Forwarded from SAIDA_AZIZ IJODI
#Бугун
БМТ Бош Ассамблеясининг 2015 йил 22 декабрдаги 70-сессиясида 11 февраль – “Илм-фан соҳасидаги аёллар ва қизлар халқаро куни” сифатида расман эълон қилиниб, 2016 йилдан бошлаб мазкур сана дунёнинг кўплаб давлатларида кенг нишонланиб келинмоқда.
"Илм йўлидаги инсон фаришталар қанотида бораркан. Уларга ҳатто сувдаги балиқлар ҳам саловот айтиб тураркан", деганди устозим Юлдуз Ҳошимова. Илм йўли осон эмас...
Илм йўлида бардавом бўлган хотин-қизларимиз жуда кўп.
Шахсан ўзим таниган кўплаб аёллар орасида олималар бор.
Абдулла Қодирий мактабида раҳбарим бўлиб ишлаб, тарих фанлари бўйича PhD ёқлаган, мени илмга қизиқтирган Ҳилола Назирова,
Адабиётшуносликда фаол изланаётган устозим Муҳайё Йўлдошева,
айни пайтда Ҳиндистонда илмий тадқиқотини инглиз тилида олиб бораётган курсдошим Зуҳрахон,
Филология йўналишида DsC томон ҳаракат қилаётган Дилдора Баҳриддинова... санасам адоғи йўқ...
Аллоҳ барчаларининг илмларини зиёда қилсин!
Каналимиз аъзолари орасида ҳам олималаримиз бўлишса, ушбу кун барчангизга муборак бўлсин!
Илм осмонида қуёшдек порлайверинг, азиз Олималар!
@Saida_Aziz_Ijodi

Forwarded from OYINA.UZ
11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Oyina.uz shu munosabat bilan portalda e'lon qilingan olima ayollar haqidagi materiallarni eslatib o‘tadi.
▫️Moda, sport, ilm-fan: "eng birinchi" bo'lgan ayollar
▫️Nega ayol tarixda qolishi uchun faqat siyosiy faol bo‘lishi kerak?! AQShda o‘zbek shoiralari ijodini tanitayotgan olima bilan suhbat
◽️Islomshunos olima Dilsora Fozilova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi
▫️Universitetga bilim bilan kirish kerak, imtiyoz bilan emas – Amerikada 72 maktabni boshqarayotgan Mavluda Oripova
▫️Manbashunos tarixchi Hilola Nazirova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi
▫️“O‘zbekistonning parlamentdagi ayollar ko‘rsatkichi Koreyanikidan ancha yuqori” – ilm izidan xorijga ketgan oila bilan suhbat
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube

Forwarded from New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi
✅ Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, “Izlam” toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.
📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz.
👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)
Men o’zimni sendan izladim…
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#izlam #adabiyot #shoirlar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
✅ Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, “Izlam” toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.
👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)
Men o’zimni sendan izladim…
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#izlam #adabiyot #shoirlar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanjar Nazar
Daryoqalb olima, Yangi Oʻzbekiston universiteti prorektori Hilola Nazirova izlamchilar bilan adabiy uchrashuvga taklifnoma joʻnatibdi. Adabiyotsevarlarni kutamiz. Syurpriz va sovgʻalar koʻp boʻlishi kutilayotgan ekan.
Telegram | Instagram | Facebook
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav
“Turizm haqida hamma narsa" jurnalist Elmira Tuxvatullinaning mualliflik ko’rsatuvi – O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash, jamoatchilikning bu jarayondagi o‘rni va tarixiy yodgorliklarning taqdiri haqida hikoya qiladi. Kecha shu ko’rsatuvning navbatdagi soni “Dunyo bo’ylab” telekanalida efirga uzatildi.
Unda muhofazaga olingan obidalar, arxeologik merosga tahdid solayotgan omillar va jamoatchilik tashabbuslari yoritiladi. Ko‘rsatuvda Tursunali Qosimov, Jannat Ismoilova, Eldor Asanov va kamina ishtirokidagi intervyularni ham ko’rishingiz mumkin.
@Uzbekxonim

Diqqatimizni qancha daqiqa jamlay olamiz: vahimali statistika.
DailyMail nashr etgan tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, kattalar bir ishga atigi 17 daqiqagacha e’tiborini qarata oladi. Zumerlar uchun esa vaziyat yanada murakkab — ularning deyarli yarmi bir daqiqadan so‘ng diqqatini yo‘qotadi.
Bunday parokandalikning asosiy sabablari charchoq, stress va smartfonlardagi uzluksiz bildirishnomalardir. Ijtimoiy tarmoqlarni tinmay varaqlash, yangiliklar o‘qish, to‘lib-toshgan elektron pochta — bularning barchasi e’tiborimizni mayda bo‘laklarga parchalab yuboradi.
Eng dahshatlisi shuki, hatto yaqinlarimiz bilan suhbatlashayotganimizda ham diqqatimizni 19 daqiqadan ortiq jamlay olmaymiz. Undan keyin esa telefonimizga qaraymiz, xayollarimiz uchib ketadi, muloqot uzilib qoladi.
Bu shunchaki raqamlar emas. Bu bizning haqiqatimiz. Biz uzoq vaqt davomida qobiliyat deb hisoblab kelgan ko‘p vazifalilik aslida tuzoq ekan. Hamma joyda va bir vaqtning o‘zida bo‘lishni o‘rgandik-u, ammo ayni damda, shu yerda bo‘lishni unutib qo‘ydik.
Vaziyat tobora yomonlashib boraveradi. Kontent miqdori ko‘payadi, algoritmlar bizni yanada qattiqroq o‘ziga tortadi, e’tiborimizni jamlash qobiliyatimiz esa yanada susayib boradi. Agar diqqatimizni boshqarishni o‘rganmasak, oddiy fikrlash, tinglash va his qilish qobiliyatimizni butunlay yo‘qotib qo‘yamiz.
Matn – Uzbfashion kanalidan olinib, tilmoch.ai orqali tarjima qilindi.

8-MART TARIXI BIZGA NIMALARNI SO’ZLAYDI?!
8-mart sanasi dastlab 1909-yilda AQShda sotsialist ayollarning siyosiy harakati sifatida boshlangan. 1910-yilda Kopengagenda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Klara Setkin ishchi ayollar huquqlari uchun kurashish maqsadida maxsus kun belgilashni taklif etdi. Rossiyada esa bu sana 1917-yilgi Fevral inqilobidan so‘ng ayollarga saylov huquqi berilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Keyinchalik, 1922-yilda Lenin tomonidan bu kun “Xalqaro ayollar kuni” deb e’lon qilindi va 1966-yilda Sovet Ittifoqida dam olish kuni sifatida belgilandi. 1977-yildan boshlab esa BMT tomonidan rasman nishonlanib kelinmoqda.
O‘rta Osiyo mintaqasida XX asrning 20-30-yillarida ayollar ijtimoiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. 1924-1929 yillarda O‘zbekistonda ayollarni emansipatsiya qilish siyosati doirasida paranjini tashlash kampaniyasi o‘tkazildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu jarayonda 2,500 dan ortiq ayol halok bo‘lgan.
Shu davrda mashhur aktrisa Maryam Yoqubovaning hayoti ham bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq. 1909-yilda Buxoroda tug‘ilgan Yoqubova yoshligida amir saroyida xizmat qilgan, keyinchalik esa jadidchilik harakatiga aloqador bo‘lgan. U Moskvada o‘qish istagini bildirganida, paranjisiz yurishga qaror qiladi. Dastlab bu unga qiyin bo‘lsa-da, oxir-oqibat o‘z hayotini san’at va madaniyatga bag‘ishladi. U O‘zbekistonda sahna san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shib, “Mahallada duv-duv gap” filmida o‘zbek onasi va qaynona rolini mahorat bilan ijro etdi.
Yanada ko’proq ma’lumotlarni videodan bilib olishingiz mumkin.
Yangi boshlagan ishimizdan namunalar ko’proq bu yerda joylab boriladi.
Bayramingiz muborak aziz va munis ayollar🌷

#universitet
Bugun Mirzo Ulug’bek tumanidagi Markaziy bog’da Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan katta yarmarka tashkil etildi.
Unda talabalarimiz ham o’zlarining startap loyihalari bilan ishtirok etishdi.
“Yangi O’zbekiston” universiteti asosan aniq soha, texnika, sun’iy intellekt, robototexnika, kimyo muhandisligi kabi yo’nalishlarini qamrab olgani uchun, yarmarkada talabalar va o’qituvchilar tomonidan yasalgan mini robotlar, 3D modeli asosida yaratilgan buyumlar bilan ishtirok etdik.
Tashrif buyuruvchilarning aksariyati 4-kurs talabalarining Start Up loyihasiga katta qiziqish bildirishdi. Tuman hokimlaridan tortib bank rahbariyatlarigacha. Start Upning asosiy mazmuni – plastik chiqindilardan qattiq qurilish xomashyosini (bruschatka, g’isht) tayyorlash va uni sanoatda qo’llash. Bu ham tabiatga katta zarar keltiradigan plastik chiqindilarni qayta ishlashga yordam beradi, ham beton homashyodan ancha arzonga xarid qilinadi.
Bu loyihaga deyarli 3 yil bo’lgan. Loyiha egalari bo’lgan talabalarimiz Sulton, Emir yaqinda Qozog’istondagi Nazarbayev universitetida ham tajriba o’tab, yangi mahsulot ustida amaliy tajribalar qilib qaytishdi.
Bilamizki, Start Up lar odatda boshlanishida o’z-o’zini moliyalashtiradigan loyiha bo’lishadi. Ko’p hollarda tug’ilgan g’oyaning faqatgina originalligi
kamlik qilishi mumkin, loyihaning jamiyatga yetib borishigacha ancha qiyinchiliklar, sinovlar boshdan kechiriladi. Loyihani dastlab talabalarimizning ota-onalari qo’llashgan, moddiy tarafdan ta’minlashgan. So’ngra bu qo’llovning yoniga Universitet rahbariyati ham qo’shilgan.
Videoda “Aloqabank” banki rahbariyati ushbu Start Up loyihaga qanday qiziqish bildirishgani aks etgan.