Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
8982 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Allohimga shukur
Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.

2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.

Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 20000$ ketadi aperetsaga uchun yig"ildi 19700💲

Karta raqami:

Uzkart: 8600 3329 9440 2091

Humo kart: 9860 0201 1341 1159

Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.

Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.

Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIKDA SHERIKLIK MASALASI

23-MASALA: Tuya va qoramolga yettidan ortiq kishi sherik bo'lsa joiz bo'lmaydi. Biroq yettidan kam bo'lsa joiz, ya'ni ikki, uch, to'rt, besh, olti kishi sherik bo'lib qurbonlik qilsa bo'ladi (“Xulosa”).
Bir kishi bir qora mol yoki tuyani qurbonlik uchun sotib olsa so'ng olti kishi unga sherik bo'lsalar joizdir. Ammo sotib olishdan oldin ularni sherik qilgani yaxshiroqdir.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#asl_mohiyat

📚ҲАҚИҚИЙ ЙЎЛБОШЧИЛАР — ЮРТНИНГ УЛАМОЛАРИ!

🎙Раҳимберди домла Раҳмонов

Manba @AhliSunnaValJamoaUz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QORA MOLNING BIR QISMINI O'TGAN YILLARI UCHUN NIYAT QILISH

24-MASALA: Bir kishi qoramolni sotib olib, yettidan birini joriy yildan va qolgan olti bo'lagini oldingi qurbonlik qila olmagan yillarim uchun deb niyat qilsa, joriy yilning o'zidan o'tadi va oldingi yillaridan o'tmaydi (“Xizonatul-muftiy” kitobi).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
QURBONLIK VOJIB KISHINING UNI ADO ETMASLIGIGA OID VA'IDLAR

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qurbonlik qilishga imkon topib, qurbonlik qilmasa, iydgohimizga kelmasin», dedilar». Ahmad, Hokim, Bayhaqiy va boshqalar rivoyat qilgan.

Bu hadisdan qanchalar norozilik alomati zohir bo'lyapti?! Har qanday musulmonning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni norozi qilishga toqati yetarmikin? Bu norozilik zimmasiga qurbonlik vojib bo'la turib, qurbonlik qilmagan kishilar uchun.

Iydgoh zimmasiga hatto namoz o'qish vojib bo'lmaganlar ham jamlanishga targ'ib va tashviq qilinadigan joy. Bu hukm Islomning avvalida bo'lgan edi. O'sha paytda hayz ko'rgan ayollar ham iydgohga kelishardi. Aslida hayz ko'rgan ayolga, hatto namoz o'qish joiz emas. Lekin bu hukm Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlarigagina xos bo'lib, keyinchalik fitnalar xavfining oldini olish uchun bekor qilingan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so'zlariga e'tibor bering, u zot «Kimki qurbonlik qilishga imkon qurbonlik qilmasa topib, iydgohimizga kelmasin», deb hukm qilmoqdalar.

Qurbonlik qilmaydigan kishidan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qanchalik nafratlanganlari ma'lum bo'ldi. Bunday kishiga musulmonlar iydgohining yaqiniga ham yo'lamaslik hukmi berildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zarracha ham  muhabbati bo'lgan kishi uchun bu juda qattiq gap! Lekin, afsuski, qurbonlikka shu qadar ta'kid bo'la turib ham ba'zilar bu borada beparvolik qilishmoqda.

“Qurbonlik so'yishlar va aqiqaga oid masalalar” kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Mo'minning sharafi

عن سهل بن سعد الساعدي رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلي الله عليه وسلم: « أتاني جبريلُ عليه السَّلامُ فقال : يا محمَّدُ ! عِشْ ما شئتَ فإنَّك ميِّتٌ ، وأحبِبْ من شئتَ فإنَّك مفارقُه ، واعمَلْ ما شئتَ فإنَّك مجزِيٌّ به ، ثمَّ قال : يا محمَّدُ ! شرفُ المؤمنِ قيامُه باللَّيلِ ، وعِزُّه استغناؤُه عن النَّاسِ».

Sahl ibn Sa'd So'idiy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Jabroil alayhisalom kelib aytdi: "Ey Muhammad, qanday xohlasangiz (shunday) yashang. Albatta, vafot etasiz. Xohlaganingizni yaxshi ko'ring, albatta, undan ayrilasiz. Xohlagan amalingizni qiling, albatta, mukofotini olasiz. Ey Muhammad! Mo'minning sharafi tunni bedor o'tkazishidadir. Azizligi odamlardan behojat bo'lishidadir", – dedilar».

Imom Tabaroniy rivoyati.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIKDAGI SHERIKLARDAN BIRI VAFOT ETIB QOLSA

25-MASALA: Yetti kishi sherik bo'lib qoramol yoki tuya sotib olishganidan so'ng ulardan biri vafot etib qolsa, uning merosxo'rlari balog'atga yetgan bo'lsalar va o'zlaring va otamizning nomidan qurbonlik qilavering desalar, joiz bo'laveradi. Ammo mazkur holatda uning merosxo'rlaridan beijozat so'ysalar joiz bo'lmaydi (“Kofiy”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK GO'SHTINI SHERIKLARGA TAQSIMLASH

26-MASALA: Bir necha sherik qurbonlik qilganida, uning go'shti tarozuda tortib taqsim qilinadi. YA'ni taxminan bo'lish joiz bo'lmaydi. Ammo taxminan taqsim qilinganida, kalla pocha va tuyoqlar ham qo'shib taqsimlansa, joiz bo'ladi (“Xizonatul-muftiy”).
Ikki kishi o'rtasidagi tuya yoki qoramolni qurbonlik qilinsa va go'shtini yettidan biri yoki yettidan ikkisini biriga qolganini sherigiga taqsimlansa ham joiz bo'ladi. SHuningdek, har ikkovlariga teng taqsim qilinsa ham joizdir (“Xizonatul-muftiy” kitobi).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng katta zikrlar

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 ҲАЖ ХУЛҚИМИЗНИ ЎЗГАРТИРСИН
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QO'SHIMCHA HOVLISI BOR KISHINING QURBONLIGI

27-MASALA: Bir kishini o'zi yashab turgan uyidan tashqari qo'shimcha hovlisi bo'lsa va u yerda yashamaydigan bo'lsa, ushbu hovlining qiymati zakot nisobiga yetsa, unga qurbonlik vojib bo'ladi (“Qunya” kitobi).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Abu Muso al-Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror qavmdan qo'rqsalar, «Allohumma, innaa naj'aluka fiy nuhuurihim, va na'uuzu bika min shuruurihim» («Allohim, biz ularga Seni ro'baro' qo'yamiz va ularning yomonligidan O'zingdan panoh tilaymiz») der edilar.

Abu Dovud va boshqalar rivoyati.

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QO'LIDA PULI YO'Q HAQDORNING QURBONLIGI

28-MASALA: Bir kishi qo'lida puli yo'q bo'lib, boshqasida zakot nisobicha haqqi bo'lsa, lekin qarzdor kambag'al bo'lib, ushbu pulni to'lay olmayotgan bo'lsa, biroq qarzdorligiga iqror bo'lsa, haqdor zakot ololmaydi. Ushbu haqdor to haqqini olmagunicha, unga qurbonlik vojib bo'lmay turadi (“Tatarxoniyya” kitobi). Bir kishini qo'lida puli yo'q bo'lib, boshqasida haqqi bo'lsa va mazkur qarzdor boy bo'lsa, haqdor qurbonlikka yetarli miqdordagi pulni qarzdordan so'rab olishi va ushbu pulga qurbonlik qilishi vojib bo'ladi. Agar qarzdor unga pul bermasa, birovdan qarz olib qurbonlik qilmaydi. SHuningdek, hayit kunlaridan keyin haqqini olsa ham, unga qurbonlikni qiymatini sadaqa qilish vojib bo'lmaydi (“Olamgiriyya”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
😁1
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK SO'YISH PAYTIDA O'QILADIGAN DUO

29-MASALA: Qurbonlik so'yish paytida quyidagi duo o'qiladi:
إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ لَا شَرِيكَ لَهُ وَبِذَلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ
O'qilishi: “Inna solaatiy va nusukiy va mahyaaya va mamaatiy lillaahi robbil aalamiyn, laa shariyka lah. Va bizaalika umirtu va ana minal muslimiyn”.
Ma'nosi: “Albatta, namozim, ibodatlarim, hayotim va mamotim olamlar Parvardigori Alloh uchundir. Uning sherigi yo'q. Men ana shunga buyurilganman. Men musulmonlardanman”.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob

😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР

✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari.

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

20. Al-Aliym

Ma'nosi:
Aliym – har bir narsani, bo'lgan va bo'ladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi Zotdir.

Alloh taolo bo'lib o'tgan, bo'layotgan, endi bo'ladigan narsalarni ham, hali bo'lmagan narsa sodir bo'lsa, uning qanday bo'lishini ham biladigan Zotdir. U Zotning ilmi azaliy va abadiydir. Yeru osmondagi biror narsa U Zotdan maxfiy qolmaydi. U Zotning ilmi barcha maxluqotlarni o'rab, qamrab, ihota qilib olgan. U Zotning ilmi har bir narsaning zohirini ham, botinini ham, kattayu kichigini ham qamrab olgan.

Alloh taolo koinot va borliqdagi barcha narsani biluvchidir. Bu olamlardagi maxluqotlar esa Alloh ilmining nishonalaridan bir belgidir, xolos.

Manba @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/07/09 19:43:08
Back to Top
HTML Embed Code: