Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
7803 - Telegram Web
Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Она жаннатга, бола эса дўзахга тушса ҳеч қачон кўришмайдими?
🎙Шайх Саййид
Раҳматуллоҳ Термизий.

🕌 "Минор" жоме масжиди имом-хатиби

Manba @MEHROB_UZ

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Мустақиллик байрамингиз муборак!

Барча юртдошларимизни эркин ва фаровон ҳаёт қуриш йўлини очиб берган Ўзбекистон давлат мустақиллигининг 33 йиллик байрами билан табриклаймиз.

Барчангизга тинчлик-омонлик, бахту саодат, хонадонларингизга, эл-юртимизга файзу барака тилаймиз.

Юртимиз тинч ва осойишта, халқимиз турмуши фаровон бўлсин.

Manba: @bayyinauz
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ислом қон тўкувчи дин эмас
🎙Шайх Саййид
Раҳматуллоҳ Термизий.

🕌 "Минор" жоме масжиди имом-хатиби

Manba @MEHROB_UZ

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

📹 МЎЪТАБАР ЗАМИН
🎤 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba @shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Taqvodorlarning sifatlari

Hazrati Ali karramallohu vajhahu taqvodorlarning sifatlarini quyidagicha ta’riflaydilar:
«Ular fazilat sohiblari, to‘g‘riso‘z, tejamkor, kamtar, ko‘zlarini haromdan tiyadigan, foydali ilm va so‘zlarni eshituvchi, ilmiga amal qiluvchi, ko‘p gapirmaydigan, nafslarini tergaydigan, qilgan amallaridan Yaratganning rizosini tilaydigan kishilardir. Ularning alomatlari – dinida barqaror, oliyjanob, iymon va irodasi mustahkam, ilmga tashna, molu dunyosini tejab ishlatadigan, xushu bilan ibodat qiladigan, orasta, qiyinchilikka sabr qiladigan, haloldan topadigan, tirishqoq, tamadan yiroq, ezgu amallarga chog‘langan, har qanday holatda shukr qiladigan, ilm va hilm bilan hazil qiluvchi va aytganiga amal qiluvchilardir”.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

📹 АҲИЛЛИКДА БАРАКА БОР (давоми бор)
🎤 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba @shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Taqvodorlar safida bo‘la olmaydi

Maymun ibn Mihron rahmatullohi alayh aytadilar:
«Kishi o‘z nafsini tijoratdagi sherigini hisob-kitob qilishidan ko‘ra qattiqroq hisob-kitob qilmasa hamda yeb-ichishi, ust-boshi harom yoki haloldan kelayotganini aniq bilmasa, taqvoli kishilar qatoriga aslo kira olmaydi”.

“Sifatus safva”, 4-jild, 194-bet.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Фитналардан паноҳ сўраш дуоси

Азизхўжа Бухорий

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Домитсид сиёсати: исроил Фаластинни "ютиб юбормоқчи"

Manba ©️Azon Global

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

📹 ҲАР БИР ИШДА ИХЛОС ЛОЗИМ (давоми бор)
🎤 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba @shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdilar: “Allohning zikridan boshqa gapni ko‘paytirmanglar. Agar shunday qilsangiz qalblaringiz qotib qoladi. Qotgan qalb esa Allohdan uzoq bo‘ladi. Sizlar esa uning uzoqligini bilmaysizlar. O‘z gunohlaringizga qullardek nazar solinglar. Insonlarning gunohlariga xo‘jayinlardek nazar solmanglar. Insonlar ofiyatga erishgan va baloga uchragan holda bo‘ladilar. Baloga uchraganlarga rahm qilinglar. Ofiyat uchun Allohga hamd aytinglar”.

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тил ҳикмати

🎙Устоз Раҳимберди домла

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#G‘AFLATDA_QOLMANG!
🌙 RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM TAVALLUD TOPGAN OY KIRIB KELDI

📆 Hijriy 1446-yil Robi’ul avval oyining 1-kuni 2024-yil 4-sentabr chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

🕌 Sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam Fil yilida Robi’ul avval oyining o‘n ikkinchisi (ba’zi manbalarda 8, 9 yoki 10-kunlari), dushanba kuni (milodiy 571-yil, aprel oyida) dunyoga keldilar. U zot sollallohu alayhi vasallam dushanba kuni ro‘za tutib: “Bu men tug‘ilgan kun”, deb aytardilar (Imom Muslim rivoyati).

Robi’ul avval oyi qanday oy?
Hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha yilning (Muharram va safar oylaridan keyingi) uchinchi oyi. Bu oy Islom ummati uchun eng sevimli oylardan biri sanaladi. Chunki bu oyda Allohning so‘nggi payg‘ambari va habibi, sarvari koinot Muhammad alayhissalom tavallud topganlar. Shu bois bu oy “Mavlid oyi” deb ham nomlanadi.

🌙 Mavlid nima degani?
Mavlid lug‘atda “tug‘ilish” degan ma’noni anglatadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy Rabi’ul avval oyi munosabati o‘tkaziladigan marosim va tadbirlar “Mavlidi Nabiy” deyiladi.

Mavlid oyi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yanada qattiqroq sevishga intilish, siyratlarini o‘rganish, u zotga har bir ishda ergashish, yanada ko‘proq salavotu durudlar yo‘llash oyidir.

🌙 Bu oyni qanday o‘tkazish kerak?
Bu oyni Payg‘ambar alayhissalomni yanada kuchliroq sevishga intilish, siyratlarini o‘rganish, u zotga har bir ishda ergashish, ko‘proq salavotu durudlar yo‘llash bilan o‘tkazish lozim.

☪️ Salavot nima degani?
“Salavot” so‘zi arab tilidagi “salot” so‘zining jami bo‘lib, “duo” degan ma’noni anglatadi.

💬 Salavot qanday aytiladi? Sahobalar roziyallohu anhum Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Yo Rasululloh sizga salavot aytish qanday bo‘ladi?” deb so‘raganlarida U zot alayhissalom: “Allohumma solli a’la Muhammadin va a’la aali Muhammadin, kama sollayta a’la Ibrohiyma va a’la aali Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik a’la Muhammadin va a’la aali Muhammadin, kama barokta a’la Ibrohiyma va a’la aali Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd”, deb aytinglar, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

🌙 Salavot aytishning qanday fazilatlari bor?
Salavot aytish baxillikdan uzoq qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Huzurida zikr qilinsam, menga salavot yo‘llamagan kishi baxildir”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).

🤲 Salavot aytish duo qabul bo‘lishining omilidir.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir duo Payg‘ambarga salavot aytilmaguncha, osmon o‘rtasidagi parda tufayli yerda to‘xtab turadi, salavot aytilsa, o‘sha parda ko‘tariladi”, dedilar.

Salavot aytish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga noil etadi.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Menga juma kunida va juma kechasida ko‘p salavot aytinglar, bas kim shunday qilsa, men unga qiyomat kuni guvoh va shafoatchi bo‘laman”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

🕌 Salavot aytish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin qiladi.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar, albatta, menga ko‘p salavot aytganlardir”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

☝️ Alloh taolo salavot aytuvchilarning gunohini mag‘firat etadi, darajasini ko‘taradi.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta salavot aytadi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi. O‘n daraja yuksaltiriladi”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).

🕌 Salavot aytuvchilarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshitadilar.
Abdulloh ibn Abu Vafo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Juma kuni menga salavotni ko‘paytiringlar. Albatta, menga yetkaziladi va men eshitaman”, dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati).

Allohumma solli va sallim ’ala Muhammadin va ’ala aali Muhammad.

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мавлид ҳақида

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

Manba: @quranuz_kanali

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#siyrat
#muftiy_minbari

📹 БАШАРИЯТ САЙЙИДИ ТАВАЛЛУД ТОПДИЛАР
🎤 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba @shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Musibatlardan saqlovchi kalimalar

«Shunday so‘zlar borki, kim ularni ertalab aytsa, unga kechgacha musibat yetmaydi. Kim ularni kunning oxirida aytsa, unga tonggacha musibat yetmaydi: «Allohumma, anta Robbiy, laa ilaaha illaa anta, ’alayka tavakkaltu va anta Robbul ’arshil ’aziym, maa shaa Allohu kaana va maa lam yasha’, lam yakun, laa havla va laa quvvata illaa billaahil ’aliyyil ’aziym, a’lamu annalloha ’alaa kulli shay’in qodir va annalloha qod ahaato bikulli shay’in ’ilman” (Imom Ibn Sunniy rivoyati).

Ma’nosi: «Allohim, Sen Robbimsan, O‘zingdan o‘zga iloh yo‘q, O‘zingga tavakkul qildim, Sen ulug‘ Arshning Robbisan. Alloh xohlagan narsa bo‘ladi, xohlamagan narsa bo‘lmaydi. Kuch-quvvat faqat Oliy, Ulug‘ Alloh bilandir. Alloh har narsaga qodir ekanini, Alloh hamma narsani ilmi bilan qamrab olganini bilaman”.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
2025/07/13 20:31:44
Back to Top
HTML Embed Code: