Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Farzandlar besh xil bo'ladi!

1. Ota-onasi buyurgan narsani qilmaydi. Bunday farzand ota-onasiga oq bo'lib qolishi mumkin.
2. Ota-onasi buyurgan narsani yoqtirmay qiladi. Bunday farzand ajru savobga erishmaydi.
3. Aytilgan ishni qiladi, ammo minnat bilan, uff tortib, ovozini balandlatib qiladi. Bunday farzand gunohga botadi.
4. Buyurilgan ishni chin ko'ngildan qiladi va buning uchun ajr-savob oladi. Ammo bunday farzandlar kamdir.
5. Ota-onasi hali aytmay turib, ular xohlagan narsani qiladi. Mana shunday farzand ota-onaga yaxshilik qilganlarga va'da qilgan savoblarga erishadi. Bunday farzandlar juda nodir bo'ladi.

SHu oxirgi ikki xil farzandlarning umri va rizqi barakotli, qalbi shod bo'ladi, ishlari doim o'ngidan keladi. Mana shu Allohning fazli bo'lib, Alloh uni xohlaganiga beradi. Alloh buyuk fazl sohibidir. Allohim! Barchamizni ana shunday farzandlar qatorida qilgin!

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Отамни мазхабидаман

🎙Устоз Раҳимберди домла

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
ENG AFZAL RO'ZA

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ramazondan keyingi eng afzal ro'za Allohning Muharram oyi (ro'zasi)dir», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan.

❗️Muharram oyining Ashuro kuni ya'ni, 10-kun ro'zasini o'tkazib yubormang.

Ashuro kuni tutilgan ro'za bir yillik gunohlarga kafforat bo'lishi "Sahihi Muslim"da bayon etilgan: «Ashuro kuni tutilgan ro'zani Alloh taolo oldingi bir yillik gunohlarga kafforat qiladi».

Ashuro ro'zasi 2025 yilning 5 iyul, shanba kuniga to'g'ri kelmoqda. Muborak kunlarni g'animat bilaylik.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
YIL BO'YI BARAKA

💡Hadisda: «Kim Ashuro kuni ahli va farzandlariga (taom va hadyalarni tortiq etishda) kengchilik qilsa, Alloh ham yilning boshqa kunlarida unga (rizqida) kengchilik qilib qo'yadi», deb aytilgan. Imom Bayhaqiy va boshqalar rivoyati.

📝Izoh: Kimki Alloh roziligini istab muharram oyining o'ninchi kuni ahli va farzandlariga nafaqa va ro'zg'orda ochiq qo'l bo'lsa, yilning har bir kunida o'zining ham rizqi keng bo'lishi umid qilinadi.

YAqinlaringizga ulashing!

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Рaмaзоннинг қазоси бор лекин ашуронинг қазоси йўқ

❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Ro'zadorning_fazilati
Ruza – kasalliklardan shifo topishning sabablaridan biridir.

Tashqi a'zolarni muhofaza qilishda, ichki a'zolarga quvvat berishda, ularni zararli moddalarni jalb qiluvchi xususiyatlardan himoya qilishda ro'zaning ajoyib ta'siri bor. Bu – taqvoga yordam beradigan eng katta omildir.

Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Alloh taolo Banu Isroil payg'ambarlaridan biriga: «Qavmingga xabar ber, banda Mening roziligim uchun bir kun ro'za tutsa, jismini salomat qilaman, ajru savobini ulug' qilaman», degan»
(Imom Bayhaqiy rivoyati).

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Шу тўрт амални ҳеч тарк қилманг

❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari.

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

25. al-Mu'izz

Ma'nosi:
Aziz qiluvchi.
Kimni xohlasa to'g'ri yo'lga solib aziz qiladi.

“Al-Mu'izz” – insonga haqiqiy izzat, sharaf va obro'ni faqat Alloh berishi mumkinligini esga soladi. Kimki Unga bo'ysunadi, Unga suyanadi, shunday shaxs aziz va mukarram bo'ladi. Insonlardan emas, faqat Robbidan izzat izlagan banda hech qachon xor bo'lmaydi. SHuning uchun haqiqiy sharaf va qadriyatni Allohdan so'rab, uning yo'lida sobit turishimiz kerak.

Manba @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
HADISDAGI KENGLIKDAN MUROD NIMA?
#hadis

1737-SAVOL: Hadisda “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo'yi kenglik yaratadi”, deyilganini o'qidim. Hadisdagi ushbu kenglikdan murod nima?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Haqiqatda, hadisi shariflarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki Ashuro kunida ahli ayoliga kenglik qilsa, Alloh unga yil davomida kenglik qiladi", deb marhamat qilganlar (Imom Tabaroniy rivoyati). Ulamolar mazkur hadislardagi kenglikni yeb ichish, kiyim-kechak va boshqa narsalarda kenglik qilishni iroda qilingan deganlar. YA'ni odamlar shu kuni oila a'zolariga xuddi bayramlardagi kabi, balki undan ham yaxshiroq mo'l-ko'lchilik qilib bersalar, Alloh taolo ularga yil davomida kengchilik qiladi, deb tushunish mumkin. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @diniysavollar

http://www.tgoop.com/ilmnuriMediaBot siz izlagan maskan

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Отанг каьбангдир

🎙Устоз Раҳимберди домла

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Nuqtai_nazar

Din xizmati

Din xodimi o'zini yurib borayotgan Islom markabini manzil sari borishida o'z kuchi bilan yordam beryapti deb o'ylamasin. Balki u o'zini (shu mehnat orqali) o'sha markabga chiqib olib, manzilga omon-eson yetib olyapman, deb o'ylasin. Zotan, bu markab o'zi yuraveradi, unga xizmat qilayotganlar faqat o'zlariga yordam bergan bo'lishadi.

SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hajdan keyin hojining sifati. (2-sifati)

Shayx Alijon qori

Manba: @Alquranuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Islomning go'zalligiga boqing!

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadi: “Kim birodariga omma oldida oshkora nasihat qilsa, bas uni ayblabdi. Agar yolg'iz o'ziga gapirsa, bas uni tuzatibdi”.

“Al-bariqat ul-mahmudiya fi sharhi tariqat il-Muhammadiya”, 3-juz, 152-bet.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Яхши гумон – иймон ҳимоячиси

❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Hasan Basriy aytadi: Ey Odam bolasi, kun kelib yaxshi va yomon amaling taroziga qo'yiladi, sen qarab turasan. SHuning uchun bironta yaxshi amalni arzimas sanama. U juda kichik bo'lsa-da, Qiyomat kuni uni ko'rib ko'zing quvonadi. Bironta yomon amalni ham arzimas deb bilma, chunki u Qiyomat kuni seni g'amga soladi.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hajdan keyin hojining sifati. (3-sifati)

Shayx Alijon qori

Manba: @Alquranuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/07/08 13:40:37
Back to Top
HTML Embed Code: