Telegram Web
Goʻzal Turkiston
Abdulhamid Choʻlpon
Goʻzal Turkiston, senga ne boʻldi...
📝 FARQLAB OLING.

📍 Konsessiya
📍 Konvensiya
📍 Konsepsiya
📍 Konfessiya

Konsessiya (lot. - ruxsat etish) — davlat organlarining muayyan shartlar asosida yerosti boyliklari, yerusti obyektlarini ekspluatatsiyaga berish toʻgʻrisidagi bitim.
❗️"sessiya" - davlat organlari yigʻilib, maslahatlashib imzolaydi.

Konvensiya (lot - shartnoma) — koʻptomonlama xalqaro shartnoma turlaridan biri
❗️ Qullik haqida konvensiya - 1926

Konsepsiya - biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki qarashlar majmui.
❗️ 2010-yil 12-noyabrdagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi"

Konfessiya – (lot. – tan olish, e’tirof etish) diniy ishonch, e’tiqod; shu bilan birga mazhab mazmuniga ega tushuncha.
❗️Yurtimizda 16 ta diniy konfessiya mavjud.

(c) Husanboy Xoldorov

👉 @tarix_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152🤓1
Javoblaringizni izohlarda qodiring

👉 @tarix_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Sertifikat imtihoniga natijangiz +15 ballgacha qoʻshilishi mumkin.

⚡️ 1-dekabrda boʻlgan imtihonda "Ehtimoliy" deb chiqargan qoʻllanmamizdan 10 dan ortiq savollar tushgan. Bu safar ham shunday qoʻllanma qilyapmiz!

Olishga shoshiling, chunki guruh toʻlmoqda...

Narxi: 100 ming
Karta: 8600 5304 9540 4306
Licka: @Sodiqjon_Abduganiyev

@tarix_tilsimi
👍8
Zahiriddin Muhammad Bobur.rar
77.2 MB
#metodik_tavsiyalar

📚 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligini nishonlash munosabati bilan o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar.

❗️ P.S.: Agar sizda ochmagan bo'lsa ZArchiver dasturini yuklab oling

@tarix_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Qaysi shartnomaga (1905) ko‘ra, Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir doirasi deb tan oldi?
Anonymous Quiz
52%
"Simonoseki shartnomasi"
28%
"Portsmut shartnomasi"
11%
"Antikomintern shartnomasi"
9%
"Gandamak shartnomasi"
👍12👌2
XX asrning 20-yillarida O‘zbekiston SSRda sovet mafkurachilari tomonidan o‘ylab topilgan "Qosimovchilik" siyosiy ishining a’zolari sifatida qoralangan shaxslarnni aniqlang.
1) B.Sharipov; 2) Abdurahim Hojiboyev;
3) Mannon Abdullayev; 4) N.Alimov.
Anonymous Quiz
16%
1, 2
31%
2, 3
19%
3, 4
34%
1, 4
👍9🔥7
#sertifikat_2024
• Oktabrda tushgan test.

❗️ "Olimpiada 2024" IV bosqichda bor edi.

@tarix_tilsimi
👍11🔥41
Quyida berilganlar orasidan birinchi salib yurishining asosiy yetakchilaridan birini aniqlang.
Anonymous Quiz
13%
Lui IX
31%
Gotfrid Bulonskiy
40%
Genrix IV
16%
Salohiddin Ayyubiy
👍12🔥3❤‍🔥1
Milliy Sertifikat imtihoni oʻtgandan soʻng tarix fanig oid telegram kanal va guruhlarda adminlar yoki obunachilar tomonidan quyidagi fikrlarni uchratib qolaman:

1) Sertifikat savollari darsliklarda yoʻq ma'lumotlardan tushdi, ataylab shunday qilishdi;
2) Lafasovdan (yoki boshqa eski darslik) tushibdi, demak lafasovlarni oʻqish kerak;

Keling yuqoridagilarni qisqacha tahlil qilib bersam:
1) Testologiyada test savollarini ma'lum bir cheklangan darslikdan tuziladi degan narsa yoʻq. Test agentlik hodimlarining shaxsiy ijod mahsuli. Uning javoblarini maktab darsliklaridagi manbalar orqali topish ommalashgan va qulay usuli.
2) Imtihonda tushgan testning javobini topish uchun Lafasov darsligidagi yoki 7-sinf Jahon tarixi 2009-yil nashridagi ("Dekameron") ma'lumotlarni bilishimiz talab etilmoqda, demak shularni ham oʻqiymiz ekan deb xulosa qilish biroz erta. Toʻgʻri Milliy Sertifikat - bu oʻquvchilarning umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlab beruvchi oʻlchov. Ya'ni siz Sertifikat olish uchun tarixchi olim, akademik boʻlishingiz shartmas. Yokida aksincha ma'lum bir tarixning tarmogʻida faoliyat yuritayotgan akademik olim kezi kelsa, sertifikat ololmasligim ham normal holat. Lekin, siz maktab oʻquvchisi yoki oʻqituvchisi boʻlsangiz sertifikat olishingiz uchun quyidagi maktab darsliklaridan yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishingiz kifoya.
6-7-10-sinflar (2017 va 2022), 8-9-sinflar (2019), 11-sinf (2018). Amaliyotda qoʻllanilgan Sertifikat savollariga tayanib aytishim mumkinki shu darsliklarni chuqurroq oʻzlashtirsangiz bemalol Sertifikat olishingiz mumkin. Chuqurroq oʻrganishga quyidagilar kiradi: darsliklardagi ma'lumotlarni shunchaki yodlash emas, balki tahlil qilish, birgina misol: 11-sinf Oʻzbekiston tarixidagi ayrim ma'lumotlarda keyingi islohotlarga koʻra, oʻzgarish yuz bergan. Masalan: Okruglar yoki Saylov toʻgʻrisidagi qonun va hkzlar... Mana shularni yuzaki yodlab emas, chuqurroq tahlil qilib ketsangiz albatta, kitobda yoʻq maʼlumotdan savol kelsa topolasiz. Endi bu oʻzingizni yoki sizni oʻqitayotgan repetitoringizni mahoratiga bogʻliq.

Davomi bor ....

👉 @tarix_tilsimi
👍363❤‍🔥1
TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov.uz
Qaysi shartnomaga (1905) ko‘ra, Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir doirasi deb tan oldi?
Ushbu testning toʻgʻri javobi : "Portsmut shartnomasi" boʻladi.

Bu fakt biz oʻqiyotgan kitoblarda yoʻq. Demak, shu savol Sertifikatda tushsa shu fakt berilgan darslik yoki oʻquv qoʻllanmani oʻqish shart ekan, oʻqimasa topolmas ekanmiz, degan fikrlar ham koʻpchilikda tugʻiladi va avvlgi imtihonlardan shunday ham boʻldi.

Keling testni tahlil qilamiz:
Qaysi shartnomaga (1905) koʻra, Rossiya Koreyani Yaponiya ta'sir doirasida deb tan olgan.
Ushbu savolda aynan yili ham keltirilganligi savolning aniqlilik darajasini koʻrsatib beradi. 9-sinf jahon tarixi darsligida 1904-1905-yillardagi rus-yapon urushi haqida bir necha ma'lumotlar berib oʻtilgan. 1905-yil AQSH vositachiligida shartnoma imzolanganligi va uning shartlari ham aytib oʻtilgan. Lekin, shartnoma nomi berilmagan.

Variantlar:
A) "Simonoseki shartnomasi" - darslikda keltirilgan - 1895-yil Yaponiya-Xitoy oʻrtasida — XATO javob
B) "Portsmut sharnomasi" — darslikda yoʻq bu.
C) "Antikomintern shartnomasi" - 1936-yil Yaponiya-Germaniya oʻrtasida - XATO javob
D) "Gandamak shartnomasi" - 1879-yil ingliz-afgʻon oʻrtasida — XATO javob

Xulosa qilsak, B javob toʻgʻri. Qolgan uchta variant biz oʻqigan darsliklarda bor va ularni bilamiz. Bilganimiz uchun ham ularni xato javoblar roʻyxatiga kiritdik va toʻgʻri javobni topdik.

Yuqoridagi shaklda test kelsa, 2017, 2018, 2019 va 2022-yilgi darsliklarni bilish orqali topsak boʻladi. Vaholanki, bu fakt ushbu kitoblarda keltirilmagan.

Yana bir muhim jihat, test ishlash taktikasi bizning test ishlashda vaqtdan yutish, toʻgʻri javoblarni oson yoʻl orqali topish va ayrim bilmagan savollarimizda shu taktika orqali toʻgʻri topib ketishimizga yordam beroladi. LEKIN, siz yuqorida aytilgan darsliklarni yaxshi oʻzlashtirmagan yokida umuman bilmagan holda taktika orqali Sertifikat olaman deb oʻylasangiz adashasiz. Bu huddiki 3 yo 4 darsda qatnashib sertifikat olaman degandek gap.

Taktikani ishlatish uchun ham albatta darsliklarni bilish kerak. Boʻlmasa xato javobni qanday chiqarib tashlay oladi?
Shu bilan birga namuna testlar foydasiz faqat kitob oʻqish kerak degan fikr ham notoʻgʻri. Testlar, agar sifatli qilib tuzilgan boʻlsa, juda katta foyda beradi. Kerak boʻlsa, kitobda tushunmagan yoki payqamagan ayrim joylaringizni bitta sifatli test orqali juda yaxshi tushunasiz.

Umuman olganda insonlar ongiga #oson tushunchasi bilan kirib borib, ularni asl mohiyatdan uzoqlashtirish notoʻgʻri ish.

Tavsiyam:
1) Sertifikatga topshirishdan oldin unga puxta tayyorlaning. Darsliklarni tizimli oʻzlashtiring.
2) Imtihonga oz fursat qolganda namunaviy testlar va ehtimoliy materiallar bilan tanishib chiqing.
3) Imtihon yaqinlashganda ayrim chalgʻuvlardan saqlaning: "x variant" yoki "bir ikkita darsda tushadigan joylarini oʻrgataman" kabi vajlar sizni vaqtingizni oladi holos. Amalda oʻz tasdigʻini topgan bu.

Darsliklarni oʻzlashtirib chiqqansiz lekin, qisqa vaqt qolganda takrorlash uchun nimalarga e'tibor berishga ikkilanayotganlar uchun IKKITA yangilimiz bor:
1) Kanalimizda BEPUL namuna testni onlayn tarzda oʻtkazamiz
2) Ehtimoliy qoʻllanmamizdan takrorlash osonroq va foydaliroqdir. Olish uchun @Sodiqjon_Abduganiyev'ga yozing.

@tarix_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🔥3🤓2
📖 MILLIY SERTIFIKAT

📃 Salib yurishlari (1096-1270) va ularning ishtirokchilari

📍 Birinchi salib yurishlarida (1096-1099) an'anaviy qirollar ishtirok etmagan. Asosan yevropalik knyazlar va gersoglar qatnashgan:
👤Gotfrid Bulonskiy, Bugemond I, Baldvin Bulonskiy, Raymond Tulujskiy

📍Ikkinchi salib yurishlari (1147-1149)
👤 Fransiya qiroli Lyudovik VII
👤 Germaniya imperatori Konrad III

📍 Uchinchi salib yurishlari (1189-1192)
👤 Angliya qiroli Richard I Sheryurak
👤 Fransiya qiroli Flipp II Avgust
👤 Germaniya imperatori (M.R.I) Fridrix I Barbarossa (1152-1190)

📍 Toʻrtinchi Salib yurishlari (1202-1204) qirollar kam boʻlib, asosan Venetsiya tomonidan boshqarilgan

📍 Beshinchi salib yurishlari (1217-1221)
👤 Vengriya qiroli Andrash II
👤 Avstriya gersogi Leopold VI

📍 Oltinchi salib yurishlari (1228-1229)
👤 Germaniya (M.R.I) imperatori Fridrix II (1212,1220-1253)

📍Yettinchi salib yurishlari (1248-1254)
👤 Fransiya qiroli Lyudovik IX

📍 Sakkizinchi salib yurishlari (1269-1270)
👤 Fransiya qiroli Lyudovik IX

📍 Bolalar salib yurishlari
👤 Fransiyalik Stefan ismli bolakay

(c) Husanboy Xoldorov

👉 @tarix_tilsimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍66🔥5🤩54🥰2
#sertifikat_tarix

Qo‘qon xoni Olimxon boshqaruvi davriga oid TO‘G‘RI ma’lumotlarni aniqlang.
1) Toshkentdan chaqirilgan qo‘shin bilan qipchoqlar qirg‘inini uyushtirdi (XIX asr o‘rtalari);
2) Ohangaron vohasi, Chimkent, Sayram, Turkistonni bosib oldi;
3) Xo‘jand va O‘ratepa uchun Buxoro amirligi bilan ketma-ket urush harakatlarini olib borgan;
4) U o‘z hokimiyatini saqlab qolish uchun ruslar bilan aloqa o‘rnatishga intildi va rus qo‘mondonligi vakili V.Velyaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashdi;
5) U birinchi bo‘lib xonlikda 10 ming kishilik muntazam qo‘shin tuzdi;
6) o‘z ukasi Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi;
7) uning hukmronligi davrida Toshkent xonlik tarkibiga qo‘shib olindi;
8) o‘zining xonlik nomi yozilgan kumush tanga pul (dinor)ni zarb ettirdi va o‘zini xon deb e’lon qildi.

A) 1, 2, 5, 7, 8
B) 2, 4, 5, 6, 7
C) 3, 4, 5, 6, 8
D) 2, 3, 5, 7, 8

👉 @tarix_tilsimi
👍75🔥14🥰5🕊421
Reaksiyalar yoqildi
👍173🔥33119🥰8👌6👀5😇5🤝5👨‍💻4🤷‍♀2
Husanboy Xoldorov muallifligdagi yangi test kitob kutayotganlar bormi?

@tarix_tilsimi
👍197🔥32💯23👏10🥰4🤩2👨‍💻21🤷‍♂1👌1
Quyidagilar orasidan to‘g‘ri ma’lumotlar keltirilgan javobni aniqlang.
1) Adua yonidagi jangda Italiya qo‘shinlari Efiopiya armiyasi tomonidan tor-mor etilgan yilda Fransiya Madagaskarni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi;
2) Frankfurt shahrida Fransiya-Germaniya sulh shartnomasi imzolangan yilda Afg‘onistonda Jamoliddin al-Afg‘oniy “Xizb ul-Vatan” partiyasini tuzdi;
3) AQSh hukumati sentabrning birinchi dushanbasini “Mehnat kuni” bayrami deb e’lon qilgan yilda Yaponiya Seulda saroy to‘ntarishi uyushtirib, yaponparast hukumat tuzdi;
4) Ingliz-bur urushi boshlangan yilda AQSh davlat kotibi Xeyning “Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” siyosati e’lon qilindi;
5) Yaponiya tomonidan Koreya yarim oroli anneksiya qilingan yilda Rossiya tarixida birinchi inqilob yuz berdi;
6) imperator Nikolay II agrar islohot o‘tkazish va dehqonlarni ko‘chirish to‘g‘risida farmon chiqargan yilda Eron tarixida birinchi parlament − Majlis tuzildi;
7) Yaponiya va Xitoy o‘rtasida Simonoseki sulhi imzolangan yilda Rossiya va Usmonli davlati o‘rtasida Gandamak shartnomasi imzolandi.
A) 1, 3, 4, 6
B) 2, 3, 5, 7
C) 2, 4, 5, 6
D) 1, 4, 5, 7

👉 @tarix_tilsimi
👍25🔥7🤷‍♂3🥰32👌1
🔴🔴🔴

🔔Ayni kunlarda online kurslarimizda tayyorgarlik avj pallasida. Sizda kurslarimizga kelgan joyidan qo'shilib ketish imkoni bor.

Ikkita guruhimizda qabul ochiq:
1⃣ guruh 8-sinf Jahon tarixida
2⃣ guruh 7-sinf O'zbekiston tarixida

Ikkala guruhda ham darslar haftasiga olti kun o'tiladi. Taklif bizdan, qaror sizdan.

➡️Kurslarimizga yozilish uchun
@sodiqjon_abduganiyev `ga murojaat qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥6🤷‍♂4
#ehtimoliy_sertifikat

Italiya-Usmonli davlati urushi boshlangan vaqtda (XX asr boshlari) Italiya hukumatini kim boshqargan?
Anonymous Quiz
14%
Alchide De Gasperi
27%
Benito Mussolini
14%
Antonio Salandra
46%
Jovanni Jolitti
👍41🙈15🔥8🤷‍♂3👌311😍1
2025/07/10 11:19:44
Back to Top
HTML Embed Code: