Telegram Web
📌Talabalik – faqat dars va imtihonlar emas. Bu – o‘z ustida ishlash, yangi imkoniyatlarni topish va kelajak uchun mustahkam poydevor yaratish vaqti!

💡Shuning uchun:
☑️O‘qish bilan birga o‘zingizga daromad manbai toping!
☑️Yangi odamlar bilan tanishing – networking kelajakda yordam beradi!
☑️Har kuni kamida 10 sahifa kitob o‘qing – fikrlash o‘zgaradi!
☑️Doimiy harakatda bo‘ling – faqat maqsadlar natija beradi!

❗️Talabalik yillarini faqat imtihon va sessiyalar bilan emas, real hayot uchun tayyorgarlik bilan o‘tkazing!

💬Siz hozir o‘z ustingizda qanday ishlayapsiz? Fikringizni izohlarda yozing! 👇

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✏️Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay, yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.


✍️14-fevral — shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Do‘stlar! Keling, bugun siz bilan talabalik hayoti haqida qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazamiz.
Soatma-soat yangi savollar bo‘ladi, o‘z fikringizni bildirib, natijalarga guvoh bo‘ling. Faol bo‘laylik!

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚Kitob oʻqishning 7 ta usuli

Kitob oʻqishning bir necha xil usullari bor, ularning har biri maqsad va kontekstga qarab qoʻllaniladi. Asosiy usullar quyidagilar:

⏯️ Tezkor oʻqish — tezda umumiy mazmunni tushunish uchun oʻqish.

2️⃣ Chuqur oʻqish — matnni toʻliq tushunish va analiz qilish uchun sekin, diqqat bilan oʻqish.

3️⃣ Koʻz yugurtirib oʻqish — asosiy fikrlarni topish uchun matn boʻylab tez harakatlanish.

4️⃣ Aniq maʼlumot izlab oʻqish — matndan muayyan soʻz yoki raqamlarni qidirib topish.

5️⃣ Faol oʻqish — savollar berish, muhim joylarni belgilash, konspekt yozish bilan oʻqish.

6️⃣ Tinglash orqali oʻqish — kitob matnini eshitish orqali oʻzlashtirish.

7️⃣ Qayta oʻqish — yaxshi tushunish yoki yodlash uchun kitobni bir necha marta oʻqish.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_kayfiyat

▶️Talaba bu — o‘z kvartirasida faqat garoh-makaron ichib, qizini qimmat restoran, kafelarda ovqatlantira oladigan “JENTELMEN”.

▶️Talaba bu — hech bir fandan daftar tutmasa ham 100.000 so‘mlik sumka ko‘taradigan, ichida faqat avtobus uchun 2000 so‘m olib yurish uchun 120.000 so‘mga karman sotib oladigan “KRUTOY”.

▶️Talaba bu — 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzning ichida 6 oylik konspektni yozishga ulguradigan “PROFESSOR”.

▶️Talaba bu — shotida bir senti bo‘lmasa ham Iphone ko‘tarib yuradigan “BOYVACHCHA”.

▶️Talaba bu — darsda o‘tirib ham naushnikda qo‘shiq eshitib, ham konspekt qilib, ham telefonida netda o‘tiroladigan “SEZAR”.

▶️Talaba bu — atigi 500.000 so‘m stipendiya olish uchun 10.000.000 so‘m kontrakt to‘lay oladigan “MILLIONER”.

▶️Talaba bu — uydan futbolka-jinsida chiqib, dekanni yoniga oq ko‘ylak-galstukda kiradigan “INTELLIGENT”.

▶️Talaba bu — butikda 100$ ga ko‘rgan kiyimini bozordan 85.000 so‘mga tushirib ololadigan “BIZNESMEN”.

▶️Talaba bu - o‘zi 1000 so‘mlik pirashka yeb yurib, qizini tug‘ilgan kuniga 100 dona atirgul sovg‘a qila oladigan “ROMANTIK”.

😉Izohlarda davom ettirib, talaba doʻstlarimizga yuborib qoʻyamiz.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

📌Nodavlat oliygohlar faoliyatini tartibga solish uchun kiritilgan oʻzgarishlar haqida muhim eslatmalar

↪️Hemis dasturida asosida faoliyat olib borish. Hemis dasturiga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi;

↪️Kontrakt shartnomalari kontrakt.edu.uz sayti orqali berish. Taʼlim krediti faqat ushbu sayt orqali berilgan shartnomalar uchungina amal qiladi;

↪️Nodavlat oliygohlar yilda bir marotaba (iyun-sentabr oylarida) qabul jarayonlari amalga oshiradi xolos;

↪️Nodavlat oliygohlar 2025-oʻquv yilidan xohlagan miqdorida talaba qabul qila olmaydi. Kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar sonidan ortiq boshqa taʼlim shakllariga talabalarni qabul qilishi mumkin emas. Yaʼni kunduzgi = sirtqi+kechki+masofaviy;

↪️Nodavlat oliygohlar har 4 yilda kompleks davlat akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏢Universitet (olmoncha Universität soʻzidan, u esa oʻz navbatida lotincha universitas magistrorum et scholarium — “oʻqituvchilar va olimlar jamoati” iborasidan kelib chiqqan) — fundamental va amaliy fanlar oʻqitilib, mutaxassislar tayyorlanadigan oliy taʼlim muаssаsаsidir.

Odatda, ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib boradi. Bugungi kundagi universitetlarning aksariyati oʻquv-ilmiy-amaliy majmualar sifatida faoliyat yuritishadi.

📌Universitet musulmon Sharqida oliy Madrasa yoki Madrasai oliya (qis. Madrasa) nomiga toʻgʻri keladi. Yaqin Sharq mamlakatlarida dorilfunun deb ataladi.

▶️Dastlabki universitetlar:
➡️Italiya: Bolonya (11-asr), Salerno (12-asr oxirlari);
➡️Fransiya: Parij (1215), Monpelye (1289);
➡️Buyuk Britaniya: Kembrij (1209), Oksford (12-asr 2-yarmi);
➡️Ispaniya: Salamanka (1218);
➡️Portugaliya: Lissabon (1290) shaharlarida paydo boʻldi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng katta raqamlar nomlarini bilasizmi?

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

➡️Talaba (arab.— izlovchi, oʻrganuvchi), student (lot. studens — qunt bilan ishlovchi, shugʻullanuvchi) — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi.

🖋Turkistonda islom dini yoyilgach (VII— VIII asr), boshlangʻich maktabdan soʻng bilim olish bilan mashgʻul boʻlgan har bir kishi talaba hisoblangan. Madrasalar paydo boʻlgan X asrlardan ularda tahsil olayotgan kishilargina talaba deyila boshlagan. Yevropada XI—XIII asrlarda universitetlar tashkil topgandan soʻng , ularda faoliyat koʻrsatadigan har bir odam, yaʼni saboq beruvchi ham, saboq oluvchi ham student deb atalgan. Keyinchalik universitetlarda oʻqituvchilar uchun magistr, professor va boshqa ilmiy unvonlar joriy etilgach, faqat saboq oladigan kishilargina student deb yuritiladigan bo'lgan.

📌Talaba har bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol, harakatchan, jonkuyar qismi hisoblanadi. Bevosita ilm-fanni oʻzlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun talabalar jamiyatning intellektual ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham talabalarning chuqur kasbiy hamda maʼnaviy axloqiy tayyorgarlikka ega boʻlishiga katta eʼtibor qilinadi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/25 05:39:25
Back to Top
HTML Embed Code: