Telegram Web
Termiz tumani 34-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabi va " Yangiobod " mahallasi hamkorligida "Xon atlas" haftaligi munosabati bilan Oʻzbek xalqining koʻp asrlik oʻtmish madaniyati ,urf-odati, didi, estetik qarashlari, libos borasida oʻziga xos xususiyatlari oʻquvchilarning ongiga yanada singdirilib, davra suhbati hamda musiqiy chiqishlar orqali namoyish etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAXSUS REPORTAJ.

Muzrabotlik hunarmandlar faoliyati.


Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:

TELEGRAM      Facebook
Instagram       YouTube
Web-site
         Efirni ko'rish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boysunda gaz chiqishi so‘ndirildi va quduq germetiklandi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi”dagi 604-sonli quduqda yuzaga kelgan vodorod sulfid gazi chiqishi bugun soat 16:50 da to‘xtatildi.

Buning uchun sizib chiqishga qarshi uskunaning qo‘shimcha blogi qurilib, o‘rnatildi hamda gaz sizib chiqishini so‘ndirish uchun quduq og‘zini tayyorlash va bog‘lash jarayoni o‘tkazildi.

Hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etish jarayoni maxsus tashkil etilgan shtab nazorati ostida amalga oshirildi. Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya va AQSh ekspertlarining tashrifi tashkil etildi.

Barcha zarur chora-tadbirlar Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi, O‘zbekiston Respublikasi FVV va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Ayni vaqtda o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra atmosferada zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasidan oshib ketish holatlari kuzatilmayapti.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Qiz bola tarbiyasi – millat tarbiyasidir!

Sherobod tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi qizlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Sherobod tumani hokim o‘rinbosari  oila va  xotin qizlar bo‘lim boshlig‘i G.Aminova, maktab direktori S.Abdulxatova, tuman otinoyisi G.Sultonova hamda, maktab o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida voyaga yetmagan o'quvchi qizlar o'rtasida Huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish maqsadida qizlar yig'ilishi o'tkazilib, yig'ilishda o'quvchi qizlarga maktab odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, qiz bolaning oiladagi o'rni, odobi haqida tushuntirish-targ'ibot ishlari olib borildi.

O‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda ,voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik
.

🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting!

Kanalga obuna bo‘ling

Telegram Facebook Web-site YouTube InstagramTwitter
Xabar berilganidek, bugun Boysun tumani Ko‘lqamish mahallasida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ishtirokida kecha, 17-sentabr kuni konda yuz bergan texnogen hodisa yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda OAV vakillariga yuzaga kelgan texnogen hodisa, uning oqibatlari, mavjud holat va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Xususan, 17-sentabr kuni soat 16:00larda “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-son qudug‘ining yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazi sizib chiqish holati qayd etilganligi bildirildi.

Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan. 11 nafar fuqaro esa tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan. Kechaning o‘zida ularning 10 nafariga uyiga javob berilgan.

Avvalroq, joriy yil 1-sentabr kuni soat 15:17da “M-25” konidagi 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida yuzaga kelgan texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha respublika darajasidagi vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat tezkor shtab tuzilib, uning nazorati ostida hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. Natijada 15-sentabr kuni quduq germetiklangan hamda tabiiy gazning sizib chiqishi holati to‘liq so‘ndirilgandi.

Ayni paytda bu yerda tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.

Energetika vaziri holatning takrorlanishiga konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqligini tushuntirdi. Xususan, geografik jihatdan hudud tog‘oldi-adir relefidir. Relefning mutlaq balandligi dengiz sathidan 1000 metrni tashkil etadi.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan texnogen hodisaning yuzaga kelish sabablari, hozirda uni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan choralar, hududda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi salomatligini asrash, evakuatsiya qilingan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
2024/09/22 03:57:31
Back to Top
HTML Embed Code: