Telegram Web
"BILIMDON O‘QUVCHILAR" TANLOVINING NAVBATDAGI G‘OLIBI TAQDIRLANDI

Viloyatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktabining 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Bilimdon o‘quvchilar” tanlovi g‘olibi Urganch tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchisi Akrombek Saparbayev ham munosib rag‘batlantirildi.

Ushbu o‘quvchimiz ham Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining faxriy yorlig‘i hamda sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Maʼlumot uchun, ushbu o‘quvchilar tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd qilganlar.

Taqdirlash ishlari davom qiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
"BILIMDON O‘QUVCHILAR" TANLOVI G‘OLIBI TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, viloyatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktabining 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida “Bilimdon o‘quvchilar” tanlovi bo‘lib o‘tgan edi.

Mazkur tanlov ijodkor va mantiqiy fikrlashi yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilarini aniqlash va taqdirlash, ularning bilimini oshirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchining innovatsion texnologiyalarni keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda  viloyatimizdan tanlangan 12 ta maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.

Mazkur tanlovda 5 nafar o‘quvchimiz g‘olib deb topildi.

Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov tanlovda g‘olib bo‘lgan Urganch shahridagi 10-sonli maktab o‘quvchisi Zuxra Sherimbetovani qutlab, unga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining faxriy yorlig‘i hamda sovg‘asini topshirdi.

Taqdirlash ishlari davom qiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7451522 (1).pdf
5.7 MB
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган вазифаларни амалга оширишга доир чора-тадбирлар тўғрисида 26.03.2025 йилдаги ПФ-61-сон Президент Фармони

@T_Nurmetov
#Xonqa_IM. TAʼZIYA.
Bugun, 2025-yil 29-mart kuni qadrli va sevimli ustoz, ko‘p yillik tajribali pedagog, xalq taʼlimi sohasida 40 yildan oshiq fidokorona mehnat qilib kelgan, rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillar davomida samarali ishlagan, bugungi kungacha Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan ustozimiz O‘ktambek Jabborov Fayzullayevich 63 yoshida olamdan o‘tdilar.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi va
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan marhum ustozimizning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildiramiz.
Ustozning oxiratlari obod bo‘lsin!
Ustozning janoza namozlari bugun soat 16:00 da bo‘ladi.
Al-Xorazmiy olimpiadasining Respublika bosqichida Qo'shko'pir tumani ixtisoslashgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Masharipov Mehriddin tabiiy fanlar yo'nalishida 1-o'rinni egalladi

@T_Nurmetov
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi


Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib o’tdi


Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining yakuniy — Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Jarayonlar 2 tur asosida, yozma ish va test topshiriqlari tarzida tashkil etildi. Unda hududiy bosqichda goliblikni qolga kiritgan 84 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari kuch sinashishdi.

📍Yakuniy natijalar bugun e’lon qilinadi, taqdirlash marosimi Nukus shahrida bo‘lib o’tadi.

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
TAʼZIYA

Bugun uzoq yillar davomida ta’lim sohasida xizmat qilgan viloyat xalq ta’limi urush va mehnat faxriylari uyushmasi kengashi raisi Ilhom Hayitov vafot etdi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi Ilhom ota Hayitovning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi.

Marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi bugun soat 14:00 da Xonqa tumanidagi yashash xonadonida bo‘lib o‘tadi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Test yechishda o‘qib tushunish savodxonligi uchun 3 ta maslaxat

@T_Nurmetov
Forwarded from Hilola Umarova
Maktab bitiruvchilari uchun imkoniyat

Ta’lim uchun qilinayotgan har bir loyiha e’tiborga loyiq va oxirgi vaqtlar OTMlar ham bu masalada juda faol! Xususan, aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi.

E’tiborlisi, ushbu olimpiadada faqat maktab bitiruvchilari ishtirok etishi va o‘quvchilarimiz fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab ko‘rishi mumkin ekan. Bu esa bitiruvchilarimiz uchun yaxshi imkoniyat.

1-o‘rin — “Damas” avtomobili (3 dona)
2-o‘rin — 20 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga)
3-o‘rin — 10 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga) bilan taqdirlanadi.


Aytish mumkinki, bu kabi loyihalar ham o‘quvchilarimizning o‘z ustida yanada ishlashi va bilimga qiziqishini oshiradi.

@hilola_umarova
Forwarded from Prezident maktab testlar (Harbiy Kurslar)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔇Shovotlik ota-onalar ❗️

PM_TEST turneri endi Shovot tumanida

⚡️  "PM TEST MASTER  " jamoasi Prezident va  ixtisoslashtirilgan maktabi testlari namunasida matematika fanidan viloyatimizning barcha  tumanlariga borib sinov testlari oʻtkazmoqda

⛔️Test  farzandingizga nima beradi
Real testlarga juda yaqin tuzilgan bo’lib, farzandingiz oʻz  bilimini tekshirib, Prezident maktablariga kira olish imkoniyatini baxolaydi .

Testga kelgan har bir o’quvchi alohida  taqdirlanadi va 🥇🥈🥉 o’rinlar esa qimmatbaxo sovg’aga ega bo’ladi .

Manzil:
Shovot krug , Bir zumda magazin 2-qavati .

📅 Sanasi  5-6 - aprel
🕐 Vaqti 
Shanba Yakshanba
2-sinflar Yakshanba
10:00
3-sinflar Shanba 09:30
4- sinflar Shanba 12:00
5- sinflar Yakshanba 13:00
6- sinflar Yakshanba  15:00

💰 Test narxi  60.000 so’m

Hurmatli ota -ona ! Farzandingiz bilimini tekshiradigan vaqt keldi .

O’rningizni band qiling .

☎️ 91-918-72-10
☎️ 91-916-23-45
☎️50-030-61-29

https://www.tgoop.com/pm_testmaster
2025/04/01 07:39:48
Back to Top
HTML Embed Code: