Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
8827 - Telegram Web
Telegram Web
#yangi_oy #hijriy
🌙 ZULQA'DA OYINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

📆 Milodiy 2025 yil 29 aprel – hijriy 1446 yil Zulqa'da oyining 1-kuniga to'g'ri keladi.

🤲 Nabiy alayhissalom yangi oy kirganida bunday duo qilardilar:

اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ

🔹 O'qilishi: Allohumma ahillahu a'laynaa bil-yumni val-iymaani vas-salaamati val-Islaami. Robbiy va Robbukallohu.

🔹 Ma'nosi: Allohim, bu oyni bizga baraka va iymon, salomatlik va Islom oyi qilgin! Ey hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!".

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Manba: @muslimuzportal

http://www.tgoop.com/ilmnuriMediaBot siz izlagan maskan

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yo'lni sheryuraklar bosib o'tadi, qo'ylar emas !Batafsil videoda !

Manba: @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

12. al-Xoliq

Ma'nosi:
Asli va o'xshashi yo'q narsaning o'lchovini mos qilib yaratuvchi. Alloh maxluqlarni yaratishdan oldin ham Xoliq degan vasfga ega edi. U xaloyiqni xalq qilganidan keyin Xoliq ismini olgani yo'q. Xoliq mutlaq vujudga keltiruvchidir.

Alloh taolo har bir narsani aslidan yaratib, uning shakli, hajmi va vazifasini mukammal belgilab beruvchi zotdir. U zot maxluqotni yaratmasdan oldin ham Xoliq edi.

U Zot yaratgan har bir jon va jismni bekorga yaratmadi. Biz bandalarini yaratishida ham buyuk hikmat va maqsadi bor. Uni toping, va xayotingizga ma'no kiriting.

Manba @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍21🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

📹 АЛЛОҲГА СУЯНГАН БАНДА ЙИҚИЛМАЙДИ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshilik uchta shart bilan mukammal bo’ladi.

«Hazrati Ali» jome' masjidi imom xatibi fazilatli ustoz Salohiddin domla Abdulg‘affor o‘g‘li

Manba @islohuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

13. al-Bori'

Ma'nosi:
Yo'qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi. Al-Bori'ning vujudga keltirishida tafovut yo'qdir.

Bu ismni to'g'ri anglab yetish insonni Allohning beqiyos qudratiga tan berishiga, Uning yaratishidagi mukammallikni mushohada qilib, shukronalik va tavoze' hissida yashashga undaydi.

Manba @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Бир мазҳабга эргашиш вожиб

Устоз Ҳабибуллоҳ домла Абдулғаффор

Manba: @AhliSunnaValJamoaUz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

📹 ДУНЁ - ОХИРАТ ЭКИНЗОРИ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#tabrik #juma
🕌 JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

📿 Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam juma kunini zikr qilar ekanlar, shunday dedilar: "u kunda bir vaqt bor, musulmon banda o'sha vaqtga muvofiq kelib qolsa, Allohdan so'ragan narsasini albatta beradi" (Muttafaqun alayhi).

🤲Ulamolar o'sha vaqt haqida turli fikrlarni bildirganlar. SHularning orasini eng kuchlisi:
- imom xutba uchun minbarga chiqqandan to namoz tugagunicha,
- asr namozidan keyin quyosh botgunicha.

🌙 Allohumma solli va sallim va barik ala sayyidina Muhammad.

Manba: @muslimuzportal

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

14. al-Musavvir

Ma'nosi:
Mahluqotlarning suratini shakllantiruvchi, har bir narsaga o'ziga xos surat beruvchi.

Al-Musavvir — «Surat beruvchi», ya'ni har bir mavjudotga o'ziga xos qiyofa, ko'rinish va shakl beruvchi Zot. U zot har bir inson, hayvon, nabotot va hatto har bir hujayrani ham o'ziga xos tarzda yaratgan. Insonlarning barmoq izlari, yuz qiyofalari, ovozlari va hatto tafakkur tarzi ham bir-biriga o'xshamaydi.

Qur'oni karimda zikri:
«U Allohki, sizlarga surat(qiyofa) berdi, va surat(qiyofa)laringizni go'zal qildi»
(Tag'obun surasi, 3-oyat)

Manba @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ilm talab qiling beshikdan to qabrgacha.

«Hazrati Ali» jome' masjidi imom-xatibi, ustoz Salohiddin domla Sharipov

Manba @islohuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muridlarni istidroji haqida haqida bilarmidingiz? Batafsil videoda bilib oling!

Manba: @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

15. al-G'affor

Ma'nosi:
Ko'plab mag'firat qilib, bandalarning ayb va gunohlarini o'z fazli ila kechirib yuboruvchi.

U Zot bandalarining aybu gunohlarini ko'p-ko'p marotaba kechiruvchidir.

G'affor Zotga ishongan banda hech qachon umidsiz bo'lmaydi.

Manba @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahajjud nomozida sajdada hojatlarni so‘rab duo qilsa bo‘ladimi?

Shayx Alijon qori

Manba: @Alquranuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ТАФАККУР • Афандининг қиёмати!...

© Аброр Мухтор Алий

Manba: @AbrorMuxtorAliy

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍2
Duoning samarasi

Ahmad ibn Zahhokdan rivoyat qilinadi: «SHurayh ibn YUnusni tushimda ko'rib, «Ey Abul Xoris, Robbing senga qanday munosabatda bo'ldi?» dedim. U: «Robbim meni mag'firat qildi, gunohlarimni kechirdi va saroyimni Muhammad ibn Bashir ibn Ato Kindiyning qasri yonida qildi», dedi. «Ey Abul Xoris, sen biz uchun Muhammad ibn Bashirdan ulug'roqsan», dedim. U shunday dedi: «Yo'q, unday dema! Alloh taolo Muhammad ibn Bashirni barcha mo'min va mo'minalarning savoblaridan nasibador qildi, chunki u qachon Alloh taologa duo qilsa, «Allohim, barcha mo'min va mo'minalarni, muslim va muslimalarni va
ulardan bo'lganlarning gunohlarini kechirgin!» deb duo qilar edi».

“Solihlar gulshani”dan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1😢1
#xabar #haj2025
📢 RASMAN: “HAJ – 2025” MAVSUMI 13 MAY KUNIDAN BOSHLANADI!

✈️ O'zbekistondagi 2025 yilgi Haj mavsumi shu yil 13 maydan boshlanadi. 28 mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

🇺🇿 Ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to'g'ridan-to'g'ri uchadi.

🛫Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Haj tadbirlarini tashkil etish bo'yicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda:

🔎– Ziyoratchilar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi;

👤– Emlash ishlari olib borildi;

👤– Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;

💬 – Safar oldidan amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi;

📂– Hujjatlar rasmiylashtirildi.


🗣SHuningdek, har bir ziyoratchiga quyidagilar taqdim etilmoqda:

📖– "Haj – buyuk ibodatdir" qo'llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagich.

💬 Ayni paytda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan Haj amallari bo'yicha suhbatlar olib bormoqda.

⌨️ O'zbekiston musulmonlari idorasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida Haj amallari haqidagi suhbatlar, tavsiyalar va maqolalar taqdim etilmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Manba: @muslimuzportal

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍2🥰1
OLIMGA SHAFQAT QILING

«Pahlavonga rahmingiz kelsin, chunki u bir kuni kuchdan qolmog'i mumkin. Boyga ham rahmingiz kelsin, chunki uning boyligi ham mangu emas. Lekin ko'proq olimga shafqat qiling, u bechoraning umri nodonlar orasida xoru zorlikda o'tib ketmasin».

Imom Rabboniy

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
😢2🥰1
SOXTA SALAFIYLARNING AQLBOVOR QILMAS JOHILLIGI

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam "Kim meni ziyorat qilsa shafoatim vojib bo'ladi" dedilar. Bu hadisni Imom Subkiy rohimahulloh va boshqalar sahih deb e'tirof etgan.

Ammo Soxta salafiylar: Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni ziyorati uchun safar qilish harom dedilar.

Fatovo kubro kitobi 142-bet

Ma'rufxon Alohodjaev tarjimasi

Manba @AhliSunnaValJamoaUz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Jannat kafolati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga olti narsaning kafolatini beringlar, sizlarga jannatning kafolatini beraman», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, ular nimalar?» degan edim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Namoz, zakot, omonat, farj, qorin va til», dedilar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/07/14 10:44:10
Back to Top
HTML Embed Code: