Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
8903 - Telegram Web
Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 САВОБЛИ АМАЛЛАРНИ КЎПАЙТИРАЙЛИК
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
DARVESHNING MUHABBATI

Bir darveshdan: “Siz kimni pastkash, nafratga loyiq deb hisoblaysiz”, - deb so'rabdilar. Darvesh javob beribdi: Xudoga qo'rqqanidan yoki biron narsa undirish umidida ibodat qiluvchilarni.
- Sen o'zing nima uchun ibodat qilursan, - deb so'rabdilar.
- Mening taqvoyim mening Unga, Uning esa menga muhabbatimizga asoslanadi, - deb javob bergan ekan darvesh.

Alisher Navoiy

Manba @mehrob_uz
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarz olishdan ehtiyot bo‘ling!

Shayx Alijon qori


Manba: @Alquranuz
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob

😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР

✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
1. Китоб нархи 600 сом 🇰🇬
2. Қирғизистонда китоб дўконларида бор ва етказиб бериш хизмати билан.
3. Россияга етказиб бериш муддати 1 ҳафта. 🇷🇺
4. Ўзбекистонда айни дамда йўқ, тез кунларда бўлади. Тегишли ҳужжатлар топширилган. 🇺🇿

Қирғизистонда мурожаат қилиш учун шу рақамларга боғланасизлар.
+996553444436
+996558000005

Изоҳларга ҳам жавоб беришга ҳаракат қиляпмиз.

Китоб телеграм канали: @kitobabdullohdomla
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

19. al –Fattoh

Ma'nosi:
"Al-Fattoh" ismining ma'nosi ko'plab narsalarni ochuvchi, O'z rahmati xazinasini bandalarga ochuvchidir.

Gohida inson qarshisida rizq eshiklari yopilib qolib, eshikni har qancha taqillatmasin, yopiqligicha turaveradi. Ana shu paytda Alloh taolo mo'min bandalariga halol rizq eshigini ochadi, chunki u Zot al‑Fattoh, ya'ni Ochuvchidir.

«Allohga tavakkul qil. Albatta, sen ochiq-oydin haqdadirsan» (Naml surasi, 79‑oyat).

Mushrik odamning, mo'min bo'lmagan yoki iymoni zaif kishining hayoti parchalangan holatdadir. CHunki u mudom rahbarlarni, o'zi qaram bo'lgan odamlarni rozi qilishga harakat qiladi. Oilada esa xotinini rozi qilish harakatida bo'ladi. Ammo ishxonadagilarni rozi qilaman desa, xotini norozi bo'ladi. Xotinini rozi qilay desa, ishdagilar norozi bo'ladi. Qarindoshi nomashru' maishatga taklif qilsa, boraman desa Allohning g'azabini keltiradi. Bormasa, qarindoshining g'azabiga uchraydi. Qo'yingki, g'ayrimusulmonning hayoti butkul ana shunday iztirobda o'tadi. Mo'min kishi esa Allohning al‑Fattoh ismini yaxshi anglab, barcha muammolarning eshigini faqat U Zot ochishini bilgach, faqat U Zotning roziligiga erishishga intilib, rohat-farog'atda yashaydi.

Mashhur hadisi qudsiyda Alloh taolo dunyoga shunday deydi: «Kim Menga xizmat qilsa, sen unga xizmat qilgin. Kim senga xizmat qilsa, uni ishlatgin».

Insonning ushbu ismga aloqalaridan yana biri bandalar uchun xayr‑yaxshilik eshigini ochishdir. Demak, inson qo'li ochiq bo'lishi kerak, xasis, ziqna bo'lmasligi kerak.

Bu ilohiy rishtaning yana bir ko'rinishi – Alloh qalbimizga ilm eshigini ochishi uchun jiddu‑jahd qilishimizdir.

Manba @Zufar_Domla
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Masjidga borib namoz o'qimanglar.
Nega?! Tafakkur qilishni o‘rganamiz darsidan...Batafsil videoda bilib oling!


Manba: @Zufar_Domla
1
#Qurbonlikka_oid_masalalar

1-MASALA: “Qurbonlik kunlarida boy, muqim, musulmon, hur-ozod bo'lgan har bir kishiga qurbonlik qilish vojibdir” (“Muxtasarul Quduriy” kitobi). Qurbonlikni vojib qiladigan boylik – kundalik hayot uchun zarur narsalaridan tashqari 85 gramm tilla yoki uning qiymatidagi mol-mulkka ega bo'lishdir.

Manba @diniysavollar
#Qurbonlikka_oid_masalalar

2-MASALA: Qurbonlikning hukmi – bu dunyoda vojibni ado etish va oxiratda Alloh taoloning fazli bilan ulkan ajru-savoblarga ega bo'lishdir (“G'iyosiyya”). Qurbonlik, agar barcha shartlari topilsa, erkakka ham, ayolga ham vojibdir (“Badoe'”).

Manba @diniysavollar
#Qurbonlikka_oid_masalalar

3-MASALA: Qurbonlik uchun qo'y, echki, qoramol yoki tuya so'yiladi. Qo'y va echkini bir kishi, qoramol va tuyani bir kishidan toki yetti kishigacha qurbonlik qila oladi.

Manba @diniysavollar
#Qurbonlikka_oid_masalalar

4-MASALA: SHoxsiz qo'yni qurbonlik qilish durust. SHoxining bir qismi singan qo'yni ham qurbonlik qilishga ruxsat berilgan. Ammo shoxi tag-tubidan singan bo'lsa, qurbonlikka yaramaydi. Majnun (jinni) qo'y ayni paytda yem-xashak yeb turgan bo'lsa, qurbonlik qilish joiz.
Qo'tir qo'yni qurbonlikka so'yish uchun qo'tirlik go'shtga o'tmagan va ayni paytda yem-xashak yeb turgan bo'lishi shart. Aks holda u qo'y qurbonlikka o'tmaydi (“Fatovoi Olamgiriyya” kitobi).

Manba @diniysavollar
1
#Qurbonlikka_oid_masalalar

5-MASALA: “Ikki ko'zi ko'r yoki bir ko'zi ko'r hayvonni qurbonlik uchun so'yilmaydi” (“Muxtasarul Quduriy” kitobi). Tuya, qoramol, qo'y va echkilarning erkagi ham, urg'ochisi ham, bichilgani ham, bichilmagani ham qurbonlik uchun so'yilsa, joiz bo'laveradi (“Al-Hidoya” va “Al-Fatovo Olamgiriyya” kitoblari). Ozg'in qo'y so'yadigan joygacha yurib bora olsa, qurbonlikka yaraydi. YUrib bora olmasa, qurbonlikka so'yilmaydi.

Manba @diniysavollar
1
#Qurbonlikka_oid_masalalar

6-MASALA: Qurbonlik vojib bo'lishi uchun qurbonlik kunlarining barchasida boy bo'lishi shart qilinmaydi, balki ushbu kunlarning avvalida kambag'al bo'lgan kishi oxirgi kunida boyga aylansa ham, unga qurbonlik vojib bo'ladi (“Fatovoi Olamgiriyya” kitobi).

Manba @diniysavollar
#Qurbonlikka_oid_masalalar

7-MASALA: Nonvoyning oldida zakot nisobi (85 gram tilla yoki uning) qiymaticha bug'doy yoki un yoki tuzi bo'lsa, unga qurbonlik qilish vojibdir. Ijara evaziga odamlarni kirlarini yuvib beruvchi kishi (qassor)ning huzurida zakot nisobi miqdoricha sovun yoki ishqor mavjud bo'lsa, unga ham qurbonlik vojib bo'ladi (“Muhiytul Burhoniy” kitobi).

Manba @diniysavollar
#Qurbonlikka_oid_masalalar

8-MASALA: Boy odamning balog'atga yetgan farzandlari zakot berishga qodir bo'lmasalar, ularga qurbonlik vojib bo'lmaydi. Balog'atga yetmagan yosh bolaning boyligi zakot nisobiga yetsa, uning molidan otasi qurbonlik qilishi vojib bo'ladi (“Hidoya” kitobi).

Manba @diniysavollar
#Qurbonlikka_oid_masalalar

9-MASALA: Yetim bolaning moli nisobga yetsa, uning molidan vasiysi* qurbonlik qiladi. Ammo yosh bolaning molidan qurbonlik qilinganida, uning go'shtini sadaqa qilinmaydi. Balki zaxira qilib olib qo'yiladi va mazkur bolaning o'ziga yediriladi. Agar zaxira qilib olib qo'yishning imkoni bo'lmasa, u holda sotib, puliga ayni o'zidan foydalansa bo'ladigan qozon kabi idishlarga almashtirib, ularni saqlab qo'yiladi.

* vasiy – yetimning molu mulkini saqlab, voyaga yetganda o'ziga topshirishga mas'ul bo'lgan shaxs. Vasiy yetimning onasi, bobosi, amakisi yoki biror diyonatli kishi bo'lishi mumkin.

Manba @diniysavollar
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarga amal qilishimizni buyuradilar:

- Doimo toza ovqatlarni yeng.
- Juda issiq va juda sovuq yemang.
- Ko'p chaynab, sekin yeng.
- Ovqatdan oldin va keyin qo'llaringizni yuving.
- Doimo ovqatdan ishtahali bo'lib turing, ko'p yemang.
- Ovqat yeyish davomida ko'p suv ichmang.
- Qishda biroz ko'proq yog'li ovqatlar, yozda esa yengilroq ovqatlar va ko'katlardan yeng.
- Ovqatlaringizdan xurmoni kam etmang.
- Uzum, xurmo va zaytun. Allohga shukur etmoq uchun sizga sihat va quvvat beradi.
- CHarchagan vaqtingizda shirinliklarni yeng.
- Siniq kosalarda ovqat yemang, bunday idishda suv ham ichmang.
- Ovqatlanayotganda doimo yaxshi kayfiyatda bo'ling, yolg'iz ovqat yemang.
- Doimo ovqatdan so'ng duo o'qib, shukr qiling.
- Har oyda bir kun ro'za tutingki, vujudingiz dam olsin.
- Asal yeb turing, u ming dardga davodir.

«Ilohiy mo''jizalar» kitobidan

Manba @mehrob_uz
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zikr nima?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz
👍2
2025/07/13 22:39:40
Back to Top
HTML Embed Code: