Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
9021 - Telegram Web
Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob

😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР

✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Imom SHofeiy rahimahulloh: “Sizlardan biringiz kasod (bankrot) bo'lishdan cho'chimasin. Men uch marotaba butunlay kasod bo'lganman. So'ngra esa (rizqda, tijoratda) yengillik berilgan”, dedi.

Bayhaqiyning “Manoqibi SHofeiy” asaridan.

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustozsizlik - musibatimiz

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob

😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР

✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Agar balo seni Allohga yaqinlashtirmas ekan, u balodan ham ulkan musibatdir. Ba'zilar biron musibat baloga yo'liqsalar: “Butun dunyo (g'ami tashvishi) ustimga quladi”, deydi... U miskin fahmlamaydiki, balo-musibatlar anbiyolar va solihlar ustiga darajalarini ko'tarish uchun tushgan. Osiylarning ustiga balolar Allohga qaytishlari uchun tushadi. Sen U zotga qaytishing va haromlardan uzoq bo'lishing uchun balolasan, sinalasan. Robbingni senga yuborgan risolasi, xabarini asl ma'nisin anglagin.

Majid Zakiy.

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 ҲАҚИҚИЙ ҲОЖИ ИБРАТ БЎЛАДИ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Sadaqaning siz bilmagan besh foydasi

1. Baloni daf qiladi. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, sadaqa Robbning g'azabini o'chiradi va yomon o'limni daf qiladi», dedilar». (Ibn Hibbon rivoyati).

2. Gunoh va xatolarga kafforot bo'ladi. Ikrimadan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhoga: “...CHunki u och qolganni to'ydiradi va xuddi suv olovni o'chirgandek, xatoni o'chiradi», dedilar». (Termiziy rivoyati).

3. Banda u bilan do'zax azobidan saqlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Hatto bir dona xurmo bo'lagi bilan bo'lsada, do'zaxdan saqlaning”, dedilar. (Muttafaqun alayh).

4. Mol-dunyoni muhofaza qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mollaringizni zakot bilan o'rab, himoyalanglar”, dedilar. (Tabaroniy rivoyati).

5. Bemorlarga davo bo'ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bemorlaringizni sadaqa bilan davolanglar”, dedilar. (Bayhaqiyning sunanidagi rivoyat).

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Tahajjud namozi insonning jismi uchun ham sihat-salomatlikdir.

Imom Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kechasi bedor bo'lishga odatlaninglar, chunki sizlardan oldingi solih zotlarning odati shunday edi. Bu amal sizlarni Robbingizga yaqinlashtiradi, gunohlarning kechirilishiga sabab bo'ladi, ma'siyatlardan to'sadi va jismga biror kasallik yetishining oldini oladi (ya'ni har qanday kasallikni ketkazadi)».

“Eng sharafli ummat” kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
4🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

📹 ФАРИШТАЛАР СИЗ БИЛАН САЛОМЛАШГАН БЎЛАРДИ...
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari.

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

24. ar-Rofi'

Ma'nosi:
Ko'taruvchi.
Misol uchun, mo'min va taqvodorlarning martabasini azizu mukarram qilib ko'taradi.

Alloh taolo qaysi bir bandaga ar‑Rofe' ismidagi nur bilan tajalliy qilsa, ushbu nur o'sha mo'minni oliy maqomlarga yuksaltiradi. Alloh taolo qaysi bir bandaga ar‑Rofe' ismidagi nur bilan tajalliy qilsa, u go'yoki yulduzga aylanadi. Ushbu nurga musharraf bo'lgan inson odamlarning qo'liga qaramaydi, chunki uning himmati Alloh taoloning huzuridagi narsaga qaratilgan bo'ladi.

Allohga itoatkor va muxlis bo'lgan har bir mo'min ar‑Rofe' ismidan bir nasibaga, bir fazilatga erishadi. SHuningdek, Payg'ambar alayhissalomga xos bo'lgan darajalardan ham biroz nasibador bo'ladi. Ba'zi ulamolar: «Har bir ixlosli va itoatkor mo'min Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilib, u zotning sunnatlariga ergashsa, u zot musharraf bo'lgan baland darajotlarning ba'zisiga musharraf bo'ladi», deyishgan.

Solih amal qiluvchi zotlar, sodiq va muxlis ulamolar bu kabi martabalarga erishganiga islom tarixi guvohdir.

Ushbu ism bilan quyidagicha duo qilish ham mumkin:

«Allohim! Ar‑Rofe' isming bilan tajalliy qilding, u sababli anbiyo va avliyolaring qadrini yuksaltirding, anbiyolaringga mo''jiza, avliyolaringga karomat berding, ularning sha'nini qalblarda ulug'lading, ularning ishlarini huzuringda maqbul deb bilding, ruhlarini yuksaklarga ko'tarding, ularni O'zingdan boshqaga ko'z tikmaydigan himmat bilan siylading! Endi biz ojiz bandalaringga ham Ar‑Rofe' ismingdagi nurdan nasibador qilgin, toki bizning ham sha'nimiz yuksalsin!»

Manba @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#asl_mohiyat

⚡️Ҳижрат қилишга асос борми? | 3-қисм

🎙Ёрбек домла Исломов

Manba @AhliSunnaValJamoaUz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

📹 ШАРЪИЙ МАСЪУЛИЯТ СИЗНИНГ ЗИММАНГИЗДА
Қиз фарзанди борлар нолиманг
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🌙 HIJRIY ​YANGI YILINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

2025 yilning 26 iyun kuni – yangi 1447 hijriy yil – Muharram oyi boshlanishining 1 kunidir. Ashuro kuni 2025 yilning 5 iyul, shanba kuniga to'g'ri keladi.

🌙 Muharram oyi qanday oy?
Muharram oyi – musulmonlar taqvimining birinchi oyidir. Bu oy Alloh taolo urush, qon to'kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa'da, Muharram, Rajab) to'rt oyning biri bo'lib, uning o'ninchi kuni ya'ni, ashuro kuni alohida fazilatlarga ega.

Ashuro qanday kun?
Bu kun haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. SHu bois Muso alayhissalom bu kunda ro'za tutgan. Men Musoga ko'proq (yaqin bo'lishga) haqliroqman”, dedilar va u kunda ro'za tutib, odamlarni ham uning ro'zasini tutishga buyurdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

🌘Ashuro kuni ro'za tutish o'tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo'ladi.
Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining ro'zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo'ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

🗣 Bu kun yaqinlarga kengchilik qilish, bir yillik kengchilikka sabab bo'ladi.
Abu Sa'd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo'yi kenglik yaratadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko'rdim”, deganlar.

📿 Ashuro kunini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday o'tkazardilar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kunni o'tkazib yubormaslik uchun qattiq harakat qilardilar, uning savobiga erishish uchun bu kunning kelishini intiqlik bilan kutardilar. Bu haqda Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ashuro kuni ro'zasini Ramazon oyi ro'zasini kutib sog'ingandek, boshqa kun va oy ro'zasini kutganlarini ko'rmadim” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro'zasini tutib, odamlarni ham bu kunning ro'zasini tutishga buyurganlarida, sahobalar: “YO, Rasululloh! Bu kun yahudiy va nasroniylar ulug'laydigan kun-ku!” deyishdi. SHunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh xohlasa kelasi yil to'qqizinchi kuni ham tutamiz”, dedilar. Ammo, kelasi yil kelmasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar (Imom Muslim rivoyati).

🌙 Ulamolarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu niyatlariga e'tiboran, Ashuro kuniga qo'shib bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro'za tutmoq afzal deydilar.

🤲 Alloh taolo ushbu oyning fazilatlaridan barcha mo'min-musulmonlarni to'liq bahramand etsin. O'zining roziligini topadigan amallarda bardavom qilsin.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Manba: @muslimuzportal

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2
Imom Moturidiy o'gitlari

“Dushmaningiz bilan inoqlashgan do'stdan qo'rqing”.
* * *
“Intizomsiz lashkar – lashkar emas”.
* * *
“Qo'rqinchni o'limdan battar biling”.
* * *
“O'zingizga hamjins va hammaslak do'st tanlang”.
* * *
“Hasadgo'y do'stdan parhez qiling”.
* * *
“Sinalmagan odam bilan safarga chiqmang”.
* * *
“Birovning moliga muhtoj ekansiz, bilingki, uning qulisiz”.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Видео

Жаннатда неча ёшда бўламиз?

Шайх Муҳаммад Муҳиддин Мансур

Manba: @MuhammadDomla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

📹 АЛЛОҲДАН ШУ ИККИ НАРСАНИ СЎРАНГ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1🥰1
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga asiralar olib kelindi. Asiralardan biri bolasini qidirar, biror go'dakni ko'rsa, uni bag'riga bosib, emizar edi. SHunda Nabiy alayhissalom bizga: "Nima deysizlar, mana shu ayol bolasini olovga tashlaydimi?" dedilar. Biz: "Yo'q! Allohga qasam (tashlamaydi)", dedik. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo bandalariga shu ayol bolasiga mehribon bo'lganidan ham mehribonroqdir", dedilar».

Muttafaqun alayh.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🥰3
2025/07/09 19:42:19
Back to Top
HTML Embed Code: