Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
8948 - Telegram Web
Telegram Web
Taqvo uzun soqol, junli jubba, biron ish qilmay masjidda uzoq qolmoq, o'zingdan zohidni yasab olib, odamlarni senga beradigan sadaqasiga ko'z tutib o'tirish emas. Taqvo bulardan ko'ra balandroq, ulug'roq va oliyroqdir. Taqvo ilm va amalni o'zida jamlagandir. Ilm taqvodadir... Uni tushunibgina olish ishlaringizda foyda bermaydi. Balki, fahmlaganingdek uning taqozosiga ko'ra amal qilishdir.

SHayx Ahmad Kaftaru

Manba @AhliSunnaValJamoaUz
1
#Qurbonlikka_oid_masalalar

11-MASALA: Qurbonlikni bittadan ziyoda qilish mumkin. CHunki Rosululloh sollallohu alayhi vasallam har yili ikkita qo'chqorni qurbonlik qilar edilar. Hudaybiya sulhida yuzta tuyani qurbonlik qilganlar. Ikki qo'yni qurbonlik qilsa, har ikkisi ham qurbonlikdan sanaladi (“Muhiyti Saraxsiy”). Qurbonlikka qimmat bo'lsada, semiz va zohiriy aybu-nuqsonlardan xoli bo'lgan qo'yni so'yilishi lozim (“Al-Fatovo al-Kubro”).

Manba @diniysavollar
#Qurbonlikka_oid_masalalar

12-MASALA: Qurbonlikning vaqti uch kun: Zul-hijjaning o'ninchi, o'n birinchi va o'n ikkinchi kunlaridir. Eng afzali birinchi kuni qurbonlik qilish, so'ng ikkinchi, so'ng uchinchi kunidir. Agar qurbon hayitining kunida shak bo'lib qolsa, qurbonlikni uchinchi kunga kechiktirmaslik mustahabdir.

Manba @diniysavollar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

Муфтий ҳазрат ҳожиларга Президент саломини етказдилар

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Islom olamining avvali va oxirini bog'lab turuvchi ip.

Alloh madh qilgan toifa.

Manba: @Alquranuz
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob

😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР

✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar
Insonlarga xos xislat tufayli Jabroil alayhissalom Odam farzandi bo'lishni orzu qilgan.

O'sha yetti xislat quyidagilardir:

1. Jamoat bilan besh vaqt namoz o'qish;
2. Olimlar majlisida bo'lish;
3. Bemorni ziyorat qilish;
4. Janozada hozir bo'lish, janoza namozini o'qish va mayyitni dafn etish;
5. Suv ichirish;
6. Ikki kishini yarashtirish;
7. Qo'shni va yetimni hurmatlash;

"Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hazrati Ali roziyallohu anhuga nasihatlari" kitobidan.

Manba @mehrob_uz
1👏1😢1🤩1
🌙 BU YILGI TAKBIR TASHRIQ AYTISH KUNLARI QAYSI KUNLARGA TO'G'RI KELADI?

اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد

O'qilishi: Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillaahil hamd.

Ma'nosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan o'zga iloh yo'qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir.

🗣 Takbiri tashriq 5 iyun bomdod namozidan boshlab hayitning to'rtinchi kuni, ya'ni 9 iyun asr namoziga qadar aytiladi:
•  5 iyun — 5 mahal
•  6 iyun — 5 mahal
•  7 iyun — 5 mahal
•  8 iyun — 5 mahal
•  9 iyun — 3 mahal

🟢Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.

💬 Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg'iz o'qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.

💬 Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

🕌 Namozga kechikib qo'shilgan kishi ham namozini to'liq o'qib bo'lganidan keyin takbiri tashriqni aytadi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Manba: @muslimuzportal
QURBONLIK HIKMATLARI

Qurbonlik qilish ibodatida ko'plab hikmatlar bo'lib, ularning ayrimlari quyidagilardir:

1. Qurbonlik qilish banda uchun o'ziga berilgan hayot ne'mati va boshqa ko'plab son-sanoqsiz ne'matlarga shukronalik ifodasi bo'ladi;

2. Ibrohim alayhissalom va Ismoil alayhissalomlarning Alloh taoloning buyruqlariga bo'yin egishdagi sabru-toqatlari va fidokorliklarini hamda Alloh yo'lidagi fidokorlik qanday taqdirlanishini yodga soladi;

3. Qalbdagi Alloh taologa bo'lgan muhabbatni nafsu havo istaklaridan muqaddam qo'yishga o'rgatadi;

4. Gunohlarga kafforot bo'ladi;

5. Ahli oilasiga va boshqalarga kengchilik qilishga sabab bo'ladi.

Qurbonlik so'yish ya'ni, bir jonivorning qonini oqizish qanday qilib ne'matlarga shukronalikni ifodalaydi, degan savolga ulamolar shunday javob berganlar: ma'lumki, banda o'ziga berilgan ne'matlarning shukrini keltirishi lozim. Ne'matlarga shukr qilish esa shu ne'matlarni ato qiluvchi Zotni ulug'lash va Uning ko'rsatmalariga muvofiq sarflash bilan bo'ladi. SHunga ko'ra, qurbonlik so'yish ikki jihatdan ne'matlarga shukronalik ifodasi hisoblanadi:

1. Qurbonlik so'yish tufayli ahli oilasiga, qavmu-qarindoshu, qo'ni-qo'shnilarga serobchilik qilinadi, kambag'al beva-bechoralarga sadaqalar qilinadi. Bu ishlar esa banda uchun Alloh taoloning bergan ne'matlaridan shodu xursand bo'lib yashayotganini izhor qilish hisoblanadi. Zero, Qur'oni karimda bandalar o'zlariga berilgan ne'matlar haqida so'zlashlari lozimligi aytilgan:
“Va ammo Robbingning bergan ne'mati haqida so'zla” (Zuho surasi, 11-oyat).

Qurbonlik qilish tufayli banda o'ziga berilgan ne'matlarni “so'zlayotgan” bo'ladi. SHuning uchun qurbonlikka aybu nuqsonlardan salomat bo'lgan eng yaxshi hayvon tanlanadi.

2. Qurbonlik so'yish Alloh taoloning bergan xabarini tasdiqlash hisoblanadi. YA'ni Alloh taolo chorva hayvonlarini insonlar manfaatlanishlari uchun yaratgan va ularni so'yib tanovul qilishlariga ruxsat bergan:
“Va chorvalardan hammollarini va (so'ygani) yerga yotqiziladiganlarini paydo qildi. Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan yenglar” (An'om surasi, 142-oyat).

Demak, qurbonlik qiluvchi mo'min Alloh taolo unga rizq qilib bergan narsani shukronalik bilan tanovul qilayotgan va Allohning bergan xabarini amali bilan tasdiqlayotgan bo'ladi.

SHuning uchun qurbonlik qiluvchi mo'min hayvonni bo'g'izlab so'yib tashlaydigan "shafqatsiz” kishi emas, balki o'zini ham, shu hayvonni ham yaratgan hamda bu jonivorni o'ziga rizq qilib bergan Zotning xabarini tasdiqlayotgan, jonivorlarga aziyat berishdan qat'iy saqlanadigan, hatto so'yiladigan hayvonning yonida pichoq qayrashni ham joiz deb bilmaydigan eng mehr shafqatli banda hisoblanadi.

"Dinimiz ahkomlari" kitobidan.

Manba @mehrob_uz

Bizni kuzatib boring🔻
  https://www.tgoop.com/joinchat-AAAAAExD1GUGzniajaFecw

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
#Qurbonlikka_oid_masalalar

13-MASALA: Bir kishi o'z nomidan qurbonlik qilishga vasiyat qilgan, ammo qo'y yoki mol yoki tuya so'yishni ta'yin qilmagan bo'lsa, uning nomidan bir qo'yni qurbonlik qilinadi va uning hammasini sadaqa qilinadi.
Ammo bir kishi o'z nomidan qurbonlik qilishga boshqasini vakil qilsa, lekin qanday hayvonligini ta'yin qilmasa, u holda uning nomidan qurbonlik qilish joiz bo'lmaydi. YA'ni mazkur holatda vakil qiluvchidan so'rab, u aytgan hayvonni so'yishi lozim bo'ladi (“Badoe'”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
G'aflatda qolmang! Ertaga arafa

ARAFA KUNINING RO'ZASI

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Arafa kunining ro'zasi ming kunning ro'zasi kabidir», dedilar» Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Arafa kunining ro'zasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga...» dedilar». Bayhaqiy, Nasaiy, Tabaroniy va boshqalar rivoyat qilgan.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Arafa kunining ro'zasi sababli Alloh taolo undan oldingi bir yil va undan keyingi bir yilni kafforat qilishini umid qilaman», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan.

Masala: Zulhijjaning to'qqizinchisi, ya'ni arafa kuni ro'za tutish ulkan savoblarga sabab bo'ladi. Uning sharofatidan bir yil oldingi va bir yil keyingi gunohlar kechiriladi. Agar zulhijja oyining dastlabki kunlaridan to to'qqizinchi kuniga qadar ro'za tutilsa, nur ustiga nur bo'ladi.

Foyda: Zulhijjaning o'ninchi kunidan o'n uchinchi kunigacha, ya'ni to'rt kun ro'za tutish harom. SHu bois dastlabki to'qqiz kunda ro'za tutish fazilatli.

“Qurbonlik, so'yishlar va aqiqaga oid masalalar” kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2
☪️Arafa kunidagi eng ojiz banda kim?
Abdulloh ibn Muborak rahimahulloh aytadilar:
“Arafa oqshomida Sufyon Savriyning huzurlariga keldim. Qarasam, u kishi cho'kkan holda, ko'zlari yoshga to'lgan edi.
Menga qaradilar. SHunda so'radim:
— Bugungi kunning eng ojiz bandasi kim, deb o'ylaysiz?
U zot javob berdilar:
— Alloh gunohlarimni kechirmaydi, deb o'ylagan odam.”

📘 Ibn Javziy — “Latoiful ma'orif”

🕋 Arafa kuni: 5-iyun, payshanba

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar

14-MASALA: Qo'tos qora molning bir turi bo'lgani uchun, uni ham qurbonlik qilish joizdir. Yirtqichlarni qurbonlik qilish joiz bo'lmaydi. Agar bir hayvon yovvoyi va xonaki hayvonlardan tug'ilgan bo'lsa, onasiga qaraladi. Agar onasi xonaki bo'lsa, xonakini hukmida bo'ladi. Aks holda yovvoyi hisoblanadi va uni qurbonlik qilish joiz emas.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK HAYVONLARINING YOSHI...

15-MASALA: Qo'y olti oyga to'lgan va semiz bo'lsa, ya'ni bir yoshli qo'ylarni ichida kichikligi bilinmaydigan darajada katta bo'lsa, qurbonlik qilish joizdir. Echki o'n ikki oyga to'lgan bo'lsa, bir yoshga kirgan bo'ladi va uni qurbonlik qilish joiz. Ammo undan kichigi qurbonlikka yaramaydi. Qora mol ikki yoshga to'lgan bo'lsa, ya'ni yigirma to'rt oyga to'lgan bo'lsagina qurbonlik qilishga yaroqli bo'ladi. Undan kichigini semiz bo'lsa ham, qurbonlik qilish joiz bo'lmaydi. Tuya besh yoshga to'lgan bo'lsagina, qurbonlik qilish mumkin. Undan kichigini bo'taloq deyiladi va uni qurbonlik qilib bo'lmaydi.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK HAYVONIDAGI KAMCHILIKLAR

16-MASALA: Qurbonlikka so'yiladigan hayvonning dumi yoki dumbasining uchdan biridan ko'prog'i kesilgan bo'lsa yoki tug'ma quloqsiz bo'lsa ham qurbonlik qilish joiz bo'lmaydi. Ammo quloqlari tug'ma kichik bo'lsa, qurbonlik qilish joizdir. Bitta qulog'i yo'q bo'lsa, yoki kesilgan bo'lsa, uni qurbonlik qilib bo'lmaydi.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
YOLG'ON MUHABBATNING DA'VOLARI

SHu o'rinda quyidagi hikoyani keltirish o'rinli bo'ladi:

Bir yo'lovchi bir qishloqda nihoyatda parishon, rangi ro'yi bir ahvolda, yig'lab o'tirgan kishini ko'rdi. Uning yonida bir xalta to'la non bor edi.
– Nega yig'layapsiz? – deb so'radi yo'lovchi.
– Itim o'lyapti, – dedi u kishi.
– Xaltadagi nima? – dedi yo'lovchi.
– Non, – dedi haligi kishi.
– U holda nima uchun nondan itingizga ham bermayapsiz? – dedi yo'lovchi.
– Itga non beradigan darajada muhabbatim yo'q. Bu nonlarni olish uchun qancha pul sarflaganman. Faqat ko'z yosh to'kishga yetarli muhabbatim bor, chunki bu tekin-da! – dedi u kishi.

Ba'zi kishilarning «muhabbatim bor», deb da'vo qilishlari yuqoridagi voqeaga o'xshaydi. Qachon sarf-xarajat qilish kerak bo'lsa, muhabbatdan asorat qolmaydi. Vaholanki, qurbonlik qilish aslida xarajat emas. Uning zarrasi ham kishining qo'lidan behuda chiqib ketmaydi. Sadaqot va yaxshilik uchun sarflangan mablag' bekordan bekorga yo'q bo'lmaydi. SHuningdek, qurbonlik go'shtini tarqatish ham zarur emas. Bu amal ixtiyoriy bo'lib, xohlasa taqsimlaydi, xohlasa o'zi iste'mol qiladi. Faqat qurbonlik go'shtini sotish mumkin emas. Go'shtning hammasini o'zida olib qolsa ham qurbonlikning savobi yetaveradi.

«Ularning go'shtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir» (Haj surasi, 37-oyat).

"Qurbonlik so'yishlar va aqiqaga oid masalalar" kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Himmat 700+ dasturi ishonchlimi?

Assalomu alaykum! Avvalambor javob uchun oldindan tashakkur. Vaqtingizni biz uchun ajratganingiz uchun Alloh rozi bo'lsin. Himmat 700+ dasturi Zufarjon SHosalimov tomonidan olib borilmoqda. Bu dastur katta qamrovdagi ayollarni o'z ichiga olgan. U kishi hozir Turkiyada. Biz O'zbekistonda. Rasmiy bo'lmagan kanal va rasmiy bo'lmagan guruhlarda ayollar ta'lim olishi to'g'rimi? YA'ni ishonchlimi bu? Davlat yoki ishonchi ulamolar tomonidang katta mojarolarga uchrab qolish xavfi bo'lishi mumkinmi?

JAVOB:

– Va alaykum assalom!

OGOHLANTIRUV!

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Alloh taologa hamdu sanolar va Rasulimiz Muhammad Mustafoga salomu salavotlar bo'lsin!
«Zikr ahlidan so'rang» savollar bo'limiga Zufarjon SHosalimov haqida ko'plab savollar kelib tushmoqda. Ularning ayrimlariga qisqacha javob bergan bo'lsak ham, yana savollar to'xtamayotgani e'tiboridan ushbu ogohlantiruvni berishni ma'qul ko'rdik.
Zufarjon SHosalimovning SHayx Muhammad Sodiq Muhammmad YUsuf Hazratlariga shogird bo'lib bir muddat ta'lim olgani rost. U kishi bir necha yil Imom Buxoriy nomidagi islom institutida ham dars bergan. Biroq u kishining bugungi kundagi faoliyati, xususan, savollarda ko'rsatilayotgan kanallarda tarqatayotgan ma'lumotlarining SHayx Hazratlari va u kishidan olgan ta'limiga aslo aloqasi yo'q.
Zufarjon SHosalimovda so'ngi yillarda boshqa manbalardan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni Islom ta'limotlari bilan bog'lashga urinish oqibatida ahli sunna ulamolarining, jumladan, SHayx Hazratlarining manhajlaridan chetlanish kuzatilmoqda. Ayniqsa, ayrim oyat va hadislarni sharhlashda mo''tabar ulamolarning uslublariga zid bo'lgan izohlar kuzatgan ahli ilmlarning e'tirozlariga sabab bo'lmoqda. Bu borada biz u kishini ogohlantirdik, ayrim ahli ilmlarimiz u kishidagi xatoliklarni tushuntirib ham berdi.
Zufarjon SHosalimovning ayrim talqinlari va diniy masalalarga yondashuvlari sof Islom ta'limotlariga ziddir. O'rni bo'lmagani uchun bu yerda tafsilotlarga kirishilmadi.
Mashhur muhaddis, Imom Buxoriyning ustozi Aliy ibn Madiniy rahimahullohdan otasi haqida so'ralganda: «Otam yaxshi odam, ammo hadis dindir. Otam hadisda zaif, u kishidan hadis olinmaydi», degan edi. Dinni musaffo asrash barcha narsadan muhimdir.
Fikr va din kishilari o'rtasida yanglishishlar qadimdan mavjud. Bu insoniy tabiat taqozosidir. Tarixda o'tgan ayrim faylasuflar va turli toifa yetakchilari bunga yorqin misol. Asrlar osha tasdiqini topgan haqiqat shuki, bu kabi adashishlar bir paydo bo'lib, keyin o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketadi va haq din sobit qoladi.

Alloh tavfiq bersin!
Vallohu a'lam!

Zikr ahlidan so'rang jamoasi.

Manba @Savollar_kanal

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 АЛЛОҲНИНГ РАҲМАТИ ЧЕКСИЗ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/07/13 23:02:52
Back to Top
HTML Embed Code: