Telegram Web
❗️Boshlang’ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️ boshlang’ich sinf o’qituvchisi;
➡️ o'qituvchi-tarbiyachi;
➡️ qo'shimcha ta'lim pedagogi;
➡️ uslubiy ish rahbari;
➡️ o'qituvchi-psixolog;
➡️ direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari;
➡️ direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;
➡️ mahallada yoshlar yetakchisi;
➡️ pedagog-targ'ibotchi;
➡️ maktabgacha va maktab ta'lim vazirligida metodist.

👉 @urdu_yoshlar
❗️Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Maktabgacha ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
👉 Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi;
👉 Ixtisoslashtirilgan bolalar
maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachisi;
👉 Oilaviy tarbiyachi;
👉 Mehribonlik uyi tarbiyachisi.

👉 @urdu_yoshlar
Базавий_тариф_ставка_коэф_да_01_10_2024.pdf
155.5 KB
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha 01.10.2024-yil holatiga bazaviy tarif stavkalar miqdori

@urdu_yoshlar
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@urdu_yoshlar
⚡️ Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

📌 Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉@OTM_XORAZM
Ёввойи табиатнинг ёввойи кўриниши!

@urdu_yoshlar
165 O'rta maxsus va professional ta'lim.pdf
6.1 MB
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshishi munosabati bilan oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdori qayta tasdiqlandi.

👉@OTM_XORAZM
🔥🔥🔥 Urganch, kutib ol!

💸 Oqtepa Lavashdan 20 000 so’mdan yuqori foyadaga ega takliflar!

🌯 1. Vrap master set bor-yo’g’i 35 000 so’mga.
Unga Pepsi, kartoshka fri, yumshoq naggetslar, sous va xushxo’r nachinkali ishtahabop vrap kiradi.

🍗 2. Looonger set 30 000 so’mga. Pepsi, kartoshka fri, naggetslar, sous va qirsillama tovuq go’shtili xushxo’r longer kiradi.

🌭3. Qirsillama set bor-yo’g’i 25 000 so’mga!
Uning ichiga Pepsi, kartoshka fri, 2 ta qirsillama hot-dog kiradi.

🚀Yetkazib berish
☎️78 150 00 30
⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

✉️ Abituriyentlarga tarqating.

@urdu_yoshlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi terminlar:

bakalavr va magistr – bu akademik daraja;

PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;

dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

▫️Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.

❗️Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.

👉 @OTM_XORAZM
2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

Hujjatlarni daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirish imkoni mavjud.

@urdu_yoshlar
🌦🌧🌨
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

1 noyabr kuni Hukumat Qarori bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Batafsil:
https://uza.uz/posts/653717

@urdu_yoshlar
Ишланмайдиган байрам кунлари

@urdu_yoshlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Golden Study" O‘quv Markazida tayyorlanib 120 dan ortiq Ingliz tilidan B2 va C1 daraja olgan o‘quvchilarimiz safiga siz ham qo‘shiling.

✳️ Dars vaqtlari: 9:00;  14:30

Kurslarga yozilish uchun
+998996005797  @N1GoldenStudy

Telegram | Instagram
⚡️Musiqa o‘qituvchilariga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Maktablardagi musiqa o‘qituvchilarining 21 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli. Ba’zilarining o‘zi cholg‘u chala olmaydi. Sababi musiqa o‘qituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yo‘q, bu borada san’at maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi.

Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.

Xususan, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasalarining musiqa va san’at yo‘nalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.

Hududlardagi musiqa va san’at maktablarini umumta’lim maktablariga tayanch maktab sifatida biriktirish, iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish maqsadida muntazam ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

Quyidagi telegram botda 2024-yilning 2-yarmi uchun musiqa fanidan ham yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

👉 @OTM_XORAZM
2024/11/09 05:28:12
Back to Top
HTML Embed Code: