Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shayx Alijon qoridan Shayx Abdurahmon al-Huzayfi ohangida go‘zal qiroat

Shayx Alijon qori

Manba: @Alquranuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​SA’Y SANOG‘IDA SHAK QILSA NIMA QILADI?
#Haj_umra

1064-SAVOL: Safo-Marva orasida sa’y qilishda sanoqda adashib ketsa, nima qilish kerak?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Sa’y asnosida qancha aylana qilganini bilmay qolsa, gumonidagi ozini oladi va shunga qarab qolganlarini bajaradi. Masalan, beshinchimi, oltinchimi deb, shak qilib qolsa, ozini, ya’ni beshinchi aylanani bajaribman deydi va oltinchini bajaradi.
ولو شك في عدد أشواط السعي أخذ بالأقل
“Agar sa’yning aylanasidagi sanoqda shak qilsa, ozini oladi”. (G‘unyatun nosik). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Musibatni ko‘rganda aytiladigan zikr

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Hikmat

YONG'OQ QURTI

YOng'oq qurti o'zi sig'adigan teshik ochib, yong'oqning ichiga kirib olib, mag'zini yeydi. Yegan sari semiradi. YOng'oq ichida hech narsa qolmaganidan so'ng, tashqariga chiqishga intiladi. Teshik kichik bo'lgani uchun tashqariga chiqolmaydi. Undan ham yomoni yong'oqning ichi quriy boshlaydi, endi teshikni kengaytirishni imkoni qolmaydi. Birgina chora – ozish. YOng'oq ichida majburlikdan ozib, eski zaif holiga qaytib, tashqariga chiqadi. Qarasaki, uning uchun mavsum tugab, ortda qurigan yong'oqdan boshqa hech narsa qolmagan bo'ladi.

Alqissa: Ayrim insonlarning yashash tarzi ham xuddi yong'oq qurtiniki kabidir. Mol-dunyo dardida umrini behuda o'tkazib yuboradi. Endi munosib buyurilaganiday yashay deganida umri poyoniga yetib qoladi.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ватан отам кабидир

🎙Устоз Раҳимберди домла

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​NECHA MARTA TAVOF QILGANIDA SHAK QILGAN KISHINING HUKMI
#Haj_umra

1065-SAVOL: Tavof qilayotib sanoqda adashib ketib, qancha aylanganini bilmay qolsa, tavof qilayotgan qanday yo‘l tutadi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu savolga haj va umra masalalariga bag‘ishlagan “Irshodus soriy” kitobida kelgan ma’lumotni javob sifatida taqdim etamiz:
ولو شك في عدد الأشواط ) أي بالزيادة أو النقص في طواف الركن ) أي ركن الحج أو العمرة ( اعاده ) أي احتياطة ( ولا يبني على غالب ظنه ...ثم مفهوم المسألة أنه إذا شك في عدد أشواط غير الركن لا يعيده بل يبني على غلبة ظنه لأن أمر غير الفرض مبني على التوسعة والظاهر أن طواف الواجب في حكم الركن لأنه فرض عملي
“Ziyoratchi rukn tavofning aylanasida shak qilib qolsa, o‘sha shak qilgan aylanasini qaytarib qiladi. Gumoniga qay tomonga boshlashiga qarab ish tutmaydi. Masalaning mohiyati shuki, tavof qilayotgan kishi rukn bo‘lmagan tavof aylanasida shak qilsa, qayta qilmaydi, balki gumoni qay tomonga boshlashiga qarab ish tutadi. Vojib tavoflar ham rukn tavofning hukmida bo‘ladi. Chunki vojib amal amaliy farz hisoblanadi”.
Agar ziyoratchi tavof qilib bo‘lgandan keyin ko‘ngliga ana shunday shak kelsa, keyingi ibodatida davom etaveradi, qalbidagi shakka quloq solmaydi. Chunki tavofdan keyingi shak-shubhalarning e’tibori qolmaydi. Ammo birorta ishonchli odam, “Tavofda yettita emas, oltita aylana qildingiz” deb aniq ishonch bilan aytsa, o‘sha bittani bajarib qo‘yadi. (“G‘unyatun nosik”). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birovning suratini ruxsatsiz tarqatish

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
#Kitobdan

   Insonlarda mehr-muhabbat, bag‘rikenglik ozaygani sari oilalarda muammolar ko‘payib boraveradi. Ba'zilar: «Turmush o‘rtog‘imni mamnun qilolmadim», deydi. Chunki ular o‘zlarining eng katta sabrlarini, go‘zal fazilatlarini, shirin tillarini eng yaqin qarindoshlariga, turmush o‘rtoqlariga emas, balki begonalarga ko‘rsatadilar. Hatto o‘zgalarga nimanidir o‘rgatadigan bo‘lsak, kutganimizdan-da sabrliroq bo‘lamiz. Yaqinlarimizni qaysidir ma'noda «qafasdagi kaklik» deb o‘ylaymiz, ammo yomon munosabatda bo‘laversak, ularni yo‘qotamiz. Biz qilgan yaxshiliklarimizni ko‘pincha minnat qilib qo‘yamiz. Hatto yaqinlarimizga begonalarga aytmaydigan juda og‘riqli so‘zlarni ham aytaveramiz. Bir-birimizni juda oson xafa qilamiz va bundan tortinmaymiz ham.

✍️ Sheniz Yujel, "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan

Manba @kitob_nuri

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

Ғанимат умр
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​TALBIYA AYTISH QACHON TO‘XTATILADI?
#Haj_umra

1067-SAVOL: Talbiya aytish qachon to‘xtatiladi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Umra uchun ehrom bog‘lagan kishi ehromni niyat qilishi bilan talbiya aytishni boshlaydi va tavofni boshlaganda talbiyani to‘xtatadi. Ba’zida tavof qilayotgan vaqtda yoki say’ qilayotgan vaqtda ham talbiya aytayotgan hojilarga ko‘zimiz tushadi. Talbiya aytish borasida Hanafiy mazhabimizning mo‘tabar manbalarida quyidagicha bayon qilingan:
ويَقْطَعَ التَّلْبِيَةَ في أَوَّلِ طَوَافِهِ باستلام الحجر الأَسود، ونَحْوهِ مِن أَنواعِ شُرُوعِهِ، لا عند مُشَاهَدتِهِ للبيتِ كما قال مالك
"Niyat qilib ehromga kirgandan so‘ng talbiya aytishni boshlaydi va umra uchun ehrom bog‘lagan kishi Imom Molik rahimahulloh aytganlaridek Ka’bai muazzamaga ko‘zi tushishi bilan emas, balki tavofni boshlashi bilan talbiya aytishni to‘xtatadi" ("Fathu bobil Inoya" va "Hidoya" kitoblari).
ويقطع التلبية في العمرة حين يستلم الحجر الأسود عند أول شوط من الطواف بالبيت
"Umrada avvalgi tavof vaqtidagi Hajarul asvadni istilom qilganda talbiya aytishni to‘xtatadi" ("Mabsut ash-Shayboniy" kitobi).
Haj uchun ehrom bog‘lagan kishi esa talbiyani tosh otishni boshlagan paytda to‘xtatadi.
ويقطع التلبية مع أول حصاة يرمى بها جمرة العقبة
"Haj uchun ehrom bog‘lagan kishi Jamaratul Aqabaga birinchi toshni otishi bilan talbiya aytishni to‘xtatadi ("Badoeus Sanoi’", "Mabsut ash-Shayboniy", "Mabsut as-Saraxsiy", "Fath al-Qodir", "Majmaul Anhur" kitoblari).
Demak, umra uchun ehrom bog‘lagan kishi tavofni boshlashi bilan, haj uchun ehrom bog‘lagan kishi Jamaratul Aqabaga birinchi toshni otishi bilan talbiya aytishni to‘xtatadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
🤲 ⭐️JUMA KUNI BOMDOD NAMOZIDAN
OLDIN O‘QILADIGAN DUONI BILASIZMI?

أَسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إلَهَ إلاَّ هُوَ الحَيُّ القَيُومُ وَأتُوبُ إلَيهِ
"Astag‘firullohallaziy laa ilaha illa Huval Hayyul Qayyum va atubu ilayhi".

🟠Ma’nosi: "O‘zidan boshqa iloh bo‘lmagan, tirik va qoim bo‘lgan buyuk Allohga istig‘for aytaman. Unga tavba qilaman".

📿 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu istig‘for haqida bunday deganlar:
"Kim juma tongida bomdod namozidan avval uch marta ushbu duoni o‘qisa, dengizning ko‘pigi qadar gunohi bo‘lsa ham, Alloh uni afv etadi" (Imom Ab-u Dovud rivoyati)

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi matbuot xizmati

Manba: @xadichauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Барибир ўз ватанингдек бўлмайди

❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
#hikmat#maqola
Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy deydilar:

Ey farzand! Ilm bilan birga odobni ham o'rgan. Zero, odobsiz odam Alloh lutfidan mahrumdir. Xalq bilan aslo nizo-janjal etma. YAxshi xulq va odob ila umrguzaronlik ayla. Sunnati saniyani mahkam tut, salafi solihin, taqvoli imomlar yo'llariga ergash. Bid'at ahlidan yiroq bo'l.
Ey farzand! Qur'oni karimni o'qimoqni va o'rganmoqni aslo kanda qilma. Barcha ishlarning zohiru botinini Qur'oni karimdan izlagil, undan, albatta, javob topgaysan. Har bir ish, har bir harakatingni Qur'onga muvofiq qil, faqat unga suyan.
Halol luqma barcha xayrli va savobli amallarning kalitidir. Agar ibodat lazzatini, halovatini tuyaman desang, doimo halol luqma yegil. Haromdan qoch! SHunday qilsang qiyomatda o'tda kuymagaysan.
Birov seni maqtasa, xursand yoxud yomonlasa, xafa bo'lma. Zero, alarning maqtovidan senga hech bir manfaat yoki alarning yomonlashlaridan hech bir zarar yo'qdir.
Ey farzand! Kam ye, kam gapir, kam uxla. Qorin ochmagunicha ovqat tanovul qilma. Zarurat tug'ilgandagina gapir. Uyqu g'alaba qilmaguncha uxlama.

Manba @Naqshbandnur_uz💫

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muftiy_minbari

Ҳалолликда барака бор
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
SINGAN IDISHNI TASHLAB YUBORISH KERAKMI?
#halol_harom

1068-SAVOL: Cheti uchgan, singan idishlarni tashlab yuborish kerak deb eshitdim. Buni qanday tushunish kerak?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Cheti uchgan, singan idishlar borasidagi gaplarni bu haqda kelgan hadislarni o‘rganish orqali to‘g‘ri tushunishimiz mumkin.
عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، أَنَّهُ قَالَ: «نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الشُّرْبِ مِنْ ثُلْمَةِ الْقَدَحِ، وَأَنْ يُنْفَخَ فِي الشَّرَابِ» سنن أبي داود
Abu Said Xudriy roziyallohu anhu: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam idishni siniq joyidan ichishdan va ichimlikka puflashdan qaytardilar”, dedi (Imom Abu Dovud rivoyatlari).
عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ قَدَحَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ انْكَسَرَ، فَاتَّخَذَ مَكَانَ الشَّعْبِ سِلْسِلَةً مِنْ فِضَّةٍ. قَالَ عَاصِمٌ: رَأَيْتُ الْقَدَحَ وَشَرِبْتُ فِيهِ (صحیح البخاري).
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning idishlari sindi. So‘ng singan joyini kumush bilan ulab oldilar”, dedi. Osim (hadis roviylaridan biri): “Men shu idishni ko‘rdim va undan suv ichdim”, dedi (Imom Buxoriy rivoyati).
عن أبي سعيد -رضي الله تعالى عنه - (قال: نهى رسول الله صلى الله عليه وسلم عن الشرب من ثلمة القدح): بضم المثلثة وسكون اللام هي موضع الكسر منه. قال الخطابي: إنما نهى عن الشرب من ثلمة القدح؛ لأنها لاتتماسك عليها شفة الشارب، فإنه إذا شرب منها ينصب الماء ويسيل على وجهه وثوبه. زاد ابن الملك: أو لأن موضعها لايناله التنظيف التام عند غسل الإناء، (وأن ينفخ) : بصيغة المجهول أي وعن النفخ (في الشراب. رواه أبو داود). وكذا أحمد والحاكم".
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda u zot aytdilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam idishni singan joyidan ichishdan qaytardilar”. Xattobiy aytadilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qaytarishlarini sababi, ichuvchining labi yaxshi o‘rnashmaganligi sabab yuziga, kiyimiga suv to‘kiladi”, dedilar. Ibnul Malak qo‘shimcha qilib: “Yoki idishni yuvish paytida o‘sha siniq joyi yaxshi yuvilmay qolishi, natijada idish to‘liq toza bo‘lmay qolishi”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati). (“Mirqotul Mafotih” kitobi, 7 jild).
Demak, agar idish piyola, stakan bo‘lib, uning cheti uchgan bo‘lsa aynan o‘sha joyiga og‘iz qo‘yib ichishdan Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qaytarganlar. Buning sababi sifatida Nabiy sallallohu alayhi vasallamning ummatga mushfiqliklari va mehribonliklarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Chunki, idishning siniq joyidan ichish bilan insonning labiga ozor yetishi yoki o‘sha joydan kiyimga, badanga suv to‘kilishi mumkin. Qolaversa idishning siniq joyi yaxshi tozalanmay bugungi til bilan aytganda turli mikroblar to‘planib qolgan bo‘lishi va kelgusida turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Ana shunday sabablarga ko‘ra Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatni siniq idishlardan foydalanmaslikka chaqirganlar. Yuqoridagi hadislardan quyidagilarni tushunamiz:
1. Piyola yoki stakanlarni sinmagan joyidan ichsa makruh bo‘lmaydi.
2. Agar choynak, kosa kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri og‘iz bilan emas, balki bilvosita foydalanadigan idishlar bo‘lsa, makruh bo‘lmaydi.
3. Agar o‘sha siniq idishdan boshqa idish bo‘lmasa, undan foydalanish joiz.
4. Agar siniq idishlar ta’mirlansa, ulardan foydalanish karohiyatsiz joiz.
5. Hadisi sharifdagi siniq idishdan foydalanmaslikdan bo‘lgan qaytariq nojoizlikni emas, balki yuqorida zikr qilib o‘tilgan sabablar tufayli xush ko‘rilmagan ish ekanligini tushunamiz. Shuning uchun uzrli hollarda yoki majburiy hollarda siniq idishlardan foydalanishlikni zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bozorda kirishdagi zikr

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/10/25 05:22:23
Back to Top
HTML Embed Code: