Black Friday haqida eshitganmisiz?
Black Friday an’anasi 20-asr o’rtalarida AQShda boshlangan ekan. Bu yilning eng katta savdo kunlaridan biri bo’lib, har yili noyabrning oxirgi jumasida bo’lib o’tadi.
Black Friday asosan bir hafta davom etib, taniqli brendlar va do’konlar hafta davomida katta chegirmalar va aksiyalar taklif qilishadi. Lekin eng katta chegirmalar aynan juma kuni beriladi.
Barcha turdagi savdo do’konlarida 20% dan 90% gacha chegirmalar e’lon qilinadi.
Odamlar oynadan kiyimlari qanday turganini ko’rish uchun foydalanayotgan bir paytda men…😁

Men ham chegirmalardan foydalanib kurtka olib qo’yaman deb savdo markazini aylandim. Rostdan ham taniqli brendlar katta chegirmalar e’lon qilgan ekan. Lekin bilasizlarmi, hatto 40% chegirmadagi narxlar ham oddiy do’konlardagi narsalar narxidan 2 barobar qimmat🤦♀️
Rosa aylandim, hayolim kiyimni modasidan ham ko’ra narxlarni solishtirish bilan bo’ldi😅 kurtkalarning narxi £60 (980 ming) dan boshlanib £400 (6 mln 554 ming) gacha ekan😁
Hamma narsani O’zbekistondagi narxlarga solishtiradigan aqlimni moslashtirishimga 2 kun ketdi😂 oxiri Zara brendidan oldim kurtkamni😎

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yengil yomg’ir ostida biroz jonli ijro eshitamiz❤️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizlarda ham bir oy avval olingan, lekin montaj qilishga erinib qo’yilmay yotgan videolar anchaginami😄
Assalomu aleykum barchaga!
Bu qiz nimaga yo'q bo'lib ketdi, Londondagi yangi yil taassurotlaridan ham bo'lishmadi deyotgandursizlar a? O'rningizda bo'lganimda man ham qiziqqan bo'lar edim.
Yangi yil sarguzashlarimni bir boshidan boshlayman.
M&S brendida chegirma bo'layotgan ekan, chiroyli va sifatli paltolari bor ekan deyishganini eshitib ertasigayoq yugurib boribman🤦♀ borgunimcha paltolar tugab bo'libdi😐 Maylida deb boshqa brendlarga kirib ko'rdim. Narxlarini ko'rdim va bekorga vaqt sarflamayin deb o'zimizni Primark ga kirdim.
Bu yil yangi yil uchun eng esda qolarli voqea ham aynan shu yerda bo'ldi.

30- dekabr kuni telefonimni o'g'irlatdim.
Bitta kurtkani kiyib ko'rgunimcha cho'ntagimda turgan telefonim yo'q.🥺 Cho'ntagimga solganimni bilar edim lekin baribir sumkamni, hamma narsamni qaradim, yo'q...
Ishchilarga aytdim lekin pinagini buzishmadi. Bu ular uchun oddiy hol ekan. Politsiyaga telefon qil dedi. Axir uning uchun ham telefon kerakkuuu. Telefon so'rasam mijozlarga o'z telefonimizni berish mumkin emas, biz senga yaqindagi politsiyani manzilini yozib berishimiz mumkin, borib vaziyatingni tushuntirasan ular report yozishadi deydi.
Boshqa bir brendga kirib bir amallab telefon so'rab politsiyaga habar berdim. Lekin aytishlari bo'yicha politsiya bitta telefon uchun ovora bo'lib o'tirmasmush.

Yangi yil sarguzashtlari 3-qism.
Reja bo’yicha dugonam man ishdan kelgunimcha dasturxon bezatib, ovqat qilib qo’ymoqchi edi va tez ovqatlanib mushakbozlik bo’ladigan joyga ketishimiz kerak edi.
Soat kechki 6 da uyga yetib keldim. Qarasam o’rtog’im endi ovqat qilishni boshlayapti, shirinlikka harakat boshlab qo’yilgan lekin u ham hali tayyor emas, boshqa qizlar aylanishga chiqib ketishibdi. Nima bo’ldi desam aynan 31-dekabr kuni tushlik paytida uyimizda svetni puli tugab o’chib qolibdi🤦♀️ (hatto qishlog’imizda ham 31-dekabr kuni svet yoniq turishini o’ylab qoldim shu payt)
Uy egalariga habar berib svet yongunicha soat 6 bo’libdi.
Hullas tez salatni aralashtirib, ovqatni pishirib, dasturxonga qo’yib keyin yangi yil bilan yaqinlarimizni tabriklash uchun telefonga qaradik (chunki biz endi dasturxonga o’tirgan paytimiz O’zbekistonda yangi yil kirayotgan edi)
Ovqatlanib, kiyinib, rasmga tushamiz deb o’zimizcha yasaniiib London eye ni oldiga bormoqchi edik… Metrodan chiqib qarasak hatto piyoda borish uchun ham yo’llar yopiq🤦♀️
Nailoj shu yerdan bo’lsa ham ko’rib ketaylik deb 00:00 bo’lishini kutdik.
Hamma video olaman deb kameralarini tayyorlab turibdi, men esaaa….
Ha mayli keyingi yil olarman

Birinchi videoda biz ko’rmoqchi bo’lgan mushakbozlik.
Ikkinchisida esa biz ko’rganimiz😐
Ikkinchisida esa biz ko’rganimiz😐
Darsim soat 9 da deb eeertalab 7 da uydan chiqib ketgan va darsi 10 da boshlanishini yetib kelgandan keyin bilgan talaba qizdan hammaga saloooom👋
Kech qolganlarni eshitganman, o’zim ham ko’p kech qolganman lekin bunchalik erta kelishim 1-marta😄
(Tarixga yozib qo’yish kerak)
Bunaqa vaziyatga tushganlar bormi yana?

Assalomu aleykum!
Ismim Muattar, 25 yoshdaman. Hozirda Greenwich universitetida magistraturada farmatsevtika yo’nalishi bo’yicha o’qiyman.
Bakalavrni Toshkent Farmatsevtika institutida o’qib bitirganman. To’g’risini aytsam aynan Angliyada magistraturani o’qiyman deb hech o’ylamagandim.
Kanalimda Angliya hayoti, bu yerdagi talaba turmush tarzi haqida postlar qo’yib boraman.
Bundan tashqari chet el universitetlariga o’qishga kirish niyatida bo’lganlarga yordam beraman (o’zim Germaniya, Irlandiya, Fransiya, Angliya va boshqa ko’plab davlatlar oliygohlariga hujjat topshirganman)
Kanalimdan qiziqarli va foydali ma’lumotlar olasiz degan umiddaman☺️