Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
8964 - Telegram Web
Telegram Web
YOLG'ON MUHABBATNING DA'VOLARI

SHu o'rinda quyidagi hikoyani keltirish o'rinli bo'ladi:

Bir yo'lovchi bir qishloqda nihoyatda parishon, rangi ro'yi bir ahvolda, yig'lab o'tirgan kishini ko'rdi. Uning yonida bir xalta to'la non bor edi.
– Nega yig'layapsiz? – deb so'radi yo'lovchi.
– Itim o'lyapti, – dedi u kishi.
– Xaltadagi nima? – dedi yo'lovchi.
– Non, – dedi haligi kishi.
– U holda nima uchun nondan itingizga ham bermayapsiz? – dedi yo'lovchi.
– Itga non beradigan darajada muhabbatim yo'q. Bu nonlarni olish uchun qancha pul sarflaganman. Faqat ko'z yosh to'kishga yetarli muhabbatim bor, chunki bu tekin-da! – dedi u kishi.

Ba'zi kishilarning «muhabbatim bor», deb da'vo qilishlari yuqoridagi voqeaga o'xshaydi. Qachon sarf-xarajat qilish kerak bo'lsa, muhabbatdan asorat qolmaydi. Vaholanki, qurbonlik qilish aslida xarajat emas. Uning zarrasi ham kishining qo'lidan behuda chiqib ketmaydi. Sadaqot va yaxshilik uchun sarflangan mablag' bekordan bekorga yo'q bo'lmaydi. SHuningdek, qurbonlik go'shtini tarqatish ham zarur emas. Bu amal ixtiyoriy bo'lib, xohlasa taqsimlaydi, xohlasa o'zi iste'mol qiladi. Faqat qurbonlik go'shtini sotish mumkin emas. Go'shtning hammasini o'zida olib qolsa ham qurbonlikning savobi yetaveradi.

«Ularning go'shtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir» (Haj surasi, 37-oyat).

"Qurbonlik so'yishlar va aqiqaga oid masalalar" kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Himmat 700+ dasturi ishonchlimi?

Assalomu alaykum! Avvalambor javob uchun oldindan tashakkur. Vaqtingizni biz uchun ajratganingiz uchun Alloh rozi bo'lsin. Himmat 700+ dasturi Zufarjon SHosalimov tomonidan olib borilmoqda. Bu dastur katta qamrovdagi ayollarni o'z ichiga olgan. U kishi hozir Turkiyada. Biz O'zbekistonda. Rasmiy bo'lmagan kanal va rasmiy bo'lmagan guruhlarda ayollar ta'lim olishi to'g'rimi? YA'ni ishonchlimi bu? Davlat yoki ishonchi ulamolar tomonidang katta mojarolarga uchrab qolish xavfi bo'lishi mumkinmi?

JAVOB:

– Va alaykum assalom!

OGOHLANTIRUV!

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Alloh taologa hamdu sanolar va Rasulimiz Muhammad Mustafoga salomu salavotlar bo'lsin!
«Zikr ahlidan so'rang» savollar bo'limiga Zufarjon SHosalimov haqida ko'plab savollar kelib tushmoqda. Ularning ayrimlariga qisqacha javob bergan bo'lsak ham, yana savollar to'xtamayotgani e'tiboridan ushbu ogohlantiruvni berishni ma'qul ko'rdik.
Zufarjon SHosalimovning SHayx Muhammad Sodiq Muhammmad YUsuf Hazratlariga shogird bo'lib bir muddat ta'lim olgani rost. U kishi bir necha yil Imom Buxoriy nomidagi islom institutida ham dars bergan. Biroq u kishining bugungi kundagi faoliyati, xususan, savollarda ko'rsatilayotgan kanallarda tarqatayotgan ma'lumotlarining SHayx Hazratlari va u kishidan olgan ta'limiga aslo aloqasi yo'q.
Zufarjon SHosalimovda so'ngi yillarda boshqa manbalardan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni Islom ta'limotlari bilan bog'lashga urinish oqibatida ahli sunna ulamolarining, jumladan, SHayx Hazratlarining manhajlaridan chetlanish kuzatilmoqda. Ayniqsa, ayrim oyat va hadislarni sharhlashda mo''tabar ulamolarning uslublariga zid bo'lgan izohlar kuzatgan ahli ilmlarning e'tirozlariga sabab bo'lmoqda. Bu borada biz u kishini ogohlantirdik, ayrim ahli ilmlarimiz u kishidagi xatoliklarni tushuntirib ham berdi.
Zufarjon SHosalimovning ayrim talqinlari va diniy masalalarga yondashuvlari sof Islom ta'limotlariga ziddir. O'rni bo'lmagani uchun bu yerda tafsilotlarga kirishilmadi.
Mashhur muhaddis, Imom Buxoriyning ustozi Aliy ibn Madiniy rahimahullohdan otasi haqida so'ralganda: «Otam yaxshi odam, ammo hadis dindir. Otam hadisda zaif, u kishidan hadis olinmaydi», degan edi. Dinni musaffo asrash barcha narsadan muhimdir.
Fikr va din kishilari o'rtasida yanglishishlar qadimdan mavjud. Bu insoniy tabiat taqozosidir. Tarixda o'tgan ayrim faylasuflar va turli toifa yetakchilari bunga yorqin misol. Asrlar osha tasdiqini topgan haqiqat shuki, bu kabi adashishlar bir paydo bo'lib, keyin o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketadi va haq din sobit qoladi.

Alloh tavfiq bersin!
Vallohu a'lam!

Zikr ahlidan so'rang jamoasi.

Manba @Savollar_kanal

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 АЛЛОҲНИНГ РАҲМАТИ ЧЕКСИЗ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Gunohlar kechiriladigan kun muborak boʼlsin!

Abdulloh ibn Muborak rahimahulloh: “Arafa oqshomida Sufyon Savriyning oldilariga keldim. Qarasam, u kishi choʼkka tushgan holda, koʼzlari yoshlanib turgan ekan. Shunda menga qayrilib qaragan edi, men U kishiga:"Bugungi kunning eng holi yomoni kimligini bilasizmi?", deb soʼradim.
U zot: "Alloh gunohlarimni kechirmaydi, deb oʼylagan kishi", deb javob berdi".

Ibn Javziyning ”Latoiful maʼroif„ asaridan


@ilmnuri
Mo'min bilan mo'minmas odamning orasida farq kattadir. Bu farq unisini namoz o'qishi, bunisini esa namoz o'qimasligidagina emas. Farq undan ham chuqurroqdir. Barcha odamlar qo'rquvga tushgan, qayg'uga botgan, tushkunlik holida bo'lgan vaqtlarida ham, u (mo'min) qo'rqmaydi. CHunki u taqdiri Allohning izmida ekani va Alloh uni hech kimga topshirib qo'ymasligiga (yaqiynan) to'la ishonadi.

"Barcha ishlar Uning O'ziga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qiling va O'ziga suyaning!" (Hud surasi, 123 oyat).

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK HAYVONIDAGI KAMCHILIKLAR

17-MASALA: Qurbonlikka so'yiladigan hayvonning quloq yoki dum yoki dumbasining uchdan biridan kamrog'i kesilgan bo'lsa ham, uni qurbonlik qilish durustdir. Qulog'i o'rtasidan uzunasiga kesilgan hayvonni ham qurbonlik qilish joizdir. SHuningdek, qulog'ining uchi yoki ostidan ozginasi qirqilgan hayvonni ham qurbonlik qilish mumkindir (“Badoe'”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK HAYVONIDAGI NUQSONLAR

18-MASALA: Tishi yo'q hayvon agar tili bilan yem-hashakni yeydigan bo'lsa, uni qurbonlik qilish joiz. Aks holda, joiz bo'lmaydi. (“Badoe'”). Qo'y yoki molning ikki qulog'idagi yoriq va kesilgan joylari jamlanmaydi. YA'ni har-biri alohida hisoblab ko'riladi. Agar har bir qulog'ining kesilgan joyi uchdan biridan kam bo'lsa, qurbonlik qilish joizdir (“Tatarxoniyya”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲ARAFA KUNI.. (EHTIYOJLAR KUNI)

Imom Avzoiy aytdilar:
"Allohdan so'rash uchun hojatlarini Arafa kuniga to'plab turadigan (saqlab turadigan) qavmlarni bilaman".

Imom Navaviy Arafa kuni haqida shunday dedilar: "Bu kun duo qilish uchun yilning eng afzal kunidir".

Inson bu kunda zikr, duo va Qur'on tilovati bilan mashg'ul bo'lmog'i lozim. SHu bilan birga, turli duo va zikrlar qilishi kerak.
SHuningdek, o'zi, ota-onasi, yaqinlari, ustozlari, birodarlari, do'stlari, suyuklilari, unga yaxshilik qilgan kishilar va barcha musulmonlar haqqiga duo qilishi lozim bo'ladi.

Bularning barchasini e'tiborsiz qoldirishdan juda ehtiyot bo'lish kerek. Zero, e'tiborsiz o'tkazib yuborilgan o'sha Arafa kunini ortga qaytarish imkoni yo'qdir.

("Al-Azkor" kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
○ Agar qadr kechasi noma'lum bo'lsa, arafa kuni aniqdir. Agar qadr kechasida farishtalar tushsa, arafa kuni Alloh taoloning O'zi tushadi.

Nabiy sallallohu alayhi vasallamning vasiyatlaridan:
Arafa kuni, Alloh bandalarni do'zaxdan ko'p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo'q!
Imom Muslim rivoyati.

🤲 Allohim! Bizlarni, ota-onalarimizni, farzandlarimizni, ayollarimizni, do'stlarimizni va barcha yaqinlarimizni do'zaxdan ozod qil!

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Iydul Qurbon muborak!

@ilmnuri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob

😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР

✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK HAYVONIGA NUQSON YETSA

19-MASALA: Boy kishi tarafidan qurbonlik uchun sotib olingan hayvonning ko'zi ko'rmay qolsa, yoki qo'l yo oyog'i sinsa, yoki qulog'i kesilsa, yoki dumi yo dumbasining uchdan biridan ko'pi uzilsa, ushbu hayvonni ham qurbonlik qila olmaydi. Balki o'rniga boshqa sog'lomini sotib olib, o'shanisini qurbonlik qilishi vojib bo'ladi. SHu kabi qurbonlik uchun sotib olingan hayvon o'lib qolsa yoki o'g'irlansa ham, o'rniga boshqasini sotib olib, qurbonlik qilinishi lozim.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK QILISH PAYTIDA HAYVONGA NUQSON YETSA

20-MASALA: Qurbonlik qilinadigan hayvonni so'yiladigan joyga olib kelib, uni yerga yotkizish vaqtida qo'l yoki oyoqlari sinib qolsa, uni qurbonlik qilish joizdir. SHuningdek, qurbonlik qilinadigan mol so'yiladigan payti qochib ketib, ko'ziga nuqson yetsa, uni qurbonlik qilish joizdir (“Badoe'”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QAYSI HAYVONNI QURBONLIK QILISH AFZAL?

21-MASALA: Bir kishi bitta qo'yning narxi molning yettidan biridan qimmatroq bo'lsa, bitta qo'y so'ygani afzaldir. Agar ularning qiymati teng bo'lsa ham, bitta qo'y so'ygani yaxshiroqdir. Ammo molning yettidan biri bitta qo'yning qiymatidan ko'proq bo'lsa, u holda molga sherik bo'lgani afzaldir.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Nafsing har qachon ma'siyat-gunohga chorlasa, shuni eslagin: Albatta majruh ummating g'am-qayg'u, tashvishlarini yelkasiga oladigan, uning izzati, sharafini qaytarish yo'lini topadigan kishilariga intizor bo'lib turibdi.
Seni gunoh va g'aflatda davom etishing esa uning yelkasiga yangi va og'ir yuk bo'lib tushadi. Allohdan qo'rqqin. SHundoq ham mashaqqat va muammolar og'irligi suyaklarni sindirayozmoqda…

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIKNI SO'YISH UCHUN QASSOB YOLLASH

22-MASALA: Bir kishi qurbonligini so'yish uchun qassob yollasa va mazkur qassob o'zining nomidan so'ysa, qurbonlik qassobning emas balki egasining nomidan qilingan sanaladi (“Sirojiyya”). Bir kishi qurbonlikni so'yishda qassob bilan birga pichoqni ushlab so'ymoqchi bo'lsa, unga ham tasmiya aytish vojib bo'ladi. Agar ulardan biri tasmiyani qasdan aytmasa, u holda so'yilgan jonliq halol sanalmaydi (“Zahiyriyya”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Forwarded from Allohimga shukur
Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.

2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.

Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 20000$ ketadi aperetsaga uchun yig"ildi 19700💲

Karta raqami:

Uzkart: 8600 3329 9440 2091

Humo kart: 9860 0201 1341 1159

Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.

Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.

Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…
2025/07/12 18:52:55
Back to Top
HTML Embed Code: