Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
8972 - Telegram Web
Telegram Web
🤲ARAFA KUNI.. (EHTIYOJLAR KUNI)

Imom Avzoiy aytdilar:
"Allohdan so'rash uchun hojatlarini Arafa kuniga to'plab turadigan (saqlab turadigan) qavmlarni bilaman".

Imom Navaviy Arafa kuni haqida shunday dedilar: "Bu kun duo qilish uchun yilning eng afzal kunidir".

Inson bu kunda zikr, duo va Qur'on tilovati bilan mashg'ul bo'lmog'i lozim. SHu bilan birga, turli duo va zikrlar qilishi kerak.
SHuningdek, o'zi, ota-onasi, yaqinlari, ustozlari, birodarlari, do'stlari, suyuklilari, unga yaxshilik qilgan kishilar va barcha musulmonlar haqqiga duo qilishi lozim bo'ladi.

Bularning barchasini e'tiborsiz qoldirishdan juda ehtiyot bo'lish kerek. Zero, e'tiborsiz o'tkazib yuborilgan o'sha Arafa kunini ortga qaytarish imkoni yo'qdir.

("Al-Azkor" kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
○ Agar qadr kechasi noma'lum bo'lsa, arafa kuni aniqdir. Agar qadr kechasida farishtalar tushsa, arafa kuni Alloh taoloning O'zi tushadi.

Nabiy sallallohu alayhi vasallamning vasiyatlaridan:
Arafa kuni, Alloh bandalarni do'zaxdan ko'p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo'q!
Imom Muslim rivoyati.

🤲 Allohim! Bizlarni, ota-onalarimizni, farzandlarimizni, ayollarimizni, do'stlarimizni va barcha yaqinlarimizni do'zaxdan ozod qil!

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Iydul Qurbon muborak!

@ilmnuri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob

😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР

✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK HAYVONIGA NUQSON YETSA

19-MASALA: Boy kishi tarafidan qurbonlik uchun sotib olingan hayvonning ko'zi ko'rmay qolsa, yoki qo'l yo oyog'i sinsa, yoki qulog'i kesilsa, yoki dumi yo dumbasining uchdan biridan ko'pi uzilsa, ushbu hayvonni ham qurbonlik qila olmaydi. Balki o'rniga boshqa sog'lomini sotib olib, o'shanisini qurbonlik qilishi vojib bo'ladi. SHu kabi qurbonlik uchun sotib olingan hayvon o'lib qolsa yoki o'g'irlansa ham, o'rniga boshqasini sotib olib, qurbonlik qilinishi lozim.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK QILISH PAYTIDA HAYVONGA NUQSON YETSA

20-MASALA: Qurbonlik qilinadigan hayvonni so'yiladigan joyga olib kelib, uni yerga yotkizish vaqtida qo'l yoki oyoqlari sinib qolsa, uni qurbonlik qilish joizdir. SHuningdek, qurbonlik qilinadigan mol so'yiladigan payti qochib ketib, ko'ziga nuqson yetsa, uni qurbonlik qilish joizdir (“Badoe'”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QAYSI HAYVONNI QURBONLIK QILISH AFZAL?

21-MASALA: Bir kishi bitta qo'yning narxi molning yettidan biridan qimmatroq bo'lsa, bitta qo'y so'ygani afzaldir. Agar ularning qiymati teng bo'lsa ham, bitta qo'y so'ygani yaxshiroqdir. Ammo molning yettidan biri bitta qo'yning qiymatidan ko'proq bo'lsa, u holda molga sherik bo'lgani afzaldir.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Nafsing har qachon ma'siyat-gunohga chorlasa, shuni eslagin: Albatta majruh ummating g'am-qayg'u, tashvishlarini yelkasiga oladigan, uning izzati, sharafini qaytarish yo'lini topadigan kishilariga intizor bo'lib turibdi.
Seni gunoh va g'aflatda davom etishing esa uning yelkasiga yangi va og'ir yuk bo'lib tushadi. Allohdan qo'rqqin. SHundoq ham mashaqqat va muammolar og'irligi suyaklarni sindirayozmoqda…

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIKNI SO'YISH UCHUN QASSOB YOLLASH

22-MASALA: Bir kishi qurbonligini so'yish uchun qassob yollasa va mazkur qassob o'zining nomidan so'ysa, qurbonlik qassobning emas balki egasining nomidan qilingan sanaladi (“Sirojiyya”). Bir kishi qurbonlikni so'yishda qassob bilan birga pichoqni ushlab so'ymoqchi bo'lsa, unga ham tasmiya aytish vojib bo'ladi. Agar ulardan biri tasmiyani qasdan aytmasa, u holda so'yilgan jonliq halol sanalmaydi (“Zahiyriyya”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Forwarded from Allohimga shukur
Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.

2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.

Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 20000$ ketadi aperetsaga uchun yig"ildi 19700💲

Karta raqami:

Uzkart: 8600 3329 9440 2091

Humo kart: 9860 0201 1341 1159

Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.

Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.

Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIKDA SHERIKLIK MASALASI

23-MASALA: Tuya va qoramolga yettidan ortiq kishi sherik bo'lsa joiz bo'lmaydi. Biroq yettidan kam bo'lsa joiz, ya'ni ikki, uch, to'rt, besh, olti kishi sherik bo'lib qurbonlik qilsa bo'ladi (“Xulosa”).
Bir kishi bir qora mol yoki tuyani qurbonlik uchun sotib olsa so'ng olti kishi unga sherik bo'lsalar joizdir. Ammo sotib olishdan oldin ularni sherik qilgani yaxshiroqdir.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#asl_mohiyat

📚ҲАҚИҚИЙ ЙЎЛБОШЧИЛАР — ЮРТНИНГ УЛАМОЛАРИ!

🎙Раҳимберди домла Раҳмонов

Manba @AhliSunnaValJamoaUz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QORA MOLNING BIR QISMINI O'TGAN YILLARI UCHUN NIYAT QILISH

24-MASALA: Bir kishi qoramolni sotib olib, yettidan birini joriy yildan va qolgan olti bo'lagini oldingi qurbonlik qila olmagan yillarim uchun deb niyat qilsa, joriy yilning o'zidan o'tadi va oldingi yillaridan o'tmaydi (“Xizonatul-muftiy” kitobi).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
QURBONLIK VOJIB KISHINING UNI ADO ETMASLIGIGA OID VA'IDLAR

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qurbonlik qilishga imkon topib, qurbonlik qilmasa, iydgohimizga kelmasin», dedilar». Ahmad, Hokim, Bayhaqiy va boshqalar rivoyat qilgan.

Bu hadisdan qanchalar norozilik alomati zohir bo'lyapti?! Har qanday musulmonning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni norozi qilishga toqati yetarmikin? Bu norozilik zimmasiga qurbonlik vojib bo'la turib, qurbonlik qilmagan kishilar uchun.

Iydgoh zimmasiga hatto namoz o'qish vojib bo'lmaganlar ham jamlanishga targ'ib va tashviq qilinadigan joy. Bu hukm Islomning avvalida bo'lgan edi. O'sha paytda hayz ko'rgan ayollar ham iydgohga kelishardi. Aslida hayz ko'rgan ayolga, hatto namoz o'qish joiz emas. Lekin bu hukm Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlarigagina xos bo'lib, keyinchalik fitnalar xavfining oldini olish uchun bekor qilingan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so'zlariga e'tibor bering, u zot «Kimki qurbonlik qilishga imkon qurbonlik qilmasa topib, iydgohimizga kelmasin», deb hukm qilmoqdalar.

Qurbonlik qilmaydigan kishidan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qanchalik nafratlanganlari ma'lum bo'ldi. Bunday kishiga musulmonlar iydgohining yaqiniga ham yo'lamaslik hukmi berildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zarracha ham  muhabbati bo'lgan kishi uchun bu juda qattiq gap! Lekin, afsuski, qurbonlikka shu qadar ta'kid bo'la turib ham ba'zilar bu borada beparvolik qilishmoqda.

“Qurbonlik so'yishlar va aqiqaga oid masalalar” kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Mo'minning sharafi

عن سهل بن سعد الساعدي رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلي الله عليه وسلم: « أتاني جبريلُ عليه السَّلامُ فقال : يا محمَّدُ ! عِشْ ما شئتَ فإنَّك ميِّتٌ ، وأحبِبْ من شئتَ فإنَّك مفارقُه ، واعمَلْ ما شئتَ فإنَّك مجزِيٌّ به ، ثمَّ قال : يا محمَّدُ ! شرفُ المؤمنِ قيامُه باللَّيلِ ، وعِزُّه استغناؤُه عن النَّاسِ».

Sahl ibn Sa'd So'idiy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Jabroil alayhisalom kelib aytdi: "Ey Muhammad, qanday xohlasangiz (shunday) yashang. Albatta, vafot etasiz. Xohlaganingizni yaxshi ko'ring, albatta, undan ayrilasiz. Xohlagan amalingizni qiling, albatta, mukofotini olasiz. Ey Muhammad! Mo'minning sharafi tunni bedor o'tkazishidadir. Azizligi odamlardan behojat bo'lishidadir", – dedilar».

Imom Tabaroniy rivoyati.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIKDAGI SHERIKLARDAN BIRI VAFOT ETIB QOLSA

25-MASALA: Yetti kishi sherik bo'lib qoramol yoki tuya sotib olishganidan so'ng ulardan biri vafot etib qolsa, uning merosxo'rlari balog'atga yetgan bo'lsalar va o'zlaring va otamizning nomidan qurbonlik qilavering desalar, joiz bo'laveradi. Ammo mazkur holatda uning merosxo'rlaridan beijozat so'ysalar joiz bo'lmaydi (“Kofiy”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK GO'SHTINI SHERIKLARGA TAQSIMLASH

26-MASALA: Bir necha sherik qurbonlik qilganida, uning go'shti tarozuda tortib taqsim qilinadi. YA'ni taxminan bo'lish joiz bo'lmaydi. Ammo taxminan taqsim qilinganida, kalla pocha va tuyoqlar ham qo'shib taqsimlansa, joiz bo'ladi (“Xizonatul-muftiy”).
Ikki kishi o'rtasidagi tuya yoki qoramolni qurbonlik qilinsa va go'shtini yettidan biri yoki yettidan ikkisini biriga qolganini sherigiga taqsimlansa ham joiz bo'ladi. SHuningdek, har ikkovlariga teng taqsim qilinsa ham joizdir (“Xizonatul-muftiy” kitobi).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/07/14 10:45:04
Back to Top
HTML Embed Code: