Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
7984 - Telegram Web
Telegram Web
Eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahobiy va rivoyat qilgan hadisning adadi

1. Abu Hurayra roziyallohu anhu – 5374 ta.

2. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo – 2630 ta.

3. Anas ibn Molik roziyallohu anhu – 2286 ta.

4. Oisha onamiz roziyallohu anho – 2210 ta.

5. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo – 1660 ta.

6. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu – 1540 ta.

7. Abu Sa'iyd Xudriy roziyallohu anhu – 1170 ta.

8. Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu – 848 ta.

9. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumo – 700 ta.

10. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu – 537 ta.

11. Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu – 536 ta.

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila aʼzolari bilan munosabat

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Do'stni xo'rlash - gunoh. Umr yo'ldoshini xo'rlash - yuz hissa gunoh. Ota-onani xo'rlash ming - hissa gunoh. Go'dakni xo'rlash - cheksiz gunoh.... Ish ko'pligi-yu, vaqt yo'qligidan nolimang. Vaqt ko'pligi-yu, ish yo'qligidan qo'rqing. Odamni abgor qiladigan narsa - bekorchilik. Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi. Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qaering og'rimasa, shuning o'zi baxt! Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo'lmaydi. Dunyoda mukammal narsa yo'q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg'uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o'sha ko'proq iztirob chekadi. Insonning bahosi bu dunyoda o'zi olgani bilan emas, o'zidan qolgani bilan belgilanadi.

O'tkir Hoshimov.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tolibi ilmning qadamining darajasi.

«Hazrati Ali» jome' masjidi imom-xatibi, ustoz Salohiddin domla Sharipov

Manba @islohuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Kamtarin va kamsuqum xalifa

Oisha roziyallohu anho aytadi: Abu Bakr roziyallohu anhu savdogar edi. Har kuni bozorga borib savdo qilardi.

Abu Bakrning bir nechta qo'ylari bo'lib, ularni o'zi boqardi, ba'zan o'rniga birovlar boqib berardi. Abu Bakr roziyallohu anhu qavmning qo'ylarini ham sog'ib berardi. U kishiga bay'at berilganidan so'ng bir joriya shunday – dedi:

– Endi qo'ylarimizni hech kim sog'ib bermaydi.

Abu Bakr roziyallohu uning gapini eshitib dedi:

Aksincha, qo'ylaringizni o'zim sog'ib beraveraman. Umid qilamanki, men kirishgan vazifa oldingi xulqimni o'zgartirib qo'ymaydi.

Abu Bakr ularning qo'ylarini sog'ib berishda davom etdi.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#манфаатли_эслатма

Амалсиз насабнинг ўзи фойда бермайди

Қуръони Карим ходими Ҳасанхон Яҳё Абдулмажид

Manba @quranuz_kanali

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳар жойда одоб лозим

🎙Устоз Раҳимберди домла

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍2
SALAVOTDA BARAKA VA XAYR BOR

Salavot qalbni nurlantiradi, dilni yorishtiradi, aqlga ziyo beradi. Unutgan narsani yodga keltiradi, isonga halovat va xotirjamlik baxsh etadi. Ummatni Payg'ambar alayhissalom bilan bog'laydi. Inson Rasulullohga salavot va salom yo'llar ekan, uning barcha g'am-tashvishlariga Allohning O'zi kifoya qiladi, rizqini mo'l-ko'l etib, buyuk mukofotlar bilan taqdirlaydi.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хотамул анбиё

Азизхўжа Бухорий

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Саловат айтиш бўлмаганда эди ҳадис ривоят қилмас эдим.
🎙Шайх Саййид
Раҳматуллоҳ Термизий.

🕌 "Минор" жоме масжиди имом-хатиби

Manba @MEHROB_UZ

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
QIYOMATDA SOYAGA OLINADIGAN 7 TOIFA

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Yetti (toifa kishi) bor. Alloh ularni soya bo'lmagan kunda (qiyomat kunida) o'z soyasida soyalantiradi:
1) odil imom;
2) Alloh taoloning ibodatida o'sgan yigit;
3) qalban doim masjid bilan bog'langan kishi;
4) Alloh yo'lida bir-birini yaxshi ko'rgan, jam bo'lgan va ajrashgan kishi;
5) mansabdor va chiroyli ayol bir erkakni talab qilganida (zinoga chaqirganida) men bu ishni qilishda Allohdan qo'rqaman, degan kishi;
6) yashirincha sadaqa qiladigan kishiki, hatto uning chap qo'li o'ng qo'li infoq qilganini bilmaydi;
7) yolg'iz holida ham Allohni zikr etib, ko'zlari namlangan kishi».

Muttafaqun alayh.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍2
Salavot aytishning fazilati
🌙 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Jumaga o'tar kecha va juma kunduzi menga salavot aytishni ko'paytiringlar, chunki salavotlaringiz menga ko'rsatiladi",–deganlar.

Ulamolar aytadilar: "Kim qalbi shod, gunohlari mag'firat, g'am-tashvishlardan xalos bo'lishni istasa, payshanba kunining shom vaqtidan boshlab juma kunining shom paytigacha bo'lgan fursatlarda Rasululloh alayhissalomga salavot aytishni ko'paytirsin".

Allohumma solli va sallim va barik 'ala Sayyidina Muhammad

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oila tinchligi – jamiyat tinchligi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Juma Rasulullox sollallohu alay- hi vasallamga nozil qilindi.
Uni Jabroil alayhissalom olib tushdilar. O'shanda Jabroil alayhissalomning qo'llarida o'rtasida qora nuqtasi bor oppoq oyna bor edi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ey Jabroil, bu nima?» — deb so'radilar. Jabroil alayhissalom: «Bu juma, Alloh taolo buni Sizga va sizdan keyingi ummatlaringizga bayram qilib tushirdi. Unda Siz va ummatlaringiz uchun yaxshiliklar bor. Siz hafta kunlarining avvalgi kunini bayram qilasiz. YAhudiylar va nasroniylar esa Sizdan keyin bayram qilishadi. Unda duolar ijobat bo'ladigan bir vaqt bor. Banda o'sha vaqtda duo qilib, Robbidan nima yaxshilik so'rasa, o'sha yaxshilik uning nasibasida bor bo'lsa, Alloh taolo u yaxshilikni beradi. Qanday yomonlikdan panoh so'rasa, Alloh taolo u yomonlikni va undan kattarog'ini ham undan qaytaradi. Bizlar juma kunini «yavmul mazid» (savoblari bisyor beriladigan kun) deb ataymiz», - deb javob berdi».
Tabaroniy rivoyat qilgan.

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
DUONING HAM QANOTI BOR

«Duoning arkonlari, qanotlari, sabablari va vaqtlari bor. Agar u arkonlariga muvofiq kelsa, kuchli bo'ladi. Qanotlariga muvofiq kelsa, osmonda parvoz qiladi. Vaqtlariga muvofiq kelsa, muvaffaqiyatli bo'ladi. Agar u sabablariga muvofiq kelsa, yutuq keltiradi. Uning arkonlari – qalb hozirligi, yumshoqlik, kishi o'zini xor tutishi, ko'ngilni Allohga bog'lab, barcha sabablardan uzilishdir. Qanotlari esa rostgo'ylikdir. Vaqtlari sahar chog'laridir. Sabablari – Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga salavot yo'llashdir».

Ibn Atoulloh Sakandariy

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ilm talab qiling beshikdan to qabrgacha.

«Hazrati Ali» jome' masjidi imom-xatibi, ustoz Salohiddin domla Sharipov

Manba: @islohuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
NUR USTIGA NUR

Biz Rabbisi nur bo'lgan ummatmiz: “Alloh osmonlar va yerning nuridir”, Nur surasi, 35 -oyat.

U zotning Nabiyyi nurdirlar: “Batahqiq, sizlarga Allohdan nur va ochiq-oydin Kitob keldi”, Moida surasi, 15-oyat.

U Zotning Kitobi nurdir: “Bas, Allohga, Uning Rasuliga va Biz nozil qilgan nurga iymon keltiringlar”, Tag'obun surasi, 8 - oyat.
SHunday ekan, biz qanday qilib zulmat yashashimiz mumkin?

“(Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni O'z nuriga hidoyat qilur”, Nur surasi, 25-oyat.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/07/10 21:19:25
Back to Top
HTML Embed Code: