Telegram Web
🐔 Tovuq go‘ngi va uning tuproq unumdorligiga taʼsiri

Tovuq go‘ngi –
qimmatli organik o‘g‘it, unda ko‘plab azot, fosfor va kaliy moddalari mavjud. U tuproq unumdorligini oshirish, o‘simlik o‘sishini rag‘batlantirish uchun foydali.

Tovuq go‘ngi noto‘g‘ri ishlatilsa:


Patogen bakteriyalar xavfi.


Azot balansi buzilishi – tovuq go‘ngida azot miqdori yuqori, uni meʼyordan ortiq qo‘llash o‘simliklarning kuyishi va tuproqda azot muvozanatining buzilishiga sabab bo‘ladi.

Tuproq kislotaliligini oshirishi mumkin –
baʼzi o‘simliklar kislotali muhitni yoqtirmaydi.

Tovuq go‘ngidan to‘g‘ri foydalanish yo‘llari

✔️ Fermentlash (chiritish) – 6-12 oy davomida go‘ngni yog‘och qutilarda yoki ochiq maydonda kompost qilish

✔️ Past miqdorda qo‘llash – 1 sotix uchun 1-2 kg quritilgan tovuq go‘ngi yetarli

✔️ Tuproq nazorati – kislotalilik va azot darajasini tekshirib turish

✔️ Suyuq holda qo‘llash
– tovuq go‘ngi suv bilan aralashtirilib 10-15 kun ho‘llangach, o‘simliklarga sepish
📊 12 oyda O‘zbekistonda 12,4 mln tonna sut yetishtirilgan

🏢 Statistika agentligi dastlabki ma‘lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 12,4 mln tonna sut yetishtirilgan.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha yetishtirilgan sut hajmi quyidagicha:

– Fermer xo‘jaliklarida - 740,6 ming tonna;

– Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida - 11 512,3 ming tonna;

– Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda - 190,9 ming tonnani tashkil etgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
20-fevral 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

☁️Havo
biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

🌫Ertalab va kechqurun tuman tushadi.

🌬Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi
0-5° iliq

🌝 Kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 7:12

🪐Quyosh botishi:
18:04

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
Begona o‘tlarga qarshi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozim

Ekin maydonlaridagi begona o‘tlar o‘simlikning yaxshi o‘sishiga va hosildorlikka taʼsirini o‘tkazmay qolmaydi.

Almashlab ekish dalalarni begona o‘tlardan tozalashda katta ahamiyatga ega. Hozir har xil tuproqlarda jadallashtirilgan almashlab ekishning 2:1 va 1:2:1 tizimlari qabul qilingan. Beda ekilganidan so‘ng begona o‘tlar 56, oraliq ekin sifatida kuzgi javdar, silos uchun ekilgan makkajo‘xoridan keyin esa 50 foizgacha kamaygan. Ekinlarni navbatlash ko‘p yillik begona o‘tlarni, ayniqsa, qo‘ypechak va salomaleykumni kamaytiradi.
****
Бегона ўтларга қарши агротехник тадбирларни амалга ошириш лозим

Экин майдонларидаги бегона ўтлар ўсимликнинг яхши ўсишига ва ҳосилдорликка таъсирини ўтказмай қолмайди.

Алмашлаб экиш далаларни бегона ўтлардан тозалашда катта аҳамиятга эга. Беда экилганидан сўнг бегона ўтлар 56, оралиқ экин сифатида кузги жавдар, силос учун экилган маккажўхоридан кейин эса 50 фоизгача камайган.

Батафсил ўқинг👉
KUN HIKMATI

Ibn Sinodan so‘radilar:

— Dunyoda davosi bo‘lmagan dard bormi?

— Yaxshining yomonga muhtoj bo‘lishi—davosiz dard,— dedi buyuk Hakim.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari uch karra yuqori soliq to‘laydi

Aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan har chorakda o‘rganish olib boriladi.

O‘rganish davomida xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa, quyidagi choralar qo‘llaniladi.

1. Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.

2. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) to‘xtatiladi.

3. Yer solig‘i uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
AGROTEST

Biz bilan bilimingizni sinab ko‘ring. 🍋 O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p limon import qilgan?
Anonymous Quiz
37%
A) Turkiya
6%
B) Tojikiston
35%
С) Eron
4%
D) Argentina
18%
Е) Xitoy
TUPROQSIFATTAHLIL DUK pinned «AGROTEST

Biz bilan bilimingizni sinab ko‘ring. 🍋 O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p limon import qilgan?
»
Tuproqqa zararsiz plastik idish

Hindistonda birinchi marta, Kerala Irrigatsiya Infratuzilmasini Rivojlantirish Korporatsiyasi (KIIDC) plastik idishlar o‘rniga kraxmal va Poly Lactic Acid (PLA) dan tayyorlangan bio-idishlarni joriy qildi. Bu yangi ekologik toza qadoqlash texnologiyasi barqarorlik sari katta qadamdir.

Ushbu innovatsion idishlar jo‘xori va qandqamish kabi tabiiy materiallardan tayyorlanib, biologik parchalanadigan va kompost qilinadigan xususiyatga ega. Shuningdek, qopqoqlar va yorliqlar ham ekologik xavfsiz bo‘lib, ularni butunlay yashil yechimga aylantiradi.

Oddiy plastikdan farqli o‘laroq,
bu bio-idishlar atigi olti oy ichida tuproqda to‘liq parchalanadi va atrof-muhitga zarar yetkazmaydi. Hatto yoqilganda ham havoga zararli moddalar chiqarmaydi.

Mazkur loyiha Kochida joylashgan ‘8 Specialists‘ startapi bilan hamkorlikda amalga oshirilib, idishlar Thodupuzha va Aruvikkara zavodlarida ishlab chiqarilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

Hayot mo‘jizalarga to‘la, shunday emasmi?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
21-fevral 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

☁️Havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

🌫Ertalab va kechqurun tuman tushadi.

🌬Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🌙Harorat kechasi 2-7° iliq

🌝 Kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 7:10

🪐Quyosh botishi: 18:05

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
Ajdar mevasini qo‘rqmasdan yeng, koni foyda

Ajdar mevasi
— dunyoning tropik va yarim tropik mintaqalarida o‘sadigan, sariq va pushti ranglarda, ilmiy nomi Hylocereus bo‘lgan kaktus mevasi. Ajdar mevasi pitaya deb ham ataladi. 

Ajdar mevasining foydalari: U hujayra sog‘lig‘ini himoya qiladi, tarkibida yog‘ bo‘lmaydi va uzoq vaqt to‘q tutadi, qondagi qand miqdorini pasaytiradi, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriya va viruslarga qarshi kurashadi, ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali.  

Ajdar mevasi, odatda, kivi, nok va tarvuz aralashmasiga o‘xshaydi va biroz shirin taʼmga ega.

170 gr
ajdar mevasining ozuqaviy qiymati:

Kaloriya: 102

Yog‘: 0 gramm

Protein: 2 gramm

Uglevodlar: 22 gramm

Elyaf: 5 gramm

Shakar: 13 gramm

170 gr ajdar mevasidagi vitaminlar va minerallar:


A vitamini: 100 IU

C vitamini: 4 mg

Kalsiy: 31 mg

Temir: 0,1 mg

Magniy: 68 mg


Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

✔️ Farmonga ko‘ra, Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartiblari joriy etiladi:

▪️har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsion loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

▪️usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;

▪️muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yib bergan usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi;

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
BU QIZIQ

Bu dunyoda turli-tuman daraxtlar mavjud. Shulardan biri Kolbasa daraxtidir.

Ganada (Afrika)
dunyoning boshqa biror joyida o‘smaydigan daraxtlar bor. Ulardan biri kolbasali daraxt bo‘lib, nomi kigeliyadir. Uning mevasi tashqi ko‘rinishidan kolbasani eslatadi. Bu ham yetmagandek, aynan kolbasaning ta‘mini beradi.

Ham yong‘oq, ham olma daraxti

Braziliyaning shimoli-sharqidagi o‘rmonlarda ajoyib o‘simlik o‘sadi. Uning nomi kaju. Unda bir vaqtning o‘zida ham yong‘oq, ham olma pishadi. Daraxtning bo‘yi 10–12 metrdir. Bir mavsumda undan 10–12 kg yong‘oq, 30 kg atrofida olma uzib olinadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy texnologiyalar faoliyatiga baho bering.

Ajabmas, yaqin fursatlarda bizda ham shunday texnikalar bog‘larimizda javlon ursa.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
22-fevral 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

☁️Havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

🌫Ertalab va kechqurun tuman tushadi.

🌬Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🌙Harorat kechasi 3-8° iliq

🌝 Kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 7:09

🪐Quyosh botishi: 18:06

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |telegraph|
Ekin mavsumi boshlandi

Bulg'or qalampirini yetishtirishga oid agrotexnik tadbirlar

🫑Bulg‘or qalampiri
unumdor va yaxshi qurigan tuproqlarda o‘sadi. O‘simliklar pH darajasi 6.0-6.8 bo‘lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Tuproqni ekishdan oldin organik o‘g‘itlar bilan boyitib, chuqur haydaladi.

🌱Bulg‘or qalampiri urug‘lari ekishdan oldin 12-24 soat iliq suvda namlanadi. Urug‘larni issiqxonada mart-aprel oylarida ekish maqsadga muvofiq. Urug‘lar 7-14 kun ichida ko‘karib, keyin kuchli ko‘chatlarga aylanadi.

🤔Bulg‘or qalampirini yerga qadaganda ko‘chatlar orasi 35-45 sm, qatorlar orasidagi masofa 60-70 sm bo‘lishi kerak.

💧Bulg‘or qalampirini sug‘orishda ortiqcha namlikdan saqlanish kerak. Ertalab yoki kechqurun, tuproqning yuqori qatlami qurimaganda sug‘oriladi.

⛓️Bulg‘or qalampiri еkishdan oldin tuproqni azotli o‘g‘itlar bilan boyitish, meva berish davrida fosfor va kaliy o‘g‘itlaridan foydalanish zarur. Bu o‘simliklarning kuchli bo‘lishiga yordam beradi va mevalarning yaxshi pishishini ta’minlaydi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Uzagrostar xolding” kompaniyasi tashkil etiladi

“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-57-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi.

🔍 Tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori bo'lgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarni belgilash va ushbu hududlardagi mahallalarda mahsulot yetishtirishning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo'yicha Xolding kompaniya muassisligida ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil etiladi.

Aholi tomorqalarida va dehqon xo'jaligi yer maydonlarida moliyaviy qo'llab-quvvatlash instrumentlari joriy etiladi:

🔹uzum ko'chatini shpalerga o'tkazishga har bir shpaler uchun 15 ming so'mgacha subsidiya beriladi;

🔹tomorqadagi bog'larni yangilash uchun “in-vitro” ko'chat sotib olish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;

🔹2025-yilda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularning xaridi uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarga 1 trillion so'm yo'naltiriladi.
Hafta dayjesti 17-22-fevral 2025-yil

❇️Daraxt shoxlarini kesishda nimalarga eʼtibor qilish kerak?

❇️Xitoylik olimlar “umrboqiylik” guruchini yaratdi.

❇️Salomaleykum: efir moyiga boy, shifobaxsh o‘simlik.

❇️O‘zbekistonda bu yil g‘alla hosildorligi 20 sentnergacha kamayishi mumkinligi aytildi.

❇️O‘simlik ildizlari orqali tuproqning zichlanishini aniqlash.

❇️Tovuq go‘ngi va uning tuproq unumdorligiga taʼsiri.

❇️Begona o‘tlarga qarshi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozim.

❇️Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari uch karra yuqori soliq to‘laydi.

❇️Ayrim dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

❇️Ajdar mevasini qo‘rqmasdan yeng, koni foyda.
2025/02/22 14:32:52
Back to Top
HTML Embed Code: