Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
9448 - Telegram Web
Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Амалларда Аллоҳга шерик келтириш

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​UMRADA SA’Y QILMASDAN TURIB SOCHINI OLDIRIB QO‘YSA
#Haj_umra

1046-SAVOL: Guruhimizdagi bir kishi tavof qilgandan keyin sa’y qilmay masjiddan chiqib sochini oldirib qo‘yibdi. Buning hukmi nima bo‘ladi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Mazkur kishi sa’y qilishdan avval sochini oldirgani uchun qo‘y so‘yishi vojib bo‘ladi. Chunki umrada sa’y qilish va soch oldirish orasidagi tartib vojib hisoblanib, vojibni tark qilish tufayli jonliq so‘yish lozim bo‘ladi. Undan tashqari sa’y qilish vaqtida ehromli bo‘lish sa’yning vojiblaridan sanaladi. Shuningdek sa’yning o‘zi ham vojibdir. Uni tark qilish bilan ham jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Bir odam sa’ydan avval sochini olsa, sa’yni tark qilgani uchun bir jonliq, sochini vaqtidan oldin olgani uchun yana bir jonliq vojib bo‘ladi.
Agar soch olgandan keyin sa’yni bajarsa, vojib bo‘lgan ikki jonliqdan biri soqit bo‘ladi. Lekin sochni o‘z vaqtidan avval olgani uchun vojib bo‘lgan jonliqni so‘yish vojibligicha qoladi.
لو طاف ثم حلق ثم سعي صح سعيه وعليه دم لتحلله قبل وقته
“Tavof qilgandan keyin sochini olsa, undan keyin sa’y qilsa, qilgan sa’yi sa’y hisoblanib, vaqtidan oldin (sochini olib) ehromdan chiqqani uchun qon(qo‘y so‘yish) vojib bo‘ladi” (Irshodus soriy). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1👍1
Abu Ja'far Muhammad ibn Aliy aytadi: Alloh uchun bandasining iltijosidan-da suyukliroq narsa yo'q. Qazoni faqat duo qaytaradi, xolos. Xayrli amallarning ichida yaxshilikning mukofoti va yomon ishlarning ichida zulm-zo'ravonlikning jazosi juda tez keladi. O'zining aybini ko'rmasdan birovlarning kamchiliklarini qidirib yurmoq, o'zi qilmaydigan ishni boshqalarga buyurmoq va behuda narsada suhbatdoshining dilini og'ritmoq kishining yomonligiga kifoya qiladi.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tonggi va kechki duolar

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​IKKI HARAMDA JANOZA NAMOZI
#Haj_umra

1049-SAVOL: Umra yoki hajga borilganida deyarli har namozdan keyin janoza o‘qilar ekan. Shu haqida tushuncha bersangiz. Ayollar ham shu namozda ishtirok etishlari mumkinmi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Siz aytgandek Masjidul haromda ham, Masjidi nabaviyda ham farz namozlari ortidan janoza namozlari o‘qiladi. Odatda farz namoz tugagandan keyin janoza e’lon qilinadi. Agar peshin, shom va xufton kabi ortida sunnat namozi bo‘lgan namozlardan keyin e’lon qilinsa, farzdan keyin janozani o‘qib, undan keyin farzning sunnatini o‘qiydi. Hanafiy mazhabi bo‘yicha janoza namozida xuddi boshqa namozlar singari ikki tomonga salom beradi.
Fiqhiy kitoblarda ayollarning jamoat namoziga qatnashishlari makruhligi fitna xavfi bo‘lishi tufayli ekani aytilgan. Masjidul harom va Masjidun Nabaviyda ayollar uchun maxsus joylar ajratilgani uchun mazkur joylarda jamoat namoziga, xususan, janoza namoziga qatnashishi mumkin bo‘ladi.
فالأفضل لها ما كان أستر لها، لا فرق بين الفرائض وغيرها كالتراويح إلا صلاة الجنازة، فلاتكره جماعتهن فيها؛ لأنها لم تشرع مكررةً
“Ayol kishi uchun eng afzal holat satrliroq bo‘lgan holatda namoz o‘qishidir. Bunda farz va tarovih kabi boshqa namozlarda farqi yo‘q. Biroq janoza namozi bundan mustasnodir. Ayollar janoza namozida qatnashishi makruh emas. Chunki janoza namozini takroran o‘qish joriy etilmagan” (Hoshiyatut Tahtoviy). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zikrlar bandani Allohga bog‘lab turadi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
#aqida #soxta_salafiylarga_raddiya

"Kim Alloh taologa nisbat berilgan yad (qo'l) lafzini haqiqiy lug'aviy ma'noda desa, shubhasiz mujassimalik va mushabbihalik qilgan bo'ladi. Keyin "Bu Allohning zotiga loyiq tarzda" deyishi foyda bermaydi. CHunki Alloh taologa bu umumiy ma'no aslo to'g'ri kelmaydi. Bu xuddi "Alloh taologa Unga loyiq bo'lmagan sifatni Unga loyiq bo'lgan tarzda nisbat beraman" degan gapga o'xshaydi. Uning bu so'zi zalolatdir".

📚SHayx Sayf ibn Aliy Asriyning "Al-Qovlut-tamam" kitobi, 103-bet.
___
Munosabat: "Alloh taolo o'ziga loyiq tarzda osmonda" deyish ham mujassimalik e'tiqodidir. CHunki ahli sunna e'tiqodiga ko'ra, Alloh taolo makonda bo'lishdan pok Zot. Oyat va hadislardan osmonda degan yuzaki ma'no tushunilmaydi, balki sha'ni oliy degan ma'no iroda qilinadi.

Manba @AhliSunnaValJamoaUz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiyomat kunida faqat u do‘stingiz
"shafoat qiladi".

Shayx Alijon qori

Manba: @Alquranuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​UZRLI HOLATDA MASJIDGA KIRMASLIK
#poklik #tahorat

1048-SAVOL: Umraga borgan ayol uzrli holatda masjidga kirmasligi kerakligini bildim. Savolim shuki, mutlaq masjid hududiga kirmaydimi yoki masjid binosigami?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Masjidun Nabaviy va masjidul haromning sahni masjid hududidan yoki hududidan emasligi borasida ulamolar orasida ixtilof bor bo‘lib, aksar ulamolar sahn masjid hududidan emas, deganlar.
Qolaversa, “Tanvirul absor” kitobida ushbu masala borasida quyidagicha keltirilgan:
اما(المتخذ لصلاۃ الجنازۃاو عید)فھو(مسجد فی حق جواز الاقتداءلافی حق غیرہ فحل دخولہ لجنب وحائض)
"Ammo masjidning janoza yoki iyd namozlari uchun ajratilgan qismi o‘sha joydan iqtido qilish joizligi borasida masjid hukmidadir. Iqtidodan boshqa narsada masjid hukmidan emas. Shuning uchun junub va hoiza ayollarning o‘sha hududga kirishi halol bo‘ladi".
"Roddul muhtor" kitobi muallifi "Durrul muxtor" kitobidagi كفناء مسجد deb keltirilgan ibora sharhida:
حل دخوله لجنب ونحوه
"Masjid hovlisiga junub va shu kabilarni kirishligi halol bo‘ladi", deganlar. Demak, xulosa qilib aytganda hayz ko‘rgan ayol masjidning binosiga kirmasdan uning sahnida zikr tasbeh, duoyu istig‘for kabi ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin ekan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ОХИРАТ САФАРИГА ОЗУҚА ТАЙЁРЛАНГ

❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Shukur qilmoq odamlarni rozi etmoqdan osonroqdir

Ubaydulloh ibn Abu Nuh aytadi: Bir kishi mendan so'radi: Alloh subhanahu va taologa yoqmaydigan qancha ishlarni qilding, Alloh esa senga yaxshiliklar qildi, sanog'ini bilasanmi?
– Ularning son-sanog'i yo'q.
– Robbim, deb iltijo qilganingda seni biron marotaba yordamsiz tashlab qo'ydimi?
– Yo'q. Allohga qasamki, U hamisha menga yaxshiliklar qildi, madad berdi!
– So'ragan biron narsangni bermaganmi?
– Alloh menga biron narsani rad etibdimi?! Axir qachon so'rasam, albatta bergan-ku. Qachon yordam so'rasam, Allohning yordamiga erishganman.
– Agar biron kishi senga yuqoridagi narsalarning birontasini qilsa, sen unga qanday javob qaytargan bo'larding?
– Men uning mukofotini bera olmasdim.
– Sening shukringga Robbingdan-da haqliroq kim bor?! Allohga qasamki, Allohga shukur qilmoq odamlarni rozi etmoqdan osonroqdir.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muloyim bo‘lib tushuntiring!

Shayx Alijon qori

Manba: @Alquranuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
MASJIDUL-HAROMDA O‘QILGAN NAMOZ
#Haj_umra #namoz

1050-SAVOL: Makkai mukarramadagi Haram hududi masjid hududidan ko‘ra ancha kengroq hisoblanadi. Shunga ko‘ra, Masjidul Harom fazilati faqatgina ushbu masjidning o‘zigagina xosmi yoki butun haram hududidagi ibodatlarga ham tegishlimi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Masjidul-haromda ado etilgan namoz boshqa masjidlardagi namozlardan yuz ming barobar afzal hisoblanadi. Bu borada Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan sahih hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"صلاة في مسجدي هذا أفضل من ألف صلاة فيما سواه من المساجد إلا المسجد الحرام و صلاة في المسجد الحرام أفضل من مأة صلاة في هذا"
Ya’ni “Mening masjidimdagi bir namoz boshqa masjidlardagi mingta namozdan afzaldir. Magar Masjidul-harom bundan mustasno. Masjidul-haromdagi bir namoz bu yerdagi yuzta namozdan afzaldir” (Imom Ahmad, Bazzor va Ibn Xuzaymalar rivoyat qilgan). Bu borada muhaddislar tomonidan boshqa lafz va boshqa rivoyatlar bilan bir necha hadislar rivoyat qilingan bo‘lib, ushbu masalada ulamolar oralarida ixtilof yo‘qdir. Ammo mazkur afzallik faqatgina masjid hududiga xos yoki butun haram hududini o‘z ichiga olishi borasida ulamolarning qarashlari farq qiladi. Ba’zi faqihlar bu fazilat faqatgina “Ka’ba atrofidagi jamoat namozigagina xosdir” degan bo‘lsalar, boshqa fuqaholar esa “Yo‘q, balki bu afzallik Haramning barcha hududiga tegishlidir” deydilar. Birinchi qarash imom Molikning mazhablari bo‘lib, shofe’iylardan imom Navaviy ham o‘zining “Al-Majmu’” va “At-Tahzib” nomli asarlarida bu fatvoni qo‘llab quvvatlaganlar. Shuningdek, buyuk imomlardan Al-Isnaviy “Kuchli gap shudir” degan va Ibn Xajar ham “Tuhfa” nomli kitobida ushbu fatvoni ixtiyor etgan. Al-Muhib at-Tabariy ham ushbu fazilat Masjidul-harom hududida jamoat bilan ado etilgan namozlargagina xosligiga ishora bordir, deganlar. Hanafiy mazhabining haj va umra arkonlariga doir mashhur manbalaridan biri hisoblanmish “Al-Mansakul-kabir” kitobida keltirilishicha: "Hanafiy faqihlarining eng mo‘tabar fatvolari ham xuddi shundaydir. Ammo ikkinchi qavlga ko‘ra: mazkur afzaliyat nafaqat Masjidul-haromning, balki Haramning umumiy hududini o‘z ichiga olib, unga ko‘ra bir kishi Haramning istalgan hududida namoz o‘qisa, boshqa yerda o‘qilgan yuz mingta namozdan afzal hisoblanadi. Ushbu qavlni shofe’iylardan imom Movardiy ham quvvatlaganlar".
“Raddul-muhtor” kitobida, shuningdek imom al-Biyriy “Sharhul-ashboh” asarida quyidagilarni aytgan: “Hanafiy ulamolarimizga ko‘ra, bu boradagi mashhur fatvo shuki, namozning yuz ming barobardan ortiqligi Makka shahri va barcha haram hududini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, mazkur fazilat nafaqat namozgagina tegishli, balki boshqa barcha savobli amallarni ham o‘z ichiga oladi. Zotan, “Haramdagi savobli amallar yuz ming barobarga ko‘paytirib beriladi” degan hadisi sharifni Mullo Sinon “Qurratul-uyun” nomli kitoblarida zikr qilganlar” ("G‘unyatun nosik" kitobi). Yuqorida zikr etilgan dalil va fatvolardan kelib chiqib, ulamolarimiz shunday xulosaga kelganlarini ko‘rishimiz mumkin:
1. Masjidul-haromda jamoat bilan o‘qilgan farz namozlari hech bir xilofsiz boshqa joy yoki masjidlarda o‘qilgan yuz mingta namozdan afzaldir.
2. Masjidul-haromdan tashqari, lekin umumiy Haram hududi yoki Makka shahri hududida ado etilgan namozlarning ham boshqalaridan yuz ming daraja afzalligini umid qilinadi. Xususan, jiddiy uzrga ega bo‘lgan keksa va bemor kishilarning istiqomat manzili Haram hududida joylashgan bo‘lsa, ushbu manzillarida qilgan ibodatlari uchun Alloh taoloning fazli bilan yuz ming barobar ajr berilishi umid qilinadi. Ammo jiddiy uzri bo‘lmagan yosh va navqiron yigitlar yoki jamoatga borishga imkoni bor kishilar imkon qadar farz namozlarini Masjidul-haromda jamoat bilan o‘qishlari maqsadga muvofiqdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Besh ne’matni yo’qotishdan avval uni g’animat biling!

Shayx Alijon qori

Manba: @Alquranuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Fuzayl ibn Iyoz aytardi: Umrining qolgan qismini o'nglagan insonning o'tgan xatolari mag'firat etiladi. Kim hayotining qolgan qismini ham yomonlik bilan kechirsa, avvalu oxir qilmishlariga javob beradi.
So'ng Fuzayl yig'lab turib iltijo qildi: Alloh taolo barchamizni qolgan umrimizni isloh etishga muvaffaq etsin!

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/10/19 19:41:13
Back to Top
HTML Embed Code: