Forwarded from TDTU Talabalari
Forwarded from Apikal Med💊
Kursdan nimalar olasiz ?
Malumot uchun : Kursda o’tiladigan Mavzular
SELF STUDY - Mustaqil o’qib o’rganmoqchi bo’lgan talabalar uchun imkoniyatlarxam mavjud !
Darslar :
Dush chor juma / 20:00
Sesh Pay shanba / 21:00
@Manager_Apikal_Med
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3🔥2
Forwarded from TDTU Talabalari
O'g'il bollar imtihonda:
--Ha nima bo‘ldi?
--Yaxshi o‘tdim.
--Zo‘r malades.
Qiz bolalar imtihonda:
--Ha nima bo‘ldi? Nechi baho oldiz? Nima savollar so‘radi? Qiyinmasmi? 1-savoliz nima? 2-sichi? Qo‘shimcha savol berdimi?...
Javobi ham shunday uzun yozishga erindim😂
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti

🤣111❤3😁3💯3🏆2🤨1
Forwarded from TDTU Talabalari
🏆40❤16
Forwarded from TDTU Talabalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘yxonadagi qo‘ylar:
--Ertaga yana 1tamiz boshqa niyat bilan so‘yilamizov😭.
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
--Ertaga yana 1tamiz boshqa niyat bilan so‘yilamizov😭.
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
🤣45
Forwarded from TDTU Talabalari
DIQQAT, TALABALAR!
Davlat nomli stipendiyalar tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda!
Qabul muddati: 2025-yil 9-iyundan 20-iyungacha
Agar siz Prezident, Abu Ali ibn Sino yoki Islom Karimov nomidagi nufuzli Davlat stipendiyalaridan birining sohibi bo‘lishni istasangiz, hujjatlaringizni tayyorlab, belgilangan muddatda topshirishga shoshiling!
MUHIM:
• Ibn Sino va Islom Karimov nomidagi stipendiyalar – bakalavriatning bitiruvchi va undan oldingi bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan.
• Prezident stipendiyasi – bakalavriatning bitiruvchi bosqichi hamda magistratura talabalari uchun ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi Davlat stipendiyasi:
• Faqat bakalavriatning bitiruvchi bosqichi talabalariga mo‘ljallangan;
• Nomzodlar barcha fanlardan faqat “a’lo” baholarga ega bo‘lishi shart;
• Nomzod O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi va Toshkent davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan bo‘lishi lozim.
Abu Ali ibn Sino va Islom Karimov nomidagi stipendiyalar:
• Bakalavriatning yuqori bosqich talabalari (4- va 5-kurslar) uchun mo‘ljallangan;
• Talab: asosiy baholar “a’lo” bo‘lishi, 25% dan ortiq bo‘lmagan “yaxshi” baholar ruxsat etiladi;
• Ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatda faol ishtirok etgan bo‘lishi lozim.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
MUHIM! Noto‘g‘ri yoki soxtalashtirilgan ma’lumotlar aniqlanganda, nomzod tanlovdan darhol chetlashtiriladi.
Hujjatlar qabul qilinadigan joy:
Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bo‘lim
Bosh bino, 2-qavat (dekanat tomoni kirish)
Qabul vaqti: 14:00 dan 18:00 gacha
Ma’lumot uchun bog‘lanish:
• Bo‘lim boshlig‘i – Rahimov Sardorbek Samandаrovich: +998 91 163 71 72
• Bakalavriat talabalari bo‘yicha mas’ul – Gaibnazarov Sardorхon Sunnatillayevich: +998 93 517 11 77

• Pasport nusxasi;
• Tavsif-xarakteristika (ob’ektivka);
• Reyting daftarchasi (barcha semestrlar baholari bilan);
• Dekan va ilmiy rahbarning tavsiyalari;
• Ilmiy ish annotatsiyasi hamda nusxalari;
• Konferensiyalar, olimpiadalar va seminarlar bo‘yicha ilmiy ishlar, diplomlar va sertifikatlar nusxalari (albatta dekanat tomonidan tasdiqlangan holda);
• Madaniy, sport va jamoat tadbirlarida ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
• Chet tillari, AKT va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar.
MUHIM! Noto‘g‘ri yoki soxtalashtirilgan ma’lumotlar aniqlanganda, nomzod tanlovdan darhol chetlashtiriladi.
Hujjatlar qabul qilinadigan joy:
Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bo‘lim
Bosh bino, 2-qavat (dekanat tomoni kirish)
Qabul vaqti: 14:00 dan 18:00 gacha
Ma’lumot uchun bog‘lanish:
• Bo‘lim boshlig‘i – Rahimov Sardorbek Samandаrovich: +998 91 163 71 72
• Bakalavriat talabalari bo‘yicha mas’ul – Gaibnazarov Sardorхon Sunnatillayevich: +998 93 517 11 77
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
❤11👍2
Forwarded from Jamoliddin Sayriddinov
O‘zingni juda kerakli insonman deb o‘ylama.
Postni nomi biroz depressiv harakterda bo‘lishi mumkin lekin bu haqiqat.
Bizning o‘zimiz haqimizda o‘y fikrlarimiz atrofdagilarning bizga aytadigan gaplariga to‘g‘ri proportsional. Senga kimdir yaxshisan desa o‘z-o'zidan men yaxshiman deb o‘ylay boshlaysan va aksincha gapirsa buning aksi haqida o‘ylay boshlaysan. Atrofimiz esa patxalimlarga to‘la. Ular hech qachon haqiqatni aytishmaydi. Lekin sen o‘zinga haddan ortiq baho berib hayotda ko‘p narsani boy berishing mumkin. Masalan:
--Qizing (Yigiting) senga munosib emas. Boshqa yaxshirog‘ini top kuyib o‘lsin.--deydi "do'sting". Agar sen bu gapga laqqa tushib og‘zindagi oshni oldirib boshqasini topish ilinjida ketsang 90% holatda o‘sha sevgilindan yaxshisini topolmaysan. Senga maslahat bergan "do‘sting" esa topadi aniqrog'i o‘sha sening sevgilingni o‘ziniki qiladi.
--Boshlig‘ing sen qilayotgan ishga yarasha haq bermayapti. Sen boshqa joyda bundan ko‘p ishlab topa olasan.--deydi yana bir donorlar donosi. Ishonib 5-6mlnlik ishingdan ketasan va boshqa joyda 3mln so‘mdan ish boshlaysan. Sababi hech kim yangi kelgan ishchiga mo'maygina pulni berib qo'ymaydi.
Men hech kimga aql o'rgatmoqchi emasman. Shunchaki 25yillik individ sifatida kechirgan hayotim davomida ko'rgan bilganlarimni yozdim. Xulosa har doimgidek o‘quvchining o‘ziga qoladi.
@JamoliddinSayriddinov

👏36💯10👍6❤5⚡2
Online kurs: MUVAFFAQIYATGA BIRGALIKDA ERISHAMIZ✅
Darslar: "Yil talabasi", "AKT vazirligi stipendiyasi", "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sohibi, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti magistranti USMONOV MAXSUD TULQIN O'G'LI tomonidan olib boriladi. Kurs davomiyligi 10-kun.
Narxi 200 ming soʻm. Darslar 15-iyundan boshlanadi✅
Online kursda quyidagilar oʻrgatiladi👇
1. EHM dasturlar uchun DGU Patent(Guvohnoma)larni olish va unga hujjatlar topshirish 0 dan oʻrgatiladi✅
2. Maʼlumotlar bazasi uchun BGU Patent(Guvohnoma)larni olish va unga hujjatlar topshirish 0 dan oʻrgatiladi✅
3. SCOPUS va OAK jurnallari uchun Xalqaro EMRAD talabida Ilmiy maqola yozish 0 dan oʻrgatiladi✅
4. Elektron oʻquv qoʻllanma yaratish va uni netlify.app ga joylash. Hamda shu elektron qoʻllanma uchun mualliflik guvohnomasini qanday olish 0 dan oʻrgatiladi✅
5. Yevropa mamlakatlarida Monografiya va Kitoblarni bepul nashr qilish 0 dan oʻrgatiladi ✅
6. Kitoblar, oʻquv qoʻllanmalar, dissertatsiya ishlariga IMA dan mualliflik guvohnomasini olish 0 dan oʻrgatiladi✅
7. Google akademiyadagi Статистика цитирования, h-индекс, i10-индексni qanday oshirish 0 dan oʻrgatiladi✅
8. Google akademiya akkaunt ochish va ORCID havola yaratish oʻrgatiladi✅
9. Maqolalarni Googleda endex qilish oʻrgatiladi ✅
10. UzAvtordan guvohnoma qanday olish 0 dan oʻrgatiladi✅
KURSGA YOZILISH: @usmonovmaxsud
Bizning guruh: https://www.tgoop.com/patent_DGU_BGU_Ixtiro_EHM_dastur

❤6👍1
Forwarded from TDTU Talabalari
📣 ЭЪЛОН!
🎓 Ҳурматли магистрантлар, клиник ординаторлар, врачлар ва ҳамширалар!
Сизларни Angels Initiative ташаббуси доирасида ташкил этилаётган халқаро 🌍 International Nurse Webinar вебинарида иштирок этишга таклиф қиламиз!
💫Вебинар Тошкент давлат тиббиёт университетининг Асаб касалликлари, болалар асаб касалликлари ва тиббий генетика кафедраси мудири,
t.f.d., профессор Ё.Н. Маджидова – Angels Initiative Uzbekistan бош координатори раҳбарлигида ўтказилади.
ю
🎯 Мавзу:
Тез тиббий ёрдам ва инсульт бўйича халқаро тажриба алмашинуви
📅 Сана: 26-27 июнь, 2025
⏰ Вақт: Ҳар бир мамлакат вақтига мос ҳолда (веб-сайтда кўрсатилган)
🌐 Манзил:
👉 www.angels-initiative.com/events/international-nurse-webinar
🎙 Вебинарда инсульт соҳасидаги етакчи халқаро мутахассислар чиқиш қилади.
💡 Бу тадбир инсульт марказларида фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун беқиёс имконият!
✅ Иштирок этиш – бепул!
🎓 Барча қатнашчиларга халқаро сертификат тақдим этилади.
📝 Қизиққанлар рўйхатдан ўтишлари мумкин. Қимматли билимлар, янги тажрибалар ва глобал ҳамкорлик – шу вебинарда!

❤5
Forwarded from TDTU Talabalari
Bitiruv kechasida boshlovchi:
--Bugun talabalarimizni kayfiyati zo‘r qarang!
Talabalar:
--Sizam 6 yil bizga o'xshab anatomiya, patfiz, patan, ikp sessiyalarini terlab topshirganizda bitirolayotganizdan xursand bo‘lardiz kaneshna😁.
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
--Bugun talabalarimizni kayfiyati zo‘r qarang!
Talabalar:
--Sizam 6 yil bizga o'xshab anatomiya, patfiz, patan, ikp sessiyalarini terlab topshirganizda bitirolayotganizdan xursand bo‘lardiz kaneshna😁.
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
😁99🤣48❤4💯3🔥1😴1😭1
Forwarded from Jamoliddin Sayriddinov
Kuni kecha toshmini bitirib qasamyod qildim. Shu 6 yil ichida ko‘radiganimni ko‘rdim ko‘rmaganimga ... deb negativ gap bilan post yozsam bo‘lardi lekin unday qilmayman. Ollohga shukur 6 yil hayotim zo‘r o‘tdi. Hayot yo‘li bir tekis bo‘lmay unda o‘nqir cho‘nqirlar bo'lganidek, 6 yillik hayotimda yama qolib jarlarga ham tushib chiqdim.
Avval boshida Sampi litseyini bitirib Yangi Toshmiga borganimda nimasi bu deb qogandim. TMA binolari eski, yetmaganiga o‘sha vaqtlarda yotoqxona binolarida o‘qirdik, ustozlar xuddi left 4 dead 2 o'yinidagi tankka o‘xshab seni yerga urib yanchib tashlashga tayyor turishardi. O‘qishni birinchi kuni hayolimga kelgan narsa: "Qaysi gunohlarim uchun?"--degan savol edi😂. Lekin biz yoqtirmagan narsada Olloh eng go'zal tuhfalarni tayyorlab qo‘yar ekan. Akaddemiyadan diplom olish uchun kirgandim yoniga xotin qo‘shib berishdi😁, 1tagina o‘rtog‘im bilan kirgandim hozirgi kunda juda ko‘p yangi o‘rtoqlarim bor. Oldin ilmda o‘zimcha zo‘r bo‘lgan bo‘lsam 6 yillik umrim faqat zo‘rlar ichida o‘tdi. Qo‘ylar ichida sher bo‘lgandan sherlar ichida qo‘y bo‘lgan afzal degan fikrga yana bir bor amin bo‘ldim. Aqlli kursdoshlarim bilan gaplashib dunyoqarashim ancha kengaydi(men bilan gaplashib ularniki toraygani haqida indamay turamiz😂). Juda ko‘p ustozlar topdim, paxta qo‘ysang shunday qo‘y chanoqlari botmasin deganlaridek endi ustozlarga chin dildan paxta qo‘yamasam bo‘lmaydi.
Professor Murodilla Yo‘ldashevich xonalariga birinchi marta kirganimda shunaqayam ko‘p kitob bo‘ladimi deb hayron qolgandim. Man ustozni operatsiyasida qatnashib o‘z ishiga juda ma‘suliyatli ekanliklarini ko‘rib hayron qolgandim. Ustozdek aseptika, antiseptikaga bu darajada e'tibor beradigan jarrohni hali hayotim davomida ko‘rmagandim. Ustozning operatsiya vaqtida har bir detalga e'tibor berayotganliklarini ko‘rib qoyil qolgandim. Olloh shu darajalarga mani ham yetkazsin dib niyat qilgandim.
Turdiqul Akramovich qachonki kanal yuritishda maslahat kerak bo‘lsa yoki talabalar yordam so‘rab murojaat qilganda to‘g‘ri oldiga boradigan ustozim. Kanal yuritganimda qaysidir talabaga yordamim tekkan bo‘lsa bilingki domlani bunda hissasi bor. Domlaga qachonki telefon qilsam domla telefonini ko'targan va qachonki oldiga borsam kuttirmasdan oldiga kirishimga ruxsat bergan. Mansabing bo‘lib turib kamtar bo‘lishni Turduqul Akramovichdan o‘rganish kerak deb aytaman. Raxmat sizga ustoz.
Hamisha jarayonni dinamikada kuzatadigan ustozimiz Hamid aka Patfiz😁. Ustozdan juda ko‘p masalada yordam so‘raganman, maslahatini olganman hattoki shaxsiy masalalarda maslahat so'rash kerak bo‘lsa ham ustozga telefon qilardim. Hamma Patfizda tizzalari qaltirab bir biriga tegib qarsak chalayotgan bir vaqtda o‘zimizni qirollardek his qilib patfizni yopganmiz😂. Ustoz 🐎🛁 raxmat.
Nosir aka anatomiya ustoz dars boshlaganda xonadagi eksponatga aylanib qolardik. Agar birov pichoq bilan kesa bizdan qon chiqarmidi yo‘qmi aniq emas😂. Lekin shunga qaramasdan ustozni juda xurmat qilaman. Kechqurun bir tepib uyg'otib yelka suyagini gapir disa ipidan ignasigacha gapirib berolsam kerak. Ustoz raxmat sizga.
Bunyod aka va Nurxon aka toshmida operatsiya sotilga olib borib, assistent qilgan ustozlarim. Travmatolog ortoped bo‘lsammi yoki boshqa sohani tanlasammi deb yurganimda travmatolog bo‘lishim uchun ++lar qo‘shib bergan ustozlarim. Raxmat sizlarga.
Yozay desam ustozlar ko‘p ular bilan bog‘liq qiziq voqealar ham. Hamdam aka(derma), Surayyo opa(gista), Dilorom opa(anatomiya), Shahnoza opa(infeksiya) va boshqa man yozolmay qolgan ustozlarim barchangizga raxmat.
Agar abituriеntlik vaqtimga qaytib qolib qaysi insitutga topshirish tanlovida qolsam yana toshmini tanlardim va boshqa abituriеntlarga ham toshmini tanlashni maslahat berardim.
6yil davomida lug‘atimda eng ko‘p takrorlangan gap bilan postni yakunlamoqchiman:
Biz avval ham yaxshi yashaganmiz va Xudo xohlasa bundan keyin ham yaxshi yashaymiz. Xudo mehribon😁.
Xayr bakalavr keyingi manzil Travmatalogiya tor mutaxasisligi😁.

❤157🎉31🔥14👏8🏆3😭3😴2⚡1👍1
#notes
Bugun qiyin ishlarni qilaverishimiz, ertaga yanada qiyinroqlarini qilishimizga yo'l ochadi
Bugun oson ishlarni qilaverishimiz , ertaga yanada osonlarini qilishga moyillashtiradi
Lekin qiyinlari kelganda sindirib qo'yadi
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
Bugun qiyin ishlarni qilaverishimiz, ertaga yanada qiyinroqlarini qilishimizga yo'l ochadi
Bugun oson ishlarni qilaverishimiz , ertaga yanada osonlarini qilishga moyillashtiradi
Lekin qiyinlari kelganda sindirib qo'yadi
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
👍24❤🔥12❤9🔥6
Forwarded from TDTU Talabalari
Bugungi xisobotdan:
Talabalar yozgi ta'tilda pul ishlash uchun kuryerlik xizmatlarini afzal ko‘rishyapti.
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
Talabalar yozgi ta'tilda pul ishlash uchun kuryerlik xizmatlarini afzal ko‘rishyapti.
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
🤣47💯8
Talabalarga tavsiyalarim.
Ustozlarni dushmanday koʻrmang. Bir-ikkita paraziti boʻlishi mumkin, biroq koʻpi oʻz oʻy-tashvishi, muammolari, oilasi bilan band. Bilimli ustoz boʻlsa koʻproq suhbatini oling, ilmi bundayroq boʻlsa qoʻyinglar, kunini koʻraversin. Oʻzingiz ham avliyo emassiz.
Hamma fanni yaxshi oʻqiyman deb oʻylamang. Sessiyani beshga yopish uchun ketgan vaqt, asab, mehnat olingan natijaga arzimaydi. Beshchi talaba bu biror sohaga chuqur kirmagan, hamma fandan yuzaki bilim olgan talabadir. Oʻzingizga eng kerak sohaga ixtisoslashing, qolganini minimum talab darajasida bajaring. Six ham, kabob ham kuymasin.
Kursdoshlar bilan yaqin boʻling. Oʻrtadagi chegaralarni tezroq olib tashlang. Shuncha yil oʻqib birorta chin doʻst orttirmaslik juda ayanchli.
Hayotni oʻrganing. Talabalik davri nafaqat bilim olish, hayotiy tajriba uchun ham juda muhim palla. Ilgari qilmagan ishlaringizni qiling, bilmadim, qoʻlda kir yuving, bozorlik qilishni oʻrganing, ovqat qiling, yangi tanishlar orttiring, muomala madaniyatingizni oshiring, yaxshi kiyimlarni tanlay oling, har xil xonadoshlar, uy sohiblari, komendantlar bilan murosa qiling, muammolarni hal qilishda tajribaga ega boʻling.
Xotiralar yarating. Uydan oʻqishga, oʻqishdan uyga qilib umringiz oʻtmasin. Kino, konsert, teatr, muzey, tadbirlar, bayramlar, xullas oʻzingiz qiziqqan va qiziqmagan joylarga bosh suqing.
Kursdoshlar bilan sayohat qiling. Ziyoratgohlarga, qadimiy shaharlarga, tabiat qoʻyniga boring. Uzoq yoʻl sarguzashtlari butun umrlik xush xotira qoldiradi. Ota-onangiz ruxsat bermasa, ayb oʻzingizda, ishonchni oqlamagansiz, toʻgʻrilang. Qizlar, yigitingiz ruxsat bermasa keching unaqa yigitdan. Yigitlar, sizlarda bu muammo yoʻq deb umid qilaman))
Ishlang. Kelajakda oʻzingizni qaysi kasbda koʻrayotgan boʻlsangiz shu sohada ishga kiring. Arzimagan oylikka, hatto tekinga boʻlsa ham. Bu yerda eng muhimi tajriba. Oliygohdagi nazariya amaliyotsiz havoga uchadi. Lekin ish oʻqishdan tashqari bor vaqtingizni olib qoʻymasin.
Va albatta seving. Bu maktabdagi ilk muhabbatga oʻxshamasin. Oʻsmirlikdagi muhabbat bahor bulutiga oʻxshaydi. Shamol uni qayoqqa olib ketishini bilmaysiz. Oliygohda endi yosh bola emassiz. Kimnidir tanlasangiz, u bilan butun umr yashay olishga koʻzingiz yetsin. Seving deganimga ja sevib tashlamang tagʻin, sadoqatli boʻling, gaplashganlaringiz soni oʻtilgan fanlar bilan raqobatga kirishmasin)
Talabalik tom maʼnoda oltin davr. Yoshlikning eng gullagan chogʻi. Yoshingizdan qat'i nazar shunday. Magistratura, doktoranturaga oʻtgach, garchi hamon oʻsha oliygohda boʻlsangiz ham talabalikdagi gashtni topolmaysiz. Shu yoʻllarni bosib oʻtgan odamning gaplariga ishoninglar. Kuzga oz qoldi. Hammaga yorqin xotiralar tilayman.
#salimov_blogi
https://www.tgoop.com/TTA_TOSHKENT_TIBBIYOT_AKADEMIYA

Telegram
TTA Talabalari
🔹Tibbiyot talabalari, abituriyentlar, tibbiy pedagoglar, tibbiyotga aloqador va qiziqqan shaxslar uchun kanal
🔹Kanalimiz guruhi:
@tta_talabalari_norasmiy
🔹Talab va takliflar uchun:
@Soliyev_Sardorbek1
🔹Muammolar va reklama uchun:
@Skilofosofskiy
🔹Kanalimiz guruhi:
@tta_talabalari_norasmiy
🔹Talab va takliflar uchun:
@Soliyev_Sardorbek1
🔹Muammolar va reklama uchun:
@Skilofosofskiy
🔥78❤🔥15❤13👏7👍3🤣3⚡2💯2
Forwarded from 𝓭𝓸𝓬𝓽𝓸𝓻_𝓪𝓫𝓭𝓾𝓼𝓪𝓵𝓸𝓶𝓸𝓿
🏠 Kvartiraga 4 nafar talaba kerak!
Assalomu alaykum!
Yaxshi holatdagi, toza va shinam kvartiraga 4 nafar tartibli, mas'uliyatli va ozoda talaba yigit kerak.
📍 Manzil: Shifokorlar shaharchasi 11 (Med garadok)
📅 Ko‘chib kirish: Darhol mumkin
Qulay sharoitlar,kir mashina, internet mavjud.
❗ Tinchlik va tartibga e’tibor beradigan yigitlar bo‘lishi so‘raladi.
📞 Aloqa uchun:
📲 94 316 16 02
📲 90 097 18 78
📨 Telegram: @Diyorbek_0016

❤2🤣2
Forwarded from TDTU Talabalari
Tolibi ilm ShayxGPTdan so‘radi:
--Ustoz agar uyda go‘sht bo‘lsa uni shashlik qilib yegan ma'qulmi yoki katlet qilib yeganmi?
ShayxGPT javob berdi:
--Nima qilib yesang ham xonadoshlaring kelguncha yeb ulgursang bo‘ldi shogird.
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
--Ustoz agar uyda go‘sht bo‘lsa uni shashlik qilib yegan ma'qulmi yoki katlet qilib yeganmi?
ShayxGPT javob berdi:
--Nima qilib yesang ham xonadoshlaring kelguncha yeb ulgursang bo‘ldi shogird.
@TDTUToshkentTibbiyotUniversiteti
🤣148😁10👍5❤1🔥1
Forwarded from TDTU Talabalari
--Oypopuk buvi kichik kelinizni ismi nima?
--Diplom bolam.
--Nega endi aynan diplom buvijon?
--Navaram Toshkenga diplom olaman deb ketib shuni obkeganda.

🤣125❤1👍1