Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
534 - Telegram Web
Telegram Web
#Alisher_Navoiy_tavalludining_584_yilligi


Birovkim qilsa olimlarg’a ta’zim
Qilur go’yoki payg’ambarga ta’zim



Bugun qoldirgan ijodiy merosi cheksiz ummonga qiyoslanadigan, bu ummondan butun dunyo ahli bahramand bo’lishda davom etayotgan Mir Alisher Navoiy hazratlarining tavallud kuni.

Ikki kundan buyon Navoiy shahrida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” nomli IV xalqaro simpoziumi bo’lib o’tmoqda.
Unda “Yangi O’zbekiston” universiteti ijodkor talaba va xodimi bilan birga ishtirok etmoqdamiz. Ushbu simpoziumga chet el va respublikamizning turli chekkalaridan 350 dan ortiq navoiyshunos, adabiyotshunos, jamoat arboblari, yozuvchi-shoirlar, olimlar tashrif buyurishgan.


Ushbu simpoziumda ma’ruza qilingan maqolalar alohida mavzu. Turli mavzudagi maqolalarni eshitarkansiz, Navoiy ijodini o’rganish hech qachon tugamasligiga, uning asarlari zamon va makon tanlamasligiga amin bo’lasiz.
Xususan, ushbu simpoziumga 1500 dan ortiq maqola kelib tushgan bo’lib, ularning ichidan eng saralari III jildli kitobga kiritilibdi.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning kecha simpozium ishtirokchilariga shaxsan o’zlari tabrik yo’llaganlari ham bugungi kunda adabiyotga, ilm-fanga berilayotgan e’tiborning yuksak darajada ekanini ko’rsatadi.

2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilingan. Bugungi ayyom munosabati bilan Navoiy viloyatining bir qator hokimlari hazrat g’azallari ijrosida noan’anaviy mushoira qilishibdi. Bu adabiyotning xalqqa, xalqning esa adabiyotga yanada yaqinlashganini ko’rsatadi.


@Uzbekxonim
👍8🤝2
Forwarded from Madaniy meros agentligi
Madaniy meros agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

➡️Joriy yilning 10-fevral kuni Madaniy meros agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangilangan a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishning kun tartibidan Jamoatchilik kengashi raisini saylash va a’zolarini tayinlash hamda Agentlikning 2024-yilgi faoliyati va joriy yilda amalga oshirish mo‘ljallangan rejalarni muhokama qilish masalalari o‘rin oldi.

Yig‘ilishda Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangilan tarkibi tanishtirildi va bir ovozdan 2025-yil uchun Kengashning raisi etib O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Ismailova Jannat Hamidovna saylandi.


✔️Ma’lumot uchun, Jamoatchilik kengashi tarkibi rais, rais o‘rinbosari, kotib va a’zolardan iborat bo‘lib, kengashning qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega hisoblanadi.

🌐 Batafsil

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Veb-sayt
👍32🥰1
Forwarded from SAIDA_AZIZ IJODI
​​#Бугун

БМТ Бош Ассамблеясининг 2015 йил 22 декабрдаги 70-сессиясида 11 февраль – “Илм-фан соҳасидаги аёллар ва қизлар халқаро куни” сифатида расман эълон қилиниб, 2016 йилдан бошлаб мазкур сана дунёнинг кўплаб давлатларида кенг нишонланиб келинмоқда.

"Илм йўлидаги инсон фаришталар қанотида бораркан. Уларга ҳатто сувдаги балиқлар ҳам саловот айтиб тураркан", деганди устозим Юлдуз Ҳошимова. Илм йўли осон эмас...

Илм йўлида бардавом бўлган хотин-қизларимиз жуда кўп.

Шахсан ўзим таниган кўплаб аёллар орасида олималар бор.

Абдулла Қодирий мактабида раҳбарим бўлиб ишлаб, тарих фанлари бўйича PhD ёқлаган, мени илмга қизиқтирган Ҳилола Назирова,
Адабиётшуносликда фаол изланаётган устозим Муҳайё Йўлдошева,
айни пайтда Ҳиндистонда илмий тадқиқотини инглиз тилида олиб бораётган курсдошим Зуҳрахон,
Филология йўналишида DsC томон ҳаракат қилаётган Дилдора Баҳриддинова... санасам адоғи йўқ...

Аллоҳ барчаларининг илмларини зиёда қилсин!

Каналимиз аъзолари орасида ҳам олималаримиз бўлишса, ушбу кун барчангизга муборак бўлсин!

Илм осмонида қуёшдек порлайверинг, азиз Олималар!


@Saida_Aziz_Ijodi
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi

Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, Izlam toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.

📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz.

👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)

Men o’zimni sendan izladim

🔁 English

#izlam #adabiyot #shoirlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥2🤝1💅1
Syurprizlarimiz davom etadi 😍

"Izlam"ning birinchi va ikkinchi mavsumidagi jami 24 kitob yangi dizayn va qattiq muqovada maxsus bir nusxada nashr etildi.

Ertaga Yangi O‘zbekiston universitetida bo‘lib o‘tadigan "Fonus" adabiy kechasida ushbu maxsus to‘plam auksionga qo‘yiladi.

Albatta, keling. "Izlam" maxsus to‘plami egasiga aylanish imkonini qo‘ldan boy bermang.

Aytgancha, to‘plamni qanchaga baholaysiz?


📚 @akademnashr
👍41
Forwarded from Sanjar Nazar
Daryoqalb olima, Yangi Oʻzbekiston universiteti prorektori Hilola Nazirova izlamchilar bilan adabiy uchrashuvga taklifnoma joʻnatibdi. Adabiyotsevarlarni kutamiz. Syurpriz va sovgʻalar koʻp boʻlishi kutilayotgan ekan.

Telegram | Instagram | Facebook
👍75🥰222
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav


“Turizm haqida hamma narsa" jurnalist Elmira Tuxvatullinaning mualliflik ko’rsatuvi – O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash, jamoatchilikning bu jarayondagi o‘rni va tarixiy yodgorliklarning taqdiri haqida hikoya qiladi. Kecha shu ko’rsatuvning navbatdagi soni “Dunyo bo’ylab” telekanalida efirga uzatildi.

Unda muhofazaga olingan obidalar, arxeologik merosga tahdid solayotgan omillar va jamoatchilik tashabbuslari yoritiladi. Ko‘rsatuvda Tursunali Qosimov, Jannat Ismoilova, Eldor Asanov va kamina ishtirokidagi intervyularni ham ko’rishingiz mumkin.


@Uzbekxonim
👍3🔥2🥰21
Diqqatimizni qancha daqiqa jamlay olamiz: vahimali statistika.

DailyMail nashr etgan tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, kattalar bir ishga atigi 17 daqiqagacha e’tiborini qarata oladi. Zumerlar uchun esa vaziyat yanada murakkab — ularning deyarli yarmi bir daqiqadan so‘ng diqqatini yo‘qotadi.

Bunday parokandalikning asosiy sabablari charchoq, stress va smartfonlardagi uzluksiz bildirishnomalardir. Ijtimoiy tarmoqlarni tinmay varaqlash, yangiliklar o‘qish, to‘lib-toshgan elektron pochta — bularning barchasi e’tiborimizni mayda bo‘laklarga parchalab yuboradi.

Eng dahshatlisi shuki, hatto yaqinlarimiz bilan suhbatlashayotganimizda ham diqqatimizni 19 daqiqadan ortiq jamlay olmaymiz. Undan keyin esa telefonimizga qaraymiz, xayollarimiz uchib ketadi, muloqot uzilib qoladi.

Bu shunchaki raqamlar emas. Bu bizning haqiqatimiz. Biz uzoq vaqt davomida qobiliyat deb hisoblab kelgan ko‘p vazifalilik aslida tuzoq ekan. Hamma joyda va bir vaqtning o‘zida bo‘lishni o‘rgandik-u, ammo ayni damda, shu yerda bo‘lishni unutib qo‘ydik.

Vaziyat tobora yomonlashib boraveradi. Kontent miqdori ko‘payadi, algoritmlar bizni yanada qattiqroq o‘ziga tortadi, e’tiborimizni jamlash qobiliyatimiz esa yanada susayib boradi. Agar diqqatimizni boshqarishni o‘rganmasak, oddiy fikrlash, tinglash va his qilish qobiliyatimizni butunlay yo‘qotib qo‘yamiz.

Matn – Uzbfashion kanalidan olinib, tilmoch.ai orqali tarjima qilindi.


@Uzbekxonim
👍41
2025/07/13 11:59:27
Back to Top
HTML Embed Code: