Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
30 gektar yerdan 4,5-5 milliard soʼm daromad

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan fermer Sherzod Maxmatmurodov uch yillik tajribasi asosida yiliga ikki marta yerdan hosil olishning samarali usulini qoʼllab, 30 gektar yerdan 4,5-5 milliard soʼm sof daromad olishni rejalashtirmoqda.

Hozirda hududdagi boshqa fermerlar 1 gektar yerdan 30-50 million soʼm daromad olayotgan boʼlsa, ushbu fermer 1 gektardan 150 million soʼmdan ziyod daromad olmoqda.

Shuningdek, fermer oʼz tajribalarini boshqa fermerlarga ham oʼrgatib, qishloq xoʼjaligida hosildorlikni oshirishga hissa qoʼshmoqda.


🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buyuk_ajdodlarga_munosib_avlod
#Boburxonlik

💻"O'zbekligim-o'zligim" tashkiloti tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy allomalarimizning tavallud ayyomiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tanlovda filialimiz talabasi Davronbekova Sevinch faol ishtirok etmoqda.

👉@uzbekligim_ sahifasida 14-raqam ostida talabamiz o‘z videosi bilan qatnashmoqda.

Talabamiz ishtirokini qo‘llab -quvvatlash uchun quyidagi instagram sahifasiga kirib obuna bo'ling, layk bosing va o‘z fikrlaringizni qoldiring.
https://www.instagram.com/reel/DFm_ElquXO7/?igsh=NjZiM2M3MzIxNA==

🎓Universitetimizning barcha talabalarini o'tkazilayotgan barcha tanlovlarda faol ishtirok etishlariga chorlab qolamiz! Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat 115-xonada kutamiz.

TATU Urganch filiali matbuot xizmati
🌐Instagram/📹Youtube/
Facebook/🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Ta'ma bo‘ldi chunki gadolar ishi,
Bilki gadodir ta'ma etgan kishi.
Ulki etib tarki qanoat shior,
Aylab ani ul ta’ma el ichra xor.
🗄Alisher Navoiy

@ubtuit_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Profilaktik_tadbir

Joriy yilning 5-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida “Giyohvandlik – kelajak kushandasi” mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

🟦Unda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Giyohvandlik va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi, Jinoyat-qidiruv xizmati boshlig’i, polkovnik A.Matlubov, boshqarma xodimlari, podpolkovnik F.Rajabov va P.Azimbekov hamda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat-qidiruv bo’limi boshliq o’rinbosari, mayor M.Serdjanovlar ishtirok etishdi.

🧷Uchrashuv davomida giyohvand moddalar va ularning salbiy ta’siri haqida ham alohida to'xtalib o’tildi. Narkotik moddalar faqat jismoniy sog’liqka emas, balki ruhiy holatga ham jiddiy zarar yetkazadi. Ularning ta’siri natijasida, organizmning turli tizimlari, jumladan, asab tizimi, yurak va qon tomir tizimi, o'pkalar kabi muhim a’zolar izdan chiqishi mumkin. Bundan tashqari, narkotik moddalar uzoq muddat iste’mol qilingan taqdirda, insonning ruhiyati va ongiga salbiy ta’sir ko’rsatib, jamiyatdan chetlashishiga, turli jinoyatlarni sodir etishiga sabab bo’lishi mumkin.

TATU Urganch filiali matbuot xizmati
🌐Instagram/📹Youtube/
Facebook/🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ubtuit #ajdodlarimiz_merosi

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligiga bag'ishlab tadbir bo'lib o'tdi.

📝Tadbir davomida talabalarga Navoiyning va Boburning nafis ijodi va ularning asarlaridagi ezgu gʼoyalardan yoshlarimizni bahramand etish, yigit-qizlarni buyuk ajdodlarimiz merosiga yuksak ehtirom ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlandi.

TATU Urganch filiali matbuot xizmati
🌐Instagram/📹Youtube/
Facebook/🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇺🇿#Registrator_ofisi

🔵TATU Urganch filialida "Registrator ofisi" faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

🔺Hurmatli talabalar, “Registrator ofisi” quyidagi kabi vazifalarni bajaradi hamda hamisha murojaatchilarga yordam berishga tayyor:

➡️Grantlar va tanlovlar haqida ma'lumot berish;

➡️Ilmiy konferensiyalar haqida ma'lumot berish;

➡️ Innovatsion g‘oya va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazishga yordam berish;

➡️Talabalarga nomdor stipendiyalar haqida ma'lumot berish;

➡️ Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etish;

➡️ Oʻqishga qabul qilingan xorijiy talabalarni elektron tizimda ro‘yxatga olish va fanlarga biriktirish;

➡️Dars jadvallari haqida ma'lumot taqdim etish;

➡️ Qayta o‘qish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;

➡️Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar to‘g‘risida talabalarga ma'lumot taqdim etish;

➡️Sirtqi va masofaviy ta'lim shaklida o‘qiyotgan talabalar uchun chaqiruv qog‘ozini shakllantirish;

➡️Akademik ma'lumotnoma va transkript berish;

➡️Imtihonlar ro‘yxatini taqdim etish;

➡️O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;

➡️Talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;

➡️ Talabaga o‘zining GPA ko‘rsatkichi haqida ma'lumotnoma taqdim etish;

➡️Talabalarning parolini tiklash;

➡️ Talabalarga tibbiy sug‘urta olish uchun yordam berish;

➡️ O‘qishga qabul va o‘qishni ko‘chirish yuzasidan konsultatsiya berish;

➡️ Oliy ta'lim muassasasida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida ma'lumot berish;

➡️ Akademik qarzdor talabalarni aniqlash hamda ular bilan ishlash;

➡️Talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga yordam berish;

➡️Ishga joylashgan bitiruvchilar haqida ma'lumot kiritish va olish;

➡️To‘lov-shartnoma summasini belgilash, hisoblash va taqdim etish;

➡️ Akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘zlashtirish miqdorlarini belgilash va tasdiqlash.

TATU Urganch filiali matbuot xizmati
🌐Instagram/📹Youtube/
Facebook/🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/06 00:16:58
Back to Top
HTML Embed Code: