Telegram Web
⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat qabul komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 mingta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

10 mingta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

🎓 @Talim_huquqi
👍2
⚡️Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi haqida ma’lumot

🇺🇿 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan.

Kimlarga beriladi?

O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari);
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi kurslarga beriladi?

Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q.

Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

✔️ faqat kunduzgi ta’lim shakliga.

Quyidagilarga berilmaydi:

super-kontrakt;
sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklga;
qo‘shma ta’lim;
ikkinchi mutaxassislik;
ordinatura;
xorijdagi OTMlarga.

To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.

Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo’lish kerakmi?

Yo’q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri.

⚡️Barcha talabalar uchun ta’lim krediti haqida ma’lumot.
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3866

🎓 @Talim_huquqi
👍5
⚡️Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra,

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;

"3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi.

Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi.

Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi.

🎓 @Talim_huquqi
👍5
#Maktab

⚡️Maktablarda yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash darslari o‘qituvchilari endi Mudofaa vaziri tomonidan zaxiradagi harbiy xizmatchilar tarkibi orasidan tayinlanadi

🎓 @Talim_huquqi
👍4
#Maktab

⚡️Maktablaridagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tarkibi faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida to‘ldiriladi

🎓 @Talim_huquqi
👍6
⚡️Prezident pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etishni taklif qildi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etiladi.

Sifatli ta’limning ajralmas qismi bo‘lgan tarbiya va odob-axloq jarayonlari zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Shu maqsadda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti yangidan tashkil etildi.

Shuningdek, mutasaddilarga ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun tarbiyaga oid raqamli kontent yaratish topshirildi.

Ushbu kontent “Milliy tarbiya” elektron platformasiga va yetakchi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilib, doimo yangilab boriladi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Kelgusi o‘quv yilidan o’qtuvchilarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.

Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.

"O‘qituvchilar uchun ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib borayotganini shu misolda yaqqol ko‘rish mumkin", - dedi Shavkat Mirziyoyev.


🎓 @Talim_huquqi
👍72
⚡️Ilm olishdagi 6 ta muhim qoida:

Ota-ona duosi:
Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och

Ustozlar duosi:
Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.

Xulq-atvor:
O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.

Uyqu:
Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.

Dars qoldirmaslik:
Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi,
Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.


Vaqt:
Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.

Yaqinlaringizga tarqatishni unutmang!

🎓 @Talim_huquqi
👍7🔥4
Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

Har yili «1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan o‘z sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan hamda o‘zlarining boy bilim va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan barcha ustozlar tabriklar qurshovida qoladi. Quyida mamlakatimiz qonunchiligida Ustozlarga belgilangan imtiyozlar bilan tanishitirib o‘tamiz.

1. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

2. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi.

3. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisiga muvofiq, pedagoglar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilangan.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga asosan, maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilangan.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining , 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etgandaog‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoniga asosan, o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi 638-son Qaroriga muvofiq, inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.01.2021-yildagi PQ-4940-sonli Qaroriga binoan, olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yildagi 120-son Qaroriga asosan, pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994-yildagi 490-son Qaroriga asosan, tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

🎓 @Talim_huquqi
👍7
⚡️Super-kontrakt uchun taʼlim kredit ajratayotgan banklar

🏦 Oʻzmilliybank – 1344
👉 Bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun:
• 36 oy muddatga yillik 22% stavkada;
• 60 oy muddatga yillik 24% stavkada;
• Miqdor: Shartnomaga asosan

👉 Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga
• 36 oy muddatga yillik 22% stavkada
• Miqdori- Shartnomaga asosan
Batafsil: https://nbu.uz/uz/physical/credits/bankning-o-z-mablag-i-hisobidan-ajratiladigan-ta-lim-krediti/
——————————————
🏦 OʻzSQB – 1180
• 12 oy muddatga yillik 25% stavkada;
• 36 oy muddatga yillik 26% stavkada;
• Miqdori- 200 mln soʻmgacha
Batafsil: https://www.sqb.uz/uz/individuals/credits/consumer-credit-uz/

🎓 @Talim_huquqi
👍6
⚡️Talabalarga akademik ta’til quyidagi tartibda beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi qarori (344-son) bilan Akademik ta’til berish toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Nizomga ko‘ra, talabalar oʻz ixtiyori bilan qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’i nazar akademik ta’til olish huquqiga ega.

Akademik ta’til olish uchun talaba OTM rektori (direktori)ga ariza bilan murojaat qiladi.

✔️ Akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun.

❗️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda beriladi. Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

Shuningdek, talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

🎓
@Talim_huquqi
👍4
⚡️OTMlarda muddatli mehnat shartnomasi tuzishga chek qo’yiladi.

Vazirlik rahbariyati barcha OTMlarning rektorlariga topshiriq xati chiqarib, pedagoglar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzish amaliyotiga chek qo'yishni talab qilibdi. Manba…

🎓 @Talim_huquqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi

Joriy yilning 10-oktyabr kuni 2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

🎓 @Talim_huquqi
👍2
#OTM_oylik_maoshlar

⚡️Oliygohlarda faoliyat yuritayotgan professor o'qituvchilar oylik maoshlari(10% oshgani bilan)

🎓 @Talim_huquqi
👏31👍1
#Talabalarga | #Bilasizmi

⚡️1-bosqich talabalari faqat 1 yillik grant bilan talabalikga tavsiya etilgan


2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda:

Ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.

🎓 @Talim_huquqi
💯6👍2👌2🫡2
7147529.pdf
1 MB
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2024-2025 o'quv yilida davlat granti asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tasdiqlandi.

"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibini tasdiqlash to'g'risida"


Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.10.2024 yildagi 662-son

🎓@Talim_huquqi
👍2🔥1
#Makatab

Maktab oshxonalarida qanday mahsulotlarni tayyorlash va sotish taqiqlangan?

🏢 Umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida o'quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari”ga ko'ra, quyidagilar maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:

🍔 Go'sht qo'shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);

🍭 Sun'iy ta'm, hid beruvchi moddalar, bo'yoqlar, aromatizatorlar qo'shilgan qandolat mahsulotlari;

🍿 Sun'iy konservantlari bo'lgan “kirieshki”, “xrustyashki” va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;

🥤 Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;

🍗 Veterinariya nazoratidan o'tmagan go'sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;

🥚 Tashqi qavati toza bo'lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;

🫙
Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o'zgargan, yorlig'i bo'lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har-xil turdagi konservalar;

🍡 Turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;

🎂 Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);

🫘
Xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog'idan tayyorlangan hamda kalla go'shti ruletlari, o'pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;

🫕 Pasterizasiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qo'lbola qatiq, epizootik noxush xo'jaliklardan olingan, shuningdek dastlabki ishlov berilmagan va pasterizasiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bo'lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar;

🫔
Qo'ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;

🫗 Kvas;

🍤 Xom dudlangan go'shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa;

🧂 Sirka, xantal, xren(yerqalampir), o'tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o'tkir ziravorlar;

🍾O'tkir ta'mli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;

🧋Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik va alkogol ichimliklar;

🧉 Pazandalik moylari, cho'chqa yog'i, margarin va boshqa gidrogen yog'lar;

Danakli mevalarning mag'zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz);

🙅‍♂️ Okroshka va sovuq sho'rvalar, yog'da qovurilgan tuxum, pashtet, go'sht va tvorogli quymoqlar.

🥡 Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida bo'lishi taqiqlanadi.


🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalarga

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini davlat tomonidan qoplash uchun onlayn ariza berishlari mumkin

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratilgan.


📨 Tartibga ko’ra onlayn ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

🤝 Ariza yuborish uchun talabalardan uy egasi bilan tuzilgan ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

📑 Ijara shartnomalarini onlayn hisobga qo‘yish xizmati: http://ijara.soliq.uz

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3864

⚡️Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlardan soliq olinmaydi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3865

🎓
@Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2610🥰2🫡1
#Abituriyent

⚡️Kirish imtixonlarida testlar tuziladigan darsliklar ro’yxati e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida (https://uzbmb.uz/) eʼlon qilindi.

Batafsil: https://uzbmb.uz/page/o_dasturlar

🎓 @Talim_huquqi
👍37👏8🎉54🔥4🥰1👌1
2025/07/14 02:02:03
Back to Top
HTML Embed Code: