib, yelkama-yelka xizmat qilishga tayyormiz. Bu borada Sizga katta kuch va g'ayrat tilaymiz.

Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
Tadbirkor ayol – tadbirli ayol.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni hunarli qilish, shu bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ko‘mak berish asosiy vazifalardan biriga aylandi.

Sherobod tumani hokim o‘rinbosari oila va xotin qizlar bo‘lim boshlig‘i G.Aminova hamda Sherobod tumani 2 sektor kotibi 1-darajali huquqshunos B.Qurbonmurotov IIB JXX HPB XQMB katta inspektori katta leytenant S.Xudoyqulovalar, xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan nafaqat shahar balki olis hududlarda yashovchi, “Ayollar daftari”, shu bilan birgalikda ijtimoiy-himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida o‘quv kurslar tizimli yo‘lga qo‘yib, hunar egasi bo’lgan ayollarga sertifikat topshirdi.

Bevosita, bu yerda hunar o‘rganib, biror bir kasb egasi bo‘lib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan xotin-qizlarning har biriga “Tadbirkorlik va biznes asoslari” o‘quv kurslari mukammal tarzda o‘qitilib, ayollar bandligini ta’minlashga muhim poydevor bo‘lib kelmoqda.
2024/06/27 02:01:11
Back to Top
HTML Embed Code: