Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Rizqlar taqsimlanadigan soat

Oysha roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi. Nabiy alayhissalom: “Barvaqt turib rizqlaringizni talab qilinglar. Kunning avvali baraka va najot vaqtidir”, deganlar (Imom Bazzor va Imom Tabaroniy rivoyati).
Fotima binti Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilinadi: “Men subh vaqtida uxlab yotgan edim. SHunda Rasululloh mening oldimdan o'tib qoldilar va uyg'otib: "Ey qizim, tur Rabbingning rizq (taqsimlashiga) shohid bo'l va zinhor g'ofillardan bo'lma!”
Darhaqiqat, Alloh tong otgandan quyosh chiqqungacha bo'lgan vaqt mobaynida odamlarning rizqlarini taqsimlaydi (Imom Bayhaqiy).
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam barchalarimizni barvaqt turib, rizq talab qilishga undab, tong paytida g'aflat holidan chiqarish maqsadida haqqimizga xayr va baraka so'rab duo qilganlar.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​EHROMDA VAZELIN ISHLATISH
#Haj_umra

1057-SAVOL: Issiq havoda ko‘p yurish natijasida ayrim odamlarda ikki oyog‘i orasi qizarib, achishadi. Ehromda shunday holatda malham, vazelin kabi narsalar surtsa bo‘ladimi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ehromdagi kishi siz aytgandek holatga tushib qolganda yoki tovoni yorilganda xushbo‘y bo‘lmagan malhamlardan foydalanishi mumkin. Bunda hech qanday jarima lozim bo‘lmaydi. Agar xushbo‘y malham yoki vazelindan foydalansa, bunda sadaqa qilishi lozim bo‘ladi. Agar ko‘p marta surtsa, jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shuning uchun bunday kasallikka duchor bo‘lgan inson imkon qadar xushbo‘y bo‘lmagan malhamlardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu haqida fuqaholarimiz shunday deydilar:
وَلَوْ دَاوَى بِهِ جُرْحَهُ أَوْ شُقُوقَ رِجْلَيْهِ فَلَا كَفَّارَةَ عَلَيْهِ ؛ لِأَنَّهُ لَيْسَ بِطِيبٍ فِي نَفْسِهِ إنَّمَا هُوَ أَصْلُ الطِّيبِ أَوْ طِيبٌ مِنْ وَجْهِ فَيُشْتَرَطُ اسْتِعْمَالُهُ عَلَى وَجْهِ التَّطَيُّبِ
“Ehromdagi kishi jarohat, oyoq yoriqlarini zaytun yog‘i bilan yog‘lasa, zimmasiga hech narsa vojib bo‘lmaydi. Chunki u xushbo‘ylik emas, balki xushbo‘ylik olinadigan narsa yoki bir jihatdangina xushbo‘ylik xolos. Kafforat vojib bo‘lishligi uchun uni xushbo‘ylanish uchun iste’mol qilgan bo‘lishi shart” ("Hidoya" kitobi).
Alloma Kamol Ibn Humom rahimahulloh aytadilar:
“Ehromdagi inson yog‘ yoki sirkani yesa, jarohati yoki tovonidagi yoriqlariga surtsa yo qulog‘iga tomizsa, unga hech qanday jarima lozim bo‘lmaydi” ("Fathul Qodir" kitobi).
Mulla Ali al-Qoriy rahimahulloh aytadilar:
ولو تداوى بالطيب او بدواء فيه طيب غالب ولم يكن مطبوخا فألزقه بجراحته يلزمه صدقة اذا كان موضع الجراحة لم يستوعب عضوا
“Agar xushbo‘y narsa bilan yoki xushbo‘ylik g‘olib bo‘lgan narsa bilan davolansa va ular olovda pishirilgan bo‘lmasa, so‘ng uni jarohatiga yopishtirsa va jarohat bir to‘liq a’zoni tashkil qilmagan bo‘lsa, sadaqa lozim bo‘ladi”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зинода айблаш

🕌 Бухоро вилояти Чор Бакр жоме масжиди имом хатиби — Азизхўжа домла Иноятов

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Din xodimlari oliy e’tirofda!

Shayx Alijon qori

Manba: @Alquranuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
🌙 SALAVOT AYTISHDAN HOSIL BO'LADIGAN FOYDALAR

Salavotning foydalarini ko'pgina ulamolar aytib o'tishgan. Masalan, Hofiz ibn Hajar Asqaloniy kabi buyuk olimlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavotu salom aytishning quyidagicha foydalarini bayon qilishgan:

1. Salavot aytish – Alloh subhanahu taoloning buyrug'iga bo'ysunishdir.
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish – Alloh taologa muvofiqlikdir. To'g'ri, Allohning salavoti boshqa, bizning salavotimiz boshqa. Lekin bizning salavotimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga duo bo'lsa, Allohniki u zotni maqtash va ulug'lashdir.
3. Salavot aytish farishtalarning salavotiga ham muvofiqlikdir.
4. Bir marta salavot aytgan kishiga Alloh taolodan o'nta salavot bo'ladi.
5. Salavot aytgan kishining darajasi o'n baravar ko'tariladi.
6. Salavot aytgan kishiga o'nta yaxshilik yoziladi.
7. Salavot aytgan kishining o'nta yomonligi o'chiriladi.
8. Duodan oldin salavot aytilsa, duoning ijobat bo'lishidan umid ko'proq bo'ladi, chunki salavot duoni Allohning huzuriga olib chiqadi. Salavot bo'lmasa, duo yer bilan osmon o'rtasida to'xtab qolishi mumkin.
9. Salavot aytish sababidan biron narsa vasila qilingan bo'lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoat qiladilar.
10. Salavot aytish gunohlarning kechirilishiga sababdir.
11. Salavot aytish sababli Alloh taolo bandaning muammolarini hal qiladi.
12. Salavot aytgan banda Qiyomat kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin bo'ladi.
13. Salavot aytish kambag'al kishi uchun sadaqa o'rnida bo'ladi.
14. Salavot aytish ehtiyojlarning qondirilishiga sababdir.
15. Banda salavot aytsa, Alloh va farishtalar ham unga salavot yo'llaydi.
16. Salavot aytish bandani poklaydi.
17. Ko'p salavot aytish bandaga o'limidan oldin jannat xushxabari berilishga sabab bo'ladi.
18. Salavot Qiyomat kunidagi dahshatlardan qutulishga sababdir.
19. Mo'min odam salavot aytsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga javob qaytaradilar.
20. Odam salavot aytsa, esidan chiqargan narsalari yodiga tushadi.
21. Salavot aytish majlisning chiroyli o'tishiga sababdir. Salavot aytilgan majlis ahli Qiyomat kuni afsus-nadomat qilmaydi.
22. Salavot aytish faqirlikni ketkazadi.
23. Salavot aytish bandadan baxillikni ketkazadi. Baxillik qila boshlagan kishi salavot aytsa, saxiy odamga aylanadi.
24. Salavot aytib yuradigan odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Huzurida mening nomim aytilganida menga salavot aytmagan kishining burni yerga ishqalansin», degan duoyi badlaridan qutulib qoladi.
25. Salavot aytish kishini jannat tomonga boshlaydi. Salavotni tark qilgan odam jannat yo'lidan adashadi.
26. Salavot aytish Alloh va Rasuli zikr qilinmagan, hamd aytilmagan va ulug'lanmagan, salavot aytilmagan yig'ilishning yomon oqibatlaridan saqlaydi.
27. Hamd va salavot bilan boshlangan so'zlar mukammal bo'ladi.
28. Salavot aytib yurgan banda Sirot ko'prigida to'liq nurga ega bo'ladi.
29. Salavot sababli banda zulmkorlikdan saqlanadi.
30. Alloh taolo salavot aytgan bandaga osmonu yer ahli orasida chiroyli maqtovlar aytadi, chunki salavot aytgan odam Rasululloh sollalohu alayhi va sallamni maqtagan bo'ladi, Alloh taolodan u zotni ulug'lashni so'ragan bo'ladi va shu so'roviga yarasha o'ziga ham go'zal maqtovlar qaytariladi.

“Eng sharafli ummat” kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
“Uzr-a? Rozi bo'l!” deyish bilan masala hal bo'lib qolmaydi. So'kasan, haqorat qilasan, qo'rqitasan, tahqirlaysan-da keyin “rozi bo'l” deysan.
To'xta, ko'raylikchi, rozi-rizochilik shunchalik oson ekanmi?!

Yo'q! Yetkazgan ozoring qadar ozor chekasan!
Yig'latganing qadar yig'laysan!
G'amga botirganing qadar g'am chekasan!
Nima ekkan bo'lsang, o'shani o'rasan!
(Keyin rozichilik bo'ladi!)

Aytishadiki: Bo'ri qishdan chiqadi ammo totgan sovuqlarni unutmaydi!

Seni deb necha tunlar o'yqusiz o'tdi!
Seni deb qancha ko'zyoshlar to'kildi!
Ishtahalar bo'g'ildi!
Halovati yo'qoldi!
Bularning javobi nima bo'ladi?!

Sen Allohni g'ofil deb o'ylayapsanmi?!
Qaqshatganing jonlarni, unsiz yig'latganing insonlar ohini Alloh eshitmaydi deb o'ylaysanmi?!

Aslo. Hech kimning qilmishi javobsiz qolmaydi!

Manba @IkromSharif

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birovning haqqini yeyish uning qonini to‘kish bilan teng

Ismoil Muhammad Sodiq

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​MUSOFIRNING RO‘ZASI
#ro‘za

1058-SAVOL: 1) Musofirda yurgan kishi ro‘za tutmasa bir kun tutmagani uchun bir kun turib beradimi?
2) Agar musofirlikda yursayu ro‘zani tutsa iftorgacha ro‘zasini buzib qo‘ysachi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. 1. Avvalo ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan musofir kimligini bilib olishimiz kerak. Ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan musofir deb safar masofasiga (taqriban 90 km) 15 kundan kam muddatga borgan odamga aytiladi. Urfimizda chet davlatlarga 15 kundan uzoq muddatga biror ish yuzasidan borgan odamlarni ham musofir deyiladi. Ammo bunday kishilar shar’iy e’tibordan musofir hisoblanmaydi. Ular namozni qasr qilish va ro‘zani keyinroq tutib berish kabi hukmlar joriy qilinadigan musofir hisoblanmaydi.
Dinimizda haqiqiy ma’nodagi musofir kishilarga safarda yurgan paytlarida ularga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan. Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:
أَيَّامًا مَعْدُودَاتٍ فَمَنْ كَانَ مِنْكُمْ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ وَعَلَى الَّذِينَ يُطِيقُونَهُ فِدْيَةٌ طَعَامُ مِسْكِينٍ .... (184)
“Sanoqli kunlar. Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kunlardandir. Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir...” (Baqara surasi, 184-oyat).
Safardagi kishiga ro‘zasi zarar qilmasa, ro‘za tutgani afzal. Lekin ro‘za tutmasa ham uzrli hisoblanadi, gunohkor bo‘lmaydi. Ramazondan keyin imkon bo‘lishi bilan qolib ketgan kunlarning ro‘zasini bir kuniga bir kun qazosini tutib beradi.
2. Musofir kishi subh vaqtida ro‘zani niyat qilib so‘ng biror sabab bilan yoki sababsiz ro‘zasini ochib yuborsa, qazosini tutishi shart bo‘ladi ammo kafforat vojib bo‘lmaydi.
Bu haqda mazhabimizdagi mashhur fatvo kitoblaridan biri “Fatavoi hindiya” kitobida shunday deyilgan.
فَالْأَصْلُ عِنْدَنَا أَنَّهُ إذَا صَارَ فِي آخِرِ النَّهَارِ عَلَى صِفَةٍ لَوْ كَانَ عَلَيْهَا فِي أَوَّلِ الْيَوْمِ يُبَاحُ لَهُ الْفِطْرُ تَسْقُطُ عَنْهُ الْكَفَّارَةُ كَذَا فِي فَتَاوَى قَاضِي خَانْ
"Bu borada bizning nazdimizdagi asl qoida shuki, (ro‘zador) kishi kunning oxirga qismida ro‘za tutmaslikni muboh qiladigan holatda bo‘lsa, undan kafforat soqit bo‘ladi". Ya’ni, ro‘zador kishi kunning oxirgi qismida ro‘za tutmaslikni muboh qiladigan musofirlik yoki bemorlik holatida bo‘lsa va shu holatda ro‘zasini ochib yuborsa, unga kafforat vojib bo‘lmaydi.
Shunday ekan musofir kishi ro‘za tutib so‘ng biror uzr bilan yoki uzrsiz ro‘zasini ochib yuborsa, qazosi vojib bo‘ladi, kafforat vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Ey baxtiqaro banda! O'zing bir gunohkorsan, ammo o'zingni solih inson deb bilasan. Aslida bir johilsan, ammo o'zingni hamma narsani bilguvchi deb hisoblaysan. Aslida bir xasissan, ammo o'zingni sahovatli hisoblaysan. Aslida bir nodonsan, ammo o'zingni olim deb hisoblaysan. Sening muddating qisqa, ammo umidlaring uzundir.

Fuzayl ibn Iyoz

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ovqatdan keyingi duo

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​ZIKRDA XUSHUNING SHARTLIGI
#zikr

1871-SAVOL: Zikr qilganimda ma'nosiga tushunib, xushu bilan qilolmayman. Tilimga og'ir keladigandek tuyuladi. Gunohlar sababli bo'lsa kerak deb istig'for aytaman. Lekin istig'forda ham xushu bo'lmagani uchun aytmay qo'yaman. Xuddi zikr, istig'for aytganimda foydasi bo'lmayotgandek, nimadir xatodek tuyuladi. Nima qilsam bo'ladi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Zikr va istig'forda xushu topilmayotgani uchun tark etish to'g'ri kelmaydi. CHunki shayton aynan shuni istaydi. Tilning o'zi bilan aytilgan zikr ham foydadan xoli emas va bu Alloh yodida turganining belgisidir. Qalbdagi xushu esa vaqt o'tishi bilan, gunohlardan tiyilib, ibodatda bardavom bo'lish orqali asta-sekin hosil bo'ladi.
SHunday ekan, amallaringiz qabul bo'lishidan umid qilib, kamchilik bilan bo'lsa-da, zikr va istig'forda bardavom bo'ling. Alloh taolodan duo qilib so'rang, albatta, qalbingizga xushu solib qo'yadi. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

Улардек бўлганда биласиз
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Firdavs (jannati)ni so'rang

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Agar Allohdan so'rasangiz, Firdavs (jannati)ni so'rang. CHunki u jannatning o'rtasi va oliysidir. Uning tepasida Rahmonning Arshi bordir. Undan jannat anhorlari pishqirib otilib turadi».

Imom Buxoriy rivoyati.

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
JINSINI O‘ZGARTIRGAN DINSIZNING ISLOMNI QABUL QILGANDAN KEYINGI HUKMI
#aqida

1060-SAVOL: Islomni qabul qilmagan odam, ateist, o‘z jinsini o‘zgartirdi. Keyin Alloh hidoyat berib Islomni qabul qildi. Shu muslim yoki muslima Islomdan avvalgi jinsiga qaytishi kerakmi yoki Islomdagi jinsida qolgani ma’qulmi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ma’lumki, islom o‘zidan oldingi barcha gunohlarni kechirilishi va mag‘firat qilinishiga sabab bo‘ladi. Bu borada judayam ko‘p oyati karima va hadisi shariflarda bayon etilgan bo‘lib, jumladan: Alloh taolo Anfol surasining 38-oyatida shunday marhamat qiladi:
قُلْ لِلَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ يَنْتَهُوا يُغْفَرْ لَهُمْ مَا قَدْ سَلَفَ وَإِنْ يَعُودُوا فَقَدْ مَضَتْ سُنَّةُ الْأَوَّلِينَ (38)
“Kofir bo‘lganlarga ayting, agar (kufrdan) to‘xtasalar, o‘tmish (gunoh)lari kechirilur bordiyu (kufrga) qaytsalar, (unda) oldingilarning yo‘li (ibrat sifatida) o‘tgan”. Anfol 38-oyat.
Shuningdek Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida bu borada shunday bayon qilganlar:
قد ثبت في الصحيح عن عمرو بن العاص أن النبي صلى الله عليه و سلم قال له "يا عمرو أما علمت أن الإسلام يهدم ما كان قبله و أن التوبة تهدم ما كان قبلها"
Amr ibn Osdan rivoyat qilingan sahih hadisda Payg‘ambar alayhissalom unga dedilar: “Ey, Amr, Islom o‘zidan oldingi barcha gunohlarni yo‘q qilib yuborishi va tavba ham o‘zidan oldingi barcha gunohlarni yo‘q qilishini bilmasmiding?” Ahmad va Muslim rivoyati.
Mazkur oyati karima va hadisi shariflarga ko‘ra, yuqoridagi ateist yoki dahriy bo‘lgan kimsa islomni qabul qilishi bilan uning barcha gunohlari, jumladan o‘z jinsini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan katta gunohi ham insha Alloh mag‘firat qilinadi va mazkur shaxsga bundan keyin agar imkoni bo‘lsa, yana o‘zining asl Alloh yaratgan jinsiga tibbiy jarrohlik yo‘li bilan qaytishi lozim bo‘ladi. Chunki birinchidan bugungi rivojlangan tibbiyotda bu ish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ikkinchidan esa, islom dini ta’limotlariga ko‘ra, Alloh taoloning xilqatini o‘zgartib bo‘lmaydi va bu dinimizda katta gunohi kabiralardan biri hisoblanadi. Bu borada Alloh taolo o‘z kalomida shunday degan:
فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا فِطْرَةَ اللَّهِ الَّتِي فَطَرَ النَّاسَ عَلَيْهَا لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ اللَّهِ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ (30)
"Bas, (Ey, Muhammad,) yuzingiz (o‘zingiz)ni doimo to‘g‘ri bo‘lgan dinda (islomda) tuting! Insonlarni o‘sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!) Allohning yaratishiga o‘zgartirish yo‘q. Eng to‘g‘ri din shudir, lekin ko‘p odamlar bilmaslar". Rum 30-oyat.
Shuning uchun ham mazkur shaxsga agar o‘zining asl holatiga qaytishni imkoni bo‘lsa va bu ish uning salomatligiga jiddiy zarar keltirmasa, yana asl holiga qaytishi lozim bo‘ladi. Ammo, agar mazkur holatda, uning yana asliga qaytish imkoni bo‘lmasa, yoki salomatligiga jiddiy zarar keltiradigan bo‘lsa, u holda o‘z jinsini o‘zgartirmasada, aslida qaysi jins vakili bo‘lgan bo‘lsa, unga mazkur jins vakillariga tegishli ahkomlar joriy qilinadi. Ya’ni masalan: aslida u inson erkak bo‘lgan bo‘lsa va o‘z jinsini o‘zgartirib ayolga aylangan bo‘lsa ham uning ayollar bilan muloqot qilishi nojoiz sanaladi va ayollar bilan namozda bir safda tura olmaydi zero u erkak hisoblanadi. Yoki aksincha, asli ayol qilib yaratilgan bo‘lsayu, o‘z jinsini erkak jinsiga o‘zgartirgan bo‘lsa ham mazkur shaxs ayolligicha qolaveradi va unga erkaklar bilan muloqot qilishi joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/10/19 17:50:23
Back to Top
HTML Embed Code: